Jinoyat obyekti: ma’lum bir miqdordagi pul mablag’I


Download 23.29 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi23.29 Kb.
#198470
Bog'liq
Jinoyat huquqi 3-topshiriq Kamolov


  1. Jinoyat huquqida sodir etilgan aniq ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb baholash uchun asos bo’lgan elementlar yig'indisiga jinoyat tarkibi deyiladi. 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining Maxsus qismida jinoyatlarning qat’iy ro’yxati va bu jinoyatlarning tarkibiy elementlari mavjud. Ma’lum bir ijtimoiy xavfli qilmishni uning jinoyat tarkibiy elementlarini aniqlamasdan turib, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas. Masalan, korrupsion jinoyatni oladigan bo’lsak, uni jinoyat tarkibi bo’yicha tasnifi quyidagicha bo’ladi:

Jinoyat obyekti: ma’lum bir miqdordagi pul mablag’I;

Jinoyatning oyektiv tomoni: korrupsiya bilan bog’liq harakat;

Jinoyat subyekti: korrupsiya bilan shug’ullangan fuqaro ;

Jinoyat subyektiv tomoni: qasddan sodir etilganligi;

Jinoyat tarkibining oddiy kompozitsiyasida bitta ayb, bitta qilmish, bitta oqibat, bir obyekt mavjud bo’ladi. Masalan, O’zR JK 230-modda: Aybsiz kishini javobgarlikka tortish ;

Murakkab kompozitsiyada esa elementlar ko’payadi, ya’ni 2 ta qilmish, 2ta oqibat, 2ta ayb shakli, 2ta obyekt mavjud bo’ladi. Bundan tashqari jinoyat protsesining uzayishi ham ayni shu turga mansub bo’ladi. Masalan, O’zR JK 301-modda: Hokimiyatni suiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi: bunda ijtimoiy qilmishlar ko’pligi kuzatiladi.



  1. Jinoyat tarkibining zaruriy belgilari bu jinoyat tarkibining ma’lum bir elementida ishtirok etishi shart bo’lgan belgilar hisoblanadi. Bular:

1) Ijtimoiy munosabat;

2)Ijtimoiy xavfli qilmish;

3)Yosh, jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi yosh chegarasi;(Jinoyat kodeksining 17-moddasiga binoan 16 yoshga to’lgan aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortilishi belgilab qo’yilgan. Ba’zida sodir etgan jinoyatiga qarab 13 yoki 14 yoshdan ham javobgarlikka tortilishi mumkin)

4)Aqli rasolik;

5)Ayb(qasddan yoki ehtiyotsizlik natijasida)

Jinoyat tarkibining fakultativ belgilari esa jinoyat elementlarida ishtirok etishi zaruriy bo’lmagan belgilar hisoblanadi. Ular:

1)Jinoyat predmeti;

2) Ijtimoiy xavfli oqibat;

3)Ijtimoiy xavfli qilmish va ijtimoiy xavfli oqibat o’rtasidagi sababiy bog’lanish;

4)Jinoyat sodir etilgan joyi, vaqti, jinoyat quroli, motiv va maqsad ;



  1. Jinoyat obyekti- bu Jinoyat qonuni bilan himoya qilinadigan ijtimoiy munosabat, jinoiy qilmish natijasida bu ijtimoiy munosabatga zarar yetkaziladi. Shuni ta’lidlash zarurki, har qanday zarar yetkazilgan ijtimoiy munosabat jinoyat obyekti emas. O’zR Jinoyat Kodeksining 2-moddasiga binoan shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulk, insoniyat xavfsizligi, tabiiy muhit, tinchlik, mulk kabilar davlat tomonidan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabat deb belgilangan. Masalan, ma’lum bir shaxsning bankdagi hisob raqamidan noqonuniy ravishda o’g’rilik yo’li bilan pul mablag’larining talon taroj qilinishi jinoyat hisoblanadi. Bunda jinoyat obyekti shaxsning mulkka egalik qilish huquqi bo’lsa, jinoyat predmeti shaxsning bank hisob raqamidagi pul mablag’lari hisoblanadi.

  2. Jinoyat obyektlarini tasniflashda umumiylikdan maxsuslikka, maxsuslikdan alohidalikka mezoni asos bo’lib xizmat qiladi. Masalan, O’zR Jinoyat Kodeksining 2-moddasida ko’rsatilgan davlat tomonidan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlar umumiylik kasb etadi. Umumiylikdan maxsuslikka mezoni orqali tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar alohida ajratib olinadi. Maxsuslikdan alohidalikka mezoni orqali tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar urushni targ’ib qilish, agressiya, urushning qonun va udumlarini buzish, genotsid,yollanish, terrorizm, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo’zg’atish kabi alohida turlarga bo’linadi. (O’zR JK 150-156-moddalar)

  3. Jinoyat huquqida jinoyat obyekti 3 ta turga bo’linadi :

1)Umumiy obyekt- davlat tomonidan muhofaza qilinadigan barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisi. (O’zR JK 2-modda)

2)Maxsus obyekt- alohida guruhlar uchun umumiy bo’lgan obyekt. Masalan : jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar(O’zR JK XX bob 277-278-moddalar), boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar(O’zR JK XV bob 205-229-moddalar)

3)Bevosita obyekt- jinoyat aynan qaysi munosabatga qaratilganini ifodalaydi. Masalan : O’zR Jkning XVI bobi 230-241-moddalarida odil sudlovga qarshi jinoyatlar mavjud. Undagi har bir modda har xil jinoiy jaobgarlikni ifodalaydi : aybsiz insonni javobgarlikka tortish, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish, sud hujjatini ijro etmaslik va shu kabilar.

Vertikalligiga ko’ra tasnifi:

Umumiy obyekt – bu O’zR JK ning 2-moddasida ko’rsatilgan va jinoyat huquqi bilan muhofaza qilinadigan barcha ijtimoiy munosabatlar. Masalan, shaxs huquq va erkinliklari, mulkchilik, tabiiy muhit kabilar

Maxsus obyekt- bu JK Maxsus qismining ma’lum bir bo’limidagi moddalarda nazarda tutilgan, jinoyat tajovuz qiladigan, tabiatiga ko’ra bir umumiy guruhga mansub bo’lgan ijtimoiy munosabat. Masalan, O’zR JK II bo’lim Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar bo’limida shu turga ansub bo’lgan jinoyatlar kiritilgan.

Turdosh obyekt- maxsus obyektning bir elementi bo’lib, o’z xususiyatiga ko’ra bir-biriga yaqin bo’lgan obyekt turidir. O’zR JK ning III bo’limida quyidagi jinoyat turlari mavjud:

1)O’zgalar mulkini talon-taroj qilish;

2) O’zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq bo’lmagan jinoyatlar

3)Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar;

4)Xo’jalik faoliyat sohasidagi jinoyatlar;

Bevosita obyekt- bevosita tajovuz qaratilgan ijtimoiy obyekt: O’zR JK 157-modda: davlatga xoinlik qilish.



  1. Gorizontalligiga ko’ra:

Majburiy (asosiy) obyekt- bunda ijtimoiy munosabat JK moddasi bilan himoyalanadi: O’zR JK 123-modda. Ota-onani moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash.

Qo’shimcha obyekt- bunda ma’lum bir ijtimoiy munosabatga zarar yetkazish orqali ikkinchi ijtimoiy munosabatga nisabatan ham jinoyat sodir etilgan hisoblanadi. O’zR JK 97-moddasiga binoan qasddan odam o’ldirish jinoyati orqali 2 ta ijtimoiy munosabatga zarar yetkaziladi: 1) shaxsning sog’lig’ini ta’minlovchi ijtimoiy munosabat: 2) shaxsning yashash huquqi



7.Jinoyat predmeti bu jinoyat sodir etilishiga sabab bo’lgan borliqda mavjud bo’lgan moddiy ma’nodagi narsa. Jinoyat predmeti jinoyat tarkibining fakultativ belgisi va jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muhim rol o’ynaydi. Jinoyat yo’li bilan topilgan har qanday narsa jinoyat premeti bo’lishi mumkin. Kompyuterlardagi axborotlar (O’zR JK 174-moddasi), davlat ramzlari ham (O’zR JK 215-moddaga binoan, davlat ramzlariga nisbatan hurmatsizlik aniqlanganda) jinoyat predmeti bo’lishi mumkin. Lekin shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarda jinoyat predmeti mavjud bo’lmaydi. Faqatgina qotillik jinoyati sodir etilgandagina O’zR JK 134-moddaga binoan, o’lgan jasad jinoyat predmeti sanaladi.

8. Jinoyat qurboni bu ijtimoiy xavfli qilmish qaratilgan jabrlanuvchi shaxs. Jinoyat qurbonining shaxsiyati va xulq-atvori jinoyat malakasiga ta’sir etishi mumkin. Masalan, O’zR JK IV bobida Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarda jinoyat qurbonining yoshi jinoyat maslakasiga ta’sir etadi: 14 yoshga to’lmaganligi, 18 yoshga to’lmaganligi kabi holatlar jinoyatni og’irlashtiruvchi omil hisoblanadi. Yoki O’zR JK ning II bob Sog’liqqa qarshi jinoyatlar bobida keltirilgan moddalarda jinoyat qurboning holati jinoyat malakasiga ta’sir etadi.
Download 23.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling