Jinoyat obyekti


Download 87 Kb.
bet3/4
Sana01.05.2023
Hajmi87 Kb.
#1419247
1   2   3   4
Bog'liq
JINOYAT OBYEKTI

3. Jinoyat predmeti
Jinoyat predmeti ham ijtimoiy munosabatning ishtirokchilari, ham ijtimoiy munosabatlarni vujudga va harakatga keltiruvchi moddiy dunyo predmetlari bо‘lishi mumkin. Masalan, jinoyat predmeti bо‘lib, odam о‘ldirishda, tan jarohati yetkazishda, nomusga tegishda jinoyat-protsessual qonunchiligi bilan jabrlanuvchi deb ataladigan jismoniy shaxslar, talon-toroj qilishda esa - jinoyat obyekti bо‘lgan buyumlar va boshqa qimmatliklar, ya’ni moddiy dunyo predmetlari hisoblanadi.
Jinoyat predmeti, jinoyat jabrlanuvchisi singari, jinoyat obyektining fakultativ belgisidir. U faqatgina Jinoyat kodeksining Maxsus qism moddasi dispozitsiyasida tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kо‘rsatilgan bо‘lsa, shu jinoyat tarkiblarida zaruriy hisoblanadi. Chunki о‘g‘rilik, talonchilik, bosqinchilik predmeti deb о‘zganing mulki hisoblanadi: о‘z fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga yoki jamiyat vakiliga qarshilik kо‘rsatishda jabrlanuvchi - hokimiyat vakili yoki о‘z fuqarolik burchini bajarayotgan shaxs bо‘lishi mumkin.
Jabrlanuvchi inson sifatida jinoyat predmetidan farq qiladi, uning tasnifi doimo faoliyati bilan bog‘liqdir, masalan, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining «g» bandida nazarda tutilgan о‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarish munosabati bilan shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini о‘ldirish jinoyatining tarkibi tasnifida bu hol mavjud.
Turli jinoyat tarkibida aynan bitta predmet bir xil belgilar bilan tasniflanmaydi. Masalan, mulk - о‘g‘rilik predmeti sifatida iqtisodiy, jismoniy va huquqiy jihatlari bilan tasniflanadi. Iqtisodiy tomondan u moddiy dunyo buyumi bо‘lib, obyektiv qiymat bahosiga ega; jismoniy tomondan - harakatlanuvchi mulk, ya’ni о‘zining jismoniy tabiatiga kо‘ra, egalik qilishga moslashgan; huquqiy tomondan - aybdor uchun begona bо‘lgan, ya’ni mulkka nisbatan aybdor haqiqiy yoki faraz qilingan huquqqa ega emas. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish predmeti sifatida mulk faqat iqtisodiy va huquqiy tomonlar bilan ta’riflanadi. Jismoniy tomondan esa u harakatlanish belgisi bilan cheklanmaydi, ya’ni harakatlanuvchi va kо‘chmas mulk bо‘lishi mumkin. Masalan, uy-joy yoki tashkilot binosi bu jinoyatning predmeti bо‘lishi mumkin, lekin о‘g‘rilik predmeti bо‘lishi mumkin emas.
Jinoyat predmetining jinoiy-huquqiy ahamiyati yana shunda namoyon bо‘ladiki, uning ayrim belgilari ba’zi hollarda bitta modda doirasidagi kvalifikatsiyaga ta’sir etadi. Masalan, qat’iy hisobdagi hujjatlarni egallash Jinoyat kodeksining 227-moddasi 1-qismi bilan, pasport yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarni egallash esa shu moddaning 2-qismi «a» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Jinoyat predmetini jinoyatni sodir etish quroli va vositasidan farqlash zarur, chunki ular ijtimoiy munosabatlarning moddiy tuzilmasi sifatida namoyon bо‘lmaydi, balki ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish, jinoyat predmetiga tajovuz qilish uchun foydalaniladi.
О‘zining jismoniy xususiyati bо‘yicha aynan shu narsa (buyum) tajovuz predmeti yoki jinoyatni sodir etish quroli va vositasi bо‘lishi mumkin. Chunonchi, talon-toroj qilishda pul jinoyat predmeti bо‘lishi mumkin, pora berishda esa u jinoyatni sodir etish vositasi hisoblanadi. Qurol kontrabanda jinoyatida predmet hisoblanadi, odam о‘ldirishda yoki tan jarohati yetkazishda jinoyatni sodir etish quroli vazifasini bajaradi.
Jinoyatning predmetini jinoyatni sodir etish quroli va vositasidan farqlash ijtimoiy xavfli qilmishni kvalifikatsiya qilish va boshqa bir qator huquqiy savollarni yechish uchun zarur.

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling