Jinoyat protsessual kodeksi 87-moddasiga koʻra dalillarni to‘plashning turli usullari bilan bir qatorda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish orqali ham dalillar toʻplanishi belgilangan
Download 13.09 Kb.
|
Document
Jinoyat protsessual kodeksi 87-moddasiga koʻra dalillarni to‘plashning turli usullari bilan bir qatorda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish orqali ham dalillar toʻplanishi belgilangan. Mamlakatimizda tezkor qidiruv faoliyatini huquqiy tartibga solish maqsadida 2012-yil 25-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning asosiy vazifalari inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki himoya qilinishini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash; jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarni tayyorlash va sodir etishga daxldor shaxslarni aniqlash hamda topish; surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazodan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni, bedarak yo‘qolgan shaxslar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarni qidirishni amalga oshirish, shuningdek tanib olinmagan murdalarning shaxsini aniqlash; shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga tahdid solayotgan shaxslar, hodisalar, harakatlar (harakatsizlik) haqida axborot to‘plashdan iborat. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega organlar qonunning 10-moddasida belgilab qoʻyilgan boʻlib, ulardan boshqa davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar tezkor-qidiruv faoliyati bilan shugʻullanishi taʼqiqlanadi. Tezkor qidiruv tadbirlarini oʻtkazish orqali toʻplangan maʼlumotlar tezkor-qidiruv natijasi deyiladi. Tezkor qidiruv natijasi bu tezkor qidiruv boʻlinmalari tomonidan tezkor qidiruv faoliyati toʻgʻrisidagi qonun normalariga asoslangan holda olingan tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan jinoyat belgilari; jinoyatlarni tayyorlayotgan, sodir etayotgan yoki sodir etgan shaxslar; surishtiruv, tergov, sud organlaridan qochib yashiringan, jazoni ijro etishdan boʻyin tovlayotgan va bedarak yoʻqolgan shaxslar; shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga tahdid solayotgan shaxslar, hodisalar, harakatlar(harakatsizliklar) toʻgʻrisidagi faktik maʼlumotlar hisoblanadi. Tezkor-qidiruv natijalaridan jinoyat ishi bo‘yicha isbot qilishda foydalanish uchun surishtiruv organlari, tergovchi, sudga taqdim etiladi. Ya’ni, tezkor-qidiruv faoliyat natijalari muayyan jinoyat ishini tergov qilishga vakolatli bo‘lgan prokurorga yoki tegishli dastlabki tergov organlariga taqdim etiladi. Jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida tergovchi tezkor yo‘l bilan olingan ma’lumotlarga ega bo‘lar ekan, bu ma’lumotlar mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmay, faqat tergovni yo‘naltirish uchun xizmat qiladi. Bunda ushbu ma’lumotlardan ularni yashirish tarzda olinganligini oshkor etmasdan foydalanish muammosi tug‘iladi. Jumladan, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 19-moddasiga muvofiq, tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq tekshirilganidan va baholanganidan so‘nggina dalillar sifatida e’tirof etilishi mumkin. Tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish jarayonida qo‘lga kiritilgan jinoyat sodir etgan shaxslar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni to‘plash va tekshirishga qaratilgan kelgusi tergov harakatlarini to‘g‘ri tanlashga yordam beruvchi yo‘naltiruvchi vazifani bajaradi. Barcha kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari surishtiruv jarayonida, qonun talablariga to‘la mos bo‘lgan holda o‘tkaziladi. Download 13.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling