Jinoyat tushunchasi va belgilari
Download 29.89 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyatchilik tushunchasi
- Jinoiy javobgarlik va uning asoslari.
REJA: Jinoyat tushunchasi va belgilari; Jinoyatchilik tushunchasi; Jinoiy javobgarlik va uning asoslari. Jinoyat tushunchasi va belgilari Jinoyat huquqining asosiy vazifasi shaxs va jamiyat o'rtasida yuzaga keladigan nizolarning ijtimoiy xavfli ekanligi va ularning jinoyat huquqiy tartibga solinishi kerakligini belgilashdan iboratdir. Jinoyat - bu ijtimoiy va huquqiy hodisa hisoblanadi. Jinoyat kodeksining 2-moddasida ko'rsatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida jinoyat tushunchasini belgilab qo'ygan. Jinoyat kodeksida jinoyat tushunchasi aniq belgilangan bo'lib, 14-moddaning 1-qismiga ko'ra, Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo'llash tahdidi bilan jinoyat, deb topiladi. Jinoyat - shaxsning jinoyat qonuni bilan taqiqlangan ma'lum bir shakldagi xatti-harakati hisoblanadi.
bo'lishiga qaramay, jinoyat hisoblanmasligi belgilab qo'yilgan. Jinoyatga moddiy tushuncha berish g'oyat muhim bo'lib, bu nafaqat' jinoyat huquqining o'ziga, balki jinoyatprotsessual, jinoyat-ijroiya huquqi, kriminalistika, kriminologiya va boshqa huquqiy fanlar uchun ham zarardir. Shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jinoyat, deb hisoblanishi uchun u ijtimoiy xavfli bo'lishi kerak.
shunday zarar yctkazish xavfi hisoblanadi. Demak, shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish jinoyat, deb hisoblanishi uchun u ijtimoiy xavflilik xususiyatigaega bo'lishi kerak, bunday qilmish quyidagi shakllarda namoyon bo'ladi: 1. Harakat — bu faol xulq-atvor bo'lib, nafaqat, shaxs tana a'zolarining (jismoniy) harakatida ifodalanadi, u aytilgan so'z, ruhiy, tahdidlar (qo'rqitishlar)da ham namoyon bo'lishi mum-kin. 2. Harakatsizlik ~ passiv xulq-atvor bo'lib, bajarilishi shart yoki mumkin bo'lgan majburiyatni bajarishning real imkoni bo'la turib bajarmaslikda ifodalanadi. bo'ladi yoki boshqacha aytganda, harakat va harakatsizliklar natijasi hisoblanadi. Bunday jinoyatlar ko'pincha ma'lum bir qoidani buzish bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 204, 260, 266-mod-dalarida javobgarlik belgilangan qilmishlar. Harakat bilan sodir etilgan jinoyatlar bir yoki bir necha harakatlardan iborat bo'lishi mumkin. Harakat bilan sodir etilgan jinoyatlarda harakatning boshlanishi va tugallanishi boshqa jinoyat-huquqiy hodisalarni - jinoyatdan ixtiyoriy qaytish, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, ishtirokchilik kabilarni belgilab berishi ham mumkin. Masalan, ishtirokchilikda amalga oshirilayotgan harakatlarda jinoyat tashkilotchi, dalolatchi harakatlari bilan boshlansa, bajaruvchi harakati bilan tugallanadi. Bundan tashqari, «jinoiy harakat» jinoyat huquqida takroran sodir etilgan jinoyatlar, uzoqqa cho'zilgan va davomli jinoyatlami aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, harakat tushunchasi orqali jinoyat sodir etish bosqichlari, tamom bo'lmagan jinoyatlami ham aniqlash mumkin.
harakatlarni bajarmaslikda ifodalanadi. Masalan, hokimiyat harakatsizligi (Jinoyat kodeksining 208-moddasi). Jinoyat— huquqiy hodisa sifatida o'ziga xos jihatlarni ifodalovchi ma'lum bir belgilarga ega. Наг qanday ijtimoiy xavfli qilmish ham jinoyat hisoblanmaydi, qilmishning jinoyat, deb hisoblanishi uchun unda jinoyat qonunida o'rnatilgan belgilar va jinoyat tarkibi mavjud bo'lishi kerak. Jinoyat kodeksida jinoyat belgilarini mustahkamlovchi maxsus modda mavjud emas. Shu sababdan jinoyat belgilari jinoyat qonunida jinoyatga berilgan ta'rif asosida aniqlanadi. Ammo shuni alohida ta'kidlash joizki, faqat ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqargan qilmishlargina jinoyat hisoblanmay, balki qonun bilan qo'riqlanadigan obyektga real zarar yetkazish xavfini keltirib chiqaradigan ijtimoiy xavfli qilmishlar ham jinoyat hisoblanadi. Jinoyat kodeksining 14-moddasi, 2-qismida «Ushbu kodeks bilan qo'riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish, deb topiladi», deyilgan. Bundan ko'rinib turibdiki, jinoyatga berilgan ta'rifdan kelib chiqib, qilmishda jinoyatning barcha belgilari bo'lsagina u jinoyat, deb topiladi. Agar muayyan zararli oqibatning kelib chiqishida shaxsning aybi bo'lmasa, bunday qilmish jinoyat hisoblanmaydi. Jinoyat huquqida bunday harakatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar, deb aytiladi. Har qanday ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat, deb hisoblash uchun barcha jinoyatlar uchun zarur bo'lgan jinoyatning belgilari, shuningdek, shu jinoyatda aybning mavjud ekanligi va aybning shakllari ishlab chiqilgan, ana shu belgilar va aybning biror shakli mavjud bo'lsagina qilmish jinoyat hisoblanadi. Yuqorida jinoyatga berilgan ta'rifdan kelib chiqqan holda jinoyatning quyidagi belgilarini ajratib ko'rsatish mumkin: 1) qilmishning ijtimoiy xavfliligi; 2) qilmishning huquqqa xilofliligi; 3) qilmishda aybning mavjudligi; 4) qilmishning jazoga sazovor Qilmishning ijtimoiy xavfliligi bir qancha o'zgaruvchan sharoitlar, ya'ni jinoyat sodir etilgan vaqt, joy, yetkazilgan zarar-ning miqdori, aybning darajasi va shakli, shunday turdagi jinoyatlarning qay darajada tarqalganligi, aholi huquqiy ongining darajasi kabi holatlar bilan bog'liq bo'ladi. Shuningdek, ijtimoiy xavflilik ко 'p tomonlamalik xususiyat-ma 'nosiga ega bo'lib, miqdor va sifat ko'rsatkichlarga asosan aniqlanadigan ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatini ham o'z ichiga oladi. Jinoyat kodeksining 54-moddasida sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og'ir-lashtiruvchi holatlarni hisobga oladi, deb belgilab qo'yilgan. Demak, ijtimoiy xavflilik xususiyati — jinoyatning sifat jihatini ifodalasa, ijtimoiy xavflilik darajasi — jinoyatning miqdor ko'rsatkichini aks ettiradi.
tajovuz qilish usuli, xususiyatlari (zo'rlik ishlatib yoki ishlatmasdan), aybning shakllari (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida), jinoyatning motiv va maqsadi (shaxsiy, g'arazli niyatlarda) bilan bog'liq bo'ladi. Ijtimoiy xavflilik darajasi - qilmish xavfliligining siyosiy ifodasi bo'lib, zararning hajmi (moddiy zarar, ko'p miqdorda zarar yetkazish, shaxsning badaniga og'ir va o'rtacha og'ir shikast yetkazish), aybning xususiyatlari (oldindan 20 o'ylab qo'yilgan, to'satdan vujudga kelgan), jinoyat motivi va maqsadining o'zgarishi, shuningdek, jinoyat sodir etilgan joy, vaqt, vaziyati bilan bog'liq jinoyatning xavflilik darajasi bilan belgilanadi. Jinoyatning moddiy belgisi hisoblangan ijtimoiy xavflilik yuqoridagi xususiyatlardan tashqari, «ijtimoiy xavf tug'dir-maydigan, ya'ni shaxs, jamiyat va davlatga zarar yetkazmaydi va zarar yetkazish xavfini keltirib chiqarmaydigan kam ahamiyatli qilmishlar Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilariga formal jihatdan ega bo'lsa ham, jinoiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik), deb hisoblanmaydi», degan qoidani ham o'z ichiga oladi. Demak, ijtimoiy xavflilik jinoyatning moddiy (tashqi) belgisini ifodalaydigan tarkibi hisoblanadi. Ijtimoiy xavflilik jinoyatning moddiy belgisi bo'lsa, jinoyatning formal belgisi - uning huquqqa xilofliligi hisoblanadi. Huquqqa xiloflilik - ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat qonuni bilan taqiqlanganligini ifodalaydi. Bu belgi qonuniylik prinsipining «qonunda ko'rsatilmagan bo'lsa, demak jinoyatning o'zi yo'q», qoidasidan kelib chiqadi («Nullum crimen sine cupla»). Huquqqa xiloflilik jinoyatning yuridik belgisi bo'lib, keng ma'noda: • birinchidan, jinoyat qonuni bilan ijtimoiy xavfli va aybli qilmishlarning taqiqlanganligini; • ikkinchidan, jazo qo'llash tahdidini bildiradi. Bundan tashqari, bu belgi «Jinoyat qonunining analogiya bo'yicha qo'llanilishiga yo'l qo'yilmaydi», qoidasini ham o'z ichiga oladi. Demak, jinoiy huquqqa xiloflilik deganda, jinoyatlarning jinoyat huquqiy normalarda ko'rsatilgan jazo qo'llash tahdidi bilan taqiqlanishi tushuniladi. Huquqqa xiloflilik ma lum bir ijtimoiy xavfli qilmishga qarshi kurashish - davlatning mutlaq vakolati ekanligidan darak beradi. Ya'ni qilmishni huquqqa xilof deb topish, uning davlat tomonidan ijtimoiy xavfliligini rasman belgilanishini bildiradi. Qilmishning jinoyat qonuni bilan taqiqlanishi uning ma'lum darajada ijtimoiy xavfli, deb topilganligini anglatadi. Shuning uchun ham qonunda qilmishning jinoyat, deb belgilanishi uning huquqqa xiloflilik xususiyatini ko'rsatadi. Shaxsning unday yoki bunday xulq-atvori, uning shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar, g'ayriqonuniy, deb topilgunga qadar jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. Jinoyatning huquqqa xiloflilik belgisining mohiyati shundaki, huquqqa xilof qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ga u yoki bu vakolatli mansabdor shaxslar (huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari) tomonidan qanday baho berilishidan qat'iy nazar, bunday qilmish uchun qonunda javobgarlik belgilanmaguncha formal jihatdan ijtimoiy xavfli, deb hisoblanmaydi. Jinoyat kodeksida («Maxsus» qismi) belgilangan jinoyat qonunlarini shartli ravshda ikki guruhga bo'lish mumkin: 1) kriminologik jinoyatlar; 2) jinoyat huquqiy jinoyatlar. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi ayrim moddalarida muayyan qilmish uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin yana sodir etilsa, jinoyat deb hisoblanadi. Masalan, qasddan badanga yengil shikast yetkazish (Jinoyat kodeksining 109-moddasi), pornografik narsalarni tayyorlash yoki tarqatish (Jinoyat kodeksining 130- moddasi), tuhmat (Jinoyat kodeksining 139-moddasi), haqorat qilish (Jinoyat kodeksining 140-moddasi) va hokazolar. Bunday qilmishlar birinchi marta sodir qilinsa, jinoiy qilmish darajasidagi ijtimoiy xavfli tus olmaydi. Ammo bunday qilmish ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilsa, ijtimoiy xavfli tus oladi va jinoyat, deb hisoblanadi. Huquqqa xiloflilikni belgilashda Jinoyat kodeksining faqat «Maxsus» qismi normalariga tayanmasdan, «Umumiy» qism institutlari ham e'tiborga olinishi shart. «Umumiy» qism normalari «Maxsus» qism normalarini mustahkamlab, «Maxsus» qism normalarining buzilishi «Umumiy» qism normalarining buzilishiga olib keladi. Jinoyat tushunchasini izohlashda ijtimoiy xavflilik va huquqqa xHoflilik jinoyatning asosiy va bir-biriga aloqador belgilari ekanligini ko'rish mumkin. Jinoyatda ijtimoiy xavflilik belgisining mavjud emasligi o'z navbatida huquqqa xiloflilikning mavjud emasligini bildiradi, ya'ni faqat jinoyat qonuni bilan ijtimoiy xavfli, deb topilgan qilmishlargina huquqqa xilof hisoblanadi.
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy huquqiy o'zgarishlarga qarab o'zgarib boradi. Sifat jihatidan sodir etish usuli, uyushgan guruh bo'lib sodir etilishi, zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan foydalanib sodir etilishi va hokazolarda ifodalanadi. Jinoyatchilikning ijtimoiy hodisa ekanligi shundaki, jinoyatlarning subyektlari jamiyat a'zolarining o'z ichidagi shaxslar bo'lib, ular o'zlari bilan birga yashab turgan jamiyatdagi ijtimoiy munosa-batlarga va jamiyat a'zolariga tajovuz qiladi. Jinoyatchilik hodisaning sharoit va sabablari ham ijtimoiy sabablar tufayli yuz beradi. Jinoyatchilik ijtimoiy odisa sifatida boshqa har qanday ijtimoiy munosabatlardagi iqtisodiy, siyosiy, g'oyaviy, ruhiy boshqaruv, huquqiy va hokazo munosabatlar bilan bog'lanib ketgan. Shuning uchun ham jinoyatchilikning o'sishi, xususiyatlari, ijtimoiy jarayonlarning o'zaro aloqadorligi qarama-qarshiliklar, kriminologik vaziyatlarning miqyosi bilan belgilanadi. Jinoyatchilik sodir etilgan jinoyatlarning oddiy yig'indisidan iborat bo'lmay, bir butun ijtimoiy hodisani tashkil qiluvchi jinoyatlar tizimidan iborat. U o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, o'zining ijtimoiy munosabatlar bilan bog'lanib ketgan. Shuning uchun uning sabablari ham ana shu ijtimoiy munosabatlarda yotadi. Jinoyatchilik muayyan hududda, muayyan vaqt mobaynida sodir etilgan jinoyatlar jamidan iborat ekan, jinoyat va jinoyatchilikning aloqadorligi bir qismdan bir butunga, alohidalikdan umumiylikka ega bo'lgan umumiy qonuniyatlarga asoslanadi. Jinoyatchilikning qonuniyatlari alohida turdagi jinoyatlar orqali emas, balki uni bir butun salbiy ijtimoiy hodisa sifatida tahlil qilish orqali aniqlanadi. Jinoyatchilikni oddiy raqamlarda ifodalab, uning mazmun va mohiyatini ochib berib bo'lmaydi. Shunga ko'ra, jinoyatchilik kriminologiyada sifat va miqdor ko'rsatkichlari orqali ifodalanadi. Jinoyatchilikning miqdor ko'rsatkichlari uning darajasi va dinamikasi bo'lsa, sifat ko'rsatkichlari uning strukturasi va xususiyatlaridagi o'zgarishlardir. O'zbekiston bozor iqtisodiyoti tizimiga o'tishi jarayonida uyush-gan jinoyatchilik, giyohvand vositalar bilan noqonuniy muomala qilish, korrupsiya jinoyatlarining o'sganligi kuzatildi. Bular jinoyatchilikdagi sifat o'zgarishlardir. Jinoyatchilikning sabablari g'oyat murakkab mavzulardan biri hisoblanib, insoniyatning ko'p ming yillik tarixida bu salbiy ijtimoiy hodisa odamlarning eng ilg'or qismini har doim tashvishga solib kelgan. Nima sababdan odamlarning muayyan qismi jinoyat sodir qiladi? Jinoyat sodir qilishning sababi qayerda yotadi? Bu muammo fanlarning turli tarmoqlari mutaxassislari tomonidan jiddiy muno-zaralarga sabab bo'lib kelmoqda va hozirgi kunda ham olimlar bu borada bir fikrga kelishgan emas. Jinoyatchilik sabablari to'g'risidagi masalalar «Kriminologiya» darsligining III bo'limida, ya'ni 5 va 6-boblarda batafsil bayon qilingan. Jinoiy javobgarlik va uning asoslari. Jinoiy javobgarlik jinoyat huquqi normalari bilan qo'riq-lanadigan ijtimoiy munosabalarga jiddiy zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazishi mumkin bo'lgan tajovuz qilingandagina vujudga keladi. Shunday ekan, jinoiy javobgarlik o'z navbatida qandaydir huquqiy oqibatni vujudga keltiradi. Jinoiy javobgarlik esa, jinoyat huquqiy munosabatdir. Ammo jinoyat huquqiy munosabatning kelib chiqishi uchun biron-bir yuridik fakt sodir etilishi talab qiiinadi va bunday yuridik fakt jinoyatning sodir etilishi hisoblanadi. Jinoiy javobgarlik huquqiy javobgarlikning bir ko'rinishi bo'lib, u jinoyat qonunida belgilab qo'yilgan va sud tomonidan jinoyat sodir etishda aybdor bo'lgan shaxsga nisbatan javobgarlikni qo'llashdan iboratdir. Shunga muvofiq, ravishda jinoiy javobgarlik javobgarlikning boshqa turlari (axloqiy, fuqaroviy, ma'muriy va h.k.)dan, eng awalo, o'zining mazmuni jihatidan farq qiladi. Jinoyat kodeksining 16-moddasida jinoiy javobgarlik tushunchasi berilgan: Jinoiy javobgarlik deganda, jinoyat sodir etishda aybdor bo'lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta'sir chorasi qo'llanishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati tushuniladi. Bundan tashqari, jinoyat huquqiga oid darslik va ilmiy adabiyotlarda jinoiy javobgarlik tushunchasiga turlicha ta'rif beriladi. Jinoiy javobgarlik tushunchasi umumiy jihatdan davlat va jinoyat sodir etgan shaxs o'rtasida kelib chiqadigan jinoiy huquqiy munosabat sifatida tushuniladi. Bunda davlatda jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan jinoiy huquqiy ta'sir chorasini qo'llash huquqi vujudga keladi. Jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan faqat shu huquqbuzarlik uchun sanksiyada belgilangan jazo chorasini qo'llash majburiyati vujudga keladi va unga nisbatan xuddi shunday ta'sir chorasi qo'llaniladi. Jinoiy javobgalik vujudga kelgan vaqtdan boshlab shaxsning jinoiy javobgarligi masalasi ko'riladi. Jinoiy javobgarlik masalasi shaxsni dastlabki tergovga jalb qilish (majburlov va ehtiyot choralarini qo'llash), ishni sudda ko'rish, ayblov hukmini chiqa-rish, shartli hukm qilish va sudlanganlik shakllarida amalga oshiriladi. Sudlanganliikning tugashi yoki olib tashlanishi bilan jinoiy javobgarlik tugaydi. Jinoiy javobgarlik jazo va sudlanganlik elementlarisiz bir lahzali hisoblanadi. Uning boshlanishi va oxiri yo'qoladi. Sud hukmining qonuniy kuchga kirishi bilan jinoiy javobgarlik boshlanadi yoki tamom bo'ladi. Sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirishi bilan hukmda belgilangan davlatning majburlov chorasi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan ta'sir qiladi. Yoki shu vaqtdan boshlab, jinoiy javobgarlik tugaydi. . Download 29.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling