Jinoyatchi shaxsi tushunchasi


Jinoyatchi shaxsining ma’naviy-ruhiy xususiyatlari uning ijtimoiy xususiyatlari bilan uzviy bog‘liqdir


Download 76 Kb.
bet4/5
Sana18.09.2023
Hajmi76 Kb.
#1680889
1   2   3   4   5
Bog'liq
17.yuridik

Jinoyatchi shaxsining ma’naviy-ruhiy xususiyatlari uning ijtimoiy xususiyatlari bilan uzviy bog‘liqdir.
Jinoyatchilikning asosiy va oziqlantiruvchi manbalari tarkibi ijtimoiy hayotning barcha sohalarida mavjud bo‘lgan qarama-qarshiliklar, hodisa, voqea, jarayonlar o‘z-o‘zidan jinoiy xatti-harakatni keltirib chiqarmaydi. Jamiyat a’zolarining aksariyat ko‘pchiligi bu qarama-qarshiliklarni, salbiy voqyea, hodisa va jarayonlarni hal qilishga, ta’sirini kuchsizlantirishga, ularning natijasida kelib chiqadigan oqibatlarning oldini olishga harakat qilishadi, ma’lum bir qismi esa o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini qondirish maqsadida bu qarama-qarshiliklarni jinoiy yo‘l bilan hal qiladi yoki ulardan jinoiy maqsadda foydalanadilar. Insonlarning bu ikki yo‘ldan qaysi birini tanlashi ijtimoiy imkoniyatlari doirasini belgilovchi ijtimoiy sharoit yig‘indisiga bog‘liq.
Jinoyatchilik jamiyatda ijtimoiy muhit bilan, ayniqsa, salbiy xususiyatga ega bo‘lgan hodisa, voqea, jarayonlar bilan ikki tomonlama bog‘langan. Bir tomondan bu salbiy hodisa, voqea, jarayonlar odamlarning ma’naviy shakllanishiga bevosita ta’sir qilsa, jinoiy xatti-harakatlarning negizida yotuvchi shaxsiyatparastlik, g‘ayriijtimoiy qarash, yo‘nalishni oziqlantirsa, ikkinchi tomondan har qanday ijtimoiy qarashlar va yo‘nalishlarning muayyan jinoiy tajovuzlarda namoyon bo‘lishiga ko‘maklashadi. Bu ko‘rsatib o‘tilgan hodisa, voqea va jarayon, sharoitlar jinoiy xatti-harakat sodir qiluvchi shaxsdan tashqarida yotadi, unga nisbatan tashqi muhit hisoblanadi, ammo shaxsga ta’sir qilish bilan kriminogen xususiyatga ega bo‘ladi. Shunday qilib, shaxs ijtimoiy muhit bilan jinoyatchilikni bog‘lovchi vosita sifatida harakat qiladi.
Yuqoridagilarga asoslanib, quyidagicha xulosalarga kelish mumkin: «shaxs» tushunchasini «odam», «kishi», «inson» tushunchalarining sinonimi sifatida qo‘llanilishini ma’qullab bo‘lmaydi. Chunki, «shaxs» tushunchasini o‘rganuvchi fanlar (falsafa, sotsiologiya, psixologiya, etika, estetika, pedagogika, kriminologiya va boshq.)ning qoidalariga ko‘ra, ushbu tushunchani «inson (odam, kishi)» tushunchasining sinonimi sifatida qo‘llab bo‘lmaydi.

Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling