Hozir maktabda oʻquvchilar yetarli darajada masʼuliyat bilan oʻqimayaptilar


Download 114.48 Kb.
Sana21.11.2021
Hajmi114.48 Kb.
#176216
Bog'liq
Agar oʻquvchilarning maktabdagi olgan baholari ular universitetlarga imtihon topshirayotganda inobatga olinsa


Agar oʻquvchilarning maktabdagi olgan baholari ular universitetlarga imtihon topshirayotganda inobatga olinsa, ular maktabda yaxshiroq oʻqishga va yaxshi baholar olishga harakat qilishadi.

Quyida berilganlardan qaysi biri yuqoridagi fikrning toʻgʻriligiga shubha uygʻotadi?

 

A

Hozir maktabda oʻquvchilar yetarli darajada masʼuliyat bilan oʻqimayaptilar.

 

B

Oʻquvchilarning baholari ularning keying hayotiga taʼsir qilishi maktabda oʻquvchilarga baho qoʻyishda muammolarni keltirib chiqarishi, soxta baholarning koʻpayishiga sababchi boʻlishi mumkin.

 

C

Maktablarda oʻquvchilar darslarda eʼtiborsiz boʻladilar, ular uchun darsda berilganlarni oʻqish emas, oliy oʻquv yurtiga tayyorlanish muhimroq.

 

D Eng yaxshi taʼlim – bu oʻqituvchilarga maʼlumotlar oʻrgatilgan emas, ularni mavzuga tushunishga oʻrgatilgan taʼlimdir. Bunda oʻquvchilar nafaqat darsda biror mavzuni yaxshi oʻzlashtiradilar, balki bu qobiliyatlari oʻzlari keyinchalik ham biror sohada yaxshi mutaxassis boʻlishlari uchun yaxshi samara beradi.


3.

Imtihonda qanday savollar tushishini hech kim aniq bilmaydi

+

Imtihonda tushadigan namunaviy savollar yetarlicha mavjud



+

Biror misolni shunchaki yodlab emas, uni tushinib ishlaganda, keyingi safar shu yoʻnalishda, lekin boshqacha misollarni ham ishlashda muammo boʻlmaydi.

= ?

Yuqorida soʻroq belgisi oʻrnida quyidagi javoblardan qaysi biri boʻlishi kerak?



A

Imtihon uchun tayyorlangan namunaviy savollarning imtihonga hech qanday aloqasi yoʻq.

 


B

Bilimli bola har qanday savollarni ishlashda qiyinchilikka duch kelmaydi

 


C

Imtihonda yaxshi natija koʻrsatish uchun namunaviy savollarni yodlash emas, ularni tushinib ishlash kerak.

 


D Imtihonga tayyorlanishdan foyda yoʻq

4.

Kompaniya oʻtgan oyda rekord darajada katta zarar koʻrdi. Bu holatni toʻgʻrilash uchun kompaniya raxbari endi mahsulotlarni arzonroq narxda sotishga koʻrsatma berdi.

Yuqoridagilar toʻgʻri boʻlsa, kompaniya egasi qaror qabul qilishda yana qaysi mulohazaga tayangan boʻlishi mumkinligini aniqlang:

 

A

Agar mahsulotlar arzonlashtirilsa, bitta mahsulotdan tushadigan foyda kamaysa ham, mahsulot koʻp sotilishi evaziga umumiy foydani koʻpaytirish mumkin.

 

B

Mahsulot qancha arzon sotilsa, undan tushadigan foyda shunchalik koʻp boʻladi

 

C

Mahsulot arzon sotilsa, avval mahsulotni sotib olishga qurbi yetmagan odamlar ham sotib olishi mumkin boʻladi.

 

D Kompaniya bir marta zarar koʻrgandan keyin uning keyingi oylarda foyda qilishi imkoni boʻlmaydi

5.

Adabiyot fanidan inshoda oʻqituvchi “inshoda umumiy imlo xatolari soni 7 tadan oshgan oʻquvchilarga aʼlo baho qoʻymayman” dedi.



Agar oʻqituvchi oʻz soʻzida turgan boʻlsa, quyidagilardan qaysi biri sodir boʻlishi MUMKIN EMAS.

A

Murod oʻz ishida 7 ta imlo xato qildi, lekin yakunda oʻqituvchi unga aʼlo baho qoʻydi.

 

B

Zebo yozgan inshosidagi imlo xatolari soni bor-yoʻgi 5 ta boʻlgan boʻlsa ham, unga ustozi ishi uchun “yaxshi” bahosini qoʻydi.

 

C

Sinfda insho yozgan oʻquvchilarning 7 tadan kam xato qilganlaridan birortasi ham aʼlo baho ola bilmadi

 

D Axmad inshoda 8 ta imloviy xato qildi, lekin insho maʼno jihatdan yaxshi yozilgani uchun ustozi unga aʼlo baho qoʻydi.


6.

Bizning futbol jamoamiz juda muhim oʻyindan oldin eng yaxshi oʻyinchilaridan bir nechtasini boshqa klubga transfer qilib, oʻtkazib berdilar. Ular oʻrniga sotib olinishi moʻljallangan oʻyinchilarning bittasi jarohat olgan boʻlsa, ikkinchisi soʻngi lahzada klubga oʻtish rejasidan voz kechdi. Klubning soʻnggi oʻyinda magʻlubiyatga uchrashi sababi shunda. Buning ustiga klubdagi ruhiy vaziyat ham yaxshi emas, oʻyinchilarda klub raxbariyatiga nisbatan ishonchsizlik mavjud.

Yuqorida maʼlumotlardagi asosiy xulosani aniqlang.

 


A

Jamoa daromadining asosiy manbasi transfertlar hisoblanadi

 


B

Jamoaning tranfer borasidagi siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchradi

 


C

Klub transfer siyosati va ichki muhit oxirgi oʻyinda jamoaning unchalik kuchli boʻlmagan jamoaga yengilishiga sabab boʻldi.

 


D Klub raxbariyati olib borayotgan notoʻgʻri siyosat oʻyinchilarda ularga nisbatan ishonchsizlik uygʻotdi.

7.

Mansurning kundaligidagi olgan baholariga qarab, uning maktabidagi oʻqituvchilar haqida bemalol gapirish mumkin. Masalan, u jismoniy tarbiya va biologiya fanlaridan chorak davomida faqat aʼlo baho olgan, demak bu fanlardan dars beradigan ustozlar unga kerakli bilimlarni yaxshi bera olganlar. Informatika va kimyo fanlaridan olgan “4” bahosi bu fan oʻqituvchilari oʻquvchilarni darsga yetarlicha qiziqtira olmasligini bildirsa, matematika va ingliz tili fanlari oʻqituvchilari oʻquvchilarga hech narsa tushuntira olmasligini Mansur bu fanlardan “3” bahoga olganidan ham koʻrsa boʻladi.

Yuqorida berilgan matnda xulosani asoslashda yoʻl qoʻyilgan asosiy kamchilikni koʻrsating:

 

A

Jismoniy tarbiya aqliy bilim talab qilinadigan fan emas, bu fandan olingan bahoni misol keltirish toʻgʻri boʻlmagan

 

B

Mansurning olgan bahosi faqat bu fandan oʻqituvchining salohiyatini emas, yana boshqa juda koʻp sabablar natijasi boʻlishi mumkin.

 

C

Taʼlim tizimi rivoji – iqtisodiy rivojlanish garovidir

 

D Bu yerda Mansurning maktabi qanday ekanligi haqida axborot berilmagan

8.

Afsonaviy mamlakatda faqat yolgʻonchilar va rostgoʻylar yashaydilar. Tabiiy-ki, yolgʻonchilar faqat yolgʻon gapiradi, rostgoʻylar faqat rost gapiradi.



Bu mamlakatga borib qolgan sayyoh yoʻlda duch kelgan qari bir choldan “siz yolgʻonchimisiz, rostgoʻymisiz?” deb soʻradi. Lekin chol qari boʻlgani uchun uning bergan javobiga tushunmasdan, savolni yana bir marta takrorlagan edi, cholning yonida turgan, koʻrinishidan cholning farzandiga oʻxshaydigan yigit “Ular “men yolgʻonchilar qishlogʻidanman” deyayaptilar” deb sayyohga javob berdi.

Ushbu maʼlumotlarga asoslanib, quyidagilardan qaysi biri aniq toʻgʻri ekanini ayta olamiz?

 

A

Yosh yigit yolgʻonchi

 

B

Qari chol yolgʻonchi

 

C

Bulardan faqat bittasi yolgʻonchi



D Bu maʼlumotlar biror xulosa chiqarish uchun yetarli emas

9.

Sharifa 1 daqiqada 100 metr, Laylo esa 110 metr masofani bosib oʻta oladi. Poyga yoʻlagida Sharifa Laylodan 100 metr oldinroqda joylashdi va start buyrugʻi berilganda ular ikkalasi baravar yugirib boshlashdi.

Laylo Sharifaga yetib olishi uchun qancha masofani bosib oʻtishi kerak?

 


A 100 metr

B 110 metr

C 1000 metr

D 1100 metr

0.

Har birida 5 ta ishtirokchi boʻlgan 6 ta velosipedchilar jamoasi poygaga qoʻshildilar. Gʻolibni aniqlash uchun ularning ichida birinchi 13 ta oʻrinni egallagan ishtirokchilar ichida eng yaxshi 2 tasining olgan oʻrinlari qoʻshiladi, bu yigʻindi eng kichik boʻlgan jamoa gʻolib hisoblanadi, agar bu yigʻindi teng boʻlsa, unda jamoada eng yaxshi natija kimda yaxshiroq boʻlsa, oʻsha gʻolib hisoblanadi.

Poygada eng yaxshi natija koʻrsatgan oʻn uch ishtirokchi va ularning jamoalari quyidagi jadvalda berilgan:





Bunda, birinchi ustunda poygachining olgan oʻrni, ikkinchi ustunda poygachi ismi va uchinchi ustunda poygachining jamoasi nomi berilgan.

Ushbu poygada qaysi jamoa gʻolib boʻlganini aniqlang:

A

Cat Cycles         

B Blue Bluebirds

C Dell Druids

D Ax Aces

11.

Karim bir xil kattalikdagi, bir tomoni qora, ikkinchi tomoni kulrang boʻlgan ikkita kvadrat shaklidagi qogʻozlardan qirqib, shakl yasadi, bunda qogʻoz boʻlaklari toʻliq ishlatildi, hech bir qogʻoz parchasi tashlab yuborilmadi, ustma-ust tushmadi yoki buklanmadi.

Quyidagi shakllardan qaysi birini Karim yasay olmaydi?

A

B

C

D

12.

Nazirbek qorovul boʻlib ishga kirdi. Qorovullar boshligʻi unga haftaning qaysi kunlari ishlashini, qaysi kunlari dam olishini belgilab berdi, bunga koʻra, u hech qachon 3 kun ketma-ket kunlarda ishlamas ekan, xuddi shunday ketma-ket 3 kun dam ham olmaydi.

Agar Nazirbekning Yakshanba va Dushanba kunlari ishlamasligi va Payshanba kuni ishlashi aniq boʻlsa, u haftada necha kun ishlashini aniqlang.

 

A 1

B 2

C 3

D 4

13.

Valijon har kunlik ovqatlanishda qabul qilgan kaloriyalarini yozib borishga qaror qildi. Quyidagi jadvalda uning hafta kunlarida qabul qilgan kaloriyalari miqdorlari keltirilgan:





Quyidagilardan qaysi biri uning kundalik qabul qilgan kaloriyalari diagrammasi boʻlishi mumkin?

A

B

C

D

14.

6 ta oʻquvchi toqqa chiqish uchun yasalgan zinada necha zina borligini sanashga kelishib oldilar. Manzillariga yetib borgancha ular adashib ketishdi, shuning uchun ularning sanagan zinalari soni turlicha chiqdi. Bunda oʻquvchilarda 155, 157, 167, 168, 179 va 183 zina chiqdi. Ular shu yerdagi yoʻlboshlovchidan zinalarning aniq sonini soʻrashganda, yoʻlboshlovchi: “Aytganlaringiz ichidan aniq zinalar soniga eng yaqin son undan 3 taga farq qiladi, yana 2 tangizning aytgan soningiz zinalar sonidan 10 tadan kam farq qiladi” deb javob berdi.

Bularga koʻra oʻquvchilar bosib oʻtgan zinalarning aniq sonini toping:

 

A 160

B 164

C 171

D 176

15.

Transport vositalari egalari oʻzlarining yoʻldan qanchalik foydalanganliklaridan qatʻiy nazar bir xil miqdorda yoʻl soligʻi toʻlaydilar: bir oyda 1000 km dan oz yoʻl bosadigan odamlar ham oyiga 20 000 km dan koʻproq yoʻl bosadigan odamlar bilan bir xil miqdorda soliq toʻlaydi. Bu adolatdan emas. Yoʻl soligʻi taqsimlanib, transport vositalari yoqilgʻisi uchun soliqlar qatoriga qoʻshib yuborilishi kerak. Shunda transport vositalaridan koʻp foydalanadigan odamlar koʻproq summa toʻlaydi. Bu adolatli tizim boʻlish bilan birga, davlat budjetiga koʻproq pul ham olib kelgan boʻlar edi.

Yuqoridagi matndagi mantiqiy prinsip bilan bir xil boʻlgan prinsipga ega javobni belgilang.

 

A

Odamlar tibbiy muolaja uchun pulni toʻlashga qurbi yetmagandagina bepul tibbiy xizmatdan foydalanishi kerak

 

B

Ishga har kuni metro orqali boradigan odamlar metrodan kam foydalanadiganlarga qaraganda kamroq yoʻl haqi toʻlashi kerak.

 

C

Pulli televizor kanallariga toʻlov obuna orqali boʻlishi kerak, shunda odamlar faqat tamosha qiladigan television kanallari uchungina pul toʻlashadi

 

D Yuridik shaxslarning telefon xizmatlari uchun toʻlovlar jismoniy shaxslarnikiga qaraganda koʻproq boʻlishi kerak, chunki ular bu aloqadan faqat daromad topish maqsadida foydalanayaptilar



16.

Bir nashriyot sahifalari soni 32 ga karrali bo‘lgan jurnallar nashr qiladi, Ya’ni, jurnal 32, 64, 96, …  sahifadan iborat bo‘lishi mumkin. Jurnal sarlavhasi 1 raqam bilan belgilanadi.

Bu jurnalning oʻrtasidagi ochilgan sahifalari qanday raqamlangan boʻlishi mumkin.

 


A 15 va 16

B 30 va 31

C 50 va 51

D 96 va 97

17.

Rixter shkalasi – bu zilzilalar kuchini aniqlash uchun ishlatiladigan oʻlchov birligi. Bunda zilzila kuchi Rixter shkalasi boʻyicha 1 birlik oshishi zilzilaning haqiqiy kuchi oʻn marta oshishini bildiradi. Uchta zilzilaning Rixter shkalasi boʻyicha koʻrsatkichlari quyidagicha:

X : 2.0

Y : 3.0

Z : 4.0

Bu zilzilalarning bir-biriga nisbatan kuchi haqidagi quyidagi mulohazalardan qaysi biri toʻgʻri?

 

A

X – zilzilasi kuchi Y zilzilasi kuchining oʻndan bir qismini tashkil qiladi va Z zilzilasi kuchining yigirmadan birini tashkil qiladi.

 

B

X – zilzilasi kuchi Y zilzilasi kuchining oʻndan bir qismini tashkil qiladi va Z zilzilasi kuchining yuzdan birini tashkil qiladi.

 

C

Z zilzila kuchi X zilzilasi kuchidan ikki marta kuchliroq va Y zilzilasi kuchi X zilzilasi kuchidan bir yarim marta kuchliroq

 

D Z zilzilasi kuchi Y zilzilasidan uning oʻndan biricha kuchliroq, Y zilzilasi kuchi ham oʻz navbatida X zilzilasi kuchidan shunchalik kuchli

18.

Nasiba ishga vaqtida borish uchun ertalab soat 7 da uygʻonishi kerak. Lekin uning raqamli soati buzulib qolib, qoʻngʻiroq vaqtida chalmapti. Buning ustiga displeydagi soat va daqiqani koʻrsatadigan raqamlar ham yaxshi koʻrinmayapti.

Nasiba uygʻonganida raqamli soatida quyidagi belgilarni koʻrdi (soat 24 soatlik tizimda ishlaydi):





Tashqarida quyosh charaqlab turibdi, demak u ishga 12 soatdan koʻproq kech qolgan boʻlishi mumkin emas. Nasiba ishga eng koʻpi bilan qancha kech qolgan boʻlishi mumkinligini aniqlang.

 

A 1 soat 39 minut

B 2 soat 25 minut

C 2 soat 35 minut

D 2 soat 59 minut

19.

Sinfda 24 oʻquvchi bor. Ular maktab boʻgiga 24 tup koʻchat oʻtqazdilar, bunda har bir bola uch tupdan koʻchat oʻtqazdi, har uch qiz esa bitta koʻchat oʻtqazdi.

Sinfdagi qizlar soni oʻgil bolalar sonidan qanchaga koʻp?

 

A 3

B 6

C 8

D 12

20.

Uyimga yaqin mahalliy savdo markazida avtomatik suratga olish stendi mavjud. Stendga pul solingandan aniq 2 daqiqadan keyin avtomat mijozni rasmga oladi, ishlangan rasm rasmga olingandan keyin 4 daqiqa oʻtgach paydo boʻladi.

Stendga pul faqat yashil chiroq yonib turganda tashlanishi mumkin . Bu chiroq pul tashlanishi bilan darhol oʻchadi va 3 daqiqadan keyin yana yonadi.

Bugun rasmga tushishga kelsam navbatda oltinchi edim. Navbatdagi birinchi odam men kelgan zahotim stendga pul tashladi, undan keyingi odamlar ham stenddan iloji boricha tez foydalanishdi.

Stentga yetib kelgach qancha vaqtdan keyin men pulimni stendga joylashtirdim?

 

A 15 daqiqa

B 18 daqiqa

C 21 daqiqa

D 25 daqiqa

Download 114.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling