Jinoyatchi shaxsi tushunchasi
Shaxsning eng muhim psixologik xususiyatlari
Download 76 Kb.
|
17.yuridik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyatchi shaxsi
Shaxsning eng muhim psixologik xususiyatlari: uning turlicha ijtimoiy qadriyatlarga va jamiyatga, uning rivojlanish tamoyillari va normalariga, mehnatga, mulkka, oilaga, bolalarga, ayollarga, milliy qadriyatlarga, ma’naviyatga, atrofdagi odamlarga va o‘zining insoniy hamda fuqaroviy burchlariga munosabati hisoblanadi. Shaxsning ishonchini, g‘oyalarini, yo‘nalishini tashkil qiluvchi chuqur anglangan va mustahkam munosabat uning yo‘nalishini ta’riflaydi. Jinoyatchi shaxsning o‘ziga xosligiga esa undagi turli darajada mustahkam va chuqur g‘ayriijtimoiy yo‘nalishning mavjudligi xamda undagi salbiy, g‘ayriijtimoiy qarashlarda, his-tuyg‘ularda va xattiharakatlarda ko‘rinishidadir.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan inson shaxsi haqidagi nazariy bilimlar jinoyatchi shaxsini to‘g‘ri tushunish, shunday shaxsning shakllanish mexanizmini ochib berishda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, shaxsdagi salbiy ma’naviy xususiyatlarning va g‘ayriijtimoiy qarashlarning manbaini ko‘rsatib beradi, bunday xususiyat va qarashlarning jamiyatda saqlanib qolish, rivojlanish sabablarini tushuntirib beradi. Jinoyatchi shaxsi – bu inson shaxsining ijtimoiy hayotga ko‘nikish jarayonidagi nuqson va kamchiliklar, rivojlanishidagi buzilish va noqulayliklar natijasidir. Bunday shaxs inson tug‘ilishi bilan yoki u yashash davrida birdaniga paydo bo‘lmaydi, balki asta-sekin shakllanadi. Shu bilan birga, inson shaxs sifatida hayot kechirish jarayonida u yashaydigan muhitdagi sharoitning ta’sirida ijtimoiy-ijobiy yoki ijtimoiy-salbiy tomonga qarab o‘zgarishi mumkin. Bu esa, jinoyatchi shaxsini tushunishda, undagi g‘ayriijtimoiy yo‘nalishni shakllanishining oldini olishda, uni tuzalish yo‘liga kiritish va axloqan tarbiyalash mumkin ekanligini asoslashda muhim ahamiyatga ega. Shaxsning barcha ijtimoiy xususiyatlari (ijtimoiy-ijobiy va ijtimoiysalbiy belgilari, xususiyatlari, xulqi, xatti-harakatlari)ni tahlil qilish asosida uning jinoyat sodir etish holati haqida yetarli darajada to‘g‘ri fikr yuritish mumkin. Har qanday shaxs kabi jinoyatchi shaxsi ham ma’naviy-ruhiy xususiyatlar (qarashlar, ishonchlar, ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, orzular, intellektual, emotsional va irodaviy o‘ziga xos xususiyatlar)ga ega. Download 76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling