Jinoyatchilik bolalarda g’ayriqonuniy hatti-harakatning namoyon bo’lish shakli sifatida. Reja: 1
Download 17.26 Kb.
|
jinoyatchilik bolalarda gayriqonuniy (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Retsedivistlar (
Jinoyatchilik bolalarda g’ayriqonuniy hatti-harakatning namoyon bo’lish shakli sifatida. REJA: 1.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi muammosi. 2. Jinoyatni sodir etish sabablari. 3. Balog‘at yoshiga yetmagan huquq buzarning shaxsiga individual profilaktik ta’sir ko‘rsatish. 4.Balog‘at yoshiga yetmagan huquq buzar bilan ishlash individual profilaktik dasturining tuzilishi va mazmuni. Tayanch iboralar: jinoyatchilik, jinoyat kodeksi, profilaktika, huquqbuzarlik, balog’at Yoshi, O’zbekiston Respublikasi jinoyat Kodeksiga binoan balog’at yoshiga yetmagan huquqbuzar deb jinoyat sodir etish paytiga kelib 14 yoshga to’lgan, lekin hali 18 yoshga to’lmagan shaxslar hisoblanadilar. Balog’at yoshiga yetmaganligi javobgarlikni yumshatuvchi holat sifatida qaraladi. Masalan, balog’at yoshiga yetmaganlarga nisbatan ba'i bir jazolar ko’zda tutilmagan, xususan, o’lim jazosi. Ijtimoiy-pedagogikada delikvent xulqi deb o’rnatilgan huquqiy qoidalarni buzish va xuquqbuzarlikka olib keladigan xulqi tushuniladi: Delikvent (lotincha delingnens - huquqbuzar) - xulqi o’zining keskin ko’rinishlarida jinoiy jazolanadigan harakatlardan iborat xulqi yomon subyekt. Delikventlik (lotincha delingnens – jinoiy harakat amalga oshiruvchi huquqbuzar) sotsiologiyada va yurisprudentsiyada militsiya ro’yxatida turadigan yoki jinoiy jazoga olib kelishi mumkin bo’lgan qoidabuzarliklarga muntazam amalga oshiruvchi tarbiyasi qiyin o’smirning Qonunga xilof harakatlarini ko’rsatish.Jinoyat kodeksiga binoan, tarbiyalash koloniyalarida ozodlikdan mahrum etishga hukm etilganlar, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan balog’atga yetmaganlar hamda ular 21 yoshga yetguncha tarbiyalash koloniyalarida qoldirilishga hukm etilganlar jazo o’taydilar. Balog‘atga yetmagan jazolanuvchi – bu o‘smirdir.O‘smirlik davri organizmning keskin jismoniy rivojlanishi, kuch-quvvati, faolligi, tashabbuskorligi bilan ajralib turadi. O‘smirning qattiq emotsionalligi, ta’sirchan, engiltakligi intizomni buzish sababi bo‘lishi mumkin. Balog‘atgayetmagan jazolanuvchilar tashqi ta’sirlarga shu bilan birga ijobiy tomonga ham, salbiy tomonga ham juda ta’sirchan bo‘ladilar. Ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga tanqidiy ko‘z bilan qaramaydilar. Bu ma’naviy beqarorlikka olib keladi, u hulqini ijtimoiy boshqarish samarasinipasaytiradi. Bular ularda ijtimoiy foydali ko‘rsatmalar, qarashlar va ishonchlarini shakllanishini qiyinlashtiradi. SHu bilan bir vaqtda ma’naviy beqarorligi, «oson va chiroyli» hayot kechirishga intilishi, madaniylik darajasi pastligi xulqini ma’naviy o‘zi boshqarishiga zarar keltiradi. Bu holat odob-axloqsizlik harakatlardan ular osongina noqonuniy ishlarni amalga oshirishga o‘tishlariga olib keladi. Balog‘atga yetmagan jazolanuvchilarda bu yoshda irodasi va irodaviy sifatlari shakllanishi jarayoni boradi. Bu davr davomida tarbiyalanuvchilar o‘zlarini shaxs sifatida, kuchli va irodali shaxslarni namuna qilib olib o‘zlarini tarbiyalashga qodir ekaliklarini anglab etadilar. Retsedivistlar (takroriy jinoyat sodir etish) sabablari orasida «jabrlanuvchilar qarshilik ko’rsatmadilar», «o’ziga ishonish xissi paydo bo’ldi», «o’g’rilangan narsani sotish osonligi», «tajribali yo’lboshchining rahbarligi» kabi sabablar uchraydi. Asossiz beshavqatlik xususiyatiga ega og‘ir jinoyatlar, odam o‘ldirish, bezorilik, og‘ir tan jarohati etkazishning ko‘pchilik qismi o‘smirlar tomonidan mast holatda yoki narkotik iste’mol qilgan holatda sodir etiladi. Bunday holatlarda jinoyat sodir etish aybni og‘irlashtiruvchi hisoblanadi. Hukm etilganlarning ko‘pchiliklari erta chekishni boshlaganliklari, spirtli ichimlik ichganlari aniqlandi, bunga kattalar, shu jumladan otaonalari ibrat bo‘lganlar, yana o‘rtoqlaridan toksik moddalarni xidlashga, narkotiklar iste’mol qilishga o‘rganish sabab bo‘lgan. Jinoyatlarning bir qismi o‘smirlar tomonidan kattalar bilan birgasodir etiladi. Bunday jinoyatlar odatda oldindan tayyorlanadi. Katta yoshli jinoyatchilar, jinoyat fosh etilgan taqdirda o‘smir «o‘rtoqlik xissi» va qasam ichganligi sababli aybni o‘z bo‘yniga oladideb o‘ylaydilar, agarda sud bo‘ladigan bo‘lsa unga katta muddat bermaydilar, shartli yoki ijro etishni orqaga surish beriladi deb ishontiradilar. Balog’atga yetmagan hukm etilganlarning shaxsi va guruhlari belgilari quyidagi xususiyatlar bilan belgilanadi: 1.YOshi xususiyatlari – organizmining tez jismoniy rivojlanishi Ma’naviy beqarorligi. Mos bo‘lmagan ravishda o‘ziga baho berish (yuqori baholash, past baholash) Irodasi jadal shakllanishi jarayoni. Dunyoqarashning qarama-qarshiligi. 2.Pedagogik va ma’naviy tarbiyasizligi. Bo‘sh vaqtining tashkil etilmaganligi. Bilim, ma’naviy va professional darajasi pastligi. 3.Oiladagi muammolar. Ota-onalarining yo‘qligi, yoki oilasi to‘liq emasligi. Ota-onalarining yoki qarindoshlarining jamoat tartib-qoidalarini buzishlari. Qarindoshlik aloqalari uzilishi. 4.Jinoyat sodir etish motivlari. Sotib olishga qurbi yetmagan narsaga ega bo‘lish istagi. o‘g‘il bolaligini ko‘rsatib qo‘yish, guruxda obro‘ga ega bo‘lish. Jinoyat sodir etayotganligini yaxshi tushunib etmaslik. 5.Deviant (og‘ish, chetlanishlar) yomon axloqqa odatlanishi 6.Katta yoshdagi jinoyatchilarga bo‘ysunishi. 7.Huquqiy bilimi pastligi. 8.Tashkilot tarbiyasi va tartibiga qarshi bo‘lish. 9.Tashkilot sharoitlariga moslashib olish imkoniyatlari. 10.Hukm etilganlarning stratifikatsiyasi (status-rolli munosabatlar) 11.Ma’lum hayotiy rejalarning yo‘qligi. Balog‘at yoshiga yetmagan xuquqbuzarning shaxsiga individual profilaktik ta’sir ko‘rsatish. Download 17.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling