Jinsini qazib olishga tayyorlash
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
9-maruza
Burg‘ilanish – tog„ jinslarini burg„ilash asboblari bilan burg„ilashda
ularning parchalanishga qarshilik darajasi. Burg„ilanish tog„ jinslarining elastik va plastik, mustahkamlik kabi mexanik xossalarni, hamda qattiqlik, yopishqoqlik va abrazivlik kabi texnologik kо„rsatkichlarni о„z ichiga oladi. Burg„ilanishni standart sharoitlarda 1 daqiqa vaqt mobaynida burg„ilangan shpur yoki skvajina uzunligi bilan yoki aksincha, ya‟ni ayni shu sharoitda 1 m shpur yoki skvajinani burg„ilash uchun ketgan vaqt bilan baholash qabul qilingan. Skvajinalarni burg‘ilash texnologiyasi. Tog„ jinsi massivida skvajinalarni burg„ulashda, burg„ilash snaryadi diametri va mehnat unumdorligi turlicha bо„lgan burg„ilash dastgohlari ishlatiladi. Dastgohlarni (burg„ilash dastgohlarini) tanlash esa, tog„ jinsi xususiyatlari, burg„ilash ishlari hajmi va portlovchi skvajinalar parametrlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Zich va yarim qoyali tog„ jinslarini burg„ilashda – kesuvchi koronkali va aylanma burg„ilovchi SBR turdagi stanoklardan foydalaniladi, qoyali tog„ jinslarida – burg„ilash ishlari hajmi katta bо„lganida, sharoshkali burg„ilovchi dasgohlar qо„llaniladi. Shuningdek, о„rta va kam ish unumli karyerlarda – zarbli aylanma burg„ilovchi dastgohlar qо„llaniladi. Kristall strukturaga ega bо„lgan о„ta qattiq tog„ jinslarida burg„ilash ishlarini olib borishda, SBO turdagi dastgohlar va о„ta kо„p yoriqli va tarkibida karstlar bо„lgan tog„ jinsi massivlarida – kanatli- zarbli burg„ulash dastgohlari qо„llaniladi. Aylanma burg‘ilash (skvajinalarni kesish yо„li bilan burg„ilash). Kesuvchi koronkalar yordamida aylanma burg„ilash asosan vertikal va qiya skvajinalarni о„tishda qо„llaniladi (tog„ jinsi qattiqligi f=2-8). Bunday stanoklar bilan burg„ulash texnologiyasining mohiyati shundaki – elektr dvigateli bilan hosil bо„ladigan bosimning aylanish о„qi bо„ylab kesgichga ta‟sir etadi va keskich aylanib-bosib tog„ jinsini parchalaydi. Maydalangan tog„ jinsi parchalari esa aylanma qobirg„ali shneklar bilan skvajinadan chiqarib tashlanadi. Burg„ilash ishlari tugallangandan keyin skvajinada qolgan tog„ jinsi parchalari siqilgan havo yordamida tozalanadi. Keskichlar yeyilishga chidamli pо„latlardan ishlangan bо„lib, qattiqqotishmali elementlar bilan armirovkalangan buladi. SBR-125 dastgoxining yurishi – qadamlovchi. SBR-150 dastgoxiniki esa gusenitsali. Sharoshkali burg‘ilash. Sharoshkali burg„ulash ham tog„ jinsini aylanma burg„ulab parchalash prinsipiga asoslangan. Bunda skvajinadagi ishchi organnning ishchi yuzasi bilan skvajinadagi qazish joyi aylanma siqilib tog„ jinsi parchalanadi. Ishchi organ uchiga sharoshkali tishlar о„rnatilgan bо„ladi. Skvajinalarni burg„ulash chiqindilaridan tozalash va sharoshkalarni sovutish – burg„ulash shtangalari og„zidan (ichidagi bо„shlikdan) yuboriladigan siqilgan havo yordamida amalga oshiriladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling