Jinslari turadi


Download 43.61 Kb.
Sana10.04.2023
Hajmi43.61 Kb.
#1349185
Bog'liq
Yerning landshaft qobig




Yerning landshaft qobig‘i ham, har bir landshaft ham tabiat komponentlari relef, tog‘ jinslari, tuproq, iqlim, yer usti va yer osti suvlari, hayvonot hamda o‘simlik dunyosi va shu kabilardan tashkil topgan tabiat komponentlarining har biri o‘ziga xos qonuniyatlar asosida mavjud va rivojlanadi. Biroq hech bir komponent boshqa komponentlardan ajralgan holda rivojlanmaydi, ular doimo bir-birining ta’sirida bo’ladi va ularning o‘rtasida modda hamda energiya almashinib turadi. Binobarin, landshaft qobig‘i va har bir landshaft tabiiy komponentlarning oddiy yig‘indisidan iborat bo’lmay, ularning o‘zaro uzviy bog‘langan bir butunligidan iboratdir. Landshaftning barcha komponentlari muayyan muvozanatda shunday tabiiy kompleks hosil qiladiki, unda yangi sifat vujudga keladi.
Tabiiy kompleksning har bir qismi o‘zaro bir-biryning ta’sirida bo’ladi va bir-birini taqozo qilib turadi.Landshaft qobig‘i va landshaftlarning bu bir butunligi tabiat komponentlarinig shunday nozik muvozanatidan iboratki, geografik komplekslardagi bironta qisc turli sabablarga ko’ra (masalan, geologiya qidiruv ishlarini bajarish vaqtida o‘rmalovchi traktorlar bosib payhon qilishi natijasida) o‘simlik qoplamining buzilishini keltirish mumkin. Cho’lda o‘simlik qoplami buzilishi bilanoq quruq qumloq tuproqni shamol uchira boshlaydi. Tekis yerda shamol jo’yaklari hosil bo’ladi. Tuproq qoplami uchib ketib, o‘simlik qoplamining tiklanishi qiyin bo’lib qoladi. Pirovard natijada o‘simlikli cho’l o‘rnida o‘simliksiz to’zima qumli cho’l paydo bo’ladi.
Geografik komplekslarning o‘zgarish ko’lami (masshtabi) ayrim tabiat komponentlarining o‘zgarish ko’lamiga bog‘liq. Turli komponentlarning rivojlanish sur’ati har-xil bo’ladi. Eng tez o‘zgaradigan komponent, hayvonot dunyosidir, undan keyin o‘simliklar, tuproq, suvlar, iqlimiy xususiyat, relef va nihoyat tog‘ jinslari turadi.
Tabiiy resurslardan foydalanishda va tabiatni o‘zlashtirib, ishga solishda, tabiatni o‘zgartirish tadbirlarini amalga oshirishda landshaft qobig‘ining bir butunligi xususiyatini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak insonning har bir joydagi xo’jalik faoliyati landshaft qobig‘ida uzoq davrlar mobaynida qaror topgan muayyan tabiiy geografik jarayonlarga ta’sir ko’rsatadi. Suvomborlari, to’g‘onlar ko’rilishi, qurg‘oqchil yerlarga suv chiqarilishi, cho’llardagi tabiiy o‘simliklarning madaniy o‘simliklar bilan almashtirilishi, jarlarning tekislanishi va boshqa tadbirlar butun tabiiy geografik kompleksga albatta ta’sir etadi, ba’zan esa mazkur tadbirlar loyihasi tuzilayotganda hisobga olinmagan o‘zgarishlarga olib keladi. Tabiatga inson tomonidan berilgan birinchi turtki tabiiy kompleksda bir qator o‘zgarishlarga, ba’zan odam bevosita ko’rsatgan ta’sirga qaraganda juda katta natijalarga olib kelishi mumkin. Masalan, bir vaqtlar daladan chiqqan oqova suvlar tashlangan zovur hozirgi vaqtda juda katta jarga aylangan Toshkentni shimoli-g‘arb, g‘arb tomonlardan aylanib o‘tgan Qoraqamish jari shunday yo’l bilan hosil bo’lgan
Landshaft qobig‘i va geografik komplekslarning bir butunligi qonuniyati inson xo’jalik faoliyati ta’sir ko’rsatishi lozim bo’lgan har qanday ob’ektni (suv chiqarib o‘zlashtiriladigan hudud, suv ombori quriladigan joy, ochiq usulda qazib olinadigan kon, Shahar ichidagi ko’mib yuboriladigan jar va x.k.) oldindan geografik jihatdan mukammal o‘rganishni taqozo qiladi.
Yana shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, tabiatdagi sabab va oqibat bog‘lanishlari oddiy bog‘lanish bo’lmay, juda murakkab bog‘lanishdir. Ana shu juda murakkab bog‘lanishni bilib olingandagina inson xo’jalik faoliyati ta’sirining geografik kompleks komponentlari o‘rtasidagi muvozanatning qanday yo’nalishda o‘zgarishi haqida fikr yuritish mumkin. Chunonchi, to’qaylardagi chivinni yo’qotish baliqning kamayishiga olib keladi. Bir qarashda ular orasida bog‘lanish yo’qday tuyuladi. Aslida tuxumdan yangi chiqqan baliqchalar chivin g‘umbagini yeb katta bo’lar ekan, chivin yo’qolsa, baliq bolalari o‘ladi.1
Landshaftlar komponentlar o‘rtasida modda va energiya almashinishi hamda ularning o‘zgarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Landshaftlarda ham g’oyo tirik organizmdagi kabi modda va energiya almashinib, qayta o‘zgarib turadi. Masalan, xlorofill molekulalari yordamida ro’y beradigan fotosintez jarayoni natijasida organizmda quyoshning nur energiyasi bilan jonsiz tabiat moddalaridan organik moddalar vujudga keladiki, ular hayot uchun moddiy hamda energetika bazasini vujudga keltiradi.
Komponentlari umumiy tabiiy jarayonda muayyan vazifalarni bajarishi bilan o‘zaro bog‘langan: barcha aerob organizmlar kislorod bilan nafas olib, atmosferadan kislorod yutadi, yashil o‘simliklar esa uni yana atmosferaga qaytaradi.
Har bir geografik landshaftda yashil o‘simliklar va ba’zi bir xil bakteriyalar mineral moddalardan organik moddalar tayyorlaydi, hayvonlar bilan ba’zi parazit o‘simliklar tayyor organik moddalarni iste’mol qiladi, bakteriya hamda zamburuglar organik moddalarni parchalab, mineral moddalarga aylantiradi. Ana shu aylanma harakat zanjirining biror yerida uzilish ro’y beradigan, bo’lsa, tabiatda modda almashinishi bo’znladi. Ba’zi zararkunandalarni yo’qotish uchun ishlatiladigan zaharli ximikatlar bakteriya va zamburug‘larni ham qirib yuborishi mumkin. Bunda landshaftdagi modda almashinishida muayyan uzilish bo’ladi va bu yomon oqibatga olib kelishi mumkin.
Landshaft qobig‘ida modda va energiya almashinishi jarayonlari murakkabligiga ko’ra bir-biridan juda katta farq qiladi. Ba’zilari oddiy aylanma mexanik harakatdan iborat. Bunga havodagi quyunlarni, dengiz oqimlarini misol qilib keltirish mumkin. Suvning tabiatdagi aylanma harakati esa ancha murakkab: suvning holati, uning tarkibidagi moddalar miqdori va sifati o‘zgaradi. Biologik modda aylanishida esa moddalarning ximik tarkibi o‘zgaradi.
Aylanma harakatga jalb bo’lgan moddalar bu harakat zanjirining turli qismlarida o‘zlarining fizik, ximik xususiyatlarini o‘zgartiradi va butunlay boshqa ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Tabiatdan va tabiiy resurslardan foydalanishda landshaft qobig‘ining komponentlari o‘rtasida mavjud bo’lgan modda va energiya almashinishi hamda bundan kelib chiqadigan tabiatda modda va energiya aylanishi qonuniyatini hech qachon e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Inson o‘zining xo’jalik faoliyati bilan tabiatdagi modda va energiya aylanishi jarayoniga ta’sir ko’rsatmoqda, bu jarayonda millionlab yillar mobaynida qaror topgan muvozanat buzilmoqda.
Insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida Yer yuzidagi o‘rmonlarning 40% dan ortiq qismi yo’qotildi, obikor yerlarga olinadigan suvning 60% chasi daryo va ko’llarga daytib tushmaydi, atmosferadan sanoat ehtiyojlari uchun har yili 10 mlrd. tonna kislorod olinadi, u atmosferaga qaytib kelmaydi va x.k. Qishloq xo’jaligida begona o‘tlarga, o‘simlik kasalliklariga qarshi zaharli gerbitsidlar tobora ko’proq qo’llanilmoqda, ular tuproqdagi chirituvchi foydali bakteriyalarni ham kiradi. Sanoatda ishlab chiqarilayotgan ba’zi mahsulotlar chirishga o‘ta chidamli bo’lganidan moddalarning aylanma, harakatiga jalb etilmay qolib,, tuproq va guruntni ifloslamoqda. Bularning hammasi tabiatda modda aylanishi jarayonidagi muvozanatga ta’sir ko’rsatmay qolmaydi.
Erning aylanishi va issiqlikning notekis taqsimlanishi natijasida troposferada havo oqimlarining zonal tizimi vujudga keladi. Bu esa Yer yuzasining radiatsiya va issiqlik balansini ancha o‘zgartirib yuboradi. Natijada quyoshdan tushadigan eng ko’p radiatsiya ekvatorga emas, balki 20-30° kengliklar oralig‘iga yuqori keladi.
Yer landshaft qobig’ining bir butunligi va muayyan muvozanatda turishi. Biror bir tabiat komponenti va elementining o’zgarishi bilan butun landshaft qobig’ida o’zgarish ro’y berishi, miqdoriy, muvozanat o’zgarishining tabiatda sifat o’zgarishiga olib kelishi. Tabiatda chiqindining bo’lmasligi. Insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida tabiatdagi aylanma harakatning buzilishi va buning oldini olish.
Geografik qobiqdagi barcha jarayonlarning ikkita energiya manbai borligi: Quyosh energiyasi va Yerning ichki energiyasi. Ularning geografik qobiqda taqsimlanishi. Zonallik va hududiylikning tarkib topishi. Tabiatdan foydalanishda bu xususiyatlarni hisobga olishning zarurligi. Xalqlarning, xususan o’zbek xalqning tabiatdan foydalanishida, qurilish ishlarida qishloq xo’jaligida bu qonuniyatning hisobga olganligi.
O’qtin-o’qtin muddatsiz ro’y beruvchi hodisalar, ularning inson hayoti, xo’jaligiga, tabiatiga ta’siri. Geografik qobiq planetamizning ustki bir necha o’n km qalinlikdagi qismini o’z ichiga olib, bir-biriga o’zaro ta’sir etib turadigan va o’zaro bog’liq bo’lgan geosferalar (atmosfera, litosfera, biosfera)ning majmuasidan iboratdir. U juda murakkab tuzilgan, doimo rivojlanib turadigan, bir butun va sifat jihatidan o’ziga xos bo’lgan moddiy tzimdir.
Har bir geosfera moddannng ma’lum bir agregat holatini aks ettirsa, geografik qobiqda turli holatdagi moddaning birgalikda kelishini ko’ramiz. Undan tashqari organik moddaning mavjudligi ham geografik qobiqning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Geografik qobiqni tashkil etivchi va uning rivojlanishini taminlovchi geosferalarning o’zaro taьsiri va aloqadorligi asosida uning komponentlari va qismlari orasida ro’y beradigan modda va energiya almashinishi yotadi. Bu almashinish moddaning aylanishi (masalan: suvning aylanishi, kimyoviy unsurlarning aylanishi, biologik aylanish kabilar) shaklida bo’ladi.
Geografik qobiqning eng muhim xususiyatlaridan yana biri uning bir butunligi va yaxlit tabiiy geografik mujassama ekanligidir. Lekin uning bir butunlngi, uning turli qismlarida turlicha tabiiy geografik sharoit mavjudligini inkor etmaydi. Boshqacharok qilib aytganda. geografik qobiq-ning o’zi yaxlit tabiiy-geografik mujassama bo’lishi bilan bir vaqtda u turli-tuman katta-kichik tabiiy geografik mujassamalarga tabaqalangandir. Bu tabiiy-geografik mujassamalar katta-kichikligiga qarab turli ko’lamni egal-laydi. Masalan, ularning eng kattasi geografik qobiq bo’lsa, undan kichikrog’i materiklar va okeanlar, yanada kichikrog’i tabiiy-geografik o’lkalar va h. k. Geografik qobiqning bunday murakkab bo’lishi uni har tomonlama tadqiq qilishni, yana uni bir butun holda ham, alohida komponentlari bo’yicha ham va katta-kichik qismlari tabiiy geografik mujassamalari bo’yicha ham o’rganishni taqozo qiladi. Natijada geografik qobiqni tadqiqot obьekti sifatida o’rganuvchi tabiiy geografiya fanining o’zi ham bo’linib ketadi.
Tabiat komponentlari – tog’ jinslari, suv, havo, tuproq, o’simlik va hayvonlar o’ziga xos xususiyatlari Bilan rivojlansa ham o’zaro uzviy bog’langan. Ular o’rtasida to’xtovsiz moda almashinuvi amalga oshadi va natijada tabiiy hududiy komplekslar – landshaftlar hosil bo’ladi. Cho’l, o’rmon, dasht, to’qay va boshqa landshaftlarni ajratish mumikn. O’zaro ichki aloqalari va birligiga ko’ra boshqa joylardan farq qiluvchi, tabiiy chegaralarga ega bo’lgan xududiy komplekslarga landshaftlar deyiladi. Insonlar ma’lum bir landshaftda yashaydilar va uni o’z ehtiyojlariga moslab o’zgartiradilar. Insonning ta’siri landshaftdagi muvozanat buziladi. Natijada landshaft butunlay o’zgarishi, hatto yo’q bo’lib ketishi mumkin. Landshaftdagi o’zgarishlar o’z navbatida insonlarga ham kuchli ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun tabiatni muhofaza qilish asl mohiyati va maqsadiga ko’ra landshaftlarni muhofaza qilishdir.
Geografik landshaftni o’rganish juda katta amaliy ahamiyatga egadir. Chunki kishilarning xo’jalik faoliyati konkret geografik landshaft sharoitida sodir bo’ladi. Hozirgi vaqtda Yer yuzida inson ta’siriga uchramagan tabiiy landshaftlar kam qoldi. Inson ta’sirida o’zgartirilgan landshaftlar antropogen landshaftlar deyiladi. Antropogen landshaftlar bajaradigan funktsiyalari (qishloq xo’jalik landshaftlari, sanoat landshaftlari, Shahar landshaftlari va boshqalar) va o’zgarish xarakteriga Yer yuzidagi landshaftlarning 60 foizidan ortiqrog’i antropogen landshaftlarga kiradi. Inson tomonidan ilmiy asosda o’zgartirilgan, tartibga solib turiladigan, eng yaxshi yashash sharoitlari va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydigan madaniy landshaftlar ham mavjud. Landshaftlarni muhofaza qilish deganda ulardagi o’ziga xos muvozanat holatini saqlash tushuniladi. Landshaftlarni muhofaza qilishning turli shakllari mavjuddir: a) landshaftlarni to’la muhofaza qilish; b) landshaftlarning tabiiy qiyofasini saqlagan holda ayrim tabiat ob’ektlarining muhofazasi; v) qulay antropogen landshaftlarni yaratish va boshqalar.
Keyingi yillarda inson faoliyati quruqlik yuzasining 2/3 qismiga ta’sir etmoqda. Kishilar o’z turmushi va xo’jaligida har yili daryo oqimining 10 % dan foydalanmoqda, dalalarga 300 mln. t ga yaqin mineral o’g’itlar va 4 mln. t zaharli kimyoviy o’g’itlar solinmoqda. Qishloq xo’jalik ishida har yili 3000 km3 tuproq qayta ishlanmoqda. Har yili 7 mlrd. t shartli yoqilg’i yoqilishi natijasida atmosferaga 34,1005 kkal issiqlik va 1 mlrd. t ga yaqin zararli mahsulotlar va qurumlar chiqarib tashlanmoqda. Keyingi 300 yil mobaynida o’rmonlar maydonining yarmidan ko’prog’i qisqardi, hozir o’rmonlar quruqlik maydonining 30% ni tashkil qiladi, xolos. Hozirgi kunda antropogen landshaftlar yer sharidagi quruqlikning katta qismini egalladi, insonlar foydalanayotgan hudud, ya’ni haydalayotgan yerlar: yaylovlar, o’rmonlar butun quruqlikning 55% ni, shuningdek, qurilish maydonlari, qazilmalar ishlab chiqarayotgan rayonlar 20% ga yaqin maydonni egalladi. Inson o’z faoliyatida landshaftga yoki uning ma’lum bir komponentiga ongli va ongsiz ta’sir etadi. Chunonchi, madaniy landshaftni ongli ravishda tashkil etish, landshaft tarkibiy qismlari va morfologik elementlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanishni bilishga asoslanadi, tabiiy resurslarni tiklash, inson hayoti uchun sog’lom muhit barpo etish, hududni oqilona tashkil qilishni ko’zda tutadi. Insonning landshaftga ongsiz ta’siri ko’ngilsiz oqibatlarga, tuproq eroziyasi, qumlarning ko’chishi, havo va tuproqdagi suvlarning ifloslanishiga olib keladi.
Shunday qilib, inson landshaftning u yoki bu komponentini o’zgartirishi bilan umuman landshaftga ta’sir etayotganligini, ya’ni uning strukturasini va taraqqiyotini o’zgartirayotganligini sezmasligi mumkin. Insonning ta’siri landshaftning imkoniyatlaridan oshib ketsa, landshaftdagi muvozanat buziladi. Natijada landshaft butunlay o’zgarishi, hatto yo’q bo’lib ketishi mumkin. Bepoyon o’lkamiz landshafti turli-tuman bo’lib, unda diqqatga sazovor joylar bitmas-tuganmasdir. Qo’riqxonalar, milliy parklar, buyurtmaxonalar, tabiat yodgorliklari, dam olish uchun landshaftlarni muhofaza qilish, madaniy landshaftdan oqilona foydalanishni tashkil etish, landshaftni qayta tiklash ishlari va boshqalar tabiatni muhofaza qilishning shakllaridandir.
Landshaftdagi modda va energiyaning vertikal almashinishiga misol qilib suv yuzasidan bo’ladigan bug’lanishni, suv bug’larini kondensatsiyalanishini, yog’in yog’ishi kabilarni aytish mumkin. Bunda nafaqat suv yoki suv bug’lari, balki turli xil moddalar va kimyoviy usullar ham bir komponentlardan ikkinchisiga, undan uchinchisiga o’tib turishi mumkin.
Ikkinchi xil o’zaro ta’sir va aloqadorliklar gorizontal yo’nalishda ro’y beradigan aloqadorliklar bo’lib, landshaftning morfologik qismlari orasida modda va energiya almashinishi orqali hosil bo’ladi. Gorizontal yo’nalishda ro’y beradigan aloqalar mavjudligining omillaridan biri landshaftlarning va uning morfologik qismlarining yonma-yon bo’lib joylashganligidir. Gorizontal aloqalarga modda va energiyaning iqlimiy aylanib yurishi, ayniqsa, issiqlik va namlikiing ko’chishini belgilab beruvchi havo massalarining harakati ko’proq ta’sir etadi.
Yana bir omil ekzogen jarayonlardir. Bu jarayonlar turli landshaftda har-xil kuch va har-xil jadallik bilan kechadi. Gravitatsiya ham qurumlar, surul-malar, qor ko’chkilari hosil bo’lishida, oqar suvlarning ishi unga bog’liq holda ko’chib yurishi bir joydan ikkinchi joyga to’planishi sabab bo’ladi.
Landshaftda ro’y beradigan vertikal va gorizontal aloqalarni o’zaro ta’-sirda bo’lishini landshaftning vertikal kesmasida ko’rish mumkin. Bunday ikki xil aloqadorlik bir vaqtning o’zida ro’y beradi. Vertikal yo’nalishda harakatlanayotgan modda va energiyaning ma’lum bir qismi gorizontal yo’na-lishda harakatlanayotgan modda va energiyaga qo’shilib ketishi va aksincha bo’li-shi tabiiydir. Ikki xil yo’nalishda harakatda bo’lgan modda va energiyaning o’zaro qo’shilib aralashib ketishi natijasida turli xil aloqadorliklar hosil bo’ladi. Ularning tahlil qila bilish atrof muhitning ifloslanishi va uning oldini olish masalalarini hal qilishda katta ahamiyatga egadir.
Bir komponentdan ikkinchisiga yo’nalgan doimiy, aniq va nisbatan bar-qaror bo’lgan aloqalar to’g’ri aloqalar deyiladi. Bunday aloqalarga tektonik aloqalar tektonik tarkiblar bilan rel’ef orasidagi, rel’ef bilan iqlim, iqlim bilan suvlar orasidagi aloqalarni misol tariqasida keltirish mum-kin. Iqlim omillari, jumladan atmosfera yog’inlari daryolarning to’yinishi, suv va boshqa ko’pgina oqim ko’rsatkichlarini belgilaydi. Suv oqimining tup-roq hosil bo’lish jarayonida tutgan o’rni ham ma’lum. Tuproq bilan o’simlik, o’simlik bilan hayvonot orasidagi aloqalar ham to’g’ri aloqalarga kiradi.
Landshaft dinamikasi tushunchasi bilan landshaftning ichki tuzilishi degan tushuncha asosida modda va enegiya almashinishi yotganligi uchun ularni o’zaro aloqador tushunchalar desa bo’ladi. Umuman landshaftlarda turli holatlarning bo’lishi haqidagi fikrlarni landshaftshunostlikka asos solgan olimlarniig dastlabki yillarda yuzaga kelgan ilmiy ishlarida ham uchratamiz. Masalan, L.S.Berg (1931) landshaftda bo’ladigan o’zgarishlarning ikki xili mavjudligini ko’rsatib o’tadi: takrorlanadigan va takrorlanmaydigan. Takrorlanadigan o’zgarishlarga asosan fasllar almashinishi bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlarni kiritadi. Bunday o’zgarishlar landshaftda mavjud bo’lgan ichki tartibda aytarlik biror yangilik kirita olmaydi. Takrorlanadigan o’zgarishlarga halokatli tavsifdagi zilzila, katta yong’inlar, dovul, suv toshqini kabi o’zgarishlarni ham qo’shadi. Chunki landshaftlar bunday o’zgarishdan keyin yana oldingi holatiga qaytishga harakat qiladi.
Takrorlanmaydigan o’zgarishlarda landshaftlar o’zining avvalgi holatini tiklay olmaydi va o’zgarishlar bir tomonlama ma’lum yunalishda bo’ladi. Tabiiy mujassamlarning holatlari o’zining davomiyligiga qarab uchga bo’linadi:
1. Qisqa vaqtlik holatlar – davomiyligi bir sutkagacha bo’lib, havo massalari va ularning o’zgarishi bilan bog’liq bo’ladi.
2. O’rtacha vaqtlik holatlar – davomiyligi bir sutkadan bir yilgacha davom etadigan holatlar, asosan yil fasllaridagi holatlarni o’z ichiga oladi. Ob-havo bilan bog’liq bo’lgan va fasllardagi o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lgan sutkalik holatlar – stekslar ham shu xilga kiradi.
3. Uzoq muddatlik holatlar – davomiyligi bir yildan ko’proq vaqtni o’z ichiga olib, odatda ko’p yillik iqlim davrlari yoki o’simlik qoplamining suktsesiyasi bilan bog’liq bo’ladi. Xullas, landshaftning holati degan tushuncha murakkab va yirik ilmiy tushuncha bo’lib, uning ko’p tomonlari yetarlik va puxta ishlab chiqilmagan va hali ko’p ilmiy tadqiqot izlanishlarining talab qiladi. Landshaftlar dinamikasi va rivojlanishi o’rganishda bu tushunchani to’g’ri talqin qilish katta ahamiyatga egadir.
Landshaftdagi har bir komponent uzluksiz rivojlanishda va o’zgarishda-dir, agar ulardan birining xususiyati (masalan, iqlim) o’zgarib, yangi sifatga ega bo’lsa, qolgan komponentlar yoki ularning xususiyati (masalan, tuproq) unga moslashib olishga harakat qiladi. Landshaftning ichidagi komponentlarning o’zaro ta’siri va qarama-qarshiliklari landshaftning sust, bir maromda va keskin o’zgarishlarsiz rivojlanishiga sabab bo’lsa, tashqaridan bo’ladigan ta’sir va aloqadorliklar, bu jarayonni tezlashtirishi yoki keskin o’zgartirib yuborishi mumkin.
Landshaftning rivojlanishi, uning ichki tuzilishiga xos bo’lgan belgilarni yangi tarkib belgilari tomonidan siqib chiqarish demakdir. Bu jarayon landshaftda sifat o’zgarishlarini hosil qilib, yangi landshaftni barpo bo’lishiga olib keladi. Ammo bir landshaftning o’zida bir vaqtda hozirgi kunga xos belgilar bilan yonma-yon uzoq o’tmishda shakllangan belgilar ham uchrashi mumkin. Bundan tashqari hozirgi vaqtda landshaftda uchraydigan ayrim hodisa va jarayonlarni bilan landshaftning tarixini, yoshini bilish zarur bo’ladi.
Umuman olganda turli katta-kichiklikdagi geotizimlarning yoshini aniqlash borasida ozmi - ko’pmi ilmiy ishlar qilingan va geotizimning qo’lami qanchalik katta bo’lsa, u shunchalik oldinroq paydo bo’lgan degan xulosa mavjud. Ammo ularning yoshini qaysi vaqtdan boshlab hisoblash kerak degan masala hali munozaralidir. Ayrim tabiiy geograflar landshaftning geologik-geomorfologik asosi qachon shakllangan bo’lsa, o’sha vaqtdan boshlash kerak deyishsa, ayrimlari geotizim maydonini muz bosgan davrdan hisoblashni taklif qiladilar. Bu holda landshaftlarni yoshi yuz minglab yoki milionlab yillarni o’z ichiga olib, geologik davrlar bilan o’lchanishi mumkin. Ammo Orol dengizi atrofidagidek yaqinda(keyingi bir necha yil mobaynida) dengizdan ozod bo’lgan joylarning landshaftlari bundan mustasno. Chunki bunday yerlaridagi landshaftlar endigina shakllanyapti.
Landshaftning maxsus faoliyati asosida uchta yirik tabiiy jarayon yotadi. Bular: 1) energiya oqimi va uning o’zgarishi; 2) namlikning aylanishi; 3) mod-daning biogeokimyoviy aylanishidir. Quyidagi ana shu jarayonlarni birma-bir ko’rib o’tamiz. Landshaftlarda energiya oqimi. Landshaftlarda ro’y beradigan energaya oqimida asosan uch xil energiya, ya’ni , quyosh energiyasi, yerning ichki energiyasi va gravitatsiya energiyasi ishti-rok etadi. Bularga qo’shimcha qilib kimyoviy usullarning o’zaro ta’sirida ajra-lib chiqadigan energiya, minerallarning kristallar panjarasida hosil bo’la-digan kabilarni ham aytish mumkin. Ammo oldingi uch xil energiyaga nisbatan bularning salmog’i ancha kamdir.
Sanab o’tilgan uch xil energiya turlari ichida quyosh energiyasi ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’lib, u landshshaftlarning maxsus faoliytidagi moddalarning barcha aylanma harakatlarida ishtirok etadi. Yerdagi xayotning bor yo’qligi ana shu energiyga bog’liqdir. Quyosh energiysining yerdagi modda aylanishiga qo’shilib ketishi asosan o’ziga xlorofil moddasi bo’lgan organizmlar: yashil bakteriyalar, ko’k yashil suv o’tlari, fitoplankton va uqori tabaqa o’simliklarni fotosintezi orqali bo’ladi.
Yer uzasida utiladigan Quyosh energiyasining asosiy qismi issiqlik sifatida tuproqdagi, qumliklardagi, daryo va ko’llardagi suv va namliklning bug’lanishiga sarf bo’ladi. Bu energiya asosan tabiiy bug’lanishga va transpiratsiyaga sarf bo’ladi.
Undan tashqari yalpi radiatsiya oqimining 0,5 foiziga yaqini o’simlik-larning fotosintez jarayoniga sarf bo’ladi. Bu energayaning yarmidan ko’prog’i shu zaxotiyoq o’simliklarning nafas olish jarayonida yo’qoladi. Qolgan qismi esa o’simliklarning to’qimalarida to’planib keyinchalik ozuqa zanjirlarida ishtirok etadi. Ayrim qismlari esa jonsiz organik moddaga o’tib ketadi. Ammo har bir landshaft sharoitida bu oqimlarning nisbati va son ko’r-satkichlari turlicha bo’lishi mumkin. Suv Yerdagi hayot uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega bo’lib, uning fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlari maxsus keng yoritilgan. Uning eng ijobiy xususiyatlaridan biri shundaki, organizmlarning adabiyotlarda hayot jarayoni uchun eng mos harorat sharoitida u suyuq bo’ladi.
Atmosferadan tushgan yog’inning tuproqqa yetib kelgan qismidan 70 foiziga yaqini tuproqqa singib ichki namlik aylanishining ilk faol qismi ildizlar orqali o’simlikka o’tadi va biotik jarayonlarda ishtirok etadi.
Atmosferadan landshaft yuzasiga tushgan namlik qanday sarf bo’lishini o’rganishda o’simlik tanasida qoladigan namlik ham e’tiborda bo’lishi kerak. Planetamiz tabiiy komponentlarining taqsimlanishida zonallik geografik qobiqning eng muhim struktura xususiyatidir.Erning geografik qobig’ida zonallik vujudga kelishining asosiy sababi.Erning sharsimonligi va shunga bog’liq g’olda Quyosh radiatsiyasining turlicha taqsimlanishidir.Quyoshdan kelayotgan energiya Ur dumaloq bo’lganidan uning xamma qismiga birday taqsimlanmaydi. Bu bilan uzviy bog’liq boshqa tabiat komponentlari temperatura, bug’lanish, bulutlar, yog’inlar, shamollar, tuproqlar, o’simlik va xayvonlar ham zona zona bo’lib joylashgan. Er yuzasi bir xil bo’lganda edi unda vujudga kelgan har bir zona yahlit zona xosil qilib g’arbdan sharqa uzluksiz cho’zilgan bo’lur edi.Er yuzasini notesligi dengiz va okeanlardan tashkil topganligi zonalarning yaxlit bo’lishiga imkon bermaydi.Ammo qonuniy xodisa hisoblangan zonallik batamom tugamaydi.
Geografik zona Yer shari tabiat komponentlari bir biri bilan uzviy bog’langan, bir hil tabiiy xususiyatlar (iqlim,o’simlik,tuproq, va xayvonlar)ga ega bo’lgan hamda palosa shaklida kenglik bo’ylab uzunasiga joylashgan territoriyadir. Erning aylanishi va issiqlikning notekis taqsimlanishi natijasida troposferada havo oqimlarining zonal tizimi vujudga keladi. Bu esa Yer yuzasining radiatsiya va issiqlik balansini ancha o‘zgartirib yuboradi. Natijada quyoshdan tushadigan eng ko’p radiatsiya ekvatorga emas, balki 20-30° kengliklar oralig‘iga yuqori keladi.
Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi va ekliptika bo’ylab quyosh atrofidagi harakati natijasida quyosh radiatsiyasi yil buyi bir xil miqdorda tushmaydi. Buning natijasida issiqlik va radiatsiya zonalari yil davomida mavsumiy ravishda surilib turadi. Bu ham landshaft qobig‘idagi zonallikni murakkablashtirib yuboradi.
Zonallik Yer landshaft qobig‘ining barcha komponentlarida muayyan darajada o‘z ifodasini topgan. Lekin, mavjud zonallik quyosh radiatsiyasining kengliklarga qarab taqsimlanishining bevosita in’ikosi emas, zonallik landshaftning turli komponentlarida, Turli tabiiy geografik jarayonlarida turlicha, aks etadi. Masalan, zonalarning o‘zgarishi bilan havo harorati va yog‘in miqdori bir xilda o‘zgarmaydi
Turli zonalardagi tabiiy geografik jarayonlarning intensivligi Quyoshdan keladigan issiqlik bilan yog‘in miqdori nisbatiga ko’p jihatdan bog‘liq. Bu nisbatni miqdoriy ifodalashning bir qancha usullari taklif qilingan. Bulardan G.K. Visotskiy va K.K. Ivanovning namlanish koeffitsientini hamda M.I. Budiko va A.A. Grigorevning qurg‘oqchillikning radiatsiya indeksini eslatib o‘tish mumkin.
Zonallik landshaftning barcha komponentlari hamda tabiiy jarayonlar uchun xos bo’lgan umumiy geografik qonuniyatdir. Iqlim, tuproq hosil bo’lishi, organik dunyoning zonalligi hammaga ma’lum. Yer osti suvlari, geoximik jarayonlar ham zonallik xususiyatiga ega.
Relef, cho’kindi tog‘ jinslarida ham zonallik aks etadi. Chunonchi, cho’llarda relefning shamol hosil qilgan shakllari, tundradagi ko’pchima d’onglar, dashtlardagi jarlar relefning zonal shakllaridir. Cho’kindi tog‘ jinslarining zonalligiga sovuq o‘lkalarda saralanmagan tog‘ jinslarining to’planishini, cho’llarda shamol keltirgan qum yotqiziqlarining hosil bo’lishini, tuz to’planishini misol qilib ko’rsatish mumkin.
Zonallar vaqt va makonda o‘zgarib turadi. Ularning o‘zgarishi kosmik hamda sayyoraviy sabablar ta’sirida iqlimning o‘zgarishi oqibatida ro’y beradi. Lekin landshaft komponentlari iqlimning o‘zgarishidan turlicha ta’sirlanadi. Eng tez o‘zgaruvchi komponentlar o‘simlik va hayvonot dunyosi, undan s’ong yer usti, yer osti suvlari rejimidir. Relef bilan tog‘ jinslari eng sekin o‘zgaradigan komponentlar hisoblanadi.
Tabiat zonalari – geografik qobiqning iqlim mintaqalari doirasida, asosan, issiqlik bilan namlik miqdori va nisbatiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geotizimlar. Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos tuproqlar, o‘simliklar va hayvonlar tarqalgan bo‘ladi. Shuningdek,Yerning tashqi kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy jarayonlar – nurash, eroziya, deflyasiya, ekzaratsiya va h.k.lar ham tabiat zonalari bo‘yicha farq qiladi. Geografik qobiqning eng yirik zonal birliklari iqlim (geografik) mintaqalardir. Ularning ichida issiqlik va namlik nisbatiga bog‘liq holda tabiat (geografik) zonalari ajratiladi.
Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos iqlim, tuproq, o‘simlik va hayvonot olami, hattoki tabiiy geografik jarayonlar shakllangan bo‘lib, inson xo‘jalik faoliyatiga, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi va qurilishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Issiq o‘lkalarda paxta, uzum, issiq va nam o‘lkalarda kofe, sitrus mevalar, choy, sholi, salqin o‘lkalarda bug‘doy, arpa, sovuq o‘lkalarda esa, faqatgina issiqxonalarda sabzavot va ko‘katlar, gullar yetishtiriladi. Bino va inshootlar, ayniqsa, turarjoy binolarining arxitekturasi, ishlatiladigan qurilish materiali turli tabiat zonalarida bir-biridan farq qiladi.
Sektorlik – quruqlik ichkarisiga tomon okeanlardan uzoqlashgan sari iqlim xususiyatlarining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarib borishi. Sektorlik quruqliklarda iqlim mintaqalarining ichida iqlim tiplari ning ajratilishida aniq namoyon bo‘ladi. Masalan, mo‘tadil iqlim mintaqasida quruqlikda dengiz, mo‘tadil kontinental, keskin kontinental va musson iqlim o‘lkalari shakllangan. Bu esa tuproq-o‘simlik qoplami va, umuman, tabiat zonalarida ham aks etgan. Iqlim o‘lkalariga bog‘liq holda aralash va keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho’llar va cho’llar, musson o‘rmonlari tabiat zonalari shakllangan. Iqlim o‘lkalarining xususiyatiga monand aralash va keng bargli o‘rmonlar hamda musson o‘rmonlari meridional yo‘nalishda, o‘rmon-dasht va dashtlar hamda chalacho’llar va cho’llar esa kenglik bo‘ylab cho‘zilgan.
Azonallik qonuniyati zonallik qonuniyatidan farq qilib, Yerning ichki jarayonlari va mahalliy omillar tufayli tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarishi.
Azonallikning omillari– Yer yuzini qopla gan tog‘ jinslaridagi va relyef tuzilishidagi tafovutlar, grunt suvlari sathi ning relyef va tog‘ jinslarining suv o‘tkazuvchanlik xususiyatiga qarab o‘zgarishi, insonning xo‘jalik faoliyati va h.k. Bu omillar kenglik zonallik qonuniyatiga bo‘ysinmaydi. Ayniqsa, geologik-geomorfologik omillar Yerning ichki kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgani uchun boshqalariga nisbatan keng qamrovlidir. Geologik omillar ichida neotektonik (hozirgi zamon tektonik) harakatlar, ularning Yer yuzining turli joylarida har xil kuch va jadallikda ro‘y berayotgani eng muhim omillardir. Shuningdek, tog‘ jinslaring kimyoviy va fizik xususiyatlari ham faol ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, tarkibida tuzlar keng tarqalgan tog‘ jinslari tarqalgan joylarda sho‘rxoklar, suvda tez eriydigan tog‘ jinslari tarqalgan joylarda esa karstlar avj olib, tuproq-o‘simlik qoplamining va, oxir-oqibatda, land- shaftlarning zonal xususiyatlarini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Yer yuzasining nishabligi kichik bo‘lgan joylarda, odatda, grunt suvlarining sathi yuza joylashgan bo‘ladi. Bunday sharoitda atmosfera yog‘inlari va atrofdan kelgan oqar suvlar hisobiga ortiqcha namlik to‘planib, botqoqliklar vujudga keladi. Masalan, G‘arbiy Sibir, Kongo botig‘i, La-Plata, Orinoko pasttekisliklarida botqoqliklar keng tarqalgan. Botqoqlik – ortiqcha namlik sharoitida doimo yoki uzoq vaqt zax bo‘lib yotadigan, namsevar o‘simliklar va torf qatlami (30 sm va undan ortiq) mavjud bo‘lgan yerlar. Botqoqlarda o‘simlik ildizlari torf ostidagi tuproq-gruntga yetib bormaydi. Agar torf qatlami bo‘lmasa yoki yupqa (30 sm dan kam) bo‘lsa, botqoqlashgan yerlar deyiladi. Botqoqlar tundra, o‘rmon tundra, tayga va nam ekvatorial o‘rmonlar kabi tabiat zonalarida keng tarqalgan.
Cho’l tabiat zonasida joylashgan O‘zbekistonda ham azonal omillar tufayli zonallik qonuniyati "buzilib”, o‘ziga xos landshaftlar shakllangan. Qizilqum va Ustyurtning botiq relyef shakllarida sho‘rxoklar vujudga kelgan. Sho‘rxoklarning, ayniqsa, Ustyurtda keng tarqalishiga sabab relyefning botiqligidan tashqari bu yerda tez eruvchan ohaktosh, gips, mergel kabi jinslarning keng tarqalganligidir. Daryolarning qayirlarida esa rel yefning tekisligi, grunt suvlarining yer betiga yaqinligi va mikroiqlimning atrofdagi cho’ldan namroq va salqinroq bo‘lganidan to‘qaylar shakllangan. To‘qay – daryo bo‘ylaridagi daraxt – buta – o‘t o‘simliklaridan iborat qalin changalzor o‘rmon.
Insonning xo‘jalik faoliyati ham tabiat zonalari ichida ularga xos bo‘lmagan, ya’ni "azonal” landshaftlarni vujudga keltirmoqda. Masalan, O‘zbekistonda cho’llarga suv chiqarilib, o‘zlashtirilishi oqibatida katta-katta maydonlar vohalarga aylantirilgan. Voha – cho’l va chalacho’llarda suv chiqarilib obod qilingan yer. Agar O’zbekistonning aholi xaritasiga qarasangiz, aholisi eng zich hududlar, yirik va katta Shaharlarning barchasi vohalarda ekanini ko‘rasiz.
Yer yuzi tabiiy sharoitining xilma-xilligi va rivojlanishi zonal va azonal omillarning yig‘indisi va o‘zaro ta’siri natijasidir. Geografik qobiqda faqat zonal xususiyatlar yoki faqat azonal xususiyatlar uchraydigan bironta joy yo‘q. Zonal hamda azonal xususiyatlar hamma vaqt va har doim birga uchrab, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Geografik qobiqda zonallik qonuniyati geografiyadagi ilk qonuniyatlardan biridir.
Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari. Olimlar geografik qobiqning rivojlanishini uch bosqichga ajratishadi: nobiogen, biogen va antropogen. Nobiogen bosqich — Yer taraqqiyotining 4,6 mlrd yildan to 570 mln yilgacha o‘tgan davrini qamrab oladi. Bu bosqichda geografik qobiqning asosi tarkib topadi, ya’ni litosfera, atmosfera va gidrosfera shakllanadi. Yerda hayot 3,8-3,5 mlrd yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ular o‘ta oddiy organizmlardan tashkil topganligi uchun geografik qobiqning rivojlanishiga sezilarli ta’sir etmagan.
Biogen bosqich — 570 mln yil muqaddam boshlangan. Bu davrda organizmlar taraqqiy etgan. Natijada, biosfera shakllangan va geografik qobiqning mukammal tizimga ega bo‘lishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.
Antropogen bosqich inson paydo bo‘lgandan (2 mln yil avval) hozirgi kunga qadar o‘tgan davrni qamrab oladi. Ayni paytda geografik qobiqning rivojlanishiga insonning xo‘jalik faoliyati (texnika inqilobi, kosmik asr) sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Bular tabiatni muhofaza qilish, ekologik, demografik muammolarni keltirib chiqardi. Shulardan biri o‘lkamizdagi Orolbo‘yi ekologik muammosidir.
Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari. Geografik qobiq rivojlanishi va tabiat komplekslarining tabaqalanishida ham o‘ziga xos qonuniyatlar mavjud. Ular Yerning umumiy geografik qonuniyatlari deb ataladi. Bu qonuniyatlarni bilish insonga tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va unga zarar yetkazmaslik, ekologik muvozanatni buzmaslik choralarini ko‘rish imkonini beradi. Bir butunlik, modda va energiyaning tabiatda aylanib yurishi, davriy yoki ritmik hodisalar, geografik zonallik va balandlik mintaqalanishi (hududiylik) geografik qobiqning umumiy qonuniyatlaridir. Bular geografik qobiqning rivojlanish qonuniyatlarini namoyon qiladi.
Geografik qobiqning bir butunligi. Geografik qobiqda hech bir tabiat komponenti alohida rivojlanmaydi. Ular doimo bir-birlari bilan bog‘langan va o‘zaro ta’sir etib turadi. Agar birorta tabiat komponenti o‘zgarishga uchrasa, boshqa tabiat komponenti ham albatta o‘zgaradi. Masalan, oddiygina biror daraxtzorning kesilishi oqibatida quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: yerosti suvlari sathi pasayadi, u yerda yashovchi hayvonot olami boshqa joyga ko‘chadi. Shuningdek, shamol ta’siri kuchayib, tuproq yemirilishiga olib keladi. Shu atrofdagi ob-havoda o‘zgarish ro‘y beradi. Kechalari salqinroq, kunduzi issiqroq bo‘ladi.
Bundan tashqari, geografik qobiqning tarkibiy qismlari atmosfera, gidrosfera, biosfera va litosfera doimo bir-biri bilan aloqada, bir-biriga o‘tib turadi. Masalan, havo tarkibidagi suv bug‘lari gidrosfera, chang zarralari litosfera, qushlar, hasharotlar biosfera elementlaridir. Suvdagi organizmlar biosfera elementi bo‘lsa, undagi qum zarralari va turli qattiq jinslar, loyqa litosfera elementidir.

Geografik qobiqda modda va energiya almashinuvi. Geografik qobiqning to‘rtta tarkibiy qismida, ya’ni atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosferalarda modda va energiya almashinuvi ikkita — gorizontal va vertikal yo‘nalishda kuzatiladi. Atmosfera va Dunyo okeanidagi suvning harakatida va litosferadagi vulqonlar harakatida moddalarning ham gorizontal, ham vertikal almashinuvi bo‘ladi. Geografik qobiqdagi modda va energiyaning almashinuviga Yerning ichki energiyasi, Quyosh energiyasi hamda gravitatsiya kuchi ta’sir etadi. Geografik qobiqda modda va energiya to‘xtovsiz almashinib turadi. Bu jarayon murakkab bo‘lib, unda sifat o‘zgarishlari sodir bo‘ladi.


Geografik qobiqda ritmik (davriy)lik. Tabiatda vaqt o‘tishi bilan bir xil hodisalarning takrorlanib turishi ritmiklik deb ataladi. Ritmiklik ikkiga bo‘linadi: sutkalik va yillik (fasliy).
Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sutkalik, Quyosh atrofida to‘liq bir marta aylanishi yillik yoki fasliy ritmlarga sabab bo‘ladi. Sutkalik ritmiklikka kun bilan tun almashishi misol bo‘ladi. Natijada, sutka davomida harorat va namlik o‘zgarib turadi. Hayvonot olami hayotida ham ritmiklik aks etadi. Masalan, ayrim hayvonlar kunduzi faol bo‘lib, kechasi dam olsa, boshqalari, aksincha, tunda juda faol bo‘ladi. Tog‘lardagi qor va muzliklar kunduzi ko‘proq eriydi. Shuning uchun daryolar tushdan keyin sersuvroq bo‘ladi.
Fasliy ritmiklikka Yerda yil fasllarining almashinishi misol bo‘ladi. Tabiatda ko‘p yillik ritmikliklar ham mavjud. Bularga Quyoshdagi jarayonlar va Yer ichki kuchlari ritmikligi sabab bo‘ladi.
Geografik zonallik va balandlik mintaqalanishi. Quruqlikda ekvatordan qutbiy kengliklar tomon tabiat komplekslarining birin-ketin almashinishiga zonallik deb ataladi. Unga Yerning sharsimonligi oqibatida Yer yuziga Quyosh nurining bir tekisda tushmay ekvatordan qutblarga tomon kamayib borishi sabab bo‘ladi. Tog‘larda balandlik tomon tabiat komplekslarining almashinib kelishi balandlik mintaqalanishi deyiladi.



1



Download 43.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling