Jismga bir vaqtning o’zida n va n kuchlar ta’sir qilishi mumkin. Quyidagilarning qaysi biri shu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi bo’la olmaydi
Download 94.12 Kb.
|
1 2
Bog'liqdinamika t
___________________________________ ___________________________________ ___________________________________ DINAMIKA B-01 1. Jismga bir vaqtning o’zida 4 N va 5 N kuchlar ta’sir qilishi mumkin. Quyidagilarning qaysi biri shu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi bo’la olmaydi? A) 1 N B) 6 N C) 7,2 N D) 9,5 N 2. Tortish kuchi bo’lgan lokomotiv massasi 2000 t bo’lgan poyezdni 72 km/h tezlik bilan tortib kelmoqda. Poyezd g’ildiraklari va rels (iz) orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini toping. A) 0,02 B) 0,25 C) 0,4 D) 0,08 3. Massasi 1 tonna bo’lgan avtommobil egrilik radiusi 100 m bo’lgan qavariq ko’prikning o’rtasidan 10 m/s tezlikda o’tayotganida uni qanday kuch bilan bosadi? A) 10 kN B) 3 kN C) 9 kN D) 7,5 kN 4. 10 kg massali tosh 40 m/s boshlang’ich tezlik bilan yuqoriga tik otildi va 50 m balandlikkacha ko’tarildi. Havoning harakatga qarshilik kuchini (N) toping. A) 100 B) 40 C) 80 D) 60 5. Oy – Yerning yo’ldoshi. Agar Yer bilan Oy orasidagi o’zaro tortishish kuchi birdan yo’qolsa, Oyning keyingi harakati qanday bo’ladi? A) Yerga qulab tushadi B) Yer atrofidagi aylanma harakatini davom ettiradi C) to’g’ri chiziqli tekis harakatlanadi D) spiralsimon harakatlanib, Yerga qulab tushadi 6 . Massasi 2 t, tezligi 36 km/h bo’lgan mashina egrilik radiusi 200 m bo’lgan qavariq ko’prikdan o’tmoqda. α=37o bo’lgan paytda mashina ko’prikning o’sha nuqtasini qanday kuch bilan (kN) bosadi? sin37o=0,6. cos37o=0,8. A) 20 B) 17,5 C) 15 D) 16 7. Vaznsiz blokning ikki tarafiga o’zaro ip bilan bog’langan 400 g va 600 g massali yuklar osilgan. Ipdagi taranglik kuchini (N) toping. A) 4 B) 3,2 C) 6 D) 4,8 8. Vaznsiz blokning ikki tarafiga o’zaro ip bilan bog’langan 100 g va 300 g massali yuklar osilgan. Ipdagi taranglik kuchini (N) toping. A) 1 B) 3 C) 2 D) 1,5 9. Yer markazidan 2R balandlikda 18 kg massali jismning vazni (N) qanday bo’ladi? R – Yer radiusi. A) 20 B) 180 C) 90 D) 45 10 Jism qiyalik burchagi 60o bo’lgan tekislik ustida ushlab turilibdi. Jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 1,7 ga teng. Jism qo’yib yuborilgach qanday harakatlanadi? A) tekis harakatlanadi B) tekis tezlanuvchn harakatlanadi C) umuman harakatlanmaydi D) tekis sekinlanuvchan harakatlanadi 11. Ishqalanishi bilan gorizontal tekislik ustida turgan 2 kg massali jism turtib yuborildi. Keyin u qanday harakat qiladi? (µ=0,02). A) tekis tezlanuvchan harakatlanadi B) tekis sekinlanuvchan harakatlanadi C) tekis harakatlanadi D) aylanma harakatlanadi 12. Uzunligi 10 sm, bikrligi 900 N/m bo’lgan prujina uzunliklari 2,5 sm va 7,5 sm bo’lgan ikki bo’lakka bo’lindi. Kichik bo’lakning bikrligini (N/m) toping. A) 900 B) 1200 C) 3600 D) 4800 1 3. Yuklar orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 ga, m2 yuk va tekislik orasidagi ishqlanish koeffitsiyenti 0,05 ga teng. m2 yukni 2 m/s2 tezlanish bilan sug’urib olish uchun unga gorizontal yo’nalgan qanday F kuch qo’yish kerak (N)? , . A) 8 B) 20 C) 28 D) 35 14. Veosipedchi yo’lning egrilik radiusi 40 m bo’lgan qismidan o’tayotganida vertikaldan 45o burchakka og’di. Uning tezligi qanday (m/s) bo’lgan? A) 20 B) 40 C) 24 D) 14 15. 2 rad/s burchak tezlik va 9 m/s chiziqli tezlik bilan aylanma harakat qilayotgan jismga ta’sir qiluvchi markazdan qocha kuch 36 N. Jismning massasini (kg) toping. A) 1 B) 0,33 C) 0,166 D) 2 16. Gorizontal sirtda turgan ikki jismlarning massalari 3 kg va 5 kg, ular o’zaro ip bilan bog’langan. Agar 5 kg massali jismga 24 N kuch ta’sir qilsa, ular orasidagi ipda hosil bo’ladigan taranglik kuchini (N) toping. A) 24 B) 12 C) 15 D) 9 17. Uzunligi 1 m bo’lgan arqonning bir uchiga 20 kg massali yuk mahkamlanib, gorizontal tekislikda aylantirilmoqda. Agar arqon ko’pi bilan 4 kN kuchga chidasa, yukni qanday maksimal burchak tezlik (rad/s) bilan aylantirish mumkin? A) 200 B) 24 C) 8 D) 14 18. Sharofiddin umumiy massasi 50 kg bo’lgan yuk ortilgan aravni o’zgarmas tezlik bilan itarib ketmoqda. Agar Sharofiddin aravaga 100 N kuch bilan ta’sir qilayotgan bo’lsa, arava bilan yer orasidagi ishqalaish koeffitsiyentini toping. A) 0,2 B) 0,04 C) 0,15 D) 0,4 19. Marhabo Yerda ko’pi bilan 5 kg massali yukni qo’lida ushlab tura oladi. U Oyda ko’pi bilan qanday massali (kg) yukni ko’tara oladi? A) 5 B) 30 C) 20 D) 25 20. SIlliq gorizontal stoldan arqon sirg’anib tushmoqda. Arqon harakatining xarakteri qanday? A) tekis tezlanuvchan B) tekis sekinlanuvchan C) notekis tezlanuvchan, tezlanish kamayib boradi D) notekis tezlanuvchan, tezlanish ortib boradi 21. Massalari teng, tezliklari bo’lgan jismlarga vaqt davomida bir xil kuch ta’sir qilsa, qaysi jismning tezligi eng katta qiymatga o’garadi? A) 3 B) 2 C) 1 D) bir xil 22. Bikrliklari k bo’lgan prujinalardan murakkab sistema tuzildi. Sistema m ta tarmoqdan iborat bo’lib, har bir tarmoq ketma – ket ulangan n ta prujinadan tashkil topgan. Sistema umumiy bikrligini toping. A) B) C) D) 23. 200 g massali tinch turgan jism 2 N kuch ta’sirida harakat boshladi. Bu jismning tezligi 10 m/s bo’lganda bu jism qancha masofani (m) o’tgan bo’ladi? A) 5 B) 10 C) 15 D) 20 24. Gorizont bilan Download 94.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling