Jismga taʼsir etuvchi ogʻirlik kuchi asosida jismlar vaznini aniqlaydigan asbob
Download 115.34 Kb.
|
tarozi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analitik tarozi
Tarozi va uning turlari 194-guruh Tilavoldiyeva Gavhar Tarozi — jismga taʼsir etuvchi ogʻirlik kuchi asosida jismlar vaznini aniqlaydigan asbob. Tamaki ogʻirligini oʻlchovchi eski tarozi. 1850-yillar. Tarozi qadimiy oʻlchash asboblaridan. Ikki yelkali va tarelkasimon pallali oddiy tarozi qadimgi Bobilda mil. av. 2,5 ming yillikda va Misrda mil. av. 2 ming yillikda paydo boʻlgan. Savdo, ishlab chiqarish va fanning rivojlanishi bilan tarozi asta-sekin takomillashib borgan. Tarozining umumiy maqsadlarga moʻljallangan, namuna (etalon; toshlarni tekshirish uchun) va laboratoriya (analitik, mikroanalitik, namuna aniqlanadigan va boshqalar) turlari bor. Ishlash tarzi boʻyicha richagli, elektrometrik, gidrostatik, gidravlik va prujinali xillarga boʻlinadi. Tortish chegarasi boʻyicha umumiy maqsad uchun moʻljallangan tarozining stol ustiga oʻrnatiladigan — 50 kilogrammgacha, koʻchma — 50 kg dan 6 tonnagacha, muqim (vagonetka, avtomobil, vagon, elevatorbunkerlarni tortish uchun) — 5 tonnadan 200 tonnagacha yukni torta oladigan xillari bor. Tarozilarning barcha xillari ushbu koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi: 1) chegaraviy tortish kuchi — metrologik koʻrsatkichlarini buzmagan holda tarozi chidashi mumkin boʻlgan eng katta statik nagruzkag; 2) boʻlinmalari qiymati — shkalaning bir boʻlimi oʻzgarishiga mos vazn; 3) tortishda yoʻl qoʻyiladigan xatolar chegarasi — bir galgi tortilgan vazn bilan haqiqiy vazn orasidagi farq; 4) tortishlar paytida shkala koʻrsatishidagi yoʻl qoʻyiladigan farqlar — bir jismning oʻzini har gal tortib koʻrganda vazni har xil chiqishi. Shu koʻrsatkichlar tarozining sifatini va sinfini belgilaydigan omillar hisoblanadi. Hozir yukning ham vaznini, ham qiymatini xaridorga koʻrsatib turadigan elektron tarozilar koʻproq qoʻllanadi. Analitik tarozi — moddalarni aniq tortadigan noziq tarozi; ki-myoviy analizlarda ishlatiladi. Analitik tarozida ogʻirligi 2 gdan 200 g gacha boʻlgan mod-dalar 0,04 mg gacha aniqlikda tortiladi. Analitik tarozining toʻliq analitik (100-500 g li, 1-5 mg aniqlikda tortadigan), yarim mikroanalitik (20-50 g li, 0,2-0,25 mg aniqlikda), mikroanalitik (20-30 g li, 0,01 mg aniqlikda), probirka (1-2 mg li, 0,04 mg aniqlikda); teng yelkali va bir yelkali xillari bor. Bir yelkalida posangi boʻladi. Koʻpincha, teng yelkali va ikki pallali Analitik tarozi ishlatiladi. Analitik tarozi ni chang, shamol, kishi nafasidan sakdash uchun u oynali shkaf ichiga oʻrnatiladi. Download 115.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling