- 10-mavzuda Siz qizdirilgan metall sharning kengayib, halqadan o‘ta olmagan ligi bilan tanishgansiz.
- Suyuqliklarda bu hodisani o‘rganish uchun shunday tajriba o‘tkazaylik (70-rasm).
- Uchta probirka olib ulardan biriga suv, ikkinchisiga yog‘, uchinchisiga sut quyaylik.
- Probirkalar og‘ziga o‘rtasida nay chasi bor tiqin o‘rnataylik.
- Probirkalarni suvli idishga 70-rasmda ko‘rsatilganidek qo‘yib, tagidan isitaylik.
- Suv isigan sari asta-sekin naychalardan suyuqliklar yuqoriga ko‘tarila boshlaydi.
- Demak, suyuqliklar ham isitilganda kengayar ekan.
- Bunda suyuqliklarning naychadan ko‘tarilish balandligi turlicha bo‘lgan ligidan, ularning kengayishi ham turlicha bo‘ladi.
- Gazlarning issiq likdan kengayishini o‘rganish uchun bir kolbani olib, uning ham og‘ziga naychasi bor tiqin o‘rnataylik.
- Naycha uchini suvga tiqib, kolbani ushlagan holda ozroq siypalab turamiz.
- Shunda naycha uchidan suvga havo pufakchalari chiqa boshlaganini ko‘ramiz.
- Bunga sabab kolba qo‘l harorati tufayli ichidagi havosi bilan birga isiydi. Isigan gaz kengayib pufakcha shaklida chiqib ketadi.
- Kolba bo‘g‘zini shtativga o‘rnatib shu holda qoldirilsa, birozdan so‘ng naychadan suv yuqoriga ko‘tarilganligini ko‘rish mumkin.
- Sababi soviganda kolbadagi havo siqiladi.
- Shunday qilib, moddalar (qattiq, suyuq va gazsimon) issiqlikdan kengayadi, sovuqlikdan torayadi.
- Bu hodisaning sababi oldingi mavzuda aytilgan molekulyar harakatdir.
- Moddalarning bu xossasidan turmushda va texnikada keng foydala niladi.
- Temir yo‘l relslarini o‘rnatishda ularni bir-biriga jips tegmaydigan qilib o‘rnatiladi.
- Elektr o‘tkazuvchi simlarni ustunlarga yoz kunida biroz osiltirib tortiladi.
- Qishda torayish evaziga uzilib ketmasligi uchun shunday qilinadi. Shisha stakanlarga issiq suvni birdaniga quyib bo‘lmaydi.
- Chunki, uning ichki qismi issiqlikdan tez kengayadi.
- Tash qarisi esa kengayib ulgurmaydi. Shu sababli stakan sinib ketadi.
- 1. Bimetall plastina. 72-rasmda bir-biriga parchinlab mahkamlangan ikkita – mis va temir plastina keltirilgan.
- Bu plastinada mis va temir issiqlikdan turlicha kengayadi. Bunday plastina qizdirilsa, plastina temir tomonga, sovitilsa mis tomonga egiladi.
- Plastinani juda yuqori temperaturagacha yoki past temperaturagacha sovitilsa nima bo‘ladi? Bu haqda o‘ylab ko‘ring.
- Uning ba’zi bir qo‘llanilishlari haqida to‘xtalib o‘taylik.
- Uyda ishlatiladigan sovutkich yoki elektr dazmol ishiga razm solsak, sovutkich ma’lum bir vaqt ishlaganidan so‘ng to‘xtaganini, dazmol ham qiziganidan so‘ng qizil chirog‘i o‘chganligini ko‘ramiz.
- Chunki unda bimetall plastinkali tokni uzib-ulovchi qurilmasi bor.
- Uning ishlash tamoyili 73-rasmda ko‘rsatilgan.
- 2. Suvning issiqlikdan kengayishi haqida. Suv bilan o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, sovitilish jarayonida dastlab uning hajmi kamayib boradi.
- Temperatura 4°C (uy termometri bilan o‘lchanadi, bu haqda keyingi mavzuda batafsil aytiladi)ga borganda kamayish to‘xtaydi. Sovitish davom ettirilsa, endi uning hajmi, aksincha orta boradi. Bu jarayon suv muzlagunga qadar davom etadi.
- Demak, suv 4°C da eng katta zichlikka ega bo‘lar ekan. Shu hodisaga ko‘ra, ko‘llarda qish paytida suvning ustki qismi muzlaydi.
- Ko‘l tubida esa 4°C li suv bo‘ladi. Agar suv sovishi natijasida bir xilda muzga aylanguncha hajmi kamayib kelganda edi, ko‘ldagi yoki suv omborlaridagi suv tubidan to ustki qismigacha muzga aylanar edi. Suvda bu paytda hayot ham to‘xtab qolar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |