Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi:
1.
|
moddiy yordam summalari:
favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari - to’laligicha;
vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari - eng kam ish haqining o’n ikki baravarigacha miqdorda;
boshqa hollarda - soliq davri uchun eng kam ish haqining o’n ikki baravarigacha miqdorda;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 1-bandi
|
2.
|
yo’llanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan to’liq yoki qisman qoplash summalari, turistik yo’llanmalar bundan mustasno:
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sog’lomlashtirish muassasalariga yo’llanmalar qiymatini nogironlarga, shu jumladan mazkur korxonada ishlamaydigan nogironlarga to’liq yoki qisman qoplash summalari;
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa sog’lomlashtirish oromgohlari, shuningdek ota-onalarning bolalari bilan dam olishiga maxsus mo’ljallangan sanatoriy-kurort va sog’lomlashtirish muassasalariga o’z xodimlarining o’n olti yoshga to’lmagan (o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan o’quvchilar) bolalari uchun yo’llanmalar qiymatini to’liq yoki qisman qoplash summalari;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 2-bandi
|
3.
|
o’z xodimlariga va ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy xizmat ko’rsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan to’langan summalar, shuningdek yuridik shaxsning davolash va tibbiy xizmat ko’rsatganlik, nogironlik profilaktikasi va nogironlarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olish uchun qilingan xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat ko’rsatganlik uchun yuridik shaxslar tomonidan sog’liqni saqlash muassasalariga naqd pulsiz haq to’langan taqdirda, shuningdek sog’liqni saqlash tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun mo’ljallangan naqd pul mablag’lari bevosita xodimga, xodim yo’qligida, uning oila a’zolariga, ota-onalariga berilgan yoki mazkur maqsadlar uchun mo’ljallangan mablag’lar xodimning bankdagi hisobvarag’iga kiritilgan taqdirda, ushbu daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 3-bandi
|
4.
|
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining O’zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan byudjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 4-bandi
|
5.
|
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari ko’magida amalga oshirilayotgan bo’lsa;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 5-bandi
|
6.
|
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’laganidan keyin xususiy korxona mulkdori, fermer xo’jaligi boshlig’i ixtiyorida qoladigan foyda summasi;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 6-bandi
|
7.
|
O’zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo’lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg’alarining qiymati, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo’la beriladigan pul mukofoti;
|
Soliq kodeksining 179-moddasi 7-bandi
|
8.
|
xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o’rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo’la beriladigan pul mukofoti;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 8-bandi
|
9.
|
donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek qon yiqqanlik uchun tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalar;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 10-bandi
|
10.
|
jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan:
qimmatli qog’ozlarni, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);
yashash uchun mo’ljallanmagan joylarni;
ketma-ket keladigan o’n ikki oylik davr ichida bir martadan ortiq bitim tuzilgan taqdirda, uy-joylarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar mustasno;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 11-bandi
|
11.
|
uy xo’jaligida, shu jumladan dehqon xo’jaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramol, parranda, mo’ynali va boshqa hayvonlar, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni so’yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, tabiiy va qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali bog’dorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno.
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 12-bandi
|
13.
|
xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 13-bandi
|
14.
|
yuridik shaxsdan soliq davri mobaynida eng kam ish haqining olti baravari miqdorigacha bo’lgan qiymatdagi:
xodimlar natura shaklida olgan sovg’alar;
ilgari mazkur yuridik shaxsning xodimlari bo’lgan ishlamayotgan pensionerlar va mehnat qobiliyatini yo’qotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila a’zolari tomonidan olingan sovg’alar va boshqa turlardagi yordam;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 14-bandi
|
15.
|
jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekin olingan pul va natura shaklidagi daromadlar, bundan fan, adabiyot va san’at asarlarining, adabiyot va san’at asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxo’rlariga (huquqiy vorislariga) to’lanadigan pul mukofotlari mustasno;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 15-bandi
|
16.
|
davlat zayomining obligatsiyalari bo’yicha yutuqlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha foizlar, lotereya bo’yicha yutuqlar;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 16-bandi
|
17.
|
depozit sertifikatlari, davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha daromadlar, shuningdek banklar va kredit uyushmalaridagi omonatlar bo’yicha foizlar hamda yutuqlar;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 17-bandi
|
18.
|
xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek ilmiy-texnika hamkorligi sohasidagi O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida bevosita jismoniy shaxs grant beruvchidan yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakil qilingan fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo’yicha organning xulosasi bo’lgan taqdirda, yuridik shaxsdan - grant oluvchidan olgan grant summasi;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 18-bandi
|
19.
|
fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining davlat korxonalari mol-mulkini sotib olish, xususiylashtirilayotgan korxonalar aktsiyalarini olish uchun yo’naltiriladigan summalari, shuningdek dividendlar tarzida olingan va dividend to’lagan yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yo’naltirilgan daromadlar. Ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyoz qo’llanilganidan so’ng bir yil ichida muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilganda (chiqib ketilganda), mazkur mol-mulk sotilganda yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o’rtasida taqsimlanganda ilgari soliq solishdan ozod qilingan daromadlarga umumiy asoslarda soliq solinishi kerak;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 19-bandi
|
20.
|
mehnat shartnomasi bekor qilinganida eng kam ish haqining o’n ikki baravari miqdori doirasida to’lanadigan ishdan bo’shatish nafaqasi, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari (shu jumladan oilaning bemor a’zosini parvarishlash nafaqasi) mustasno, shuningdek fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, hayriya va ekologiya jamg’armalaridan jismoniy shaxslarga beriladigan yordam tusidagi to’lovlar;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 20-bandi
|
21.
|
olingan alimentlar;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 21-bandi
|
22.
|
fuqarolarning sug’urta tovoni sifatida oladigan summalari;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 22-bandi
|
23.
|
qonun hujjatlarida davlat stipendiyalari uchun belgilangan miqdorlarda ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan to’lanadigan stipendiyalar;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 23-bandi
|
24.
|
uy-joy-kommunal xizmatlariga haq to’lash bo’yicha qonun hujjatlariga muvofiq har oylik kompensatsiya pul to’lovlari;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 24-bandi
|
25.
|
davlat pensiyalari;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 25-bandi
|
26.
|
jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo’yicha foiz daromadlari, shuningdek jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlari;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 27-bandi
|
27.
|
fuqarolarning soliq solinadigan va O’zbekiston Respublikasida sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan yuridik shaxslarga mol-mulkni sug’urta qilish hamda hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish bo’yicha sug’urta mukofotlari to’lovi uchun yo’naltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlarining summalari;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 28-bandi
|
28.
|
yuridik shaxslar muassislarining (ishtirokchilarining) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektiga - yuridik shaxsga uning majburiyatlarini bajarish uchun yo’naltiriladigan daromadlari summalari. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to’xtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo’llanilmaydi va soliq summasi imtiyoz qo’llanilgan butun davr uchun to’liq miqdorda undiriladi;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 29-bandi
|
29.
|
quyidagi jismoniy shaxslarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari summalari:
yosh oila a’zolari tomonidan yakka tartibda uy-joyni qurish, rekonstruktsiya qilish va sotib olish uchun yoki ko’p kvartirali uydagi kvartirani rekonstruktsiya qilish va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo’yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo’naltirilganda;
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibda uy-joy qurishni ushbu maqsadlar uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklatilgan banklarning kreditlari hisobidan amalga oshirayotgan quruvchi shaxslar tomonidan olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo’yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo’naltirilganda.
Ushbu bandda ko’rsatilgan mol-mulk olingan (mol-mulkka bo’lgan huquq davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) sanadan e’tiboran besh yil ichida sotilsa, mazkur bandda nazarda tutilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi;
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 30-bandi
|
30.
|
fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining:
O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish uchun (o’zining o’qishi yoki yigirma olti yoshga to’lmagan farzandlarining o’qishi uchun) yo’naltiriladigan summalari;
O’zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yo’naltiriladigan summalari.
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 31-bandi
|
31.
|
jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomasi bo’yicha) olingan ulushlar, paylar va aktsiyalar tarzidagi daromadlar, agar mazkur ulushlar, paylar va aktsiyalarni berish yaqin qarindoshlar o’rtasida amalga oshirilsa.
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 32-bandi
|
32.
|
paxta yig’im-terimi bo’yicha qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari.
|
Soliq kodeksining
179-moddasi 33-bandi
|
|