Jismoniy madaniyat fakulteti
Respublika va Butun ittifoq spartakiadalari
Download 42.48 Kb.
|
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyatning rivojlanishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ozbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida»
- «Soglom avlod uchun»
- «Talim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish togrisida
- “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida
- Foydalanilgan adabiyotlar
Respublika va Butun ittifoq spartakiadalari. 80-yillar boshida respublika va ittifoqqa tanilgan sportchilar viloyatlardagi jamoalarda ko'paydi. VIII spartakiada 1983 yil sport turlari bo'yicha sobiq ittioqning bir qator shaharlarida o'tkazildi. Spartakiadaning dasturi asosida ilk bor uch guruhga bo'lib musobaqalar tashkil etildi.
Birinchi guruhda: Rossiya, Moskva, Leningrad, Ukraina, Belorussiya jamoalari edi. Ikkinchi guruhda: Qozog'iston, Gruziya, O'zbekiston, Litva, Latviya jamoalari bo'lib, ular orasida Qozog'iston g'olib chiqdi. Uchinchi guruhda: Armaniston, Ozarboyjon, Moldaviya, Estoniya, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalari o'zaro musobaqalashdi va Armaniston g'olib chiqdi. IX Spartakiada 1987 yil 23 ta shaharda tashkil etilib, ularda sportning 37 turi bo'yicha kurash olib borildi. Rossiya sportning 17 turi (1-o'rin), Ukraina-12 turi (II) va Moskva shahri esa 7 tur bo'yicha (III) g'oliblikni qo'lga kiritdi. Leningrad, O'zbekiston, Ozarboyjon, Tojikiston va Turkmaniston sportchilari juda sust qatnashdi. X Spartakiada 1991 yil 6 iyulda Lujnikidagi Bosh Olimpiya stadionida ochilgan. O'zbekiston mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport ishlari ancha rivoj topdi. Ommaviylik asosida sport mahoratlarni oshirish ancha o'sdi. Futbol, tennis, o'zbek kurashi, boks, sharqona yakka kurashlar (karate, dzyu-do, taekvando, ushu, qo'l to'pi va h.k.) yoshlar orasida tobora ommalashmoqda. Buning eng asosiy sabablari shundaki, «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonun, qator qarorlarni amalga oshirishda katta tadbirlar o'tkazildi. Ularning natijalari esa respublikada o'tkazilgan sport musobaqalari, xalqaro turnirlar va sportchilarning Osiyo va jahon birinchiliklarida ishtirok etishi, erishilgan yutuqlar mazmunida namoyon bo'lmoqda. O'zbekistonda futbolni rivojlantirish, tennis, boks va kurash bo'yicha xalqaro turnirlar o'tkazish haqidagi hukumat qarorlari muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, «O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi qarori barcha davlat idoralari hamda nodavlat va jamoat tashkilotlari oldiga katta mas'uliyatlarni yukladi. Shu asosida aholining barcha tabaqalari va ishlab chiqarish, savdo, tijorat, tarbiya, o'quv muassasalari sohalarida jismoniy tarbiya va sportni keng yo'lga qo'yish masalalari jiddiy vazifa bo'lib qolmoqda. O'zbekiston Respublikasi brinchi Prezidentining Farmoni bilan 1993 yil martda «Sog'lom avlod uchun» ordeni ta'sis etildi. Uning nizomida ifodalanishicha ta'lim-tarbiya hamda tibbiyot maskanlarida a'lo darajada xizmat qilgan xodimlar, rahbarlar va bu sohaga ulkan hissa qo'shgan shaxslarga I-III darajali ordenlar berilmoqda. Respublikaning deyarli barcha viloyatlardagi jismoniy tarbiya o'qituvchilari, BO'SMning murabbiy va rahbarlari, sport tashkilotlarining mas'ul xodimlari bu orden bilan mukafotlanmoqda. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida»gi Farmoni (1997 yil 10 oktyabr), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi qarori va boshqa rasmiy hujjatlar asosida «Sog'lom avlod» davlat dasturi» ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Dasturning asosiy yo'nalishi tibbiyot, ta'lim, mahalla va boshqa sohalarda aholining salomatligini muhofaza qilish, sog'liqni yaxshilash bo'yicha ta'lim-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, bunda oila, mahalla va mehnat jamoalarda ijtimoiy turmush sharoitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni maqsadli o'tkazish ko'zda tutildi. «Sog'lom ona va sog'lom bola» shiori ustuvor bo'lishi ta'kidlangan O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida xalqaro sport harakatida munosib o'rin egallashga bor imkoniyatlarini ishga soldi. Mustaqillik yillarida O'zbekiston sportchilari ko’pgina nufuzli xalqaro sport musobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. O'zbekiston sobiq Ittifoq davrida jahon sport hamjami- yatlariga a'zo bo'lgan emas. Sharq va g'arb mamlakatlari bilan sport aloqalar u yoki bu darajada olib borilgan bo'lsada, u ham faqat sho'rolar hukumati ruxsati va nazorati ostida o'tkazilgan. Xalqaro sport va olimpiya harakatining keng rivojlanishi, qit'alarda turli xil sport musobaqalari, qit'a o'yinlarining o'tkazilishi, jahon chempionatlari va Olimpiya o'yinlarining an'anaviy tashkil etilishi har bir mamlakatda sport turlarini rivojlantirishni qadimdan taqozo etib kelgan. O'zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro sport hamjamiyatlariga a'zo bo'lib kirish maqsadida Milliy Olimpiya qo'mitasini tashkil etdi. Bu 1992 yil 21 yanvardagi birinchi ta'sis majlisida amalga oshirildi. XOQ xartiyasi asosida va jahon sport harakatining ilg'or tajribalariga tayanilgan holda MOQ nizomi ishlab chiqildi va qabul qilindi. O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi notijorat tashkiloti bo’lib, o’z faoliyati O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining Olimpiya xartiyasi hamda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining Nizomi asosida amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonunining Yangi tahriri 2015 yil 5 sentyabrda qabul qilindi. Mazkur Qonunning 17-moddasi “O’zbekiston olimpiya harakati. O’zbekiston olimpiya ko’mitasi”ga bag’ishlangan. O’zbekiston olimpiya harakati Xalqaro olimpiya harakatining tarkibiy qismi bo’lib, uning maqsadi olimpiya harakati printsiplarini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga kumaklashish, sport sohasida halqaro hamkorlikni mustahkamlash, Olimpiya o’yinlarida hamda Xalqaro olimpiya qo’mitasi boshchiligida o’tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishdan iboratdir. O’zbekiston olimpiya harakati O’zbekiston olimpiya ko’mitasi – respublika nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan boshqariladi, ushbu qo’mita o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Xalqaro olimpiya ko’mitasining Olimpiya xartiyasiga hamda o’z ustaviga muvofiq amalga oshiradi. Davlat O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasiga o’z ustavida belgilangan maqsadlarini amalga oshirishiga har tomonlama ko’maklashgan holda O’zbekiston olimpiya harakatini tan oladi va qo’llab-quvvatlaydi.
O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan, sportning olimpiya turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. Davlatimiz parlamenti tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunining qabul qilinishi huddi shundan dalolat beradi. Mamlakatda milliy sport turlari va xalq o’yinlarini tiklash, ularni ommalashtirish va keng targ’ib etishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. 1994 yilda birinchi marta Jizzah viloyatining Forish tumanida 1 Xalq o’yinlari festivali o’tkazildi. O’sha davrdan boshlab muntazam ravishda, har ikki yilda bir marta (1998 yildan “Alpomish” milliy sport turlari va o’yinlari festivali nomi bilan) o’tkazilmoqda. Festivallarda Xalq o’yinlari bo’yicha musobaqalar bilan bir qatorda ilmiy amaliy anjumanlar ham o’tkaziladi. O'zbekiston mustaqilligi davomida jismoniy tarbiya va sport ishlari ancha rivoj topdi. Ommaviylik asosida sport mahoratlarni oshirish ancha o'shdi. Futbol, tennis, o'zbek kurashi, boks, sharqona yakka kurashlar (karate, dzyu-do, taekvando, ushu, qo'l to'pi va h.k.) yoshlar orasida tobora ommalashmoqda. Buning eng asosiy sabablari shundaki, «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonun hamda qator qarorlami amalga oshirishda katta tadbirlar o'tkazildi. Ularning natijalari esa respublikada o'tkazilgan sport musobaqalari, xalqaro turnirlar va sportchilarning Osiyo va jahon birinchiliklarida ishtirok etishi, erishilgan yutuqlar mazmunida namoyon bo'lmoqda. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti mustaqillikka erishish va uning istiqbolida aholi salomatligining o'ta qimmatliligini va unga ega bo'lish yo'llarini katta ko'tarinkilik bilan izhor qilib bergan, ya'ni: «Bizning zaminimiz polvonlar va botirlarini mehr bilan tarbiyalab kelmoqda. Bugungi kunda hamma joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda... o'zining salomatligi haqida shaxsan g'amxo'rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, maktab, mahalla, sog'liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko'magida singdirish kerak», - deb haqli ravishda aytgan. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Akramov A.K., O'zbekistonda jismoniy madaniyat va sport tarixi. O'quv qo’llanma. - T.: O'zDJTI nashr, 1997. 2.Xoshimov K. Pedagogika tarixi.T.:”O’qituvchi”,1996. 3.Ernazarov E. Olimpiada – jahon sporti bayrami. T.: “Sharq”, 2008. 4.Axmatov M.S. Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy sport-sog’lomlashtirish ishlarini samarali boshqarish. T.: 2005. 5. Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish. Т.: 2008. 6.Ergashev Q., Hamidov H. O’zbekiston tarixi. O’quv qo’llanma. T.:2015. Download 42.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling