1930 yil Butunittifoq yoshlar tashkilotining (komsomol) tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan «SSSR mehnat va mudofaasiga tayyor» (GTO) jismoniy tarbiya majmui tashkil etildi. 1931 yilda jismoniy madaniyat Oliy kengashi GTO majmuining I bosqichi va 1933-yilda II bosqichini tasdiqladi. 1934 yilda esa BGTO («Bud gotov k trudu i oborone») majmui bolalar uchun ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Bu uch bosqichli jismoniy madaniyat majmuida asosan, barkamollik va salomatlik yo'nalishlari mujassamlanib, sovet jismoniy tarbiya tizimining asosini tashkil etdi. Shu sababdan, barcha joylarda bu majmuaning talablari hamda me'yorlarini bajarishga bo'lgan qiziqish, intilish kuchaytirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |