1928 yil avgustda Umumittifoq I spartakiadasi Moskvada o'tkazildi. Unda barcha ittifoqchi respublikalar va ba'zi bir chet mamlakatlarning sportchilari ishtirok etdi. 7225 qatnashchi orasida 600 dan ortiq inglizlar, argentinalik, germaniyalik, norvegiyalik, urugvaylik, finlyandiyalik, fransiyalik, chexiyalik sportchilar bor edi. Ikki hafta davomida yengil atletika, gimnastika, kurash, o'q otish, gorodki, eshkak eshish va boshqa sport turlari bo'yicha musobaqalar davom etdi. Umumiy yakunlar bo'yicha spartakiadada Rossiya - birinchi, Ukraina - ikkinchi, Belorussiya - uchinchi, O'zbekiston - to'rtinchi, Kavkazorti - beshinchi va Turkmaniston - oltinchi o'rinni egallashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |