Vegera xalqaro granti doirasida Germaniyalik Dr Martin Welpning universitetimizga tashrifi
Download 15.64 Kb.
|
BRR 06.01.2023 Websitega ma\'lumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti
VEGERA xalqaro granti doirasida Germaniyalik Dr Martin Welpning universitetimizga tashrifi Ma’lumki, universitetimizda Germaniyaning (IKI) International Climate Initiative tomonidan Medium Grants dasturining “Qurilish sohasida energiya samaradorligi” yoʼnalishida eʼlon qilingan tanlovda yetakchi taʼlim muassasasi sifatida qoʼlga kiritilgan Ebersvalde Barqaror Rivojlantirish Universiteti bilan hamkorlikdagi IMG2020_l_001_UZB_Energy efficiency in the building sector VEGERA “The improvement of energy efficiency in the building sector through the use of renewable raw materials from agroforestry systems” (Agroo‘rmonchilik tizimlarining qayta tiklanadigan xom ashyolaridan foydalanish orqali qurilish sohasida energiya samaradorligini oshirish ) halqaro loyihasi 01.08.2021dan o’z faoliyatini boshlagan edi. Umumiy qiymati 620.000 EUR tashkil qilgan ushbu grant ( 2021-2024y) boyicha asosiy tashkilot sifatida Germaniyaning Ebersvalde Barqaror rivojlantirish universiteti (HNEE), Butunjahon agro o‘rmon xo‘jaligi markazi (ICRAF- lnternational Centre for Research in Agroforestry ) va "Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti" Milliy Tadqiqot Universiteti xamkorlik qilmoqda.Shuningdek, Berlin Texnika universiteti, Germaniya Arxitektura instituti- Tabiiy qurilish laboratoriyasi, Xalqaro qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari bo‘yicha maslahat guruhi (CGIAR-), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) kabi bir qator halqaro tashkilotlar ham loyixaga o’zlarining ilg’or tajribalari bilan faol qatnashib kelishmoqda.Eslatib o’tamiz, VEGERA loyixasining O’zbekistondagi koordinatori, universitetimiz rektori, t.f.n, professor B.S.Mirzayev xisoblanib, loyixa doirasidagi vazifalar jamoa bilan bosqichma-bosqich shaklda samarali olib borilmoqda. Joriy yilning 6 yanvar sanasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universitetiga Germaniyalik (Eberswalde University for Sustainable Development, HNEE) Ebersvalde Barqaror Rivojlanish Universiteti (HNEE),Amaliy fanlar universiteti, O'rmon va atrof-muhit fakulteti,(Centre for Econics and Ecosystem Management), Xalqaro magistratura dasturi rahbari, (Global Change Management), “Ijtimoiy-iqtisodiyot va kommunikatsiyalar” kafedrasi, Markaziy Osiyodagi ijtimoiy va ekologik o'zgarishlar boyicha ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan yetuk mutaxassis, Xalqaro grant va loyixalar bo‘yicha ekspert, VEGERA xalqaro granti koordinatori Professor Martin Welp universitetimizga tashrif buyurdi. Rasmiy yig’ilish universitetimizdagi “Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining Turon Bank xonasida bo’lib o’tdi. Uchrashuvni “Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Saloxiddinov Abdulxakim , O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Xudayarov Baxtiyar, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti prof. Xasanov Baxriddin, “Ingliz tili” kafedrasi dotsent v.b. Eshchanova Go’zal, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dotsenti Yunusova Farida,Toshkent Arxitektura va Qurilish Instituti dotsentlari Siddiqov Ikrom, Xasanov Azamat va Bonu Azizova, Xalqaro aloqalar bo’lim boshlig’i Sherzod Raxmonovlar qatnashishdi. Ushbu uchrashuvdan ko’zlangan maqsad loyixa doirasida universiterimizda Germaniyalik arxitektorlar tomonidan ikki-qavatli Demo house (Demonstration House) laboratoriyasi qurilishi rejalashtirilgan bo’lib, xorijlik xamkorimizga universitet xududidan qurilish uchun ajratilgan yer maydonlariga mos hududlar ko’rsaildi. Shunigdek, hamkorlarimizga univeritetimizda mavjud laboratoriyalarga kichik ekskursiyalar tashkil qilindi. Shuningdek, tadbir davomida laboratoriyaning dastlabki loyixalari jamoa tomonidan tagdim qilindi va xamkorimizga har tomonlama ma’qul keldi. Berlin Texnika Unibersiteti mutaxassislari ham laboratoriya qurilishiga jalb qilingan.Ushbu laboratoriyani barpo etishdan maqsad “Gidrotexnika qurilishi” fakultetida Germaniya Oliy Ta’lim Muassasalaridagi xalqaro tajribasini qo’llagan xolda yangi ta’lim yo’nalishlarini tashkil qilish, innovatsion ta’lim dasturlarini ishlab chiqish,loyixa doirasida yangi jixozlarni o’rnatish orqali o’qituvchilar, talabalar va tadqiqotchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdir. Shunigdek, hamkorlarimizga univeritetimizda mavjud laboratoriyalarga kichik ekskursiyalar tashkil qilindi. Uchrashuv davomida Ebersvalde Barqaror Rivojlantirish Universiteti va “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti o’rtasida ta’lim va ilmiy tadqiqot masalalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish, loyixa doirasida faoliytlarni amalga oshirish boy’icha ham yaqindan muzokaralar olib borishdi. Umid qilamizki, mazkur xalqaro loyiha doirasida "Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti" Milliy Tadqiqot Universitetida grant mavzusi bo‘yicha Germaniyalik olimlar bilan tajriba almashinib, shu sohada universitetimiz ravnaqi yo‘lida professor va o‘qituvchilar, qolaversa, o‘sib kelayotgan yosh avlodga sifatli ta’lim berishdek vazifalarni yanada mukammallashtirishga erishiladi. “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti Matbuot Xizmati Download 15.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling