Jismoniy madaniyat metodikasi va nazariyasi
Jismoniy madaniyatning shakli va funksiyasiga xarakteristika
Download 36.63 Kb.
|
JISMONIY MADANIYAT METODIKASI VA NAZARIYASI
2.Jismoniy madaniyatning shakli va funksiyasiga xarakteristika.
Ijtimoiy fanlarda "funksiya" atamasi matematika, fiziologiya va boshqa fanlarga qaraganda boshqacha ma’noga ega. Jamiyatshunoslikda bu atama (ya’ni "funksiya") qatnashmoq, ta’sir etmoq, faoliyatida qatnashmoq va shu kabi tushunchalar bilan chambarchas bog’langan. Demak, jismoniy madaniyat funksiyasi deganda insonga va insoniy munosabatlarga bo’lgan shaxs va jamiyatning ayrim talablarini qondiruvchi va rivojlantiruvchi obyektiv xususiyatlarini tushunish lozim. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, jismoniy madaniyat funksiyalari o‘z-o‘zidan emas, balki madaniy boylikka mos ravishda foydalanishga yo‘naltirilgan insonning faol harakat faoliyati orqali amalga oshiriladi. Agar bir odam gimnastika yoki boshqa sport bilan shug‘ullangan bo’lsa, jismoniy madaniyatning bu komponentlaridan foydalanish jarayonida uning ta’sirini to’liq sezadi, harakatdagi tabiiy talablarini qondiradi va shu bilan birga jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanuvchi boshqa odamlar bilan u yoki bu munosabatda bo’ladi. Shunday qilib, jismoniy madaniyat funksiyalarida, harakat jarayonida uning mazmuni oydinlashib, shaxs hamda butun jamiyat uchun ahamiyati ko‘rsatiladi. Jismony madaniyat funksiyalari boshqa funksiyalar kabi amaliyotda Bo’ladigan ma’lum shakllardan ajraladi. "Shakllar" atamalari bu yerda jismoniy madaniyatning tarkibiy turlarini, ya’ni tarkibiy aniqlikni bildiradi. Jismoniy madaniyat jamiyat va inson faoliyatining asosiy sohasidagi Bog’lanishlar hamda o‘zaro qonuniy munosabatlar turlarining yigindisisanaladi. Jismoniy madaniyatning o‘ziga xos funksiyalari awalo shunday xususiyatlarga egaki, ular insonning harakat faolligiga oid tabiiy talablarni qoniqtiradi. Shu asosda - jismoniy holatini hamda sog’liqni mustahkamlash qonuniy atlariga mos ravishda organizmni rivojlantiradi va hayotda zarur bo’lgan jismoniy qobiliyatni ta’minlaydi. Jismoniy madaniyatning o‘ziga xos funksiyalari mavjud. Ular quyidagicha farqlanadi: 1. Ta’limiy maxsus funksiyalar - umumiy ta’lim tizimida ko‘nikma va malakalar bilan bog’liq bo’lgan bilimni muntazam shakllantirish; 2. Amaliy maxsus funksiyalar - amaliy tizimda mehnatga va kasbiy yo‘nalishga qaratilgan; 3. Sport funksiyalari - yuqori natijalarni ko‘rsatish, bor imkoniyatini ishlata bilishga qaratilgan; 4. Rekreativ va sog’lomomlashtiruvchi - tiklovchi maxsus funksiyalar - dam olishda jismoniy mashqlarni ishlata olish, tiklash maqsadida Qo’llash; 5. Jismoniy madaniyatdan jamiyat foydalanish bilan bog’liq bo’lgan umumiy-madaniy, tarbiyaviy va boshqa ijtimoiy funksiyalar o‘zining jismoniy tayyorgarligini, sog’ligini qanoatlantirishga qaratilgan. Bazaviy jismoniy madaniyatga, birinchi navbatda, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim berish va tarbiyalash tizimiga xos jismoniy madaniyatning fundamental qismi kiritiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikning bazasi - negizi va asosiy jismoniy ta’lim hisoblanadi. Shunday qilib, bu yo‘nalishda jismoniy madaniyatdan foydalanish asosida erishilgan natija jismoniy madaniyatning asosiy shakli - "Jismoniy madaniyat maktabi" deyiladi. Chunki birinchidan, 11-12 yil davomida turmushda, hayotda zarur bo’lgan ,harakat ka‘nikma va malakalarga ega bo’ladilar; ikkinchidan, tanlab olingan ya’ni maxsuslashtirilgan sport turlariga, amaliy maxsus yo‘nalishlarga ko'maklashadi va ularning fundamental negizi hisoblanadi. Bunday jismoniy tayyorgarlikni, sportga yo‘nalishni va boshqalarni jismoniy madaniyat negizi amalga oshiradi va imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham bu maxsus funksiya deyiladi. 2. Sport - jismoniy madaniyatning komponenti sifatida Oldin aytib o ‘tilganga ko‘ra zamonaviy sport turlarining ko'pchiligi jismoniy madaniyat maxsus elementlari sifatida shakllana borgan. Boshqa komponentlarga qaraganda sport jismoniy sifatlarni va u bilan bevosita bog’liq bo‘lgan inson qobiliyatlarini asta rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Sportning maxsus funksiyalari "yuqori sport yutuqlarida va ommaviy sportda" bir xil ifodalanmagan. Katta sport yuqori natijalarni ko‘rsatishga, rekord natijalarni ko‘rsatishga, butun imkoniyatlarini shu natijani ko‘rsatish uchun sarflaydi, muntazam mashq qilib tayyorgarlik ko‘radi. Ommaviy sport - ommaviylikni oshirishga imkoniyat yaratadi. Jismoniy madaniyat negizi umumiy jismoniy tayyorgarlikni saqlash va oshirishga qaratilgan. 3. Kasb - amaliy jismoniy madaniyat. U xususiy kasb-amaliy va harbiy-amaliy jismoniy madaniyatga bo’linadi. Kasb-amaliy jismoniy madaniyat va bazali jismoniy madaniyat umumiy jismoniy tayyorgarlikni tashkil qilish asosida kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik ko‘riladi. 4. Sog’lomlashtiruvchi - tiklovchi jism oniy madaniyat. Jismoniy madaniyatning bu bo’limi jismoniy mashqlardan kasallikni davolovchi va kasallik, shikastlanish, charchash va boshqa sabablarga ko‘ra buzilgan yoki yo‘qotilgan organizm funksiyalarini tiklovchi vosita sifatida ajralib chiqdi - davolovchi gimnastika, vaqtni nazorat qilgan holda yurish, yugurish va h.k. 5. Fonli jismoniy madaniyat. Bunga gigiyenik jismoniy madaniyat (ertalabki gigiyenik gimnastika, sayrlar va boshqa jismoniy mashqlar bo4lib, katta yuklama bilan bog’liq bo’lmaydi) va reaktiv jismoniy madaniyat (faol turizm, ov, jismoniy madaniyat, sport o ‘yinlari va ko‘ngil ochishlar) kiradi. 6. Jismoniy-madaniyat va boshqa madaniyat bo‘lim!arining birlashgan komponentlari: A) Jismoniy madaniyat teatrlashtirilgan shakllari - Jismoniy madaniyat paradlari, ko‘rgazmali sport chiqishlari va h.k.. В) Jismoniy madaniyat arxitekturasi. Jismoniy madaniyat - jismoniy tarbiya nazariyasining eng keng tushunchasidir. U yuqorida ko‘rib o ‘tilgan hamma tushunchalarni o'z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, jismoniy tarbiya poydevorini qurish demakdir. 3. Download 36.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling