Jismoniy madaniyat metodikasi va nazariyasi
Download 36.63 Kb.
|
JISMONIY MADANIYAT METODIKASI VA NAZARIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan sifatida.
JISMONIY MADANIYAT METODIKASI VA NAZARIYASI Reja: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan sifatida. Jismoniy madaniyatning shakli va funksiyasiga xarakteristika. Jismoniy madaniyat fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari. Jismoniy mashqlar tavifi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan sifatida. Jismoniy tarbiya nazariyasi (umumiy asoslari) fan sifatida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislami tayyorlashda hamda maxsus bilim olishda asosiy fan hisoblanadi. Pedagogika institut va Universitetlarida jismoniy tarbiya fakultetlarining o‘quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat va sport haqida bilimlaming to‘la tizimida o‘tish kursini ta’minlaydi. Uning mazmunini jismoniy madaniyat nazariyasining asoslari, jismoniy tarbiya, akademik Iitsey va kasb-hunar kollejlarda, katta va keksa yoshdagi kishilami jismoniy tarbiyasi hamda sport mashg^lotlari tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taalluqlidir. Bu hodisalarni tavsiflash uchun talablar: jismoniy tarbiyaning kelib chiqish sabablari; uning jamiyat hayotida tutgan o‘mi; jismoniy tarbiyaning tarixiyligi mavjud. Prezidentimiz o‘zining f,0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli kitobida; «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men, awalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchni tasawur qilaman» degan. Bu esa keng qamrovli, chuqur ilmiy gcoya yangicha fikr, ta’limtarbiyaning yangicha metodik asosini boshlab beruvchi yo‘nalishlardan biridir. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mehnat faoliyatining mazmuni va xarakteri, fan yutuqlari va boshqa omillaming ahamiyati kabilami anglab olishlari shart. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, bu omillar jismoniy tarbiyaga alohida-alohida emas, balki murakkab bogMangan holda ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiyaning mohiyatini tushunish uchun, eng awalo, uning maxsus mazmunini aniqlash lozim. Jismoniy tarbiya har xil, ya’ni ijtimoiy va tabiiy fanlar tomonidan o‘rganiladi: jismoniy tarbiya nazariyasi, sport fiziologiyasi, sport psixologiyasi, jismoniy mashqlar biomexanikasi hamda sport turlarining nazariyasi, uning metodikasi va h.k. Jismoniy madaniyat nazariyasi - pedagogik fandir. U inson barkamolligini boshqarishning umumiy qonunlarini, shuningdek, bu qonuniyatlar asosida 0 ‘zbekiston fuqarolarining jismoniy tarbiyasi vazifalarini, metodlarini va ish maqsadlarini aniqlaydi; Jismoniy tarbiya nazariyasining mazmuni jismoniy kamol toptiradigan va Vatan mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya to‘gcrisidagi bilimlami tashkil qiladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotidagi hamma turlarni hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi. Buni o‘rganish hamma sport-pedagogik mutaxassislariga umumnazariy asos boMadi. Chunki tarbiyani, awalo, insonning o‘ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqib amalga oshirilayotgan "0‘zbek modelida" aniq ko‘rsatilgan - o‘zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug4 siymoligini anglash va o‘zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa, ikkinchidan, uning o‘ziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma’naviy - insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining boMimlarida jismoniy madaniyatning umumiy ta’lim hamda kasb-amaliy tayyorgarligidagi va kundalik turmushdagi xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, sport jismoniy tarbiyaning asosiy unsurlaridan biri hamda sport faoliyatining maxsus shakli sifatida tahlil qilinadi. Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kursi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda maxsus kasb-hunar ta’limining ilmiy fundamentiga kirituvchi kengaytirilgan bilimlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Uning ahamiyati faqat bu bilimlar qiymati bilan ifodalanmaydi, u bo‘lg‘usi mutaxassisga jismoniy madaniyatning butun sohalarida kasbiy-faoliyat mazmunini toMiq tushunishiga imkoniyat beradi, uning dunyoqarashini o‘zgartiradi, jamiyat sohasidagi boshqa ishchilarning umumiy ishlari bilan bog‘laydi va shu yangi tipdagi bilim, metodlami egallashni, zarur boMgan kasbga nisbatan dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi - bu inson jismoniy kamolotini boshqarishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir. Bu fanni egallash jismoniy tarbiyaning barcha bo‘g‘inlariga tegishli masalalami hal qilishga to‘g‘ri yondashish imkonini beradi. Download 36.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling