34-umumiy o’rta ta’lim maktabi tabiiy fanlar uslub birlashmasining 1-chorak uchun hisoboti
Download 10.07 Kb.
|
1-chorak uslub birlashma tabiiy fanlar
34-umumiy o’rta ta’lim maktabi tabiiy fanlar uslub birlashmasining 1-chorak uchun hisoboti. Bugungi kunda ta’limda davlat umummilliy dasturi doirasida yaratib berilgan moddiy texnik va o’quv metodik shart-sharoitlardan oqilona, maqsadli foydalanish, moddiy boyliklarni asrab- avaylash, ta’lim-tarbiya sifati,samaradorligini yuqori ko’rsatkichlarga ko’tarishda maktab pedagogik jamoasi va o’qituvchilarning roli, ma’suliyati hamda shaxsiy javobgarligini oshirish dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Ma’lumki ta’lim jarayonida turli ko’rgazmali tajribalar , laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishda texnik vositalar va asbob uskunalardan foydalaniladi.Xususan tabiiy fanlar uslub birlashmasi a’zolari tomonidan yuqoridagi ko’rsatmalarga amal qilgan holatda chorakni samarali yakunlashga erishdilar. Uslub birlashmada quyidagi o’qituvchilar faoliyat yuritadi: 1.Xayitmatova Feruza-Fizika fani. 2.G’ulomov Imom-Bologiya fani. 3.Rixsiboyev Sarvar-Geografiya fani. 4.G’ulomova Zuxra-Biologiya. 5.Qobilov Komronbek-Kimyo fani. Uslub birlashma a’zolari 1-chorak mobaynida o’zlariga biriktirilgan sinflardagi darslarni zamon talabi asosida ko’rgazmalilikka asoslanib o’tishga harakat qildilar. Barcha o’qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlar o’z vaqtida bajarilishiga harakat qilindi. Uslub birlashmaning yig’ilishlari o’z vaqtida o’tkazildi.Uslub birlashma a’zolari uslub birlashma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarmadilar. Ayrim kamchiliklar kuzatildi o’z vaqtida ochiq darslar tashkil qilinmadi,dars ishlanmalari o’z vaqtida uslub birlashma rahbariga yetkazilmadi. Yosh kadrlar bilan ularga biriktirilgan pedagoglar qoniqarli darajada ishladi. Yosh kadrlarga keyingi choraklarda ko’proq tahlillarda bo’lish va uslubiy yordam berish uslub birlashma a’zolariga yuklatildi.O’qituvchilarning darslarini kuzatish natijasida yosh o’qituvchilarga metodik yordam ko’rsatish lozimligi aniqlandi. Sinf xonalari zamon talabi asosida jihozlandi. O’qituvchilar o’z darslarida AKT dan samarali foydalanib borishdi.Xar bir o’qituvchi o’z faniga oid to’garaklar tashkil qilib faoliyat yuritib borishdi. Uslub birlashma a’zolari seminarlarda faol ishtirok etishdi. Kundalik.com yuritilishidagi kamchiliklar o’z vaqtida bartaraf etib borildi. Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash natijalarini ularning fan olimpiadalari misolida kuzatish mumkin. O’quvchilarning natijalarini quyidagi jadval asosida kuzatish mumkin.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki o’quvchilarning natijalarini qoniqarli deb bo’lmaydi. Uslub birlashma a’zolari tomonidan ikkinchi yarim yillik uchun ish rejasi ishlab chiqildi. A’zolar tomonidan ochiq darslar tadbirlar va fan oyliklarining rejalari ishlab chiqildi, yosh o’qituvchilarga malakli mutaxasislar biriktirildi, o’zaro dars tahlillarida bo’lish va metodik yordam ko’rsatishga kelishildi. Uslub birlashma a'zolarining kundalik.com bilan bog'liq ishlarini yanada yaxshiroq yo'lga qo'yish uchun amaliy ishlar olib borilishi takidlandi. Fan olimpiadalarida yuqori o'rin olgan o'quvchilar bilan ko'oroq ishlash fan o'qituvchilariga yuklatildi. Download 10.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling