Jismoniy madaniyat metodikasi va nazariyasi
Jismoniy madaniyat fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Download 36.63 Kb.
|
JISMONIY MADANIYAT METODIKASI VA NAZARIYASI
Jismoniy madaniyat fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Jismoniy tarbiya - insonni jismoniy kamolotga erishishiga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy madaniyat jarayonida aqliy, axloqiy, estetik tarbiya va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi ijtimoiy, tabiiy va pedagogik fanlar bilan Bog’liqdir. Jismoniy madaniyat nazariyasining g‘oyaviy asosi shaxs haqidagi falsafiy ta’limot hisoblanadi. Jismoniy madaniyat nazariyasining ilmiy-tabiiy asosi (anatomiya, fiziologiya, gigiyena, bioximiya, biomexanika va boshqalar) fanlar majmuasidan tarkib topgan. Tabiiy fanlar sohasida erishgan yangi yutuqlar jismoniy tarbiya nazariyasi tomonidan jismoniy mashqlarni o ‘rgatish usullari, vositalarini tanlashni asoslash, qo‘yilgan vazifalarni hal etishning samarali yo‘llarini ishlab chiqishda foydalaniladi. Biomexanika harakat texnikasini tadqiqot qila borib, uni bajarilishni baholashga, xatoliklarni yo‘qotish y o ‘llarini belgilashga hamda harakat malakalarini shakllantirishda eng yaxshi natijalarga erishishga yordam beradi. Bioximiya tomonidan jismoniy mashqlar bajarilish ta’sirida kishi organizmida, jumladan, muskullarda bo‘ladigan ximiyaviy jarayonlami o ‘rganish natijasida olgan ma’lumotlar ularni o ‘tkazish metodikasini takomillashtirishga yordam beradi. Tabiiy fanlar asosida erishilgan yangiliklar jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy mashqlarga o‘rgatishning vosita va usullarini tanlash uchun, mashg'ulotlarni o ‘tkazish metodikasini ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi. Jismoniy madaniyat nazariyasi pedagogik bilimlar tizimiga kiradi. Psixiologiya, pedagogika, sportning ayrim turlari (gimnastika, yyengil atletika, sport o ‘yinlari, suzish va boshqalar) jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bilan chambarchas bog‘langan, jismoniy mashqlarga o ‘rgatish usullariga tayanadi. Harakatga o 4rgatish masalalarini ishlab chiqishda jismoniy tarbiya nazariyasi o‘rgatishning umumiy didaktik, prinsiplari va metodlariga, aqliy, axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa tarbiya metodlariga tayanadi. Jismoniy madaniyat nazariyasining vujudga kelishi Jismoniy madaniyat tarixi madaniyatning boshqa sahifalariga nisbatan ilmiy tadqiqot jihatidan kechroq fan sifatida yuzaga keldi. Uning rivojlanishi ma’lum vaqt maxsus bilimlar tizimini shakllantirish bilan umuman bog’liq bo’lmagan, deb hisoblash mumkin emas. Albatta. jismoniy madaniyat shakllanib borgan, lekin uzoq vaqt empirik xaraktyerga ega bo’lgan. Jismoniy harakat amaliyotida keng qo’llanishi bilan jismoniy madaniyat jamiyat hayotida muhimroq hodisa bo’lib qolgan hamda uning ilmiy tushunib olinishida talab kuchaygan. Shu bilan bir vaqtda haqiqiy imkoniyatlar osha boshlagan. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya nazariyasining asoslari buyuk olimlar va jamoat arboblari tomonidan ilgari surilgan. Jismoniy tarbiya tizimining tuzilishi, uning ilmiy asoslari avlodlarning jismoniy va har tomonlama garmonik rivojlanishi hamda jismoniy ta’limning rivojlanishi uchun optimal sharoitlarni yaratishda ko‘pgina ilmiy va amaliy yutuqlami o ‘zida ifodalaydi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasini umumlashtiruvchi qonuniyatlar kengaytirilgan, monografik bayonga ega bo’ladi hamda oliy jismoniy madaniyat ta’limining o‘quv fani sifatida shakllantiriladi. Jismoniy madaniyat bilan bevosita bog’langan maxsus fan orasida jismoniy tarbiya nazariyasi umumlashtiruvchilardan biridir. I.ekin u jismoniy madaniyatning umumiy nazariyasini butunligicha bayon eta olmaydi, chunki jismoniy madaniyat faqat jismoniy tarbiya shaklida mavjud emas. Jismoniy madaniyat sohasidagi yana bir umumlashtiruvchi ilmiy bilim sifatida rivojlangan bo’limlardan biri ’’sport nazariyasi” dir. Uning tezkorlik bilan rivojlanishida, ayniqsa, so‘nggi bir necha 10 yilliklar davomida katalizator sifatida olimpiada va umuman xalqaro sportda erishiladigan ulkan yutuqlar xizmat qilmoqda. U o ‘z holicha tabiiy laboratoriya bo’lib, inson qobiliyatini aniqlash va maksimal rivojlantirishning yangidan-yangi yo’llarini aniqlashning yirik tadqiqot resurslarini jalb etadi. Bu albatta sport haqidagi ilmiy bilimlami tezkorlik bilan to‘plashda o‘z ifodasini topdi Sport nazariyasi hozirgi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida sport bo‘yicha professional mutaxassislarni tayyorlashdagi asosiy fan sifatida shakllana boshladi. Shu bilan bir qatorda jismoniy madaniyatdan foydalanishning ijtimoiy mehnatda muhim hamda an’anaviy jismoniy tarbiya va sportga moslashtirilmaydigan komponent va shakllarining bir qanchasi oxirgi vaqtda fandan foydalanish sohasidan chiqarib tashlanganday bo’ladi. A w alo gap insonni jismoniy madaniyatga mustaqil yaqinlashtirish shakllari, ishlab chiqarishdagi jismoniy madaniyat, madaniyatning sog’lomlashtiruvchi - tiklovchi va ayrim boshqa shakllari haqida boradi, bulaming hammasi ahamiyatning bo‘sh vaqtini, dam olish va madaniy faoliyatini ko‘proq tug'diradi. Ommaviy jismoniy amaliyotning bu kengaytirilgan bo’limlari muhim ilmiy ta’minotni talab etadi. Jismoniy madaniyat bog’liq bo’lgan hodisalarni o ‘rganuvchi ilmiy fanlar ko‘p vaqt ichida differensiya yo’li bilan olib borilgan. Buning natijasida jismoniy madaniyatning ayrim tomonlariga qisman tegishli bo’lsa ham, ko‘pgina xususiy fanlar vujudga kela boshladi. Shularning bir qismi amaliyotning jismoniy-sport bo’limida katta o ‘rin egallab, ixtisoslashtirilgan kasbiy bilimlami o ‘z ichiga olgan. Boshqa qismi maxsus tabiiy fanlarni o ‘z ichiga olgan (anatomiya, fiziologiya, biologiya, biomexanika, tibbiyot, gigiyena, psixilogiya va h.k.) bo’lib, ular jismoniy madaniyat sohasida vujudga kelmasdan, balki tarmoq sifatida kengaytirilgan. Shu bilan bir vaqtda umumlashtiruvchi fanlar shakllana boshlagan. Masalan: XX asr davomida jismoniy madaniyat institutlarining birinchi o ‘quv rejalariga jismoniy madaniyat nazariyasi va umumiy metodikasi kompleks fan sifatida kiritilgan. Lekin talab etilgan aniq materiallarning to’liqmasligi va ayrim boshqa sabablar fanning butun ilmiy ko‘rinishida shakllanishiga halaqit byergan. So‘nggi 10 villiklarda fanning turli sohalarida informatsiyaning tez o‘sishi bilan Bog’liq ravishda ilmiy bilimlami integratsiyalash oqimi kuchayib boradi. Gap shundaki, inson faoliyatining u yoki bu faoliyatiga qisman ta’sir etadigan xususiy ilmiy ma’lumotlarning to‘planishi o‘z holicha ishning mazmunini toMa tushunishga kafolat bermaydi hamda amaliyotni ilmiy optimizatsiyalash uchun yetarii asos bo’lmaydi. Bundan tashqari, umumiy nazariya mantiq jihatidan tartibli keltirilmagan xususiy ma’lumotlar to‘plamini butunlay tushunishdan chetlashishi ham mumkin. Shuning uchun ham, zamonaviy dunyo miqyosidagi ilmda "informatsiya oqimi" xavfi ta’sirida tahlil qilish yo’li bilan foydalanishga va umumiy nazariyalami ishlab chiqarishga e ’tibor kuchayib, ular ko‘pgina xususiy ma’lumotlami integrallashga, haqiqiy dunyoning bir butunligini ifodalovchi umumiy konsepsiyaga birlashtirishga olib keladi. Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi deb shartli ravishda keng ma’noli jismoniy madaniyat amaliyotida nazariy ifodalovchi bo’limlarning barcha to‘plamiga aytiladi hamda u yoki bu qonun-qoidalarni tushuntiradi, uni ratsional tarzda boshqarishga xizmat qiladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi shakllanishining salmoqli ta’siri sotsiologiya, antropologiya, ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy jarayonlami tashkil etish va boshqarish umumiy nazariyasi, tarbiyaning umumiy nazariyasi va ko‘pgina boshqa umumlashtiruvchi fanlar rivojlanishida seziladi. 4. Download 36.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling