Jismoniy madaniyat tizimining jamiyatdagi assoiy funksiyalari va shakllari Reja


Download 33.49 Kb.
bet1/3
Sana25.04.2023
Hajmi33.49 Kb.
#1397377
  1   2   3
Bog'liq
Jismoniy madaniyat tizimining jamiyatdagi assoiy funksiyalari va shakllari


Jismoniy madaniyat tizimining jamiyatdagi assoiy funksiyalari va shakllari




Reja:

1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi, vazifalari.


2. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan va o’quv predmeti sifatida.
3. Jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyotida asosiy tushunchalarga tavsif.
4. Fanning mazmuni va tuzilishi.
Kirish
Jismoniy madaniyat nazariyasi fani jismoniy madaniyat va sport hamda organizmga ta’sir ko’rsatadigan biologik umumiy qonun koidalarini urganadi va umumlashtiradi. Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalarini, vosita va usuliyatlarini, tamoyillarini, jismoniy yuklama va uni qo’llash qonuniyatlarini, jismoniy tarbiyani zvenolaridagi jismoniy tarbiya xususiyatlarini, jismoniy tarbiyaning akliy, axlokiy, estetik va mehnat tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan sport trenirovkasi va uni qonuniyatlarini ochib beradi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi amaliyot bilan chambarchas boglangan holda rivojlanib boradi. Rivojlanish manbai bo’lib respublikamizda va chet davlatlarda olib borilayotgan ilmiy tadkikotlar va ilgor tajribalar xisoblanadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi predmetini o’rganishda, boshqa ilmiy o’quv fanlari singari, birinchi navbatda uning imkoniyatlariga qarab ushbu predmetga taallukli dastlabki tushunchalarni aniqlash zarur. Jismoniy madaniyat nazariyasi perdmeti keng ma’noli tushunchalarga ega.
Jamiyat tarakkkiyoti tarixi shuni ko’rsatadiki, faqat ma’anviyat ma’rifat keng kuloch yoygan ilm tubdan tarakkiy etgan mamlakatdagina adolatli jamiyat kurish va unda bir-biriga mexr okibatli, kamolatli insonlar shakllanishi mumkin.
Shaxs va jamiyat yaratgan ma’naviy ilmiy boyliklar, insonning o’ziga yangicha munosabat, yondashuvni yuzaga keltiradi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: «Fukarolar endi ijtimoiy iktisodiy jarayonlarni ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir». Bunday yangicha yondashuvlar jismoniy madaniyat faning ob’ekti va predmedini kengaytiradi1.
Jismoniy madaniyatda keng ilmiy tadkikotlar madaniyatning qator boshqa sohalariga karaganda ancha kech boshlandi. Lekin bu, jismoniy madaniyatning rivojlanishi ma’lum vaqtgacha umuman maxsus bilimlar tizimini shakllanishi bilan bog’liq bo’lmadi, degan ma’noni anglatmaydi. Ular albatta shakllandi, lekin ko’p vaqtgacha emperik (tajribaga asoslangan) xarakterga ega bo’ldi. Jismoniy madaniyat harakatining amaliy kengayishi va jismoniy madaniyatning jamiyat hayotidagi soloxiyatini ortib borishig’, uni ilmiy jixatdan fikrlashga bo’lgan talabini orttirdi, shu bilan birga, uni hayotga singdirish uchun imkoniyatlar yaratildi. Jismoniy madaniyat xakidagi ilmiy bilimlar tizimning har xil bo’limlarini tiklanishi bab-baravar sodir bo’lgani yo’q. Boshqa bilimlaridan oldin, jismoniy tarbiya xakidagi bilimlar paydo bo’ldi. Bunga birinchi navbatda, jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyatning asosiy shakli sifatida, o’z tarixining boshlanishidan boshlab tarbiyaning umum ijtimoiy amaliyotining katta qismini tashkil etganligi sabab bo’ldi. Uning asosida paydo bo’lgan jismoniy tarbiya nazariyasi va usulyati bevosita pedogogika fani bilan bog’liq holda tarakkiy kildi va nisbatan rivojlangan ilmiy-amaliy predmed sifatida anchagina ilgari shakllandi2.
O’zbekiston respublikasining «Ta’lim to’g’risidagi» gi qonunida (1997 y) ta’lim davlatimiz ijtimoiy tarakkiyoti soxasida ustivor deb e’lon kilinishi jismoniy madaniyat fani zimmasiga juda katta ma’suliyatli ulugvor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma’naviy, madaniy, diniy merosimizni kayta tiklanishi, ularni zamon ruxi talabi bilan uygunlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb etilib qolmasdan umum jaxon ma’naviy ijtimoiy iktisodiy tarakkiyotga ulkan xissa bo’lib qo’shilmokda.
Jismoniy tarbiya ilmiy nazariyasining qator asosiy masalalari bizning mamlakatlarimizda ham buyuk olimlar va jamoat arboblari tomonidan ilgari surilgan, (jumladan Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Amir Temur (1360-1436) va ularning izdoshlarini aytish mumkin.
Shunga karamasdan, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining umumlashtirilgan masalalari birinchi marta 1930 yillarda kengaytirilgan monografiya shaklida chop etildi va oliy jismoniy madaniyat ta’limotida o’quv predmeti sifatida rasmiylashtirildi. Maxsus shakllangan predmetlar urtasida jismoniy madaniyat bilan bevosita boglangan predmed bu jismoniy tarbiya nazariyasidir. Lekin u butun jismoniy madaniyat nazariyasini aks ettirolmaydi, chunki jismoniy madaniyat faqat jismoniy tarbiya shaklidagina namoyon bo’lmaydi. Jismoniy madaniyat soxasidagi ilmiy bilimlarni umumlashtiruvchi boshqa rivojlangan predmet bu sport nazariyasidir. Bu fanni tez rivojlanishiga, ayniksa oxirgi un yilliklar ichida, olimpiya o’yinlaridava umuman halkaro sport harakatidagi ko’rsatilgan yuqori sportnatijalari sabab bo’ladi.
Shuni ta’kidlash shartki, halkaro mikyosdagi musobakalar mustakil O’zbekistonimizni dunyoga tanitdi. Yoshlarimizni ma’naviy va jismoniy etuk inson qilib tarbiyalash buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatimizning asosiy vazifasidir. Chunki, jismoniy bakuvvat, ma’naviy etuk komil insonlargina jamiyat tarakkiyotini belgilab beroladi2.
Shu sababli olimpiyada, jaxon chimpionatlarini aniqlash va maksimal darajadagi rivojlanishning yangi usullarini kidirib topishda, ko’pgina tatkikotchilarni jalb etishning o’ziga xos tabbiy laboratoriyasiga aylandi va tabiyki sport xakidagi ilmiy bilimlarni tez tuplanishida o’z aksini topdi. Sport nazariyasi xozirgi kunda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida, sport soxasidagi mutaxasislarni bo’lajak kasbiga tayyorlashning etukchi predmeti sifatida shakllangan. Shu bilan birga, jismoniy madaniyat soxasidan, jismoniy tarbiya va sport taallukli bo’lmagan an’anaviy qator muxim tarkibiy qismlari keyingi yillargacha keng kulamda ilmiy tadkikot ishlari utkazilishida chetda qoldi. Bunda birinchi navbatda, aholining bo’sh vaqti, dam olish tartibi va madaniy fvoliyatini kamrab olayotgan jismoniy madaniyat shakllari – kundalik turmushda kishilarni jismoniy madaniyatga jalb etishning mustakil shakllari xakida, ishlab chiqarish jismoniy madaniyati xakida, sog’lomlashtirish- organizmni tiklash va boshqa ko’pgina shakllar xakida fikr yuritiladi. Ommaviy jismoniy madaniyat amliyotining ushbu tarkibiy qismlari ko’p kirrali ilmiy tadkikotlar olib borilishini talab etadi.
Bu esa jismoniy madaniyat nazariyasi fanini faqat sportchilarga ta’lim tarbiya jarayonini nazariy metodik amaliy ta’minlovchi fan emas, balki komil insonni shakllanishini, rivojlanishini ta’minlovchi keng sohalarni o’z ichiga oladi. Ma’lumki, har qanday ilmiy bilimlar tizimini rivojlanishida har doim ikki yo’nalish o’zaro bog’liqlikda bo’ladi:
-tabakalashgan (ayrim shaxsiy ob’ektga va yo’nalishga tegishli bilimlarni ixtisoslashuvi va bo’linishi) va integratsiya (ko’pgina shaxsiy bilimlarni bir butunlikka birlashtiruvchi umumiy bilimlarni shakllantirish). Jismoniy madaniyat va u bilan bog’liq xodisalarni (narsalarni) urganuvchi ilmiy fanlarni shakllanishi ko’pgina davrlarda, asosan tabaklashtirilayotgan yo’li bilan amalga oshiriladi. Natijada jismoniy madaniyatni va unga chegaradosh xodisalarni oshirish tomonlarini aks ettiruvchi ko’pgina ayrim predmetlar paydo bo’ldi. Ularni ayrimlari jismoniy madaniyat va sport amaliyotining aniq bo’limlaridan kelib chikkan va o’z tarkibiga, kasbga taallukli amaliy bilimlarni kiritadi (gimnastika, o’yin, yakkama – yakka kurash, engil atletika, suzish va x.k.) ayrimlari esa, jismoniy madaniyat soxasida yaritilmagan, bilimlar doirasida paydo bo’lmagan, lekin uzlarining tarmoklari bilan unga ham tegishli tabiy va boshqa fanlar yoki ilmiy – amaliy predmetlar (anatomiya, fiziologiya, bioximiya, gigiena, biomexaniqa, psihologiya va x.k) ixtisoslashgansoxa shaklida namoyon bo’ladi. bir paytni o’zida umumlashtiruvchi predmetlar ham shakllana bordi. Masalan XX nchi yillardayok jismoniy madaniyat institutlarining o’quv planiga «yajismoniy madaniyat nazariyasi nazariyasi va umumiy uslbuiyati» majmuiy predmeti kiritlgan edi. Lekin dastlabki aniq ma’lumotlarni to’liq emasligi va ayrim boshqa sabablar uni yaxlit ilmiy predmet sifatida shakllanishiga halakit berdi. Keyingi un yilliklarda, har xil fan sohalarida ma’lumotlarni tez sur’atlar bilan ortib borishiga bog’liq holda ilmiy bilimlarning integratsiyalashish tendlentsiyasi ortdi. Gap shundaki, inson faoliyatining u yoki bu tomonlarining aks ettiruvchi tarkok ayrim ilmiy ma’lumotlarni tuplanishi, o’z – o’zidan ishning moxiyatini yaxlit holda tushinishga vakolat bera olmaydi va amaliyotmini ilmiy jixatdan etarli darajada ta’minlash uchun asos bo’la olmaydi. Bundan tashkari, umumiy nazariyani mantiki bilan tartiblashtirilmagan ayrim ma’lumotlarni ko’pligi butunlikni to’g’ri tushunishga halakit berishi mumkin. Aynan shuning uchun ham xozirgi zamon fanida «ma’lumotga botish» xafi ta’sirida sintezli yondoshishni (masalan, integrativ - tizimli) qo’llashga va ko’pgina ayrim ma’lmuotlarni integrativlashtirishga, ularni bir yaxlit kondeptsiyaga birlashtirishga muayyan dunyoning ob’ektlarini butunligini aks ettiruvchi umumiy nazariyani ishlab chiqishga bo’lgan e’tibor keskin tezlashadi.
Sintez - ilmiy metod.Keng umumlashtiruvchi jismoniy madaniyat nazariyasining shakllanishiga xozirgi zamon ilmiy bilimlar tarkibida tabora katta ahamiyat kashf etayotgan butun madaniyat nazariyasini aktiv tarakkiyoti sharoitida amalga oshirilmokda. Jismoniy madaniyat nazariyasining shakllanishiga sotsiologiya, antropologiya, ijtimoiy psihologiya, ijtiomiy jarayonlashishni tashkil etish va boshqa keng umumlashtiruvchi fanlar ham salmokli ta’sir etmokda.
Jismoniy madaniyat nazariyasi fan va o’quv predmeti sifatida - Jismoniy madaniyat nazariyasi deb keng ma’noda jismoniy madaniyat amaliyotida qo’llaniladigan nazariy bilimlarning hamma tuplamiga aytiladi. Har bir mustakil fan o’zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Boshqa fanlar singari jismoniy madaniyat nazariyasi ham fan sifatida paydo bo’ldi. Jismoniy madaniyatning talab va extiyojlari asosida paydo bo’ldi. Jismoniy madaniyat u yoki bu qonun koidalarini tushuntiradi, uni maqsadga muvofik ravishda boshqarishga xizmat qiladi. shu bilan birga bunday bilimlarning majmuasi bir biridan aniq fan va nazariy umumlashtirish saviyasi bilan farklanuvchi turli fanlar ramkasida shakllanib kelgan va shakllanib bormokda. Bu jixatdan quyidagilarni ajratish mumkin:3
Xususiy maxsus predmetlar. Jismoniy malaniyatning ayrim yoki ma’lum yakin unsurlarini o’z ichiga olib metodik bilimlar sifatida (gimnastika turlari, sport o’yinlari va boshqalar) beriladi. Bunday predmetlar o’z chegarasida katta bo’lmagan aniqlikda nisbatan qisqa umumlashtiriladi.
Soxa predmetlari.Jismoniy madaniyatni har xil tipdagi katta komponentlarini o’rganishga qaratilib (ta’lim tizimi, mehnatni ilmiy tashkil qilish, maishiy xizmat, maxsus sog’lomlashtirish tiklash tadbirlarida qo’shiladi), jamiyatda uni asosiy shakli va yo’nalishidian maqsadga muvofik ravishda foydalanish (asosiy jismoniy tarbiya, kasb – amaliy jismoniy tayyorgarlik, sport trenriovkasi va usuliyatining asosiy kasbga yo’naltirilgan predmetlari deyiladi. Xozirgi vaqtda bulardan eng rivojlanganlari jismoniy tarbiya nazariyasi va sport nazariyasidir.
Umumlashtiruvchi nazariyaga jismoniy madaniyatning umumiy nazariyasi yoki jismoniy madaniyat nazariyaining umumiy asoslari deb yuritiladi.
Umumiy jismoniy madaniyat nazariyasi mntegrativ butunligicha tafakkur qilishni takozo etadi.
Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi (uni umumiy asoslari), jismoniy madaniyatni moxiyatining bildiruvchiilmiy bilimlarni integrativ tizimi, umuman olganda, shaxsni ijtiomiy tashkil topishida va kishini hayotiy kuchlarni rivojlantirishini optimal rivojlanishi, tarbiyaviy omillar tizimini yanada rivojlantirish uchun yo’naltirilgan holda foydalanishni umumiy qonuniyatlari va ularni amalda (funktsionirovanie) qo’llanilishi tushuniladi.
Umumiy jismoniy madaniyat nazariyasi tushunib etish, metodologik va amaliyahamiyatga ega.
O’quv fani sifatida.Jismoniy madaniyat nazariyasi (umumiy asoslari) o’quv fani sifatida jismoniy madaniyat va sport bo’yicha, mutaxassislarni kasbga tayyorlashda ularga ma’lumot berishda asosiy fan bo’lib xisoblanadi. Jismoniy madaniyat institutlarining o’quv rejasida bu fan 1979 yilda kiritilgan bo’lib jismoniy tarbiya nazariyasidan, jismoniy madaniyat bilimlarning to’la tizimiga utish kursi xisoblanadi. Jismoniy madaniyat o’quv fani sifatida turtt i katta bo’limni o’z ichiga oladi.
1. Jismoniy madaniyat nazariyasiga kirish. Bu qismda nazariyaining apparati, uning predmeti va tadkikot uslbularini tashkil etuvchi tushunchalar ifodalangan, asosiy imjtimoiy funktsiyalari va jismoniy madaniyat shakllariga tizimli xarakteristika berilgan, jamiyatda uning rivojlanish oqimlari kuzatilib umumlashtirilgan.
2. Jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari. Bu bo’limning mazmuni jismoniy tarbiya to’g’risidagi fanda asosiy oqim bo’lib qoladi. Bu erda jismoniy tarbiyaning asosiy belgilari va qonun koidalari ta’lim va tarbiyaviy maqsadlaridan jismoniy madaniyat foydalaniladigan jarayoni. Bunda hal etiladigan asosiy vazifalar, ularni hal qilish uchun qo’llaniladigan vositalar va uslbular, mashg’ulotlarning tuzilish usullari va shu kabilar sifatida ko’rib chiqiladi. Bunda jismoniy tarbiya ijtiomiy amaliyotini tashkil etishni yuqori turi xisoblangan jismoniy tarbiya va sportga o’rgatish va tarbiyalashning ma’lum chegaralini aniqlovchi xarakteristikasiga aloxida e’tibor berilgan.
3. Jismoniy madaniyatdan foydalanishning tipik yo’nalishlari va shakllarining tasnifi. Bu bo’limda jismoniy madaniyat jamiyatda, inson hayoti tarkibida ayniksa hayotiy faoliyatning asosiy sohalarida foydalanuvchi turli yo’nalishlar va unga mos shakllarining xususiyatlari urganiladi. Aniqrogi bu bo’limda jismoniy madaniyat umumiy ta’lim hamda kasb – amaliy tayyorlash tizimda mehnatni ilimy tashkil etish tizimidagi va kundalik turmushdagi xususiyatlarni urganib boradi. Shuningdek sport jismoniy madaniyatning asosiy komponentlardan biri hamda sport faoliyatining maxsus shakli sifatida (sport trenirovkasi, musobakalar) taxlil kilinadi.

  1. Jismoniy madaniyatdan inson hayotining turli davrlarda foydalanishning ilmiy amaliy asoslari. Mazkur bo’limda jismoniy madaniyatni maqsadga muvofik ravishda qo’llash masalasi «yosh jixatdan» kuriladi. Shu bilan birga insonning faoliyati davomida shart sharoitlarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan xususiyatlari xarakterlanadi.

Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi kursi jismoniy madaniyat va sport bo’yicha mutaxassislarni kasb ta’lmiotining bazasiga kiruvchi kengaytirilgan bilimlar majmuasini o’z ichiga oladi. U bo’lgusi jismoniy madaniyat soxasidagi mutaxassisgakasb faoliyati mazmunini to’liq tushinishga imkoniyat yaratadi dunyo karashini kegaytiradi, jismoniy madaniyat soxasidagi boshqa ishchilarini umumiy ishlari bilan boglaydi va shu bilan birga mutaxassis egallashi zarur bo’lgan keng kasbga yo’naltirilgan dunyo karashni shakllantirishga yordam beradi.
Jismoniy tarbiya uslubiyati ilmiy va o’quv bilimlari fani sifatida jismoniy tarbiya soxasida kasbiy faoliyatini aniqlashga qaratilgan asosiy bilimlar sistemasini shakllantiradi.
O’qituvchi tomonidan jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatini chukur bilish va uning pedagogik fikrlashni etaklovchi rivojlanishi shartidan xisoblanib, jismoniy tarbiya muammolarini barcha sharoitlarda har xil formalarda ijodiy echishga, yangi ma’lumotlarni yo’nalishini o’rganishga imkon beradi, amaliy harakatlarni va u yoki bu nazariy holatlarni tankidiy qabul qiladi va jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirishda ilmiy fanlarning rolini to’g’ri baholaydi va shaxsiy pedagogik ijodiyoti uchun asos yaratadi.
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy tushunchalari - Jismoniy madaniyat nazariyasi predmetini o’rganishda, boshqa ilmiy o’quv fanlari singari, birinchi navbatda uning imkoniyatlariga qarab ushbu predmetga taallukli dastlabki tushunchalarni aniqlash zarur. Jismoniy madaniyat nazariyasi perdmeti keng ma’noli tushunchalarga ega.
Jismoniy madaniyat asosiy tushunchasi sifatida nimani olish kerak? Uning koidasini ifodalashdan avval, tushunchasi bilan bog’liq uni moxiyatini maqsadga muvofik ravishda ochib berishga yordamlashadigan madaniyatga oid ayrim masalalarga tuxtalib utamiz. Umumiy «madaniyat tushunchasini tushuntirishda ko’pincha» tabiatni borlikni o’zlashtirish va o’zgartirish tushunchasi bilan takkoslanadi. Tabiatda, insonga bog’liq bo’lmagan va uni ish faoliyatini natijasi xisoblanmagan, tabiiy qonuniyatlar bo’yicha mavjud bo’lgan hamma narsa dunyodagi tirik yoki ulik, inson tomonidan o’zgartirilmagan narsalar kiradi.
Madaniyat xodisasi esa, inosn faoliyatini o’zgartiradigan usul va natijalar, ya’ni insonning talablarini qondiradigan uchun, tabiatni o’zgartirishga qaratilgan faoliyatini tushunamiz.
Madaniyat rivojlanish jarayonida (uni mavjudligi bo’lib), shunday faoliyat turlari (shakllari, usulyatlar) kirib qoldiki, ular kishining o’z – o’zini takomillashtirishga, shaxsiy «tabiatini» o’zgartirishga yo’naltirilgandir. Mana shunday madaniyatning tarkibiy qismi jismoniy madaniyat ham kiradi. Jismoniy madaniyat insonning hayotdagi muxim siftlariga, imkoniyatlariga yo’naltirilgan holda ta’sir etadi. Bular tabiatdan zakolat tarikasida olinib nasldan naslga uzatiladi (rivojlanishning genetik asoslari sifatida), avlodlar hayoti davrida, hayot sharoiti, faoliyati va tarbiya ta’sirida rivojlanadi.
Jismoniy madaniyat termini jismoniy rivojlanish atamasi bilan uzviy ravishda bog’liqdir. Jismoniy rivojlanish bu inson organizmining tabiiy sharoitida morfofunktsional holatini va unga asoslangan jismoniy sifatlarini keyinchalik o’zgarishini qonuniy jarayoni tushuniladi.4
Albatta, inson ham, jamiyat ham umuman o’zini ob’ektiv rivojlanish qonunlarini bekor kila olmaydi va o’zgartira olmaydi, chunki ular insonga bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir. Masalan, organizmni asta sekin son va sifat jixatdan o’zgarishi, organizmda funktsional va tuzilish o’zgarishlar qonuni, organizm va uning hayot sharoiti bilan birligi va xakozo qonunlar. Shunday bo’lsada, qonuniyatlar bilan birgalikda tabiiy rivojlanish jarayoniga (jumladan organizmning jismoniy rivojlanishiga) jamiyatni va shaxsni talabiga javob beruvchi ma’lum tuzilishi bo’yicha yo’nalish berib ta’sir ko’rsatish mumkin. Bu tomondan jismoniy madaniyat, kishining jismoniy rivojlanish jarayoniga maxsus ijtimoiy omil sifatida maqsadga muvofik ravishda, ta’sir ko’rsatib jismoniy sifatlar va kobiliyatlarini yo’naltirilgan holda tarbiyalashga yordam beradi. inosnni jismoniy rivojlanishiga, ijtimoiy hayot sharoiti, tarbiya jumladan jismoniy tarbiya, genetik va aktseleratsiya jarayoni ta’sir etadi. Jismoniy madaniyat eng avval, yosh avlodni va kattalarni mehnatga tayyorlashdagi, jamiyatning amaliy talablari ta’sirida tarixan ruyobga chikdi. Shu bilan birga jamiyatda o’rgatish va tarbiyalash tizimini tashkil topishida, jismoniy madaniyat, asosiy omil sifatida, har xil harakat ko’nikmalari va malakalarini amalga oshirish va kishini faoliyat imkoniyatlarini kengaytirish, jismoniy kobiliyatlarini, shu bilan birga intellektual, axlokiy va estetik tarbiyani amalga oshirish organiq ravishda kirib keldi. Texnika tarakkiyot sharoitida, mehnat xarakterini va hayot sharoitini o’zgarishi, kishining jismoniy madaniyatini o’zgartirishdakatta boylik sifatida, kasallikning oldini olish organizmining funktsiyalar ishini yaxshilashni ish faoliyatini oshirishi va saklab turishda, qisqacha qilib aytganda, sogligini saklash va mustaxkamlashda uning jismoniy holatini eng yuqori darajadagi vosita sifatida qo’llaniladi.
Shuning ham, jismoniy madaniyat, umumiy madaniyatini katta va ajralmas qismi bo’lib qoldi. Umuman jamiyat madaniyati singari, jismoniy madaniyatning ham har xil tomondan va har xilsoxa bo’yicha ko’rib chiqish zarur. Nisbatan to’liq tavsif berish uchun uni eng bo’lmaganda uch soxa bo’yicha ko’rib chiqish kerak.

  1. Faoliyat sifatida (madaniyat – faoliyatini, maqsadga muvofik tashkil etish jarayonidir);

  2. Predmetlar – boyligi sifatida (madaniyat – jamiyat va shaxsni talabini qondirish uchun ma’lum boylik keltirib chiqaruvchi «predmetlar» yig’indisidir);

  3. Natija sifatida (madaniyat – faoliyatini natijasi).

  1. Jismoniy madaniyatning faoliyat turi – sifatida insonning o’ziga xos, maqsadga muvofik harakat faolligini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda harakat faoliyatini aniq shakllari ko’rsatilgan. Jismoniy madaniyatga hamma shakldagi harakatlar kirib qolmasdan, balki harakat faoliyatini aniq mashqlari kiradiki, bular hayotda kerakli harakat ko’nikma va malakalarini tashkil toptira oladigan, hayotga ahamiyatli bo’lgan, jismoniy sifatlarni yo’naltirilgan holda rivojlanishini ta’minlay oladigan, insonning sogligi va ish kobiliyatini yuqori darajada ushlab tura oladigan bo’lsin. Bunday jismoniy madaniyat faoliyatini asosiy unsurlari, jismoniy mashqlar deb nom olgan.

Tarixiy tekshrishlarning ko’rsatishicha, jismoniy madaniyatga ta’sir ko’rsatuvchi shakllari, mehnat faoliyatini birinchi elementar shakllarini kaytargan holda, ko’prok jismoniy mehnat xarakterida bo’lgan. Jismoniy madaniyatning keyingi rivojlanish jarayonida, ko’prok harakat va faoliyatni maxsus (o’yin, sport, gimnastika va xakozo) madaniy ta’lim, tarbiyaviy, sog’lomlashtirish va boshqa vazifalarni echish uchun, maxsus «to’zilgan» shakllarni o’z ichiga oladi. Bu esa, okibatda mehnat bilan o’z aloqasini to’liqligicha yo’qotdi degan so’z emas. Yuqorida kayd kilinganidek jismoniy madaniyat amaliy tomondan, mehnat amaliyotiga oldingidek tayyorlash vositasi ssifatida qoladi.5
Bu esa, mehnat operatsiyalarini tez egallab olishni ta’minlashi, unumli mehnat qilishni, hamda hayotda amaliy vazifalarni echish uchun kerak bo’ladigan ko’nikma va malakalarni, jismoniy sifatlarni rivojlantirishni va yuqori ish kobiliyatini ta’minlaydigan jismoniy tayyorgarlikka olib keladi.

  1. Jismoniy madaniyat- predmetlar birligining boyligi sifatida jamiyat tomonidan yaratilgan moddiy va material boylikni, jismoniy madaniyat faoliyatini samarali ravishda ta’minlash natijasidir.

Jismoniy madaniyatni rivojlanishidagi har bir bosqichda uni boylik (kishini talablarini qondiradigan boylikni) mazmunini kim shug’ullanayotgan bo’lsa o’rgatishi, ishlatish bu bilan birga imkoniyati boricha keyinchalik rivojlantirishi mumkin. Bu erda so’z jismoniy madaniyatning xozirgi kunda ko’p tarqalgan shakllari: gimnastika, sport turlari, sport o’yini turidagi o’yinlar, jismoniy mashqlarni majmui sifatida jismoniy madaniyatni amaliy va boshqa bo’limlariga kiritilgan.
Ijtimoiy hayot va faoliyatni uzoq rivojlanish yo’lida, jismoniy madaniyatning mazmuni va shakli ham asta sekin farklanib bordi (ta’lim va tarbiya, moddiy ishlab chiqarish va xizmat faoliyati, kunlik hayotda va dam olishda, meditsina va boshqalar). Bu esa jismoniy madaniyatda, ko’pgina ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan bo’limlarni maktabda, ishlab chiqarishda, turmushda, rekreativ davolash jismoniy madaniyat va boshqani tashkil topishiga olib keldi. Bularni ilmiy – amali tomondan ishlab chiqilishi, metodik va texnik va boshqalar tomondan boyishi, jismoniy madaniyatni vosita va uslublarini samarali ravishda foydalanishga ta’lim tarbiya, sog’lomlashtirish va boshqa vazifalarni ijobiy holda amalga oshirishda jamiyat va shaxs uchun o’z ta’sirini orttirdi va bugungi kunda yana ham o’z salohiyatini oshirmoqda.
Shuning bilan bir qatorda madaniy boylik predmeti sifatida, uni tarkibiy qismini ahamiyati ortib bormokda.
Maqsadga muvofik ishlab chikilgan harakat faoliyatini turlari, jismoniy madaniyat soxasidagiboyliklar bilan birga bevosita maxsus amaliy bilimlar, tamoyillar, jismoniy mashqlarni ishlatish koidasi va uslubiyati etik normalari, jismoniy madaniyat soxasidagi faoliyat jarayonida kishilar urtasidagi munosabatlarda namoyon bo’ladi. sportdagi yutuqlar jamiyatda jismoniy madaniyatini samaradorligini oshirish uchun maxsus tayyorlangan material texnik va boshqa sharoitlarga bog’liq (jismoniy madaniyat – meditsina ta’minoti, jismoniy madaniyat- sport ifnormatsiyasi, jismoniy madaniyat - aks ettiruvchi san’at maxsulotlari, sport kurilishlari maxsus asbob va uskunalar va xakozo).
To’g’risi bularni hammasini, faqat jismoniy madaniyatga taallukli deb bo’lmaydi, chunki ko’rsatilganlarni ko’pchiligi jismoniy madaniyatgagina munosabati bo’lmasdan madaniyat soxasidagi aralash fanlarga ham tegishli.

  1. Jismoniy madaniyat faoliyat natijasi sifatida kerakli natijalarni bir butunligicha ishlatilishi, jamiyatda predmet boyligi sifatida madaniylashtirilishi bilan xarakterlanadi. Bularga qisman: jismoniy madaniyat faoliyati natijasida egallangan jismoniy tayyorlanganlikva shu asosida harakat ko’nikma va malakalarini takomillashtirish bosqichiga erishish, hayotiy kuchlar, sport yutuqlari darajasini, jismoniy madaniyat bilan aloqada bo’lishi bilan orttirgan natijalardir. Shunday qilib jismoniy madaniyat faoliyati, odam bilan tashki munosabatda bo’lib qolmsdan balki, ko’nikma malaka kobiliyat sifatida uygunlashgan holda ichki boylik sifatidagi shaklida ham bo’ladi.

Ijtimoiy hayot obraziga, aniq organiq sharoitida jismoniy madaniyat hamma sohalarini to’liqligicha kiritish natijasi halk ommasini jismoniy kamoloti bo’yicha majmuiy ko’rsatkichiga erishganligidandir.6
Jismoniy kamolot – bu har tomonlama jismoniy tayyorgarlik va garmonik jismoniy rivojlangan, mehnat va boshqa sohalardagi talablarga javob bera oladigan individual talantini yuqori darajada rivojlanganligini ko’rsatadi, shaxsni har tomonlama rivojlanish va uzoq yillar sogligini mustaxkamlash qonuni bilan murosada bo’ladi.
Jismoniy kamolotni tarkibiy qismi, aniq tarixiy xarakterga ega bo’lib, jamiyatni aniq talabini ko’rsatgan holda, hamma vaqt bir xilda qolmasdan ijtimoiy rivojlanish bosqichiga qarab o’zgaradi, xozirgi davrda «Alpomish va Barchinoy» maxsus test mezonlari Respublika sport klassifikatsiyasi mezonlari bilan qo’shilgan holda jismoniy kamolotning asosiy, tarkibiy qismi bo’lib xisoblanadi.
Jismoniy madaniyatni rivojlanishi va ma’lum darajadagivazifani bajarishi, jamiyatdagi hayot sharoitida belgilangan haraterda ishlatilishiga qarab uni aniq baxosi va roli bilan bog’liqdir. Jismoniy madaniyatni sharoitga bog’liqligiga qarab, kishiga har xil printsip bo’yicha ta’sir ko’rsatishi (shaxsga bir tomonlama yoki har tomonlama) mumkin.
Jamiyatda jismoniy madaniyat, shaxsni garmonik tashkil topishida, faqatgina jismoniy kamolot omili bo’lib qolmasdan balki axlokiy, estetik, intellektual tarbiyaning vositasi sifatida, jamiyatni hamma a’zolariga madaniyatni boshqa tomonlari bilan birga qo’shilgan holda har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.
Jismoniy madaniyatdan jamiyatda yo’naltirilgan holda foydalanish iktisodiy usishga va Vatannihimoya qilishga keng ravishda yordam beribgina qolmasdan, kishilarni ruxiy talabini ham qoniqtirib, shaxsni har tomonlama garmonik rivojlanishiga, sog’lomhayot tarzini tashkil toptirish vositasi sifatida foydalaniladi.
Yuqorida aytilganlarni hammasi «jismoniy madaniyat» tushunchasini quyidagicha aniqlashga imkon beradi.
Jismoniy madaniyat – jamiyat va shaxs madaniyatining tarkibiy qismi bo’lib, uning maxsus mazmunini negizi, ma’nosn faoliyatidan aniq foydalanishni tashkil qilsa, amaliyotidajismoniy tayyorgarlik, jismoniyholat va rivojlanishini optimal ravishda ushlash omillaridir. Bunga: faoliyat va uni o’sib borayotgan yoshlarini va kishilarni yo’naltirilgan sharoitda usullarni tashkil topishida jamiyat yutuqlarini yig’indisidir haqiqiy g’oyaviy jamiyatda jismoniy madaniyat shaxsni har tomonlama garmonik rivojlanishini samarador vositasi, har biri kishini jismoniy kamolotga erishishda ijtimoiy omil bo’lib qoladi.
Ayrim aralash va qisman bir biriga qo’shilgan tushunchalar - «Jismoniy madaniyat» termini bilan, bir biriga qo’shilgan holda quyidagi tushunchalar: «Jismoniy madaniyat harakati» , «sport» , «jismoniy tarbiya» , «badan tarbiya» va boshqalar bog’liqdir. Bularni xech bo’lmaganda qisqa ma’noda aniqlamasdan turib jismoniy madaniyat kursini mazmunini ko’rib chiqishga o’tib bo’lmaydi.
Jismoniy madaniyat harakat – ijtimoiy yo’nalish bo’lib, buning oqimida kishilarni birgalikda, jismoniy madaniyat boyliklarini ishlatish va ko’paytirishga qaratilgan faoliyatidir.
Jismoniy madaniyatni gullab yashnashi, kishilarni birgalikdagi faoliyatsiz, keyinchalik rivojlantirishga intilmasdan uni kengaytirish qiyin. Mana shunday birgalikdagi ishni shakli jismoniy madaniyat harakatidir. Xozirgi kunda dunyoda bu oqim jamiyatda katta yo’nalish bo’lib qoldi.
Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida keng yo’lga qo’yilgan jismoniy madaniyat harakati mamlakatlarida keng yo’lga qo’yilgan jismoniy madaniyat harakati, jamiyatni tuzilishiga qarab, har qaysi (umumiy xususiyati bo’lsa ham) o’z xususiyatiga ega. Bular esa, ko’pincha g’oyaviy asosda, jismoniy madaniyat tashkil qilish tamoyillari va shakllarida namoyon bo’ladi.7
O’zbekiston mustakillikka erishgandan keyin, «Sog’lom avlod uchun» jismoniy madaniyat harakati birinchi navbatda, jismoniy madaniyat faoliyatini umumiy ish g’oyaviy jamiyat kurish bilan boglangan bo’lib, shaxsni har tomonlama garmonik rivojlanishi va sog’lomlantirishga yo’naltirilganligi, jamiyat va davlat tashkil qilish shakllarini birliligi, ommaviyligi, umum halk harakatini ko’tarilib borishi bilan farklanadi.
Jismoniy tarbiya tushunchasi keng ma’noda umumiy tarbiya tushunchasini ichiga kiradi, bu esa, jismoniy tarbiya boshqa turdagi tarbiyalar singari, pedagogik jarayoni bo’lib, umumiy ko’rinishi bo’yicha (pedagogning boshqaruvchi roli, pedagogik printsiplari bo’yicha tarbiyachi va tarbiyalanuvchini faoliyatini mos kelishi va xakozo) xisoblanadi. Jismoniy tarbiyani boshqa tarbiyalardan farki shundaki, bu jarayonda shug’ullanuvchilarda harakat ko’nikmasi va malakalarini va jismoniy sifatlarini rivojlantirish, bularni birlashishi esa, ularni jismoniy salohiyatini aniqlab beradi. shuning uchun jismoniy tarbiyada ikki maxsus tomoni farklanadi: harakatlarga o’rgatish (harakat faoliyati) va jismoniy sifatlarini tarbiyalash.
Harakatlarga o’rgatish o’zini asosiy mazmuni bilan – jismoniy ma’lumotni – o’z harakatini boshqarishni ratsional usullarini tizimli ravishda o’rganish bilan hayotda kerak bo’ladigan harakat ko’nikmalari va malakalarini hamda shular bilan bog’liq bo’lgan bilimlar fondini egallashdan iboratdir. Jismoniy tarbiyani ikkinchi tomonini negizi, maqsadga muvofik ravishda rivojlantirishga qaratilgan jismoniy sifatlarga (kuch, tezkorlik, harakat uygunligi, chidamlilik va xakozo) ta’sir ko’rsatishdir.
Shunday qilib, jismoniy tarbiya umumiy tarbiyaning turi bo’lib, uning maxsus mazmuni harakatlarga o’rgatish va kishini jismoniy sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir.
Umumiy pedagogik tizimni ratsional tashkil kilganda, jismoniy tarbiyani maxsus mazmuni axlokiy, estetik va mehnat tarbiyasi bilan organiq ravishda bog’liq bo’ladi.
Jismoniy tarbiya mana shunday bog’liqlikda shaxsni har tomonlama tarbiyalashni asosiy omillik ahamiyatiga ega bo’ladi.
«Jismoniy tarbiya» termini bilan oldin esalb utilgan «jismoniy tayyorgarlik» termini ham qo’llaniladi. Bular o’zini mazmuni bo’yicha uxshasada, ikkinchi termin, jismoniy tarbiyani mehnat yoki boshqa faoliyatga nisbatan talab kiluvchi jismoniy tayyorgarlikni amaliy yo’nalishini ko’rsatish uchun ishlatiladi.
Jismoniy tayyorgarlik – erishilgan va birlashgnan ishchanlikni, amaliy harakatdagi ko’nikma va malakalarini, maqsadli faoliyatini samaradorligiga ta’sir ko’rsatishi bo’yicha tashkil topgan jismoniy tayyorgarlik natijasidir.
Jismoniy tarbiya atamasini jismoniy madaniyat atamasi bilan takkoslaganda ularni bir biri bilan chambarchas bog’liqligini kuramiz. Lekin bir biri bilan kushib yuborish yoki biri ikkinchisini qismi deb karash noto’g’ri.
Chunki jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiyaga nisbatan, uni qismi emas, balki pedagogik tomondan tarbiya tizimidag boyliklarni yo’naltirilgan holda ishlatish yoki jismoniy madaniyatdan, pedagogik tashkil kilingan jarayonda foydalanishdir. Jismoniy tarbiya ijtimoiy amaliyoti bu erda jismoniy madaniyat boyliklarini katta yoshdagi avlod, kichik yoshdagi avlodga berish kanali bo’lib xisoblanadi. Bir vaqtning o’zida bu madaniy boyliklarini ko’paytirish yo’li, chunki yosh avlod faqatgina ulargacha bo’lgan narsalarni tushunib olish bilan birga, uni rivojlantiradi, yangi ko’rsatkichlarga intiladi.
Sport – qisqa ma’noda shaxsiy musobaka faoliyati deyilsa, keg ma’noda. Shaxsiy musobaka faoliyati, shu faoliyat asosida kelib chikadigan maxsus tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlari tushuniladi.8

Download 33.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling