Jismoniy madaniyat tushunchalari, maqsadi va vazifalari Jismoniy tarbiya vositalari


JISMONIY TARBIYA VOSITALARI TEXNIKASIGA TAVSIF


Download 48.54 Kb.
bet5/7
Sana31.01.2024
Hajmi48.54 Kb.
#1832252
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 JISMONIY MADANIYAT TIZIMINING VUJUDGA KELISHI UNING TARKIB TOPISHI

JISMONIY TARBIYA VOSITALARI TEXNIKASIGA TAVSIF
O'zbekistonda "Umid nihollari", "Barkamol avlod", "Universiada", sport musobaqalarining o'tkazilib borilishi haqidagi videoroliklar namoyishi o'quvchi yoshlarda sportga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ushbu siyosatning asosiy tamoyillaridan biri ta'limning uzluksizligi va izchilligini ta'minlashdur. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida e'tirof etilishining sabablaridan biri ham ana shundadir. Jismoniy tarbiya vositalari bir-biri bilan о 'zaro uzviy bog'liqlikni taqozo qiladi. Shundagina ular ahamiyatini saqlab qoladi. Ko'p yillik jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy mashqlar, tabiatning sog 'lomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillardan jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo'lib, u tarixan yengil atietika. gimnastika, sport o'yinlari va turizm larzida guruhlarga ajralilib, tarbiya jsirayonining vositasi sifatida foydalanib kelinadi. Jismoniy mashq - jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari yengil atietika, gimnastika, sport o'yinlari va turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirilgan. "Jismoniy mashq" tushunchasi insonning harakatlantiruvchi harakati va harakatlar to'g'risidagi tasavvurlari bilan bog'langan. Harakat organizmning motor vazifasi sifatidir. "Jismoniy tarbiya" so'zi aqliy tarbiyadan farqli ravishda bajariladigan ishning xarakterini aks ettiradi, sirtdan qaraganda makon va zamonda inson tanasi va uning qismlari o'zgarishi ko'rinishida namoyon bo'ladi. Jismoniy tarbiyaning natija berishiga barcha vositalar tizimidan fovdalanish bilan erishiladi. Biroq vositalarning har qaysi guruhga ahamiyati bir xil emas: tarbiya va o'qitish vazifalarini yechishda eng katta salmoq jismoniy mashqlar ulushiga to'g'ri keladi. Bu esa bir qator sabablar bilan hal etiladi:
Jismoniy mashq harakatlar tizimi sifatida insonning tuyg'usi va fikrini, uning tevarakatrofdagi voqelikka munosabatini ifodalaydi. Jismoniy mashq- bu jismoniy larbiya sohasida ijtimoiy - tarixiy tajribani topshirish usullaridan biri. Jismoniy mashq nafaqat organizmni morfo-funksional holatiga ta'sir o'tkazadi, balki ularni bajaruvchi shaxsga ham. Pedagogik faoliyatning barcha turlari orasida faqat jismoniy tarbiyada o'qitishning predmeti o'quvchilarni yo'naltirilgan qator harakatlar bajarishi va jismoniy mashqlar takomillashuviga yo'naitirilgan ta'sirdan iborat. Jismoniy mashq harakatlari insonning sog'lomlashtiruvchi ehtiyojlarini ham qondira olishi mumkin.

Download 48.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling