Murabbiyning ко ‘rsatmasi: 0 ‘yinchilarga oyoq sonlari qancha
past tursa, to‘p olib yurish shuncha pastroq bo‘lishini eslatib turish.
Bu mashqni amaliyotda to‘pni nazorat qilish ustida ishlashning bir
qismi sifatida har kuni bajarish lozim.
Ikkita to‘p bilan navbatma-navbat to‘p olib yurish
Mashqning maqsadi: To‘p olib yurish vaqtida tananing to‘g‘ri
holati hamda to‘pni to‘g‘ri his qilish ustida ishlash.
Mashqning bayoni: 0 ‘yinchilar joyida turadilar, lekin bir
vaqtning o‘zida ikkita to‘p bilan to‘p olib yurish qilishi, ular har xil
qo‘lda navbatma-navbat to‘p olib yurish bajarilishi lozim. To‘p olib
yurishning barcha asoslari bir xil: to‘p sonlardan pastroqda, tizzalar
bukilgan, mos tushirilgan, to‘p qo‘l barmoqlari uchida ushiab
turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |