Murabbiyning ko'rsatmalari: To‘pni sonlardan pastroqda ushlash
muhim ekanligini namoyish qilish maqsadida o‘yinchilar bu
mashqni bajarishda turishlari kerak. To‘plar har tomonga sabchib
ketadi. 0 ‘yinchilarga ulaming sonlari qancha past tursa, xatoga yo‘l
qo'yish imkoniyati shuncha kamroq bo‘lishini tushuntirishi lozim.
Va aksincha, o‘yinchilar turib qolsalar xato qilish imkoniyati ortadi
va to‘p ustidan nazorat qilish imkoniyati yo‘qotiladi. Bu mashq har
kuni 30-60 soniya bajarilishi kerak.
Ikkita to‘pni bir vaqtning o‘zida tezlik bilan olib yurish
Mashqning maqsadi: To‘p olib yurish vaqtida tananing to‘g‘ri
holati va to'pni to‘g‘ri his etish ustida ishlash
Mashqning bayoni: Sirt chizig‘ida ikki kishidan beshta qator
turadi. 0 ‘yinchilar bir vaqtning o‘zida ikkita to‘p bilan yurishni
katta tezlikda bajarishadi. Ular jarima chizig'igacha yetmay maydonning
yarimigacha boradilar va orqaga qaytadilar. Ular sirt chizig‘
iga yetib kelganlarida to‘pni qatorda keyingi o‘yinchiga uzatadilar.
0 ‘yinchilar to‘g‘riga qarab turishlariga, tizzalari bukilganligiga
hamda to‘pni sondan yuqoriroqqa ko‘tarib yubormasligiga e’tibor
qaratish. To‘p olib yurish qo‘l barmoqlari uchi bilan bajarilishi
kerak.M urabbiyning ko'rsatmalari: Ancha baland bo‘yli o‘yinchilar
bu mashqni bajarishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
Bunday o‘yinchilar yurishdan boshlashlari, keyin yengil yugurishga,
so‘ngra mashqni tezlik bilan bajarishga o‘tishadi. Agar biron-bir
o'yinchi bu mashqni bajara olmasa, u holda mashqni u burchakdan
bu burchakkacha bajarishi mumkin. Bu mashq davomida o‘yinchilar
to‘pga emas, balki polga qarashlari kerakligini eslatib qo‘yish.
Mashqni har kuni 30-60 soniya davomida bajarish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |