“Chertki” о’yini - “Chertki” о’yini
- О’yinga tayyorlanish. О’yin bolalarning sezgirlik, diqqat etish qobiliyatlarini rivojlantiradi. О’ynovchilar chek tashlab ikki jamoaga bо’linadi. Jamoalar birbirlariga qarama-qarshi 8-10 m masofada turadilar. Har jamoaning о’ynboshchisi о’z jamoasidagi о’ynovchilarni qо’shlar, hayvonlar о’simliklar va mevalar nomi bilan ataydilar. Qora rangdagi rо’molcha tayyorlab qо’yiladi.
- О’iin tavsifi. О’yin boshlash huquqini olgan о’yinboshi raqib о’ynovchilardan birining boshini yoki qо’lini rо’mol bilan bog’laydi va о’z о’yinchilaridan birini yangi nom bilan chaqiradi. U bildirmasdan kelib rо’molni bir necha marta chertadi, о’zi joyiga borib turadi. О’yinboshi bog’langan rо’molni yechib oladi, u chertgan о’ynovchini qidira boshlaydi. Agar chertgan о’yinchini topsa о’z komandasiga olib qaytadi, topolmasa shu jamoada qoladi. О’yin jamoada
- 1-2 ta о’ynovchi qolguncha davom etadi. Sо’ngra о’yinboshilar о’rin almashadilar.
“Qidirib top” о’yini - “Qidirib top” о’yini
- О’yinga tayyorlanish. О’yin sport maydonchasida, dam olish bog’larida о’tkaziladi. О’yinda tо’rtta о’quvchi onaboshi qilib saylanadi.
- О’yin tavsifi. О’qituvchi signal bergandan sо’ng tо’rtta о’quvchi о’yinboshi bо’lib, о’girilib yoki bolalarga orqasini о’girib kо’zlarini yumib turgan holda quyidagi sо’zni aytadi.
- Oyog’ing tagida osh taxta,
- Kо’zingga qumu, paxta.
- Shu sо’zni aytib bо’lganlaridan sо’ng orqalariga qaramaydilar, qolgan о’yinchilar esa har tomonga tarqalib yashirinib oladilar.
- Yashirinib olganlaridan sо’ng ular turli joylarga, chuqurlarga, bо’talarga, daraxtlar, predmetlar orasiga yashirinishlari mumkin. Shundan sо’ng о’yinboshilar yashiringan о’yinchilarni maydon о’rtasiga olib keladilar. Agarda yashiringan о’yinchilarni bitta yoki ikkitasini topolsalar, unda о’yinboshilar о’rtaga chiqib “Biz yengildik” - deb aytadilar, maydon о’rtasiga olib keladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |