Jismoniy mashqlar biomexanikasi fanining maqsadi va vazifalar reja


Harakat shakllari haqida qisqacha tushuncha


Download 47.14 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi47.14 Kb.
#1387561
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jismoniy mashqlar biomexanikasi fanining maqsadi va vazifalar

Harakat shakllari haqida qisqacha tushuncha. Odam tanasining mexanik harakatlarini yaxshi tushu-nish uchun harakatning o’zi nimaligini bilib olishimiz kerak. Dunyoda hamma jism harakatda bo'ladi. Galaktika, Yer, odam tanasi va uning qismlari, hujayra molekulalari, atomlar va ularning tarkibiy qismlari: odam ongi ham materiya harakatining bir turidir.
Harakatning murakkab shakllari oddiy shakllarini o'z ichiga oladi. Harakatni oddiy shakllari orasida eng oddiysi mexanik harakat hisoblanadi. Mexanik harakatlar hamma harakatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Sport biomexanikasida o'rganiladigan odam harakatlari ham mexanik harakatlardan tashkil topgan. Lekin bu mexanik harakatlar murakkab harakatlarning bir qismi bo'lib, odam ongiga, ihtiyoriga bo'ysunadi. Shuning uchun biologik mexa­nika (biomexanika) jonsiz jismlar mexanikasidan birmuncha farq qiladi.


Biomexanika fanining rivojlanish tarixi
Hozir o'rganilayotgan biomexanika fani anatomiya, fiziologiya, fizika, matematika vaboshqa fanlarga asoslangan.
Tirik organizmlarning harakatlari qadimdan odamlarni qiziqtirib kelgan. Qadimgi yunon tabiatshunoslaridan Arastu, rimlik shifokor Klavdiy Galen va boshqa olimlarning bu sohadagi qarashlari hali ham o'z kuchini yo'qotgan emas. Jumladan Klavdiy Galen gladiatorlar maktablarida ishlab, tajribalar o'tkazgan. U boЈgЈimlardagi harakatlar muskullar qisqarishi natijasida kelib chiqishini isbotlagan. Bosh miyadan keladigan impulslar ta'sirida muskullar qisqaradi, deb aytgan. Galen muskullarning tuzilishi haqida, antogonist va sinergist muskullar haqida tushuncha bergan. O'rta osiyolik buyuk olim Abu Ali ibn Sino muskullarning tuzilishini o'rganib, odamlarni davolashda birinchi bo'lib jismoniy mashqlarni qo'llagan.
Italiyalik buyuk rassom, matematik, mexanik va injener Leonardo da Vinchi anatomiya va mexanika fanlariga asoslanib, odam tanasining har xil holatlarini va hara­katlarini o'rganib chiqqan.
Fransuz shifokori va matematigi Djovani Alfonso Borelli birinchi bo'lib biomexanika kitobini yozgan. Bu kitob ,,Hayvonlar lomotsiyasi", ya'ni hayvonlar harakatlari deb nomlangan bo'lib, unda u harakatlarning hammasini uch turga bo'lgan:
a) tayanch sathidan itarilish (yurish, yugurish, sakrash);
b) tashqi muhitdan, suv yoki havo oqimidan itarilish, suzish, uchish;
c) tananing yuqoriga tortilishi, cliiqishi.
Fransuz fiziologi Etyen-Jyul Marey odamning harakatlarini rasmga tushirish usullarini chuqur o'rgangan. U odam harakatlarini qog'ozga tushirishning yangi usullarini, ya'ni xronofotografiya usullarini ishlab chiqdi. Xronofotografiya usulida odamning harakatlari plyonkaga tushirilib o'rganiladi. Rasmga tushirish natijasida fotoplyonkaga fazoda harakat qilayotgan odam tanasining har xil holatlari tushadi. Bu rasmga qarab, odamning fazoda qanday harakat qilayotganini aytib berish mumkin. Rasmga olish tezligini bilgan holda, tananing harakatini va uning joy o'zgartirishini aniqlash mumkin.
Marey rasmga olayotgan odamga qora kiyim kiydirib, asosiy bo'g'imlarini oq lenta bilan bir-biriga birlashtirgan holda rasmga tushiradi. Bunday rasmga faqat zvenolarning joylashish sxemasi va tananing shu momentdagi harakatlari tushadi. Bunday rasm xronofotogramma deb ataladi. Unda harakatni kinematika nuqtayi nazaridan analiz qilib, uning o'tgan masofasini, tezligini, tezlanishini va vaqt birligini aniqlash mumkin.
Nemis olimlaridan Vilgelm Braun va Otto Fisher tajriba yo'li bilan odam tanasi qismlarining nisbiy og'irligini va og'irlik markazlarini aniqlagan.
Rossiyada P.F. Lesgaft biomexanika fani asoschisi hisoblanadi. Biomexanika fani ,,Tana harakatlari nazariyasi" deb yuritilar edi. U, ayniqsa, jismoniy mashqlar biomexa-nikasining rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. ,,Tabiiy gimnastika asoslari" kitobi bilan jismoniy mashqlar biomexanikasiga katta yo'l ochib berdi. ,,Tana harakatlari nazariyasi" kursida jismoniy mashqlarni odam tanasining tuzilishiga va bo'g'imlarining harakatiga qarab tanlash kerak, deb aytgan. 1888— 1901-yillarda P.FXesgaft ,,Maktab yoshidagi bolalar uchun jismoniy tarbiyadan qo'llanma" deb nomlangan kitobini yozib tugatadi. Bu qo'llanmada quyidagi savollarga to'xtalib o'tadi: maktab o'quvchilari jismoniy mashqlar bajarganida oldiga qocyilgan maqsadlari; jismoniy mashqlar-ning turi; odam tanasidagi muvozanat nuqtasini aniqlash va hokazo. Bu qo'llanmada yurish, yugurish, sakrash va suzish nazariyalarini ishlab chiqib, ularni batafsil bayon etadi.
,,Tana harakatlari nazariyasi" kursini P.F.Lesgaft jismoniy tarbiya kursi, keyinchalik esa mashqlar biome-xanikasi deb yuritgan.
I.M.Sechenov birinchi bo'lib organizm harakatlari-ning markaziy nerv sistemasi orqali boshqarilishini isbotladi. U o/zining „Odamning ish harakatlari to'g'risida ocherk" kitobida odam harakat apparatining tuzilishini, suyak richaglarining tuzilishini, ishchi muskullarning qisqarishini va energiyasini bayon etadi. Qo'l, oyoqlarning ish harakatlari, qo'l va oyoqlarning gavda bilan birgalikdagi murakkab harakatlari analizini beradi.
Biomexanikaning rivojlanishida Sankt-Peterburg universitetining professori A.A.Uxtomskiyning „ Harakat apparatining fiziologiyasi" kitobi ham katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Jismoniy mashq deb, ma’lum maqsadni amalga oshirish uchun yo’naltirilgan
harakatlar to’plamiga aytiladi. Ular yordamida jismoniy tarbiyaning ta’limiy,
tarbiyaviy va sog’lomlashtiruvchi maqsadlari amalga oshadi.
Jismoniy mashqlar juda ko’p va xilma-xil bo’lganligi uchun ularni turlashda
qandaydir bitta o’lchovdan foydalanish mumkin emas. Jismoniy mashqlarni
fiziologik turlashda ham ularni turli o’lchovlaridan foydalaniladi.
Bu o’lchovlar ichida asosiylari quyidagilar:
Energetik - bunda mashqni bajarishda ustivor energiya manbai (aerob,anaerob) va qancha energiya sarflanayotganligiga qarab turlanadi (nisbiy 1s qanchakkal, ishni to’la bajarish uchun sarflanayotgan umumiy energiya miqdori).Biomexanik - mashqlar bir birlaridan harakatlarning tarkibiga ko’ra tsiklik,atsiklik va aralash bo’ladi.
Etakchi jismoniy sifat - kuch, tezlik, tezlik-kuch, chidamlilik, koordinatsion yoki murakkab-texnik mashqlar farqlanadi.Yuqoridagilardan tashqari, jismoniy mashqlarni boshqa sifatlariga ko’ra ham turlashlar amalga oshirilgan.
Energetik o’lchovga ko’ra turlanganda sport mashqlarini bajarishda qaysi energiya manbai ko’proq ishtirok etishiga ko’ra:
1) anaerob alaktat – fosfogen tizim energiyasi hisobiga mashq bajariladi;
2) anaerob laktat – glyukozani sut kislotasigacha parchalanishidan hosil
bo’lgan energiya hisobiga mashq bajariladi;
3) aerob – uglevod va yog’larni kislorod ishtirokida oksidlanishidan hosil
bo’lgan energiya hisobiga mashq bajariladi.
Energiya sarfi darajasiga ko’ra, mashqlarni turlaganda umumiy va nisbiy energiya sarfi farqlanadi. Masofaning uzunligi ortgan sari mashqni bajarish uchun sarflanayotgan energiyaning umumiy miqdori ortadi, nisbiy energiya sarfi esa kamayadi.

Download 47.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling