Jismoniy mashqlarning bola organizmiga ijobiy ta’siri. Reja
Bolalarni tana tuzilishiga qarab sport turlarini tavsiya etish
Download 20.12 Kb.
|
JISMONIY MASHQLARNING BOLA ORGANIZMIGA IJOBIY TA’SIRI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalarni yoshiga qarab sport turlarini tavsiya etish.
Bolalarni tana tuzilishiga qarab sport turlarini tavsiya etish. Tana tuzilishiga qarab bolalar 3 guruhga bo`linadi:
Birinchi guruh-normostenik tana tuzilishi – tananing hamma qismi bir biriga to`g`ri proporsional, teng, baravar rivojlangan, ko`krak va yelka kamari kengligi, qo`l va oyoqlarning uzunligi proporsional bo`ladi. Bunday bolalar sportning hamma turlari bilan shug`ullanishlari mumkin. Ikkinchi guruh-giperstenik tana tuzilishi – kalta bo`yli, keng ko`krak qafasli, keng yelkali, qo`l-oyoqlari kalta va yo`g`on. Bularni asosan kurash turlariga yo`naltirish maqsadga muvofiq. Sababi, bunday gavda tuzilishidagi bolalarda suyaklar yo`g`on, baquvvat, muskullar yaxshi rivojlangan, kuchli bo`ladi.Ular tez, epchil, chaqqonlik bilan harakat qilish xususiyatiga ega. Uchinchi guruh-astenik tana tuzilishi – bo`yi uzun, qo`l va oyoqlari uzun, tana ingichka, ko`krak va yelka kamari ingichka.Bunday bolalar uchun sport o`yinlarining voleybol, basketbol, tennis turlari bilan shug`ullanish tavsiya etilgani ma`qul. Bolalarni yoshiga qarab sport turlarini tavsiya etish. Bolalar yoshiga qarab sport turlarini tavsiya etish 6 davrda amalga oshiriladi. Sport turlarini tavsiya etishda bolalarning yoshi bilan birga, ularning tana tuzilishi hususiyatlari (normastenik, giperstenik, astenik) ham e`tiborga olinishi lozim. Birinchi davr – 5 – 7 yosh. Sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, Sport akrobatikasi, shaxmat va shashka yo`nalishlari tavsiya etilishi maqsadga muvofiq. Ikkinchi davr – 8 – 9 yosh. Engil atletika, stol va katta tennis, badminton yo`nalishlari. Uchinchi davr- 10-11 yosh. Sport o`yinlarining barcha turlari, shuningdek, qol to`pi, qilichbozlik, kamondan o`q otish. To`rtinchi davr – 12 – 13 yosh. Kurashning hamma turlari: karate, erkin kurash, yunon – rum kurashi, sambo, shuningdek, boks,eshkak eshish, velosport kabilar. Beshinchi davr – 14 – 15 yosh. To`rtinchi davrdagi sport turlariga qo`shimcha zamonaviy beshkurash, uchkurash, ot sporti. Oltinchi davr – 16 – 17 yosh. To`rtinchi va beshinch davrdagilarga qo`shimcha keng qamrovli turizm, sportning texnikaviy turlari: motosport, avtosport, korting turlari tavsiya etiladi. Adabiyotlar ro‘yxati:1. Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016. 2.Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017 “Bilimdon” dasturi. T.: 2014 3.Amirova. G.A., Sulaymonov A.P., Djurayeva B .R. Maktabgacha ta’lim muassasalarda applikatsiya mashg‘ulotlari. T., 2014. 4.D.T Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish. (13.00.01.-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha yozilgan dissertatsiyaning avtoreferati). T.2007 Download 20.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling