Jismoniy mashqlarning fiziologik tavsifi
Funksiyalarning tiklanish hususiyatlari
Download 68 Kb.
|
5.JISMONIY MASHQLARNING FIZIOLOGIK TAVSIFI
Funksiyalarning tiklanish hususiyatlari
Organzmning ichki muhitini normal holatda (gomeostazni) ushlab turilishini ta’minlaydigan fiziologik jarayonlar majmuasi tiklanish deb yuritiladi. Charchash yuzaga kelgandan keyin organizmning dam olish vaqtida tiklanish jarayonlari o‘tadi, ya’ni muskul ish ta’sirida fiziologik funksiyalar (tomir urishi soni, qon bosimi, o‘pka ventilizasiyasi, kislorod o‘zlashtirishi, tana harorati organizmdagi turli sistemalarning qo‘zg‘aluvchanligi va boshqalar) ma’lum vaqt o‘tgandan keyin ishdan oldingi holatga qaytadi. Bu holat tiklanish deb yuritiladi. Tiklanish uchun ketgan vaqt tiklanish davri deb ataladi. Tiklanish jarayonlarining borishi bir tekis emas, balki to‘lqinsimon bo‘ladi, ya’ni dam sekinlashadi, dam tezlashadi va yana sekinlashadi, yana ko‘tarilib, nihoyat ishdan oldingi holatga qaytadi. Turg‘un holat-fiziologik ko‘rsatkichlarning o‘zgarmas darajasi bilan ifodalanadigan va jismoniy ish tezligini organizmning funksional imqoniyatiga to‘liq mos bo‘lishida ish bajaruvchi organizmda yuzaga keladigan holatdir. Turg‘un holatga o‘tish vaqt birligida sarflanadigan kislorod miqdorining kamayishi, kislorodga talabni pasayishi bilan kuzatiladi. Natijada, ayni ishni bajarishdagi muskul kuchlanishi pasayadi. 3-4 daqiqadan ortiq vaqt davomida bajariladigan muskul ishlarida turg‘un holat yuzaga keladi, ya’ni organizmdagi organ sistemalarining ishi, fiziologik jarayonlar ma’lum darajada rivojlangandan keyin, yurakning qisqarish soni qonning sistolik hajmi, bir daqiqalik hajmi, nafas- tezligi chuqurligi va shunga o‘xshashlar sezilarli darajada o‘zgarmasdan turg‘un holatda saqlanadi, bunday holat turg‘un holat deb yuritiladi. Turg‘un holat ikkiga ajratiladi: haqiqiy turg‘un holat va yolg‘on turg‘un holat: Haqiqiy turg‘un holat o‘rtacha tezligidagi siklik dinamik ishlarni bajarishda kuzatiladi. Bunday ishlarda organizmning bir daqiqadagi kislorodga bo‘lgan talabi 2-3l. atrofida bo‘lib, organizm ish davomida talab etilayotgan kislorod miqdoriga teng miqdorda kislorod o‘zlashtiradi, ya’ni kislorod qarzi yuzaga kelmaydi. Bunday holat haqiqiy turg‘un holat deb yuritiladi. O‘rtacha tezligidagi siklik dinamik ish aerob sharoitda bajariladi. Yolg‘on turg‘un holat katta tezligidagi siklik dinamik ishlarni bajarishda yuzaga keladi. Bunday ishlarni bajarishda bir daqiqa uchun talab etiladigan kislorod miqdori 6.5.3 l. atrofida bo‘ladi. Organizmning barcha muhim funksiyasi — nafas olish, qon aylanish, yutish, siydik chiqarilish, defekatsiya, gavdani fazoda ko„chishi (harakatlar) oxir-oqibatda mushaklarning qisqarishi bilan amalga oshiriladi. Odamning har qanday harakati skelet mushaklarining funksiyasi bilan bog„liq. Jismoniy mashqlarning umumiy tasnifini, mos ravishdagi mashqlarni amalga oshiradigan mushaklar faolligining uchta asosiy tavsiflarga ajratish mumkin: 1) faol mushak massasining hajmi;2) mushak qisqarishlarining tiplari (statik yoki dinamik); 3) qisqarishlarning kuchi yoki quvvati.Lokal, regional va global mashqlar. Mushak ishi — bu, organizmdagi barcha fiziologik jarayonlarning muvofiqlashuvi bilan ta‟minlanadigan, mushaklarning ishi tufayli gavda, uning alohida qismlarini ko„chishi va holatini ushlab turishidan iborat. Faol mushak massasining hajmiga bog„liq holda barcha jismoniy mashqlar — lokal,regional va global mashqlarga tasniflanadi. Lokal mashqlar — gavda mushaklarining uchdan bir qismi ishtirok etadigan (kamondan,to„pponchadan otish, ma‟lum bir gimnastik) mashqlar. Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling