Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Soliq to‘lovchilar, soliq solish ob’ekti va soliq bazasi


Download 30.31 Kb.
bet1/12
Sana23.04.2023
Hajmi30.31 Kb.
#1392145
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Foyda soligi


Mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i




Reja


1) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.

2) Soliq to‘lovchilar, soliq solish ob’ekti va soliq bazasi.

3) Jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibi.


4) Soliq imtiyozlari va soliq stavkalari


KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Nomi va 1-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:”.
3. Nizomda:
a) nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 1 — 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq 2010-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga (o‘zining, shuningdek, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi uchun) yo‘naltiriladigan to‘lovlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
2. Ushbu Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) o‘qishi uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlariga (keyingi o‘rinlarda o‘qish uchun to‘lov deb yuritiladi) kamaytirish (keyingi o‘rinlarda soliq chegirmasi deb yuritiladi) ko‘rinishida beriladi.
3. Ushbu Nizom maqsadlarida oliy ta’lim tashkiloti deganda oliy ta’limning ta’lim dasturlarini (bakalavriat va magistratura) amalga oshiradigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan, o‘z Ustavi va Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1222, 2002-yil 22-fevral) asosida faoliyat yurituvchi yuridik shaxs tushuniladi.
Professional ta’lim tashkiloti deganda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim to‘g‘risidagi nizom asosida faoliyat yurituvchi tashkilot tushuniladi.”;
v) 4-bandning uchinchi xatboshisi “ta’lim kreditlari” degan so‘zlardan keyin “(foizlari bilan)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
g) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. O‘zining, farzandlarining yoki erining (xotinining) o‘qishi uchun to‘langanda soliq chegirmasi jismoniy shaxs — ta’lim oluvchiga, shuningdek, agar o‘qish uchun to‘lov ta’lim oluvchi yigirma olti yoshga to‘lguniga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa uning ota-onalariga va (yoki) xotiniga (eriga) beriladi.”;
d) 7-banddagi “oliy o‘quv yurti” degan so‘zlar “professional va oliy ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
e) 10-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash evaziga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib beriladigan jismoniy shaxsning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari.”;
j) 11-bandda:
birinchi xatboshidagi “kreditni qoplashga” degan so‘zlardan keyin “(foizlari bilan)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurti” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
z) 13-banddagi “189-moddasida” degan so‘zlar “393-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
i) 15-bandning birinchi xatboshisidagi “Oliy o‘quv yurtlari va” degan so‘zlar “Professional va oliy ta’lim tashkilotlari hamda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
k) 16 — 18-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun to‘lov jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda (naqd pul hisobiga, jismoniy shaxslarning banklardagi omonat va boshqa hisob raqamlaridan yoki plastik kartalardan foydalangan holda) amalga oshirilganda, soliq chegirmasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 396 — 398-moddalarida nazarda tutilgan tartibda davlat soliq xizmati organlariga jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirish yo‘li orqali berilishi mumkin. Bunda, soliq chegirmasi O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga, soliq davri uchun ko‘rsatilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi miqdorida beriladi.
17. Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun jismoniy shaxs quyidagilarni taqdim etadi:
talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston Respublikasining professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
18. Agar soliq chegirmasi summasi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi summasidan ortiq bo‘lsa, qolgan summaga soliq chegirmasi uni olish huquqiga ega bo‘lgan boshqa jismoniy shaxslarga beriladi.
Davlat soliq xizmati organlari o‘zlarida mavjud ma’lumotlar va taqdim etilgan hujjatlar asosida mustaqil ravishda soliq chegirmasini olish huquqiga ega bo‘lgan boshqa jismoniy shaxslar tomonidan soliq chegirmasi ko‘rinishidagi imtiyoz summasi qo‘llanilganligini aniqlaydilar.”;
l) 1 va 2-ilovalar mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.

Download 30.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling