Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar
Download 45.12 Kb.
|
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq solinadigan baza.
Soliq to’lovchilar.
Soliq kodeksining 287-moddasida Soliq to’lovchilarning ta’rifi keltirilgan. Soliq to’lovchilar bo’lib, mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari hisoblanadi. Uy-joy, yashash uchun mo’ljallanmagan imorat va inshootlar meros bo’yicha o’tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi o’tgan yer uchastkalari uchun yer solig’i meros koldiruvchining Soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo’rlardan undiriladi. Soliq solish obyekti. Soliq solish obyekti Soliq kodeksining 288-moddasida o’z aksini topgan. Shu moddaga ko’ra jismoniy shaxslar uchun kuyilagi yer uchastkalari Soliq solish obyekti bo’lib hisoblanadi: Dehqon xo’jaligi yuritish uchun meros kilib koldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; Yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros kilib koldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; Jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallangan yer uchastkalari; Xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar; Meros bo’yicha, xadya kilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi xam o’tgan yer uchastkalari; Qonun xujjatlarida belgilangan tartibda mulk kilib olingan yer uchastkalari; Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari; Ko’p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari Soliq solish obyekti bulmaydi. Soliq solinadigan baza. Soliq solinadigan baza Soliq kodeksining 289-moddasida aks ettirilgan.Ushbu moddaga ko’ra Soliq solinadigan baza bo’lib , ko’chmas mulkka ega bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organning yer uchastkalari maydoniga doir ma’lumotlari hisoblanadi. Boshqa cha aytganda, yer uchastkalari maydoniga doir ma’lumotlar Soliq solish bazasi bo’lib hisoblanadi. Jamoa bog’dorchiligi, o’zumchiligi va polizchiligini yuritish uchun larga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalarining maydonlari bo’yicha Soliq solinadigan baza ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi. Xizmat yuzasidan berilgan chek yerlarning maydonlari bo’yicha Soliq solinadigan baza o’z xodimlariga yer uchastkalari bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi. Download 45.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling