Imtiyozlar. Yer solig’i bo’yicha beriladigan imtiyozlar kodeksning 290-moddasida qayd
qilingan. Shu moddaga ko’ra yer solig’idan quyidagi jismoniy shaxslar ozod qilinadi:
Yaylov chorvachiligining chuponlari, yilkibokarlari, mexanizatorlari, veterinariya vrachlari va texniklari,boshqa mutaxassislari va ishchilari;
“O’zbekiston Kaxramoni”, Sovet Ittifoki Kaxramoni, Mehnat Kaxramoni unvonlariga sazovor bo’lgan,uchala darajadagi Shuxrat ordeni bilan taqdirlanganlar;
1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda qonun xujatlarida belilanadigan doiradagi ularga tenglashtirilgan shaxslar;
I va II guruh nogironlar;
Yolg’iz pensionerlar;
Bokuvchisini yo’qotgan ko’p bolali oilalar;
Chernobil AESdagi avariya okibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar;
Shaxsiy pensiya tayinlangan shaxslar;
Kuchirib keltirilgan lar kelib joylashgan yer uchastkalari bo’yicha – yer uchastkalari berilgan paytdan e’tiboran besh yilgacha;
Shaxslar-ularga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi va dehqon xo’jaligi yuritish uchun qonun xujjatlarida belgilangan me’yorlar doirasida berilgan yer uchastkalari bo’yicha- yer uchastkasi berilgan oydan keyingi oydan e’tiboran ikki yil muddatga.
Yer solig’i stavkalari.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadi. 2010-2011 yillar uchun tasdiqlangan yer solig’i stavkalarini ayrimlarini quyidagicha keltirdik:
Samarqand viloyati shahar va qo’rg’onlarida yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig’i stavkalari.
6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |