Pishloq tayyorlash texnologiyasi.
Reja:
-
Pishloqlarning ozuqaviy qiymati va guruhlanishi.
-
Qattiq shirdon pishloqlarni ishlab chiqarish texnologiyasi.
-
Namokopli pishloqlarni ishlab chiqarish texnologiyasi.
-
Eritilgan pishloqlar tayyorlash texnologiyasi.
Qadimgi Gretsiyaning taniqli varchlaridan Gippokrat “Parhez mahsulotlari haqida” kitobida pishloqlar kuchli, issiqlik beruvchi, to`yimli mahsulot ekanligini qayd etadi. Ma`lumki, Gippokrat maktabi vrachlari bu fikrni nafaqat o`zlarining kuzatishlari asosida, balki o`zidan oldingi allomalarning tajribalari va xalq zakovitidan kelib chiqqan holda bildirganlar.
Hozirgi zamonda pishloqlar faqatgina sog`lom odamlar uchun foydali mahsulot hisoblanmasdan, balki ba`zi kasalliklarda ishlatiladigan parhez mahsulotlari ham hisoblanadi. Qadimgi zamon allomalarining fikrini hozirgi zamon usullari yordamida aniqlab olingan tadqiqot natijalari ham tasdiqlaydi.
Pishloqlar yuqori darajadagi ozuqaviy qiymatga egadir. Pishloq-larni sutlarning oqsil-yog` konsentratlari deb ham aytiladi. Buning sababi shundaki, pishloqlar oqsilga va yog`larga boy mahsulotlar qatoriga kiradi. Pishloqlarning kimyoviy tarkibi oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi haqidagi ma`lumotnoma asosida 1-jadvalda keltirildi. Bu jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki, pishloqlar tarkibida oqsil miqdori 2030, yog`lar miqdori esa 25-33 foizni tashkil etar ekan.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |