Jismoniy shaxslarning jami daromadi kodeksning 171 moddasida aks ettirilgan.
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagi lar kiradi:
1).mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar;
2).mulkiy daromadlar;
3).moddiy naf tarzidagi daromadlar;
4).boshqa daromadlar.
Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlarga mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish predmeti bo’lgan lik-huquqiy turdagi shartnomalarga muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to’lanadigan barcha to’lovlar kiradi.Bulardan tashqari mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlarga quyidagi lar xam kiradi:
1) Rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lgan to’lovlar:
- yillik ish yakunlari bo’yicha muvofot,bir yo’la beriladigan mukofotlar;
- kasb maxorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar;
- yuridik shaxsning mukofotlash to’g’risidagi koidasida nazarda tutilgan rag’batlantirish
xususiyatiga ega to’lovlar;
- ta’tilga qo’shimcha haqlar;
- ko’p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to’lovlar;
- rasionalizatorlik taklifi uchun to’lov;
2 ) Kompensasiya to’lovlari:
- tabiiy-iklim sharoitlari nokulay bo’lgan joylardagi ishlar bilan bog’liq qo’shimcha
to’lovlar;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadigan kasblar va
ishlar ro’yxati bo’yicha ogir,zararli, o’ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar;
- Texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam
olish kunlarida va bayram kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qo’shimcha to’lovlar;
- Xizmat safarlari vaqtidagi qonun xujjatlarida belgilangan me’yorlardan ortiqcha
kundalik harajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
- Mehnatda mayib bo’lganlik yoki soglikka boshqa cha shikast yetganlik bilan bog’liq
zararning o’rnini qoplash uchun ko’rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan so’mmalar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |