Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`i stavkalari Reja: Yer solig`i qanday o`lchanadi Yer solig`idan kimlar ozod etiladi
Download 15.03 Kb.
|
Moliyaaa
64-17 M guruh talabasi Dehqonova Kamola Mavzu:Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`i stavkalari Reja: 1.Yer solig`i qanday o`lchanadi 2.Yer solig`idan kimlar ozod etiladi 3.2021-yilda yer solig`iga kiritilgan o`zgarishlar 1.Yer solig`i qanday o`lchanadi Agar biron sababga ko‘ra soliqni belgilangan muddatdan kechroq to‘lashga to‘g‘ri kelsa, soliq organlari tomonidan to‘lovni kechiktirgan har bir kun uchun 0,033 foiz miqdorida jarima undiriladi. Jismoniy shaxslar uchun yer solig‘i yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning (kadastr agentligi) ma’lumotlari asosida yer uchastkasining maydoni va uy joylashgan hudud bo‘yicha belgilangan stavkalarga ko‘paytirib aniqlanadi. Yer uchastkasi joylashgan hududning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari belgilangan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilash huquqiga ega. Misol uchun: Toshkent shahrida 4-hududda joylashgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan yerlarga fuqarolardan 2020 yil uchun undiriladigan yer solig‘ining bazaviy stavkalari 1 kv.m uchun 567,2 so‘m etib belgilangan. 400 kv.m (4 sotix)*567,2=226 880 so‘m. Demak, Toshkent shahrining 4-hududida joylashgan 4 sotix yer maydoni uchun 1 yillik yer solig‘i 226 880 so‘m. Yoki Andijon viloyatining qishloq hududi uchun yer solig‘ining bazaviy stavkalari 1 kv.m uchun 133,4 so‘m etib belgilangan. 800 kv.m (8 sotix)*133,4=106 720 so‘m. Demak, Andijon viloyatining qishloq hududida joylashgan 8 sotix yer maydon uchun 1 yillik yer solig‘i 106 720 so‘m. Download 15.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling