Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`i stavkalari Reja: Yer solig`i qanday o`lchanadi Yer solig`idan kimlar ozod etiladi


Yer solig`idan kimlar ozod etiladi


Download 15.03 Kb.
bet2/2
Sana09.01.2022
Hajmi15.03 Kb.
#255260
1   2
Bog'liq
Moliyaaa

2.Yer solig`idan kimlar ozod etiladi

Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:

-«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar.

-Urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar.

-I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

-Yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi.

-Boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir.

-Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar.

-Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq to‘lovchining tanlovi bo‘yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin.

Soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Yer solig‘ini to‘lash usullari

-Har qanday tijorat banki orqali.

-Elektron to‘lov vositalari orqali.

-Maxalla idoralari orqali

3.2021-yilda yer solig`iga kiritilgan o`zgarishlar

1.Yuridik va jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan 0,95 foiz soliq stavkasi saqlab qolinmoqda.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq organlari yer uchastkasining joylashgan joyi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatini aniqlovchi organlar ma’lumotiga asosan soliq solinmaydigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni chegirgan holda yer solig‘i hisoblanadi.

Jismoniy shaxslarga yakka tartibda uy-joy qurish va yashash uylarini obodonlashtirish uchun berilgan tomorqa yer uchastkalariga, yakka tartibda uy joy qurish bilan band bo‘lgan yer uchastkalariga jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi qo‘llaniladi.

2. Soliq kodeksida yuridik va jismoniy shaxslar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun hududlar kesimida (mutlaq miqdorda) bazaviy soliq stavkasi belgilanadi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkasining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkasiga 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlarni qo‘llagan holda yer solig‘i stavkalarini belgilaydi;

Tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilangan, Toshkent shahri bo‘yicha esa Soliq kodeksida belgilangan yer solig‘i stavkalariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun, ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni kiritadi.

Bunda, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari alohida yer uchastkalariga, shuningdek turistik zonalarda joylashgan jismoniy shaxslar foydalanishida bo‘lgan 1 gektardan ortiq yer uchastkasiga yer solig‘ini 3 baravargacha miqdorda oshiruvchi stavkasini belgilash huquqiga ega.

Tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari 2021-yil uchun yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organlariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq stavkalarini 2020-yilning 31-dekabriga taqdim etadilar.

Yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq stavkalarini 5 kun davomida yuridik shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘ini hisoblash uchun mazkur soliq stavkaslarini soliq to‘lovchilarga yetkazishi shart.

Bunda, yuridik shaxslar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha 2021-yil uchun soliq hisobotlarini 2021 yilning 10 yanvariga qadar soliq organlariga taqdim etadilar.

3. 2021 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) summasi 2020 yil uchun hisoblangan soliq summasiga nisbatan 30 foizdan ko‘p oshmasligi lozim.

4. O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonunida nazarda tutilgan soliq stavkalarini qo‘llash bilan bog‘liq alohida normalar Soliq kodeksiga o‘tkazilmoqda.

5. Soliq kodeksining 429-moddasida nazarda tutilgan alohida ob’ektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan yuridik shaxlar uchun soliq stavkasining kamaytiruvchi koeffisientini 0,1 dan 0,25 ga oshirish yo‘li bilan kamaytiruvchi soliq stavkasini bosqichma-bosqich bazaviy stavkaga yetkazish davom ettirilmoqda. Yer solig‘i stavkalariga kamaytiruvchi koeffisient 2020-yil 1-yanvardan boshlab avval soliq imtiyozlari berilgan obyektlarga nisbatan joriy etilgan.

6. Barcha turdagi chiqindilarni saqlash va ularni utilizatsiya qilish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i uchun soliq solish ob’ektidan chiqarilmoqda.

7. Yuridik shaxslar uchun quyidagilar egallagan yer qismi bo‘yicha soliq imtiyozlari bekor qilinmoqda:

-turistik zonalarda joylashgan, sanatoriy-kurort obyektlari;

-onalarning dam olish hamda sog‘lomlashtirish joylari, dam olish uylari.

Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga turistik zonalarda alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yerlar uchun yer solig‘ining kamaytirilgan stavkalarini qo‘llash yoki yer solig‘inini to‘lashdan ozod qilish vakolati berilmoqda.

8. Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha berilgan soliq imtiyozlari boshqa turdagi suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarni kirtish hisobiga kengaytirilmoqda. 2021-yilning 1-yanvarigacha faqatgina tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalanayotgan soliq to‘lovchilar soliq imtiyozidan foydalanishi mumkin edi.

2021-yilning 1-yanvaridan boshlab boshqa turdagi suvni tejaydigan sug‘orish (yomg‘irlatib, diskret va boshqa (shu jumladan tomchilatib) texnologiyalarini joriy etilgan yerlar — suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilmoqda. Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organning xulosasi asosida beriladi.

Agarda, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan yoki demontaj qilingan bo‘lsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi.



9. Qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash orqali ta’sir ko‘rsatish choralari nazarda tutilishi mumkin bo‘lgan va soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydigan ob’ektlar jumlasiga samarali foydalanilmayotgan, baliq ko‘paytirish (etishtirish) uchun mo‘ljallangan sun’iy suv havzalarini kiritish bilan yer uchastkalari ro‘yxati kengaytirilmoqda. Bu yerlar uchastkalariga yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlari qo‘llanilmaydi.
Download 15.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling