Bojxona yig’imlarini undirish tartibi. Bajaradi: O’rozboyev Anvar Tekshirdi: Boyev O. Mundarija. Kirish. 1. Bojxona yig‘imini undirish tartibi. 2. Bojxona yig‘imlari stavkalari. 3. Boj yig‘imlarni budjetga o‘tkazish tartibi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar. Kirish. Kirish. - Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun (qo‘shimcha) bojxona yig‘imlari undiriladi.
- Undirilgan bojxona yig‘imlari summasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan miqdordagi ajratmalar Davlat bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari fondiga va Jahon bojxona tashkilotiga har yilgi a’zolik badali summasi chiqarib tashlangan holda, belgilangan tartibda respublika budjeti daromadiga o‘tkaziladi.
1. Bojxona yig‘imini undirish tartibi. - Bojxona yig‘imlari bojxona ko‘rigi va bojxona nazorati ostidagi tovarlarni ko‘zdan kechirish, qayta yuklash operatsiyalarini amalga oshirish uchun bojxona yig‘imlari buyurtma-naryadni rasmiylashtirish orqali undiriladi.
- Yuklarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun bojxona yig‘imlari undirilganda bojxona yuk deklaratsiyasiga tegishli ma'lumotlar kiritiladi.
- Bojxona organlari tomonidan belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvi uchun bir soatdan kam vaqt sarf qilingan taqdirda, bojxona yig‘imi bir xodimning to‘liq bir soat ish kuni uchun undiriladi.
- Manfaatdor shaxsning murojaatida bojxona ko‘rigi, qayta yuklash operatsiyalarini amalga oshirish uchun bir nechta xodim ajratish so‘ralgan bo‘lsa, bojxona yig‘imi bojxona posti tomonidan ajratilgan har bir xodim uchun to‘lanadi.
Belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxonachilarning ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishga to‘g‘ri kelganda manfaatdor shaxs ma'lum miqdorda bojxona yig‘imini to‘laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |