Jismoniy tarbiya bilan shug`ullanuvchilarning tekshirish shakllari va usullari
Download 19.58 Kb.
|
18 Jismoniy tarbiya bilan shug
Jismoniy tarbiya bilan shug`ullanuvchilarning tekshirish shakllari va usullari. Tibbiy tekshiruv turlari. Do`xtir tekshiruvi 3 bosqichda o’tkaziladi. - birlamchi do`xtir tekshiruvi. - takror do`xtir tekshiruvi - qo’shimcha do`xtir tekshiruvi Birlamchi do`xtir tekshiruvi. Bu jismoniny mashq va sport bilan shug’ullanishni boshlanish davrida o’tkaziladi.Bunda mazkur shaxsning jismoniny tarbiya va sport bilan shug’ullanishi mumkun yoki mumkin emasligi masalasi hal etiladi.Do`xtirning ruhsatisiz jismoniy tarbiya o’qituvchisi va sport treneri mazkur shaxsni mashg’ulotga qo’yish mumkin emas. Bu to`g`rida yuqoridagi mavzuda batafsil yoritib berilgan. Takror do`xtir teksiruvi. Bu birlamchi do`xtir tekshiruvidan o’tganlar ma’lum vaqt jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanganlaridan keyin o’tkaziladi. Bunda jismoniy mashqlar shug’ullanuvchi organizmiga qanday ta’sir qilganligi aniqlanadi. Agar ijobiy ta’sir qilsa jismoniy rivojlanishi va sog’liqning ko’rsatgichlari yaxshilanadi. Salbiy ta’sir qilsa, buning aksi bo’ladi. Shunga ko’ra mashqlarni qanday o’tkazish bo’yicha shug’ullanuvchiga, o’qituvchi va trenerga do`xtir maslahati beriladi. Takror do`xtir tekshiruvi 3 oyda 6 oyda va eng kamida 1 yilda bir marta o’tkazilishi kerak. Qo`shimcha do`xtir tekshiruvi. Bu sportchini musobaqa qatnashishi oldidan o’tkaziladi. Do`xtir natijasida sportchini musobaqaga qatnashishi mumkin yoki mumkin emasligi masalasi hal etiladi.Shuningdek, qo’shimcha do`xtir tekshiruvi sportchi shikastlanishi, kasallanishi tufayli davolangandan keyin mashg’ulot boshlashi mumkin emasligini masalasini hal etiladi. Do`xtir tekshiruvida hal etiladigan masalalar. Sport do`xtiri sportchini tekshiruvdan o’tkazganida quyidagi masalalarni hal qiladi: 1.Tekshiruvchi sportchining sog’lig`i. 2.Jismoniy rivojlanganligi. 3.Tekshiruvchi sportchining funksional holatini (yurak-qon tomiri, ovqat hazm qilish, nafas olish, asab-endokrin va boshqa a’zo sistemalarining faoliyati). 4.Sportchini bir necha oylar va yillar davomida ko’zatishi natijasida uni organizmida sport bilan shug’ullanishi natijasida yuzaga kelgan ijobiy va salbiy o’zgarishlarni aniqlaydi, baholaydi va shuning asosida trenerga va sportchiga maslahat beradi. 5. Tekshiruv natijasi sportchining maxsus tibbiy varaqasiga yozib qo’yiladi (№227).Dispanserazasiya ro’yhatiga olingan malakali sportchilarning tekshiruv natijalari maxsus daftarga va maxsus ispansirizasiya varaqasiga (№ 227a) qayd etiladi. O’quvchi va talabalarni jismoniy tarbiya darslarida sog’liq guruhlariga bo’lish. O’quv yilining boshida maktab o’quvchilari, kollej, litsey va oliy o’quv yurtlari talabalari do`xtir tekshiruvidan o’tkaziladi. Tekshiruv natijasiga ko’ra ular 3ta sog’liq guruhlarga bo’linadi (asosiy, tayyorlov, maxsus).Bu to`g`rida yuqoridagi mavzuda bayon etilgan. Ular jismoniy tarbiya darsidan ozod etiladi. Maxsus tuzilgan uquv jadvali bo’yicha darsdan tashqari vaqtda haftada 1-2 soat davolash mashqlari mashg’uloti o’tkaziladi. Bu mashg’ulotlarda mazkur maktab yoki bilim yurtining xamma sinflari va guruhlardagi maxsus sog’liq guruhiga kiritilgan bir xil kasalligi bo’lgan o’quvchi talabalar maxsus guruhlarga birlashtiriladi. Mashg’ulotni sport do`xtiri va jismoniy tarbiya o’qituvchisi birgalikda o’tkazadi. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarining shakllari va usullari. Jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtirishga yo`naltirilganligi uni odam hayoti va faoliyatini turli tomonlari bilan bog`lanishiga, jumladan, ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Jismoniy tarbiyaning shakllari va usullari turlicha bo`lishi mumkin.Bu jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini qayerda va qanday sharoitda, ya`ni ishlab chiqarish korxonasining o`zida ish jarayonida yoki ishdan tashqari paytda sport inshootlarida o`tkazilishiga bog`liq. Gigiyenik nuqtai nazardan jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini korxonada, ish joyida o`tkazilishi muhimdir.Bunda shu joy, shu xonaning sanitariya holati, gigiyena talablariga javob beradigan darajada bo`lishiga e`tibor berilishi lozim.Shuningdek, o`tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg`ulotlari aynan shu korxona xodimlariga sog`lomlashtiruvchi ta`sir ko`rsatishiga, ularning ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga qaratilgan bo`lishi lozim.Shu bois, ishlab chiqarish korxonasida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil etishda gigiyena va mehnat fiziologiyasiga oid bilimlar talab etiladi. Jismoniy tarbiya odamlar sog`lig`ini mustahkamlash, ishlab chiqarish unumdorligini oshirishda muhim o`rin tutadi. Jismoniy tarbiya va sport ishlarini jismoniy tarbiyaning mutaxassis xodimlari boshqaradilar.Ular korxona ishchilarini ixtiyoriy sport jamiyatlariga jalb qiladilar, jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarining turlari bo`yicha guruhlar tuzadilar, turistik yurishlar tashkil etadilar. Jismoniy tarbiya xodimlari ishlovchilarni mashg`ulotlarga jalb etishda, mashg`ulotlar turi va hajmini rejalashtirishda mazkur korxonaning tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda ish olib boradilar. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlari turi, shakli, usulini tanlashda korxona ishchilarining kun davomida bajaradigan ishining turi, xususiyati e`tiborga olinadi.Masalan: - kun davomida o`tirgan vaziyatda ishlaydigan xodimlar uchun ochiq havoda, ko`p harakatlanish bilan bog`liq mashg`ulotlar o`tkaziladi; - kun davomida muskul kuchi va kop` energiya sarflash bilan bog`liq mehnat bajaruvchilar uchun yengil jismoniy mashg`ulotlar bajarish rejalashtiriladi; - changlar, zaharli gazlar bo`lgan sharoitda mehnat qiluvchilar uchun suzish, eshkak eshish, shang`i va boshqa nafas olish, qon aylanishni yaxshilashga qaratilgan jismoniy mashg`ulotlar tavsiya etiladi; - sovuq va nam sharoitda ishlaydiganlarga suzish va sportning qishki turlari turlari bilan shug`ullanish tavsiya etilmaydi. Ta`kidlash lozimki, jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini o`tkazishda har bir ishchining kunlik ish jarayonida zo`riqib faoliyat ko`rsatadigan muskullariga dam berish, aksincha, ish paytida hech qanday harakat qilmaydigan muskullarni harakat qildirish bilan bog`liq mashg`ulotlarni tanlash kerak. Jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari korxonadagi ish tugagach 2-2,5 soatdan keyin o`tkaziladi. Jismoniy yuklama (kuch) hajmi. Ishlab chiqarish gimnastikasi yuklamasi miqdori (hajmi) ishchi va xodimning jinsi, yoshi, sog`lig`i, jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda belgilanadi. Jismoniy yuklama hajmi harakatlarni tezligi, murakkabligi, davomiyligi, takrorlanish soni bilan belgilanadi.Gimnastika mashg`ulotlarini boshlanish davrida jismoniy yuklama hajmi past bo`lib, haftalar-oylar davomida jismoniy tayyorgarlik ko`rsatgichlari yaxshilangani sari asta-sekinlik bilan oshirib boriladi. Jismoniy yuklama hajmi organizmning funksional imkoniyatlariga mos yoki mos emasligini aniqlash uchun shug`ullanuvchilardan 3-4 nafari oddiy teksiruvdan o`tkaziladi.Buning uchun: - mashg`ulot boshlanishidan oldin 20 sekund davomida ularni tomir urishi soni aniqlanib, tekshiruv va raqasiga yozib qo`yiladi; - so`ngra ular ham boshqalar qatorida mashg`ulot bajaradilar; - mashg`ulot to`xtatilgach ularning tomir urishi soni 3-5 minut davomida har minutning boshida 20 sekund davomida sanaladi va varaqaga yozib boriladi; - mashg`ulot to`xtatilishining 1-2 minutlarida tomir urishi soni mashg`ulotdan oldingiga nisbatan tezlashgan bo`ladi; - agar jismoniy yuklama hajmi organizmning funksional imkoniyatlariga mos bo`lsa tomir urishi soni 3 minutdan (ko`pi bilan 5 minutdan) keyin tinch holatdagi soniga tenglashadi; - tomir urishi soni 5 minut dam olgandan keyin oldingisiga tenglashmasa (ya`ni tezlashganicha qolsa) yuklamaning hajmi organizmning finksional holatiga mos emasligi aniqlanadi.Bu odamda mashg`ulotdan keyin tomir urishining soni tezlashuvi bilan birga o`zini noxush xis etayotgani haqida shikoyat qiladi: unda charchash, yurak o`ynashi, bosh aylanishi, bosh og`rishi, yuzini qizarishi, ko`p terlash, nafas qisishi, ayrim hollarda yurak sohasida og`riq kabi noxush belgilar yuzaga keladi.Bu odamni mashg`ulotdan ozod qilishga to`g`ri keladi. Jismoniy darsining harakat zichlig`ini aniqlash va baholash. Nazorat o`tkazuvchi har bir o`quvchi yoki sportchining dars yoki trenirovkaning umumiy vaqti davomida necha daqiqaga harakatlanib mashg`ulot bajarganligini aniqlaydi. Sportchi qancha harakat qilsa, shunchalik baholaniladi.Masalan, mashg`ulot ishtirokchilarining o`rtacha harakatlanishi 30 minutni tashkil qilgan bo`lsa dars vaqti 45 minut bo`lsa, harakat zichligi quyidagicha bo`ladi: 30x100 ________________=66 % 45 Demak, dars yoki trenirovka vaqti 100 % deb olinsa uning 66% i harakatlanishga, 34 % i esa tushuntirish, dam olishga sarflangan. Harakatlanish zichligi 60-70% bo`lsa mashg`ulotning tashkil etilishi qoniqarli hisoblanadi, 70 % dan ko`p bo`lsa yaxshi hisoblanadi, 60 % dan kam bo`lsa qoniqarsiz hisoblanadi. Harakatlanish zichligining yaxshi bo`lishi quyidagilarga bog`liq: 1.O`qituvchi – trenerning bilimi, tajribasi yaxshi bo`lishiga; 2.Sport buyumlari bilan yaxshi ta`minlanganligiga; 3.Sport kiyimlari va poyafzal bilan yaxshi ta`minlanganligiga; 4.Mashg`ulot bajaruvchilarni bir-viriga hamroh bo`lib mashg`ulotga ularni faol ishtirok etishi.Chunonch, o`qituvchi-trener sportch hamrohlarni tanlaganda, ularning biri tez harakatlanuvchi, ikkinchisi kamroq harakatlanuvchi bo`lishi kerak, shunda ko`p harakatlanuvchisi, kam harakatlanuvchining harakatini tezlashtiradi, kam harakatlanuvchi esa ko`p harakatlanuvchining harakatini biroz sekinlashtirib uning charchab qolishini oldini olishga hissa qo`shadi. Ikkita kam harakatlanuvchi bir bo`lsa, harakat zichligi juda pasayib ketadi. Aksincha, ikkita tez harakatlanuvchi bir bo`lsa, ular charchab qoladi.Demak, hamrohlarni tanlash ham o`qituvchi-trenerning bilimi va tajribasiga bog`liq. Mashg`ulotning fiziologik chizig`ini aniqlash. Ma`lumki, jismoniy tarbiya darsi va trenerovka mashg`uloti 4 qismdan iborat: 1.Mashg`ulotning kirish qismi. 2.Mashg`ulotning tayyorgarlik qismi. 3.Mashg`ulotning asosiy qismi. 4.Mashg`ulotning yakunlash qismi. Mashg`ulot o`tkazuvchi o`qituvchi va trenerning bilimi va tajribasi yuqori darajada bo`lsa, u mashg`ulot hajmini to`g`ri rejalashtiradi, ya`ni mashg`ulotning 1-2-3-qismlarida mashg`ulot hajmi asta-sekin ko`paytirib boriladi.Shunga ko`ra tomir urishining soni 1-2-3-qismida asta-sekin tezlashib boradi va 3 qismda cho`qqisiga chiqadi. Mashg`ulotning yakunlovchi qismida mashg`ulot hajmi va tezligi kamaytiriladi.Shuning uchun tomir urishi soni kamayadi, ya`ni mashg`ulotning 2-qismidagi teglashadi. Mashg`ulot to`g`ri rejalashtirilganda hajmi va tezligi mashg`ulotning 3- ya`ni, asosiy qismida tomir urishining soni tinch holatdagiga nisbatan 2 baravar va undan ko`p tezlashishi kerak.Agar asosiy qismida tomir urishi tinch holatdagiga nisbatan 40-60% tezlashsa mashg`ulot hajmi kam hisoblanadi.Bunday mashg`ulot shug`ullanuvchini chiniqtirmaydi, yoki mashg`ulotning 2-3-qismida tomir urishi soni bir xil bo`lib normaga nisbatan 50% dan ortmasa mashg`ulot hajmi kam hisoblanadi. Shuningdek, 2-3 – qismdagi mashg`ulot hajmi bir xil bo`lganligi uchun uslubiy jihatdan noto`g`ri hisoblanadi, yoki aksincha mashg`ulotni 2-3 qismida puls soni bir xil bo`lib normaga nisbatan 2-2,5 baravar tezlashsa mashg`ulot noto`g`ri rejalashtirilgan deyiladi.Chunki, mashg`ulot natijasida mashg`ulotning 4-qismida ham tomir urishi – qismdagiga yaqin tezlikda saqlanib qoladi.. Download 19.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling