Jismoniy tarbiya fanidan Davlat ta`lim standarti


Download 54.5 Kb.
bet4/5
Sana12.03.2023
Hajmi54.5 Kb.
#1263002
1   2   3   4   5
Bog'liq
jismoniy tarbiya дтс

Ko`nikmalar:
- qomatni rostlaydigan ertalabki badantarbiya mashqlari majmuasini bajarish, to`ldirma to`plar bilan (1,5-2 kg) mashq bajarish;
- qiya joylashtirilgan gimnastika o`rindig`i ustidan qo`llarga tortilib tirmashib chiqishni bajarish;
- gimnastik narvonda orqa bilan qo`llarga osilib 30 soniya mobaynida turish, shu holatda tizzalarni yuqoriga ko`tarib tushirishlarni bajarish;
- signal bo`yicha to`xtash bilan yurish, tizzani baland ko`tarib sekin yugurish, yuqori startdan yugurish usullarini bajarish;
- turgan joyidan to`pni uloqtirish (nishonga va uzoqqa) mashqlarini bajarish;
- basketbol o`yinida turish, siljish, harakatlanish, ikki qo`l bilan to`pni ko`krakdan sherigiga uzatish, joyida turib to`pni o`ng va chap qo`llarda polga (yerga) urib turish mashq usullarini bajarish;
- harakatli o`yinlarda, yugurish, sakrash, va turli to`siqlardan o`tishda turli estafetalar o`tkazilishida shikastlanishning oldini olish qoidalariga amal etib bajarish;
- futbolchilarning harakatlanishini (yugurish, sakrash, juftlama va chalishtirma qadam tashlab yugurish) bajarish;
- futbolchilarning o`yinda o`zini tutishi va xavfsizlik qoidalariga rioya etish, darvozobon harakatlarini bajarish.
Malakalar:
- dastlabki holat asosiy turish, ikki marta oldinga o`mboloq oshishni, orqaga dumalash bilan kuraklarda tik turish, shu holatda oyoqlarni bukish, birdaniga «Ko`prik» hosil qilish va bir qo`lda tayanib yondan orqaga burilish, cho`qqayib tayanishga o`tish hamda gavdani to`g`irlab yuqoriga sakrab, yumshoq qo`nish mashqlarini bajara olish;
- baland turnikda tortilish (o`g`il bolalar), gimnastika o`rindig`ida tayanib qo`llarni bukish va yozish (qiz bolalar) mashqlarini bajara olish;
- balandligi 90 sm «Xari»(kozyol) ustiga sakrab chiqish va yuqoriga kerilib oyoqlarni yozib yumshoq sakrab tushish (o`g`il bolalar);
- balandligi 80 sm «Ot» (kon) tutqichini ushlab ustiga chiqish va yuqoriga kerilib sakrab tushish (qiz bolalar);
- yugurib kelib handak chetidan uzunlikka sakrashni bajara olish;
- joyida turib va qadam tashlab to`p bilan to`g`riga harakatlanish, to`p bilan ikki qadam yurib to`xtash, to`pni 2-3 metr masofadan ikki qo`llab ko`krakdan basketbol savatiga tashlash mashqlarini bajara olish;
- «To`plarni qatordan uzatish», «Man etilgan mashq», «Doira bo`ylab to`p uzatish», «Hamma o`z bayroqchasiga», «Bolalarda tartib kat`iy», «Kun va tun», «Oq ayiqlar» kabi harakatli o`yinlarni bajara olish;
- turgan to`pni oyoq yuzasining ichki yoni bilan tepish, dumalab kelayotgan to`pni oyoqning ichki yoni bilan to`xtatish mashqlarini bajara olish.


4-sinf

Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling