Jismoniy tarbiya fanidan Davlat ta`lim standarti


Download 54.5 Kb.
bet3/5
Sana12.03.2023
Hajmi54.5 Kb.
#1263002
1   2   3   4   5
Bog'liq
jismoniy tarbiya дтс

Ko`nikmalar:
- har-xil dastlabki holatlardan (tizzaga tayanib, tayanib o`tirib, orqaga o`girilib turgan holatda) buyruq va signallar orqali yugurishlarni bajarish;
- tennis yoki kichik hajmdagi to`pni 6 metr masofadagi, balandligi 3 metr to`siqdan oshirib uloqtirish mashq usullarini bajarish;
- 6 metr masofadan to`pni aniq nishonga uloqtirish mashqlarini bajarish;
- arg`amchida turli sakrash mashqlarini bajarish;
- joyidan turib ikki oyoqlab depsinib sakrashni va yugurib kelib 30 sm rezinkali to`siq ustidan sakrab o`tish;
- futbolchining harakatlanishi, to`g`riga yugurish, signal bo`yicha to`xtash, qarama-qarshi tomonga yugurish, ilon izi bo`lib yugurish mashqlarini bajarish;
- erkin suzish usuli mashq elementlarini bajarish.
Malakalar:
- «Chapga, o`ngga, orqaga buriling!”, “Turgan joyida yuring!”, “To`g`riga yuring!”, “Tartib bilan sanang!”, “Bir (ikki, uch, to`rt) qatorga saflaning!” buyruqlarini bajarish;
- umumrivojlantiruvchi mashqlarni buyumlar (gimnastik tayoqchalar, arg`amchilar, kichik to`plar) va buyumsiz bajara olish;
- g`ujanak bo`lib o`tirish, oldinga o`mboloq oshish, kuraklarda tik turish, yon tomonga o`mboloq oshish, “Ko`prik” turish, chalqancha yotgan holda ikki oyoq uchini qo`l bilan ushlash mashqlarini bajara olish;
- bir oyoqda turib, qo`llarni yonga uzatib muvozanat saqlash “Qaldirg`och” holatida turish mashq usullarini bajara olish;
- 30 metrga tez yugurish va 3x10 metrga mokisimon yugurish mashqlarini bajara olish;
- kichik to`pni 6 metr masofadan baland to`siq orqali oshirib uloqtirish, 6-8 metrdan to`pni nishonga uloqtirish mashq usullarini bajara olish;
- yugurish, sakrash, to`pni aniq va uzoqqa uloqtirish bilan beriladigan o`yin mashqlarini bajara olish;
- harakatli o`yinlarni qoidalari bilan aniq bajara olish;
- 25 metrga erkin usulda suzishni bajara olish.


3-sinf
Bilimlar:
- asta va o`rta tezlikda yugurish, 200 metr masofali bo`limlarni (100-200 metr yurib-yugurib) 2-3 marta bajarishni bilish;
- sakrash chuqurchasiga yugurib kelib uzunlikka depsinib sakrash;
- tepalikdan (50-60 sm) sakrab tushishlar;
- to`pni uzoqqa va aniq nishonga joyidan turib uloqtirish;
- arg`amchida 60-80 marta sakrash; harakatli o`yinlarda qatnashish;
- o`yin qoidalarini bilish;
- erkin holatda 25-30 metrga suzish;
- «Gulnoz», «Sho`x qizlar», «Lazgi», «Yalla» va «Paxtaoy» kabi milliy raqslarning asosiy harakatlarini bilish;
- har-xil nojo`yaa harakatlardan shikastlanishning oldini olish qoidalarini bilish;
- jismoniy mashqlarning inson salomatligini mustahkamlanishida va qomatning to`g`ri shakllanishiga ijobiy ta`sirini bilish;
- saf mashqlari: keng qadamlab yurish, tez va sekin qadamlab yurish, ikki qator bo`lib saflanish, ikki qatordan bir qatorga saflanish, «ilon izi» bo`lib yurishlarni bilish, boshni chap va o`ng tomonlarga aylantirish, gavdani (chapga, oldinga, orqaga, o`ngga) egish mashqlarini bajara olish.

Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling