Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari reja


Download 40.96 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi40.96 Kb.
#1640858
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA MASHG‘ULOTLARIDA QO‘LLANILADIGAN JISMONIY TARBIYA METODLARI.


JISMONIY TARBIYA MASHG‘ULOTLARIDA QO‘LLANILADIGAN JISMONIY TARBIYA METODLARI
Reja:
1.O‘qitish uslublari haqida tushuncha.
2.So‘z uslublari va undan foydalanish.
3.Ko‘rgazmalilik uslublari va ulardan foydalanish.
4.Ta’limning amaliy uslublari.


Tayanch so‘zlar: usul, metodik usul, uslubiy ilmiy asoslanganligi, jismoniy mashqlarni usullarni qo‘llanishi, amaliy metod, so‘zdan foydalanish metodi, ko‘rsatmalilik metodi, yo‘llanma beruvchi mashqlar, o‘yin metodi, musobaka metodi, katiyan va qisman reglamentlashgan mashq metodi.

Jismoniy tarbiyaning o‘qitish predmeti sifatidagi maxsus bilim va harakat faoliyatlari o‘qituvchidan o‘qitishga xos ma’lum usullar va uslu biyatlar (metodlar)ni bilishni talab etadi. Ta’lim (o‘qitish)ning uslub lari ko‘p bo‘lishiga karamay ularning xech biri universal emas. Ta’lim metodlarining tavsifini bilish bu uslublar tarkibidan kulayini tanlab olishga, o‘qitish vazifalarini hal qilish uchun nisbatan samaralilarini ajratib olishga imkon beradi.


Usul - faoliyatning shunday usuliki, turli sharoitda, turli xil dagi shug‘ullanuvchilar bilan keng doiradagi vazifalarni hal etish imko niyati bo‘ladi. Masalan: ko‘rgazmalilik metodi bilan harakat faoliyatlarini tanishtirish, uni takomillashtirishning(turli yoshdagi o‘quvchilar, kattalar bilan ishlashda) turli xildagi ta’lim vazifalarini hal qilish mumkin.
Metodik usul - bu pedagogning shunday ta’sir faoliyatiki, o‘qitishning qandaydir ma’lum bir sharoitida ta’limning xususiy vazi falarini (yoki uning bir qismini) hal etish uchun qo‘llaniladi. Masalan: mashqni o‘quvchiga yonlamasiga-o‘zi yon tomoni bilan turib ko‘rsatishi.
O‘z navbatida, agar metodlar kompleksi (so‘z bilan ifodalash, kurgaz malilik va amaliy urgana boshlash) orkali qo‘yilgan vazifani hal qilish mumkin bo‘lsa (masalan, sakrashga o‘rganishini), unda metodik usullar tizimi ta’limning aniq bir sharoititda metodlarni amalga oshirish, qo‘llashdek xizmatlarni utaydi (masalan, sakrashni ko‘rsatishda profillik ko‘rsatishni yoki old ko‘rinishi, qolaversa, ikkala metodik usulni ham qo‘llashga to‘g‘ri keladi). Har bir metodning turli xil meto dik usullari bo‘lishi mumkin. Ular son-sanoksiz darajada ko‘p bo‘lib, ma’lum vaqt mobaynida ayrimlari yo‘q bo‘lib ketsa, ayrimlarining ko‘rinishlari o‘zgaradi, o‘qituvchining ijodiy izlanishi, faoliyati nati jasida yangilari ham vujudga kelib, amalda qo‘llaniladi. Ko‘pincha uki tish darajasiga xos me todik usullar xajmini o‘qituvchi (trener) tomonidan ko‘p bilish orkali gina farklash mumkin.
Tajribasiz o‘qituvchilarda ba’zan uslubiyat - metodik usulning tash ki alomatlarini o‘zida mujassamlagandek ko‘rinishi mumkin. Masalan: ayrim mashqlarni bo‘laklarga ajratib o‘rgatish ularning tizimini yarata olmaslikka olib keladi, natijalar kutilganday bo‘lmaydi. Bu usul ko‘p holda metodik usulga uxshash bo‘ladi.
Ta’limning metodlariga qo‘yilgan umumiy talablar. Har qanday konkret holatda u yoki bu metodni maqsadga muvofik holda qo‘llash qator talablarga rioya qilishni takazo etadi:
1. Metodning ilmiy asoslanganligi (oliy nerv faoliyati).
2. Qo‘yilgan vazifaga o‘qitishning muvofikligi.
Aniq vazifalarning oldindan belgilanmasligi ta’lim metodalari ni to‘g‘ri tanlash imkonini bermaydi. Misol, darsda “kozyol” dan oyoklarni kerib tayanib sakrashni o‘rgatish (o‘qitish) vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, metodni tanlash mumkin bo‘lmay qoladi (bo‘laklarga ajratish bilan va harakatni to‘la bajarish bilan o‘qitish metodlariga tayanish mumkin holos). Nibatan aniq vazifa, masalan, “kozyol” dan oyoklarni sakrashda kullar bilan “depsinish» ni o‘rgatish qo‘yilsa, mashqni bo‘laklarga ajratish bilan o‘rgatish metodini qo‘llashga imkoniyat paydo bo‘ladi.
3. Ta’limning tarbiyalash xarakterini shakillantirish. Har bir tanlangan metod aynan shu harakat faoliyatini o‘qitishning faqat samarali jarayonini ta’minlash nuqtai nazaridan gina baholanmay, tarbiya vazifalari pozitsiyasi talabiga qarab ham baxo lanishi zarur.
4. Metodlarning qo‘llanishi ta’lim sistemasidagi barcha prinsiplarning muvofikligi va amalga oshirilishiga tayanish i lozim. Metodni aloxida olingan pritsip bilan aloqasini bir tomonlama izoxlash, tushuntirishga yo‘l quyib bo‘lmaydi. Masalan: agar o‘qituvchi ko‘rsatish metodini kullagan bo‘lsa, uni ko‘rgazmalilik prinsipini to‘la amalga oshirayotir degan xulo samiz noto‘g‘ri bulardi. Ma’lumki, bu prinsip qator metodlar tizimi orkaligina amalga oshiriladi.
5. O‘quv materiali xususiyatining muvofikligi.
O‘qitish metodlari ma’lum darajada bo‘lsa-da jismoniy mashqlarni tur lariga bog‘liqdir, ayrim hollarda faqat so‘z bilan ifodalash metodining o‘zi kifoya qilsa, nisbatan qiyin vazifalarda esa ko‘rsatish metodini ham kullab yuyorishga to‘g‘ri keladi. O‘ynaladigan, gimnastika, sport va turizm tarzidagi mashqlarni o‘qitish o‘zining xususiy metodlariga ega emas. Metodlar jismoniy mashqlarning barcha turlari uchun bir xildir. Shu bilan birga bu turlarning har qaysisi qandaydir darajada bo‘lsa-da, bir xil metodik usullardan foydalanishga yo‘nalgan bo‘lib boshqalaridan nisbatan ozroq foydalaniladi. Bunday karamlilik qanchalar kam bo‘lsa o‘qitish natijasi shuncha yaxshi bo‘ladi.
6. O‘quvchilar individi va guruxni tayyorgarligini muvofikligi. Masalan, ayrim harakat faoliyatlarini o‘zlashtirishda yaxshi tayyorgarlikka ega o‘quvchilar uchun qismlarga ajratib o‘rgatish metodini qo‘llash maqsadga muvofik emas, nisbatan tayyorgar ligi mavjud bo‘lganlari uchun esa bu faoliyatni egallashni yo‘llanma beruvchi mashqlar bilan boshlash kerak bo‘ladi. So‘z bilan ifodalash metodidan foydalanishda o‘quvchilar umumiy bilimi darajasi bir muncha yuqori bo‘lsa, “viraj” bo‘ylab yugurishni tushuntirishda ularni fizika soxasi bo‘yicha bilimiga tayanishimiz mumkin uladi.
7. O‘qituvchi individual xususiyatlari va imkoniyatlarining muvofikligi. Albatta, har bir pedagog ta’limning barcha metodlarini to‘la xajmda egallagan bo‘lishi lozim. Shunga karamay, ba’zi o‘qituvchilar bir xil metodlarni yaxshi bilishsa, ayrimlari esa boshqasini yaxshi biladilar. Jismoniy tarbiya jarayonida bu xususiyat larni aloxida xisobga olish zarur. Agar ma’lum holatda ikki xil metoddan bir xil natija chiqishi aniq bo‘lib kolsa, albatta, o‘qituvchi o‘zi puxta bilgan metodni qo‘llashi lozim.
8. Mashg‘ulotlarsharoitining muvofikligi. Masalan, maktabdagi darslarda tirmashib chiqishga o‘rgatish faqat bir-ikkita kanat mavjud holda amalga oshirilsa, harakatni bir butunligicha to‘la o‘rgatish metodidan foydalanish samara bermaydi chunki bu mashgu lot zichligini aytarli past bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunda so‘zdan foydalanish metodida o‘qituvchi zalning akustikasi va sport maydoning satxi ni xisobga olishi kerak.
9. Metodlarniturli tumanlaridan foydalanish talabi. Metodlarning xech qaysisi yagona, asosiy va universal bo‘la olmaydi. Metodlarning turli xilidan foydalanganda, ta’lim samaralirok bo‘ladi. Har bir metodning o‘ziga xos yaxshi tomonlari bo‘lishini nazarda sokit qilib bo‘lmaydi. Faqat savodsiz o‘qituvchilargina ularni yomon qilishi mumkin. Ayrim pedagogik holatlarda samara berayotgan metodlar boshqa payitda umuman, yaroksiz, xatto zararli ham bo‘lib koli shi mumkin. Shuning uchun pedagogik jarayonda ta’limning tizimli metod laridan o‘rinli foydalanish kerak. Bu jarayonda metod larning kuchli (o‘rinli) tomonlaridan foydalanib, bo‘sh(o‘rinsiz) jixatlarini ajratib tanlash lozim. Bu nizom kachonki ko‘rsatish tushuntirish bilan, tushunti rish ifodalash bilan, ko‘rsatma va xokazolar bilan kushib olib borilsa, o‘quv-tarbiya jarayoni amaliyotdagi ishlarda tasdiklanadi. Shug‘ullanuv chilarning barchasi uchun yaraydiga, barcha ish sharoitiga mos keladigan umuman yo‘q desak, xato kilmagan bo‘lamiz. Qaysi bir metodni universal metod sifatida yuqori baholasak, uni barcha o‘qituvchi kullay boshlaydi, bu, o‘z navbtida, o‘qituvchi ijodkorligini chegaralab qo‘yadi, o‘quvchining barcha imkoniyatlaridan foydalanish imkonini bermaydi. Bu fikr P.F. Lesgaft tomonidan obrazli tarzda ifodalangan: “aytish mumkinki: “Usul - bu men”. Usul shundan iboratki, bilimli, tushunadigan o‘qituvchi o‘z ishini o‘zi olib boraveradi”.
Ta’lim metodlari tavsifi- O‘quvchilarning bilimdlarini oshirish, malaka va ko‘nikmalarni egallash uchun ta’lim metodlari uch guruxga ajratiladi. Har bir gurux bir necha xil metodlarni o‘z ichida mujassamlashtirgan. Mujassamlashtirilgan metodlarning ta’lim jarayenidagi urniga kura so‘zdan foydalanish, ko‘rgazmali xis qilish va amaliy metodlar deb guruxlanadi va ulardan pedagogik jarayonda keng foydalaniladi.
Uch guruxdagi metodlarning mavjudligi orkali o‘quvchinining o‘zlash tirilgan faoliyati bilan organizmning turli analizatorliri tizimi yordamida tanishtirish ta’minlanadi: o‘quvchi eshitadi, ukadi, o‘zi hara kat jarayonini xis qiladi. Ishga ikkala signal sistemasi jalb kilina di. Harakat faoliyatini o‘qitishda amaliy metodlar muxum ahamiyat kasb etadi. Birin chi ikki poydevor kursa, uni ko‘rib bitirish - ya’ni harakat faoliyatining ijrosi u yoki bu usul orkali amalga oshiriladi.
So‘zdan foydalanish usullari - O‘qituvchi o‘z faoliyatini asosan so‘z yerdamida (konstruktivlik, tash kilotchilik, izlanuvchanlik) amalga oshiradi, shuningdek o‘quvchilar bilan o‘zaro mulokat va munosabat urnatadi. So‘z ta’lim ja rayonini faollashtiradi, aytarli to‘la va aniq tasavvurning shakillantiradi, ta’lim ning vazifasini chukurrok xis qilish va fikrlashga yordam beradi. So‘z yordamida o‘qituvchi o‘quv materialidan foydalanadi, uning o‘zlashti rilishi natijasini baholaydi va taxlil qiladi, bu bilan o‘quvchini uz-o‘zini baholashga o‘rgatadi. Va nihoyat, so‘z bo‘lmaganda, o‘qituvchi ta’lim ning barcha jarayoniga xos holatni va o‘quvchining xulki yurish-turishi boshqa shu kabi jarayonlarni boshqara olmagan bular edi.
Shunday qilib, o‘qituvchi so‘zning ikki funksiyasidan foydalanish imkoniga ega: birinchidan - ma’nosi orkali ukitilayotgan material ning mazmunini ifodalash; ikkinchidan emotsionalligi - o‘quvchi xissiyotiga ta’sir etishi.
So‘zning ma’nosi harakat vazifasini amalga oshirish uchun aniq va o‘quvchilar tushunarli bo‘lishi lozim. B.A. Ashmarin (1979) shu yo‘nalish bo‘yicha quyidagi uslubiy tavsiyalarni taklif etadi.
1. So‘z ma’nosining mazmuni o‘quvchilar xususiyatlari va ta’lim vazifalariga muvofiklashgan bo‘lishi. Yangi harakat faoliyatini o‘zlashtirishdan avval dastlabki tushuntirishdan foydalanish, eng avval harakat faoliyati asosini anglash va so‘ng harakat texnikasini detallarini bayon qilish va unga tushunib yetish.
2. So‘zdan foydalangan holda o‘zlashtiriladigan harakat faoliyatini foydasini uktirish. Masalan, bolalar tir mashib chiqishning erkin usulini bir oz bilganliklari sababli, ko‘pincha koordinatsiya talab qiladigan uch usul bilan tirmashib chiqishni o‘rganish xoxishni pasayishga olib keladi. Tushunarli tarzda bu usulning afzalliklari so‘zlab berilsa, o‘zlashtrishdagi salbiy munosabatni yo‘qka chika rish mumkin.
3. So‘zning harakat faoliyatidagi aloxida harakatlarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashda kerakligi. Buni, ayniksa, yo‘llanma beruvchi mashqlarni bajarishda yoddan chiqarmas lik lozim. Bu mashqlar aytarli emotsional bo‘lmay, ularni o‘zlashtiri layotgan asosiy harakat faoliyatlari bilan bog‘liqligini anglash kerak ligi talab kilinadi.
4. O‘qituvchining mashq texnikasi asosini tushuntirishdagi so‘ziga katta ahamiyat berish, asosiy zurikish talab kilinadigan dakikalarini tushunish. Bu maqsadda ko‘pincha ko‘rsatma bilan aytish tarzidagi so‘zlar, iboralar (“kullarni”, “boshni”, “ale op”. va. x.k.)dan foydalaniladi.
5. So‘z obrazli bo‘lishi kerak, bu uning ko‘rgazmaliligini oshiradi va o‘quvchilarga ancha tushunarli qiladi. O‘quvchilar bilimlari va harakat tajribasini xisobga olgan holda, o‘qituvchi qo‘yilgan vazi falarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan kerakli dakikalarga o‘quvchi dik katini qaratishi mumkin.
6. O‘quvchilarga ular avtomatlashmagan holda bajarayotgan harakatlari xakida (tuzatishga to‘g‘ri kelib kolgan payitlar bundan mustasno) gapirish maqsadga muvofik emas. Agar uki tuvchi o‘quvchining avtomatlashgan harakatlari xakida gapirsa, o‘quvchi ijro vaqtida harakatni usha fazalari ustida uylaydi, natijada avtomat lashgan harakatlar tarkibida o‘zilishlar sodir bo‘ladi.
Jismoniy bilimlarni egallashda terminlarning ham muxim ahamiyatibor. Terminlar o‘quvchilarga uzlari uchun yangi bo‘lgan tushuncha va tasavvurlariga so‘z orkali urgu beradi. Tanish tushunchalarni aniq ajratish, ukitvuchiga esa umum qabul kilingan tushunchalar - so‘zlar bilan tushuntirishni osonlashtiradi. Nihoyat o‘qituvchi va o‘quvchi orasida qisqa, keng ma’noli so‘zlarning ma’lum ma’nolari asosida o‘zaro tushunish – mulokat vujudga keladi.
Terminlarda kasbning tarixi aks ettiriladi, masalan, gimnastika da ko‘prok chexlar, shvedlarning atamalari; futbolda, tennisda, boksda ing lizcha; kilichbozlikda ko‘pincha fransuzcha atamalar, so‘zlar ko‘p uchraydi. Xozirgi kundagi chet el terminlarini uzbek tiliga tarjima qilish, milliy atamalarimiz bankini yaratish jismoniy tarbiya nazariyasining eng yirik muammolaridan biri bo‘lib qolmokda. Xozirgi zamon terminlari va atamalarini yaratilishiga quyidagi talablar qo‘yilmokda (V.V. Belino vich, 1958).
1. Atama yoki termin ko‘rsatuvchan bo‘lishi lozim, ya’ni mashq texnikasining asosini ifodalasin. Shundagina ular uzlari uchun xos bo‘lgan mazmunni egallaydilar.
2. Atama aniq bo‘lishi kerak. Bu talabni bajarish jismoniy mashq xarakterini shunchalik aniq aks etirilishi kerakki, uni tushun tirish va izoxlashga xojat qolmasin. Bu o‘qituvchi va o‘quvchilar mulokati - fikr almashinuvini aytarli darajada qisqa va tushunarli qiladi.
3. Atamalar qisqa bo‘lishi kerak. Agar bu talab bo‘zilsa termin larni qo‘llash ifodalashga aylanib qoladi. Qisqalik juda ham aniq so‘z topib ishlatishni talab qiladi.
4. Atama tushunarli bo‘lishi lozim. Atamalar ta’lim jarayoni ning tiliga shunday aylanishi mumkinki, agarda, qo‘llanilayotgan so‘z – atamalar o‘quvchini tushunish kuchiga yarasha bo‘lsa hamda ularda umumiy qabul kilingan adabiy tilda vosita sifatida qo‘llansa.
So‘zning emotsionallik xizmati o‘quv va tarbiyaviy vazifa larni hal etishda muxim ahamiyatga ega. Emotsional jixatdan rango-rang lik so‘zning ta’sir kuchini oshiradi va ma’nosini tushunarli qiladi. U o‘qituvchining o‘z faniga, o‘quvchiga bo‘lgan munosabatini bildiradi, o‘quv chi kizikishini oshiradi, o‘z yutugiga ishontiradi qiyinchiliklarni yen gish uchun ishonch tugdiradi.
Umumiy pedagogika jarayonida so‘zdan doimo foydalaniladi. Jismo niy tarbiya jarayonida uni qo‘llash o‘ziga xos mazmuni va uslubiy xususiyat lari bilan ajralib turadi.
Aytib berish(xikoya) o‘quvchi faoliyatini o‘yin tarzida tashkillash uchun ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladi.
So‘zda ifodalash - bu harakat faoliyati xususida tasavvur xosil qilish usuli bo‘lib, faoliyatning xarakterli belgilari sanaladi, so‘z orkali nima qilish lozimligi tushuntirilib, nima sababdan aynan shunday qilish zarurligi aytiladi. Undan dastlabki - birlamchi tushuncha xosil qilish yoki eng sodda harakatlarni o‘zlashtirishda o‘quvchining harakat tajribasi va bilmidan foydalanishda qo‘llaniladi.
Tushuntirish - harakat faoliyatlariga ongli munosabatning muxim usullaridan biri bo‘lib, u asosiy «nima uchun?» degan savolga javob beradi.
Suxbat bir tomondan, faollikni oshiradi, o‘z fikrini aytish malakasini shakillantiradi, boshqa tomondan, o‘qituvchiga o‘z o‘quvchi larining bilish, bajarilgan ishni baholash uchun yordam beradi. Suxbat faqat o‘qituvchining o‘quvchilarga bergan savollari va ularga o‘quvchilar ning javoblari yoki o‘z dunyo karashlarini erkin gapirib berish, urtaga tashlash tarzida amalga oshiriladi.
Muxokama suxbatdan faqat biror vazifani bajari lagndan so‘ng utkazilishi bilan fark qiladi. Muxokama bir tomonlama bo‘lishi mumkin - agar u o‘qituvchi tomonidan utkazilsa, ikki tomonlama bo‘lishi mumkin - o‘quvchilar ishtiroki bilan utkazilsa.
Topshiriq dars oldidan vazifa quyish yoki dars davomida xususiy vazifa quyishni nazarda tutadi. Vazifaning birinchi shakli shu bilan xarakterlanidiki, o‘qituvchi vazifa bajarishning barcha usullari ni tushuntiradi. O‘quvchilarga talab kilinganlarni faqat bajarish vazifasi qoladi holos. Ikkinchi shakli o‘quvchilar uchun nisbatan qiyin rok bo‘lib ular o‘qituvchidan vazifani faqat ifoda tarzida oladilar, uni hal kiilsh, yechishni mustakil kidirishga majbur bo‘ladilar.
Baholash harakat faoliyatining bajarilish taxlili natijasidir.
Ko‘rsatma qisqaligi bilan ajralib turadi va so‘zsiz bajarishni talab qiladi. Bu o‘quvchi dikkatini faqat vazifani bajarish lozimligi va bir vaqtning o‘zida uni bajarish mumkinligiga qaratadi, o‘quvchi ishonchini oshirish uchun xizmat qiladi. Ko‘rsatma orkali o‘quvchi vazifani hal etishning aniq muljalini, shunigdek, xech bir asoslashsiz xatolarni tuzatish usullarini oladi.
Komanda - jismoniy tarbiya jarayonidagi xususiy va eng ko‘p tar kalgan so‘zdan foydalanish metodi. U faoliyatni so‘zsiz bajarish, harakat ni tugatish yoki tempni o‘zgartirish buyrugi shaklidir. Safdagi komanda lar (armiyada, darsda va boshqa mashg‘ulotlarda qabul kilingan), maxsus xakamlikdagi replika (so‘z tashlash) lar, start olish komandalari va boshqalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda komandalar qo‘llanilmaydi. Kichik maktab yoshdagi bolalarda esa komanddalar cheklangan bo‘ladi.
Komandalarning samaradorligiga so‘zni zarur urgu bilan talaffo‘z eta bi lish, nutq va o‘quvchilar harakati ritmini xis kila olish va rivojlan tirish, ovoz toni va kuchini o‘zgartira olish kobiliyati, kaddi komatning chiroyliligi, kullarning ifodali harakatlantira olish hamda o‘quv chilarning yuqori darajadagi intizomi ta’sir etadigan vositalardan sanaladi.
Sanok kerak bo‘lgan harakat tempini yo‘lga quyishda foydalanila di. U bir necha usullar orkali amalga oshiriladi; ovoz bilan xisoblashish(“bir, ikki, uch, to‘rt!”), bir bo‘g‘inli so‘zlar kushib sanash(“bir- ikki-nafas oling!”) va nihoyat, turli xil kushib sanashlar, karsak, ritm bilan ovoz borish va xokazolar.
Ko‘rgazmalilik uslublari- Bu guruxdagi metodlar harakat faoliyatini kurish va eshitish orkali o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Kurish, ayrim payitda eshitish ham shug‘ullanuvchilarda harakat faoliyati xakida har tomonlama tasavvur xosil qiladi, bu navbatdagi takrorlash uchun taxminiy asosni kengay tiradi. Ko‘rgazmali xis kildirish nisbatan chukurrok, tezrok, va puxtarok o‘zlashtirishga imkoniyat beradi, o‘zlashtiriladigan harakat faoliyatiga kizikishni orttiradi. Bolalarni o‘qitishda ko‘rgazmali xis kildirish muxim rol o‘ynaydi, chunki ularda taklid qilish, tirik misollarga inti lish juda kuchli rivojlangan.
Ko‘rgazmali xis etish shundagina kul keladiki, kachonki, ko‘rgazmali qabul kilinayotgan tushunarli va o‘quvchi ongiga yetgan bo‘lsa, ushanda ular aktiv va samarali faoliyatga turtki bo‘ladi. Bo‘lmasa, shug‘ullanish jarayoni jonsiz bo‘lib, faoliyatlar nomigagina bajarilishi mumkin, o‘quvchilar esa passiv ijrochiga aylanadi. Natijada urganuvchi faoliyatni tax lil qilishga harakat kilmaydi, dikkat - e’tiborini harakatning tashki tomoniga qaratadi holos, bu esa, o‘z navbatida, psixik jarayonlarning aktivligini pasaytiradi, fikirlashning bir tomolama bo‘lishiga olib keladi.
Harakat faoliyatining o‘qituvchi (yoki o‘quvchi) tomonidan namoyish kilinishi jismoniy tarbiya ta’limning keng tarqal gan metodlaridan xisoblanadi.
Taklid qilishda o‘quvchining ongi unga ko‘rgazmali singdirilga nini qabul qilib olib taxlil kila olish kobiliyatiga bog‘liq. Agar o‘quvchi ko‘rgan harakat aktini taxlil kila olsa va u shunga o‘rgatilgan bo‘lsa, unda taklid qilish o‘quvchini bilimi o‘zlashtirish kobiliyatini usishi uchun samarali usullardan biriga aylanadi. O‘qituvchining so‘zsiz taklid qilish “ko‘rginu bajar» prinsipi asosida taklid qilish, kurga nini tushunmay, u xakida fikirlamay mantiksiz takrorlashga aylantirib qo‘yadi. Natijada o‘quvchi o‘qituvchisi ko‘rsatganini kurkurona bajara digan, harakat faoliyat larining asosiy qonuniyatlari ma’nosini angla maydigan ijrochilariga aylantirib qo‘yadi.
Taklid qilish asosan o‘quvchining yoshi va tayyorgarligi darajasiga bog‘liq. Kichik maktab yoshidagi bolalarda taklid qilishga intilish, sinch kovligi, kizikuvchanligi orkali sodir bo‘ladi (asosan, kattalarga uxshash ga o‘rinish), katta makta yoshidagi bolalarda harakat faoliyatiga ongli munosabat bo‘lib, tushungan holda harakat texnikasini osonrok va tezrok egallashga intilish asosida sodir bo‘ladi.
Taklid qilishning samaradorligi to‘rt faktorga bog‘liq:
1) o‘quvchilarning taklid qilishga tayyorligi, ya’ni ularning tayyor garligi darajasining taklid kilinadigan obyektning qiyinchiligiga muvofikligi, shunga kura, jismoniy mashq ijrosi qiyinligi shunday bo‘lishi kerakki, uni egallash uchun o‘quvchilar faqat maksimal zurikish namoyon qilish orkaligina erishishlari lozim;
2) o‘quvchilarning taklid obyekti xakidagi tasavvurlarini to‘laligi;
3) taklidning ta’limga xos tub mativining moxiyati darajasiga ay lantirishga imkon beradigan kizikish sababini o‘quvchida uygotish;
4) o‘quvchini taklidga xoxishi, ya’ni kuzatayotganini aktiv takrorlash.
Jismoniy mashqni ko‘rsatish uchun qo‘yiladigan ayrim metodik talablar: a) ko‘rsatish doimo so‘zdan foydalanish bilan olib borilishi lozim, bu urganilayotgan harakat faoliyatini ijodiy takror lashga imkoniyat ochadi: b) ko‘rsatish payitida o‘quvchilarning o‘qituvchi ning emotsional holatiga taklid qilishini e’tibordan chetda qoldirmas lik lozim. Chunki bu o‘zlashtirilayotgan faoliyatga va ta’lim jarayoniga muno sabatning shakllanishida muxim ahamiyat kasb etadi.
Ko‘rsatishning mazmunini o‘qitish vazifalari mazmuniga muvofikligi: a) birinchi ko‘rsatishda o‘zlashtirilayotgan jis moniy mashq texnikasi xakida to‘la tasavvur xosil kilinishi, undan so‘ng ko‘rsatilganni o‘quvchi takrorlay olishi mumkin bo‘lsin, kursa-yu, bajara olmasa, ta’lim jarayonidan kuzlangan samaraga erishish mumkin bo‘lmay qoladi; b) harakat faoliyatini qanday qilib egallash, o‘rganish kerak ligini ko‘rsatish talab etilsa, texnika ijrosi ko‘rsatuvda ishdivitduallashtirilishi, sport maxoratining yuqori bosqichini ifodalaydigan bo‘lishi lozim; v) kachonki, o‘quvchi dikkatni aloxida harakatlarga va ak sentlashtirilgan zurikishlarga qaratish lozim bo‘lib kolsa, ko‘rsatishda aynan usha joylari takroriy, urgu berib, sekinlashtirilib namoyon kili nadi, aniq bo‘lmagan, palapartish ko‘rsatishlarga yo‘l qo‘yilmasligi lo zim, chunki u o‘quvchilar tomonidan namuna sifatida qabul kilinishi mumkin.
Jismoniy mashqni o‘quvchi tomondan ko‘rsatishga quyidagi hollarda ruxsat berilishi mumkin:
a) o‘qituvchi salomatligi yomonligi tufayli harakat faoliyatini ko‘rsata olmasa;
b) ko‘rsatishda o‘qituvchi nokulay holatda, imkoni bo‘lmay kolgan holatda turganda (masalan, boshi yerga qarab yoki orkasiga qarab kolsa);
) o‘quvchida o‘qituvchi harakatni butunlay bajarib bo‘lmaydi degan fikr to‘la ongiga singib kolganini ko‘rgan takdirda uni yo‘qotish uchun;
g) o‘quvchi misolida bola ijrosini individuallashgan texnikasini namoyishkorona bajarish kerak bo‘lib kolgan takdirda.
Ko‘rsatishda o‘qituvchi shunday nizomga rioya qilishi keroakki, u bar cha o‘quvchilarga raxbarlik kila olsin (yuqorirokda turib butun sinfni nazoratda tutish), o‘quvchilarga esa mashqni ko‘prok yon tomondan kurish, tuzilishi va bajarilishi ko‘rgazmali tarzda (masalan, yon profilda oyok larni bukish yozishning ko‘rinishi qanday bo‘ladi) ko‘rsata olsin. “Bunday bajarish kerak emasligini ko‘rsatish” ni o‘qituvchi tomonidan namoyish qilishga ruxsat beriladigan holatlar: o‘quvchilar bajarilgan mashqka tankidiy qarab osalargina; o‘z harakatlarini solishtira olsalargina; ularni taxlil kila oladigan bo‘lganlarida, shuningdek, ko‘rsatish ishon tiradigan tushuntirishlar bilan olib borilsa va o‘quvchini mashara qilish maqsadida bo‘lmasagina. “Oynada” aksini ko‘rgandek ko‘rsatuvlar faqat sodda harakatlar, asosan, umumiy rivojlantiruvchi mashqlarnigi na ko‘rsatishda qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Qiyin harakatlarni bu usulda ko‘rsatish koidaga kura ijroning tabiiyligini, yengilligini yo‘qolishiga olib kelishi amaliyotda isbotlangan.
Ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilish. Harakat faoliyati ni predmetli tasvirini xis qilish uchun qo‘llaniladi. Namoyish qilish ko‘rsatishdan uta kulaylikka egaligi bilan ajrab turadi, chunki unda ke rak bo‘lib kolgan tarzda statik holatlarga, fazolarning almashini shiga dikkatni qaratish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Namoyish kachon aniq pedagogik vazifa bilan bog‘liq bo‘lsa, didaktik ahamiyatga ega bo‘ladi. U kushimcha usul bo‘lib qo‘llanilayotgan yoki bu metodni tuldirish uchun xizmat qiladi. ko‘rgazmali qurol o‘zining ulchovi, shakli, rangi, o‘z elementlari joylashishining zichligi bilan jadvalni qabul, xis kila olish prinsip larini ifodalasin, turlicha ko‘rgazmali qurollarning har birini namoy ish qilish rioya kilinishi lozim bo‘lgan ayrim metodik koidalarga to‘g‘ri kelsin.
Plakatlar harakat holatini ko‘rsatishda bajarishda urgu beradigan qiyin joylarni o‘zida aks ettiradigan, o‘quvchi dikkatini chal gitadigan elementlardan holi bo‘lishi zarur. Aynisa, mazmuniga kura fao liyat tarkibidagi harakatlar ketma-ketligini bir vaqtning o‘zida aks ettirgan plakatlarning kimmati yuqori bo‘ladi.
Namoyishqilish o‘quvchilar tomonidan materialni qabul qilishga sharoit yaratishi zarur: birinchidan, bolalarda kuzatiladigan predmetga kizikishni shakillantirishi lozim; ikkinchidan, ularning dikkati ta’limning aniq vazifalariga hal qiladigan yetakchi element larga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Tushuntirish va namoyish qilish vaqti va xajmini ta’limning vazifasiga buysundirilishi lozim. Har qanday holda ko‘rgazmali xis qilish natijani aniqlash uchun o‘qituvchi savollari va o‘quvchi javoblarining ahamiyati kattadir.
Plakatlarni namoyish qilish texnikasining yagona talablari mav jud emas. Ularni darsdan, mashg‘ulotdan oldin ilib qo‘yiladi yoki dars davomida harakat faoliyatining zarur bo‘lgan fazalari, elementlarini o‘quvchilar dikkatining aniq vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilib na moyish qilish amaliyotda qo‘llanadi. O‘quvchilarni chalgitmaslik uchun namoyishdan so‘ng ular tezlik bilan yigishtirib olinishi, joiz bo‘lsa, qoldirilishi ham mumkin.
Doskaga bur bilan chizmalar chizish o‘qituvchi yetarli darajada estetika bilan chiza olish kobiliyatiga ega bo‘lsagina ruxsat etiladi. Bu plakatlardan bir oz afzallikga ega bo‘lishi mumkin, lekin ularning urnini to‘la bosa olmaydi. Birinchidan, harakat faoliyatini asta-sekin lik bilan chizayotib, harakat fazalarini navbat bilan almashinishi, mashq texnikasining asosi uning detallari xakida esda kolarli tasav vurni xosil qilish oson bo‘ladi. Ikkinchidan, rasm juda ham sodda, mayda chuydalardan holi bo‘lishi mumkin, u, o‘z navbatida, o‘quvchilarni chalgit maydi. Uchinchidan, doskadagi rasm - namoyish qilishning eng operativ metodi, darsning har qanday dakikasida kushimcha vaqt sarflamay, o‘qituvchi undan foydala nishi mumkin.
O‘quvchilarning uzlarini harakat faoliyati xakidagi chizmalari, o‘z fikrlarini grafik tarzda ifodalash, bajara olishni obrazli qilishni uylashga o‘rgatadi.
Jismli qo‘llanmalar nisbatan chegaralangan didatik imkoniyatlarga ega. To‘la ko‘rinishi, yonboshdan, sharnirli modellari hara katning ayrim zvenolari, gavdaning to‘la harakati trayoktoriyasi, ampli tudasini namoyish qilish imkonini beradi.
Kinofilm, barcha texnik qiyinchiliklarga karamay, pedagogik jarayonda juda katta didaktik imkoniyatlarga ega. Kinofilm harakat faoliyati ijrosining eng yuqori sport maxorati darajasida, qolaversa, uni kattalashtirib sekinlashtirib, turli ploskostda, to‘laligicha, ay rim detallariga aksentni qaratib ko‘p marotabalab takrorlash imkonini beradi. Ko‘rgazmali xis qilishda harakat holatining tezdashtirilgan chas totada kinoga olish judda katta ahamiyatga ega, chunki unda oddiy kinoga olishdagiga nisbatan juda sekinlashtirilgan suratlar xosil bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, harakatning barcha detallarini kurish imkonini beradi.
Ovoz va rangli signallar kerak bo‘lgan tovushli va rang li muljallar - harakatni boshlash yoki tugallash (yoki aloxida harakat lar) uchun lozim bo‘lgan temp, ritm, amplituda va xokazolarni berishda kul keladi. Bu metronomni “urishi” - harakatga kerakli temp berish uchun, yerdagi belgilar, bayrokchalar, uloktirish va x.k. Keng tarqala boshlagan elektron ovzli yetakchilar, avtomatlashtirilgan muljallar (mishenlar), zudlik bilan axborot beruvchi maxsus kurilmalar ta’lim jarayonining samaradarligiga ta’sir ko‘rsatmokda.
Amaliy uslublar - Bu metodlar o‘quvchilarning uzlarini aktiv harakat faoliyatlariga asoslangan. Shartli ravishda ularni ikki guruxga ajratamiz: kat’iyan va qisman reglamentlashtirilgan mashq metodlari (B.A. Ashmarin, 1976). Ular orasidagi fark nisbiy. Darajasi va xarakteri turlicha bo‘lsa-da, reglamentlash dakikasi har bir metodda ham mavjud. Ma’lum sharoitda turlicha kichik guruxlardagi (podgruppadagi) ikki xil metod birlashtirilishi mumkin. Qisman reglamentlashtiril gan mashq metodi va musobaka metodi orkali bir xil harakat faoliyati uki taverilishi mumkin.
Kat’iyan reglamentlashtirilgan mashq metodi harakat shaklini, yuklama kattaligini, uning ortishini, dam olish bilan to‘g‘ri navbatlashuvi va xokazolarni reglamentlashtirish orkali harakat faoliyatini ko‘p marotabalab bajarish bilan xarakterlanadi.
Bu ning natijasida aloxida harakatlarni tanlab olib, asta-sekinlik bilan ulardan zarur bo‘lgan harakat faoliyatini to‘zishga imkoniyat yaratiladi.
Harakat faoliyatini o‘zlashtirishdagi bo‘laklarga(qismlarga) ajratishni to‘la o‘rgatish metodlari bilan bir birini tuldirishi va turli sharoitga muvofik, o‘quv vazifalarini aniq belgilab o‘quvchilar ning guruxli va individual xarakteristikasiga, ta’lim etaplari, o‘quv materialining xarakteri va mazmuni, o‘quv vositalarining soni (jixoz lar, snaryadlar va boshqalar) ga qarab qo‘llanilishi kerak. Asosan, bu metoddan jismoniy sifatlarni rivojlantirish maqsadida foydalaniladi. Mashq belgilangan vaqt ichida tanlangan harakat sur’ati (tempi), ritmi, amplitudasi harakat fazalarini o‘zgarishsiz berilgan ketma-ketlikda bajarishni takazo qiladi.
Qismlarga (bo‘laklarga) ajratish bilan o‘zlashtirish metodi boshlanishida harakat faoliyatini aloxida bo‘laklarga ajratib, ularni asta-sekin zarur bo‘lgan umumiylikka birlashtirishni nazarda tu tadi. Bu metodni to‘lakonli amalga oshirish ko‘p holda harakat faoliyat ining aloxida bo‘laklarini qismlarga ajrata olish va uni ajratish lo zim emasligini bilishni hamda amalda uni bajara olishni uddalay oladimi - yo‘qmi shunga bog‘liq. Pedagogika amaliyotidagi qator ilmiy va amaliy izlanishlar har qanday harakat faoliyatini tarkib topdirgan bo‘laklarga - qismlarga ajratish mumkinligini isbotladi. Qismlarga ajratish chegarasi va uning xarakteri ta’limning vazifalariga muvo fik holda, mashqni bo‘laklay olishni bilishni takazo etadi. Bir butun tarkibdagi aloxida elementlar orasida belgilangan munosabatlar urna tiladi. bir butun bo‘lishni aniqlash faqat uni qism larga ajratishni anglash, bir butun bo‘lish qonuniyatlarini bilish orkali amalga oshiriladi.
Bo‘laklarga bo‘lish qismlarga jaratib o‘rgatish metodining harak terli belgisi xisobdlanadi. U butun bir harakat faoliyatini egallashni yengllashtiruvchi boshlangich bir etap holos. Yakuni bo‘lib harakatni to‘la o‘rganish tushuniladi. Yakunida o‘quvchilar harakat faoliyati boshlanishi dan oxirigacha bir butun deb qabul qilishlari lozim. Bu qo‘shilishning ijrosida asosiy va ikkinchi darajali elementlar bo‘lishi mumkin emas, ularning hammasi muximdir. Barchasi u yoki bu darajada o‘zida umumiy yutuqka poydevor kuradi.
Harakat faoliyatini qismlarga ajratish usullari turli tuman bo‘ladi, lekin ularning har biri oxirida aniq yo‘llanma beruvchi mashq larning vujudga kelishiga olib keladi. O‘zining vazifasiga kura hamda tabiatiga kura, to‘la bir butun harakatning “bo‘laklari-elementlari” bilan prinsipial farkka ega bo‘lmaydi va maqsadga muvofik yo‘naltiril gan bo‘laklarga bo‘lish jarayonining natijasi xisoblanadi.
Yo‘llanma beruvchi mashqlar to‘la harakat aktini o‘zlashtirishni osonlashtirish uchun oldindan bir qator xususiy bilim berish vazifasini hal etishda foydalaniladi. Shuning uchun to‘la bir butun harakat faoliyatini nerv-muskul zurikishi elementlarining tuzilishi va xarakteriga uxshash yo‘llanma beruvchi mashqlarni topish muxim ahamiyatga ega. Yo‘llanma beruvchi mashqlar markaziy nerv sistemasidagi samarali izning tuplanishiga imkon beradi, okibatda ular eng sodda vaqtli aloqalar orkali, ma’lum uxshashlik va koordinatsion umumiylik orkali asosiy mashqni o‘zlashtirishni yengillashtiradi.
Yo‘llanma beruvchi mashqlar tizimi o‘qitish uchun muljallangan fao liyat taxlili natijasida uni tarkibiy qismlarga bo‘lish va nisbatan ja vobgar elementlarga ajratish orkali vujudga keladi. Yo‘llanma beruvchi mashqlar tugallangan shaklda va o‘quvchilar kuchiga yarasha bo‘lishi kerak. Harakat faoliyatini bo‘laklarga bo‘lish xarakteri, yo‘llanma beruvchi mashq lar soni, ularning navbati - o‘qitishning individual sharoitiga ka rab qo‘llash uchun o‘qituvchi tomondan aniqlanadi.
Har bir mashqni qo‘llashning davomiyligi (uzunligi), uning qiyinligi va ahamiyati, shunig dek, o‘quvchilar tayyorgarligi darajasiga bog‘liq.
Yo‘llanma beruvchi mashqlarni shartli ravishda ikki ko‘rinishda tasavvur kiilsh mumkin:
1) bir butun harakatdan ajratilgan qismlar yoki butun harakat, le kin ulardan detallarni ajratib olingani bilan, bunday holatda faoliyat ning qismi xech qanday kushimchasiz sof holda tavsiya kilingan, xususiy xodisa sifatida qismlarga bo‘lish o‘zlashtirayotgan harakat faoliyati texnikasini ajratishdir.
2) yo‘llanma beruvchi mashqning boshqa ko‘rinishi o‘zlashtirilayotgan faoliyatning belgilangan strukturasini to‘zish uchun qo‘llanilishi mum kin bo‘lgan shaklidir.
Qismlarga bo‘lib o‘zlashtirishning pedagogik afzalligiquyidagilardan iborat.
Bu metodda harakat faoliyatini o‘zlashtirish jarayoni yengillashadi. O‘quvchi muljallangan maqsadga asta-sekinlik bilan, xususiy tajribalar ni tuplash orkali keladi va ulardan zarur bo‘lgan harakat faoliyati shakillanadi. Dikkat butun harakat aktidagi har qaysi detalning roli ni tushungan holda bir joyga tuplanadi, har bir dakika esda qoladi - bularning hammasi ayrim bo‘laklarni puxta o‘zlashtirishga olib keladi, faoliyatni to‘la egallash yengil sharoitda utadi, ta’limning – o‘qitishning muddati qisqaradi. Ayrim hollarda metodning samaradorligi, eng avvalo, mashqning sifatiga bog‘liq bo‘ladi, ba’zan harakat madaniyati ning oshishi bilan kuzga tashlanadi. Yo‘llanma beruvchi mashqlarning ko‘pligidan darslar nisbatan turli tuman bo‘lib, ta’lim jarayoni kizikarli utadi.
Harakat malakalarini qismlarga ajratish orkali tuplangan katta harakat zaxirasi vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam bera di va shug‘ullanuvchilar harakat tajribasini boyitadi.
Bo‘laklarga ajratib o‘qitish metodi yo‘qotilgan malakalarni tezda tiklanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Koordinatsiya jixatidan uta qiyin mashqlarni o‘zlashtirishda bu metodni baxosi yo‘q, kerak bo‘lganda ayrim bo‘g‘inlarga, ajartib oligan muskul guruxlariga aloxida ta’sir etish imkoni yuqori bo‘ladi.
Lekin savodsizlarcha qismlarga ajratish undan kelib chikkan holda favkulodda tanlangan yo‘llanma beruvchi mashqlar, ulardan noto‘g‘ri foy dalanish harakat malakasining shakillanish jarayoniga uta salbiy ta’ sir ko‘rsati shi mumkin. Harkatni to‘la o‘zlashtirish metodi harakat faoliyatini ta’limning yakuniy vazifasida nimadan iborat bo‘lsa, shunga yakin ko‘rinishda o‘zlashti rishni nazarda tutadi. Bu metod har qanday harakat aktini o‘qitishning yakuniy etapida bo‘laklarga ajratib o‘qitish metodidan so‘ng qo‘llaniladi. Jismoniy mashq texnikasini takomillashtirish uni to‘la bajarish orkali amalga oshiriladi. To‘la o‘zlashtirish harakat faoliyatini bajarib kurish, sinash (oprobirovaniye) eng kulay usuldir. Aksariyat harakat faoliyatlari shunchalar soddaki, ularni bo‘laklarga ajratib uki tish vaqtni bexuda sarflash demakdir, shuning uchun harakat holatini to‘la o‘rgatish ama liyotda ko‘prok qo‘llaniladi. Ayrim harakat faoliyatlarini biz hali il miy ravishda bo‘laklarga ajrata olmaymiz, shuningdek, o‘zini to‘la okla gan yo‘llanma beruvchi mashqlar tizimini ishlay olgani mizcha yo‘q. Qisman reglamentlashtirilgan mashq metodi. kuzda tutilgan vazifa ni bajarish uchun o‘quvchilarga faoliyatni nisbatan erkin tanlashga yo‘l qo‘yadi. Bu metoddan, koida bo‘yicha takomillashtirilgan etapda foydalaniladi, bunda o‘quvchi yetarli darajadagi bilim va bajara olishga ega bo‘lganligi xisobga olinadi.

Bu guruxchaga kiruvchi o‘yin va musobaka metodlari turli belgilarga ega bo‘lib turib, ularning bitta umumiy ligi mavjud: ularni qo‘llashda doimo o‘quvchilar orasida rakobat(bir-birini maglub qilish) xissiyoti usutun bo‘ladi, o‘quvchilarda o‘z kuchini, u yoki bu faoliyatini bajarishda ustunligini isbotlash uchun intilish yuzaga chikadi.


O‘yin metodi jismoniy tarbiyadagi o‘yinlarning ko‘pchilik belgilarini mujassamlangan. Darslikning “Jismoniy mashqlarning pedagogik klassifikatsiyasi» bo‘limida o‘yin jismoniy mashq harak teridagi tizim tarzida, ya’ni jismoniy tarbiya vositasi ko‘rinishida berilgan. Lekin jismoniy tarbiyada o‘yinlar ta’lim va tarbiyaning samarali metodi sifatida ham mavjud bo‘lishi mumkin. Shu sababli o‘yin metodining tabiatini o‘yin moxiyatini ochish orkaligina tushunish mumkin holos.


O‘yinning moxiyatini o‘rganishning nisbatan perespektiv yo‘nalishi metodlashtirish nazariyasi xisoblanadi. Shunga muvofik, o‘yinlar inson ning oldindan belgilangan hayotiy sharoitda ishlab chiqargan o‘zining yurish-turishi, xulki chegarasidan chikmaydigan o‘ziga xos elementlarning modelidir (N.I. Ponamaryov, 1970). O‘yinda shartli ravishda butun bir hayotiy situatsiya o‘z ifodasini topishi mumkin (masalan, takldi qilish o‘yinlarida), inson haraat faolitining ayrimlari turmush, mehnat, mudofaa faoliyati xarakteridagi harakatlar bo‘lib, ularda asosan odamlar orasidagi o‘zaro munosabat modelining mavjudliligi yotadi. O‘yin tarixan vujudga kelgan jamiyat xodisasi bo‘lib, odamlarning harbiy va mehnat faoliyati asosida paydo bo‘lgan va u inson hayotining moddiy va ijtimoiy sharoit lari bilan belgilanadi. O‘yin hayotiy reallikni aks ettiradi va bir vaqtning o‘zida o‘zining sof shartli qonunlariga buysunadi. U bizni o‘rab olgan borlikni o‘zgartirishni nazarda tutmaydi, lekin insonni ijodiy mehnatga tayyorlovchi shart sifatida inson madaniyatining muxim man bai roilni o‘ynaydi. Shunga bog‘liq holda o‘yin quyidagi xizmatlarni ba jaradi: tayyorlov (insonni jismoniy va ruxiy kuchlarini takomillashtirish, sotsial faollik va ijodkorliki tarbiyalaydi) va ko‘ngil ochish munosabatlarini, shuningdek, ularni o‘rab olgan muxit orasidagi munosabatlarni shakillantiradi. Bu kabi asosiy xizmatlar o‘yinlarning yo‘nalishi va mazmunini belgilaydi.
Jismoniy tarbiyadagi barcha o‘yinlarning asosiy mazmunini inson ni jismoy kamolotga erishtirishga imkoniyat yaratuvchi harakat faoliyat lari tashkil etadi. O‘yinlar hamda gimnastika sport turizmdagi farkni ko‘p holda shartli deb tan olishimiz lozim, bu shartlar turlarning rivoj lanish meyoriga kura yanada yakkol ko‘rinadi. O‘yinga konkret harakat fao liyatlari tizimi deb karash zarur, ular belgilangan koidalar ramkasida bajariladi va metod sifatida jismoniy mashq xarakteriga karamay, turlicha pedagogik vazifalarni hal etishi mumkin.
O‘yinlar metod tarzida faqat umumiy qabul kilinganlaridek amal ga oshirilmaydi. O‘yin metodi vositalari va ularning shakliga kura rasmiy o‘yinlarga nisbatan deyarli keng tushuncha sanaladi. Masalan, o‘yin metodi asosida darsning hamma qismlarini o‘yinlarsiz utkazish mumkin (tokka sayoxat o‘yini). Muvozanat saklash mashqini bajarayotib tusiklardan oshishi yoki chukurliklar ustidan utish tarzidagi o‘yinlardn foydalanish mumkin.
Quyidagilarni o‘yin metodiningxarakterli belgilari deb karash mumkin:
1. O‘yin holatida raqiblik va emotsionallik elementlarini aniq ifodalash. O‘yin metodi insonlar orasidagi eng qiyin muno sabatlarni yuzaga chiqarishi imkonini beradi. Xatto yugurish musobakasi sharoitida katnashuvchilar orasida shunchalar ko‘p kirrali holatlar vujudga keladiki, lekin u ikki o‘yinchi urtasidagi paydo bo‘lgan holat lardan ancha oz bo‘ladi. Shu bilan bog‘liq holda o‘yin metodini o‘yinchilar orasidagi munosabatlarni kat’iyan reglamentlashtirishni talab qiladi.
2. Harakat faoliyatini bajarish davomida sharoitning o‘zgaruvchanligi. Buning natijasida uynovchilar paydo bo‘ladigan vazifa larni hal qilishning turli-tuman usullariga ega bo‘lishi kerak, ularda shakllangan malakalar o‘zgaruvchan sharoitda moslanuvchanligi va egiluv chanligi bilan ajralib turishi lozim.
3. Harakat faoliyatidagi ijodiytashabbus (initsiativa) larga yuqori talablar quyish. O‘yin holatining o‘zgaruvchanligi jismoniy mashqlarning natija beradiganlarini tanlashni va mustakillikni faolrok namoyon qilish talabini qo‘yadi.
4. Harakat faoliyati va yuklama xarakterida kat’iy reglamentlashtirishning yo‘qligi. O‘quvchilar maxsus yoki shartli (soddalash tirilgan, murakkablashtirilgan) koidalar chegarasida paydo bo‘lgan hara kat faoliyati vazifalarini hal qilish uchun uzlari samarali xisob langan harakat faoliyatlaridan foydalanishlari mumkin. Bunda o‘quv chiga tushayotgan yuklama to‘laligicha uning o‘yinda bajarayotgan funksiya si faolrok bajarilishi va oldindan belgilangan sharoiti (yindan foyda lanish metodi davomiyligiga, o‘yinchilar soni, o‘yin mazmuni va boshqa larga bog‘liq. Yangi harakat faoliyatlarini o‘rganish uchun o‘yin metodidan foydalanilsa, shuday hollarda reglamentlashtirish darajasi oshadi. Masalan, o‘yin metodi bilan kanatga uch usul bilan tirmashib chiqishning biror - bir elementini urganayotgan bo‘lsak, osilib turganda oyoklarnii tizzadan buib oldinga yigish(ko‘tarish)ni - o‘rgatishni o‘yin tarzida chukurlik ustidan osilib turgan kanatga uchib utish o‘yinini qo‘llash bilan olib borish mumkin.
5. O‘yin faoliyati vazifalari bilan muvofik harakat faoliyatlari va sifatlarining kompleks namoyon kilinishi. Jismoniy tarbiyada o‘yinlar qandaydir maxsus harakatlar faoliyat ga ega emas. Koidadagi kabi ularda o‘z shaklinig tabiiyligi bilan ajra lib turadigan harakat faoliyatlari uchraydi (yugurish, sakrash va x.k.). Aytarli ko‘pchilik o‘yinlarda o‘yinchilar galabaga erishish uchun bir necha harakat faoliyatidan, qolaversa, turlicha aralash shakldagi faoliyat lardan foydalanadilar. Bularing barchasi o‘yinchilar organizmiga komp leksli ta’sirni ta’minlaydi.
6. Ko‘pincha o‘yinchilarning o‘zaro munosabati qandaydir bir predmet (masalan, tup, bayroklar va boshqalar) orkali amalga oshiriladi.
Mazmuni va xarakteristikasining boyligiga kura o‘yin metodi hara kat malakalari va sifatlarini kompleksli rivojlantirish uchun, hara kat koordinatsiyasini takomillashtirish uchun, birdaniga, yo‘l-yo‘lakay paydo bo‘lgan vazifalarni yecha olish, qisqa fursatda lozim bo‘lgan ish tem piga kira olish imkoniyatlarini vujudga keltira oladi. Bu metod orkali ta’limning samaradorligini aniqlash va umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish uchun vosita sifatida foydalanish ham mumkin. O‘yindan to‘g‘ri foydalanish asosida kollektivizm ruxi, faollik, tashab buskorlik, kurkmaslik(botirlik), kat’iyyatlilik va ongli intizomni tar biyalash puxtalik bilan amalga oshiriladi va uning atijasi ta’lim jarayonida yakkol namoyon bo‘lishi amaliyotda isbotlangan. O‘yin metodi ning bo‘sh tomoni ham yo‘q emas. Ta’lim jarayonida undan yangi, ayniksa, qiyin harakat texnikasiga ega bo‘lgan faoliyat malakasini shakllanti rishda foydalanishning samarasi kamrokdir.
Musobaqa metodi musobakalashish, kuch sinashishning ko‘pgina xarakterli belgilarini, alomatlarini o‘zida aks ettirib, kuch sinashish (musobaka) jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning aloxi da o‘quvchilarga stimul beruvchi bir shaklaridandir. Musobaka - musabaka metodining nisbatan aniq farklanib turgan ifodasi sanaladi. Shuning uchun ham musobaka metodi har qanday jismoniy mashqni musobaka predmeti qilib, mashg‘ulotlarda keng shaklda qo‘llanishi mumkin. Masa lan: jismoniy tarbiya darsining boshlanishidan oldingi o‘quvchilar saflanishidan tortib to o‘quvchilar zaldan chikib ketgunlaricha, musobaka metodini qo‘llash undan foydalanish mumkin.
Kayd kilinganidek, bu metod o‘yin metodi bilan umumiy ekani e’ti borga molik. Birok ularning bir-biridan prinsipial farki bor. Bu fark shundan iboratki o‘yin metodida o‘qitish syujetli xarakterda olib bo riladi. Musobaka metodida bu holat yo‘q bo‘lib, harakat faoliyatini bajarish jarayoni to‘laligicha uning mazmuniga buysundirilgan bo‘ladi.
Musobaqa metodining xarakterli belgilari: 1. U yoki bu harakat faoliyatida faoliyatni vazifaga buysundirish oldindan belgilangan, urnatilgan koidalar bilan muvofik bo‘ladi. Bunday vazifalar o‘quvchilar ijodiy aktivligini stimullovchi faktorlar bo‘lib, ularning tayyorgarligini baholashning va takkoslashning ulchovidir. 2. Birinchilik, yuqori sport natijasi uchun jismoniy va psihologik kuvvatni maksimalnamoyon qilish. Musobakalashish metodi natijasida organizmning funksional imkoniyatlarini to‘la ochish uchun sharoit yaratiladi. 3. O‘quvchilarning uzlari uchun belgilangan yuklamalarini boshqarish imkoniyatlarining chegralanganligi. O‘z nabatida, bu metod o‘quvchilardan harakat faoliyatini bajarish davomida vujudga kelgan vazifalarni bajarishda, hal qilishda o‘ziga xos mustakillik talab qiladi.
Shuningdek, musobaka metodi nisbatan harakat faoliyatini takomillashtirishda samaralirokdir, lekin ular bir lamchi o‘zlashtirishda ku tilgan samarani bermasligi mumkin. Musobaka metodi harakat sifatlarini deyarli yuqori darajada rivojlanganligini talab qiladi, aynik sa ularni kompleksli namoyon qilishda bu metodga extiyoj uta yuqori dir. Musobaka metodi pedagogik nuqtai nazaridan o‘quvchilar galabasi va maglubiyatiga turgun psihologik tayyorgarlikni tarbiyalashga yo‘nalti rilishi lozim, shundagina ta’lim jarayonida u o‘zini oklaydi, boshqa to mondan esa turli sharoitda har tomonlama jisman tayyorgarligini to‘la namoyish qilish imkonini beradi hamda jismoniy tayyorgarligi daraja sini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi ham mumkin.
Bu metodda shug‘ullanuvchilarning faoliyati qat’iy tarkiblashtirilgan holda tashkil etilib, quyidagilardan iborat bo‘ladi:
-Jismoniy yuklanishni kat’iy normallashtirish mashq jarayonida uning dinamikasini to‘la boshqarish, shuningdek dam olish oraliq vaqtini qat’iy tartibga solish va ularning belgilangan tartibda jismoniy yuklanish bilan almashtirish.
-Qat’iy belgilangan harakat dasturi (harakat tarkibi, ularning o‘zgarishini, takrorlanish va bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishligi).
Shug‘ullanuvchilarning faoliyatini boshqarishni yengillashtiruvchi tashqi sharoitlarni, yaratish yoki ulardan foydalanish, mashg‘ulot joylarida gruppalarni to‘zish va taqsimlash, o‘quv vazifalarini bajarishga, yuklanishni miqdorlash, ularni ta’sirini nazorat qilishga imkon beruvchi yordamchi sport anjomlari va boshqa texnik qurilmalardan foydalanish. Harakatlarga o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan mashq metodlari 2 xil bo‘lib ular quyidagilardan iboratdir:
1) bo‘lingan - konstruktiv mashq /mashqlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish va keyinchalik butunlay bajarishga erishish/:
2) butunlay mashq metodi /vaqtingcha ayrim detallarning chiqarib tashlab bajarish.
Bo‘lingan konstruktiv mashq metodiga masalan suvda suzishni o‘rgatish, akrobatik mashqlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish kiradi. Hammamizga ma’lumki, mashqlar musobaqa sharoitida butunligicha bajariladi.
Butunlay mashq metodi shug‘ullanuvchilarga o‘rgatish lozim bo‘lgan mashqlar butunligicha o‘rgatilib, lekin ayrim detallari vaqtincha chiqarib tashlanadi - soddalashtiriladi.
Ikkala metodlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari mavjud bo‘lib ular quyidagilardan iborat: bo‘lingan konstruktiv mashq metodining ijobiy xususiyati - o‘zgarilishi lozim bo‘lgan mashqlar oz vaqt ichida shug‘ullanuvchilarga o‘rgatish mumkin.
Salbiy xususiyatlari - qismlab o‘rgatilgan mashqlarni butunlaycha bajarishga erishish uchun qo‘shimcha vaqt sarf qilinadi yoki bo‘lmasa ayrim akrabatik mashqlarni butunlaycha bajarilishiga erishishda qismlar orasida pauza bo‘lishi mumkin.
Butunlay mashq metodining ijobiy xususiyati qushimcha vaqt sarf qilinmaydi. Salbiy xususiyati o‘rgatishi lozim bo‘lgan mashqlar oldingi metodga nisbatan ko‘p vaqt talab qiladi.
Qismlarga bo‘lingan mashq metodidan harakat uncha buzulmay nisbatan mustaqil elementlarga bo‘linishi mumkin bo‘lgandagina foydalaniladi.
Masalan: Erkin usulda suzish texnikasini o‘rganishda bo‘lib tashlash va keyin elementlarini yaxlit qilib birlashtirish quyidagicha sodir bo‘lishi mumkin.
1.Suv ustida sirpanish;
2.Xavz qirg‘oqlarda oyoq harakatlarini o‘rganish;
3.Sirpanish bilan oyoq harakatlarini qo‘shib bajarish;
4.Sayoz joyda tik to‘rib qo‘l harakatlarini o‘rganish;
5.Shuning o‘zini nafas olish bilan qo‘shib bajarish;
6. Barcha elementlarni birgalikda bajarish.
Yaxlit mashqni bo‘lib bajarish butun harakatlar mohiyatini o‘zgartirishga va ularning tuzilishini keskin foydalanilmoqda.
Yaxlit mashq tuzilishi, oldin odatda ayrim detallarni chiqarib tashlash hisobiga soddalashadi, bu detallar keyin o‘rganilayotgan mashqning asosiy mexanizmi bilan asta sekin birlashadi va uni yaxlit bajarish ko‘rinishida takomillashadi. Masalan, yugurib kelib (qaychi» usulida uzunlikka sakrash texnikasi quyidagi tartibda o‘rganiladi:
Qisqa masofadan qadamlab sakrash.
Shuning o‘zi, lekin eng baland nuqtaga chiqqan oyoqni qaychisimon harakat qilib sakrash
3. Sakrashga yordamlashadigan taxta yoki tramplindan foydalanib, ko‘tarilish fazasida diqqatni qo‘l va oyoqlar bilan birgalikda harakat qilishiga qaratilgan holda sakrash.
4. O‘rtacha tezlikda yugurib kelib, to‘la usulda sakrash;
5. Yerga tushishga tayyorlanish harakatlariga e’tibor bergan holda sakrash oyoq oshirib tashlash, qo‘llarni orqaga qilish qaychisimon usulida sakrash.
Harakatga o‘rgatishda asosiy metodlar bilan birga bir qator yordamchi metodik usullardan foydalaniladi.
Qoida bo‘yicha agar murakkab harakat butunligicha o‘rganayotgan bo‘lsa "yaqinlashtirish” deb atalgan mashqlar keng qo‘llanilib ular asosiy harakatni o‘zlashtirishga, ularni butunlay immitatsiya yoki soddalashtirilgan shaklda o‘rganish yo‘lidan foydalaniladi. Harakat faoliyatlarini takomillashtirish bosqichlarida, ularning sifatlarini o‘ziga xos shakllarini bir paytda yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Bunda asosiy rolni jismoniy sifatlarni harakat tarkibini o‘zgartirmasdan rivojlantiruvchi qo‘shmcha jismoniy yuklanishlar sharoitida butunlay bajariluvchi harakatlar bilan xarakterlanuvchi metodlarning ahamiyati katta.
Download 40.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling