Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tuzilishi, mazmuni va mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasini yoritib bering


Download 24.6 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi24.6 Kb.
#1496516
Bog'liq
IFWbQo8c3Arp4-i0A5pe-yvS2Rfr -qh




Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tuzilishi, mazmuni va mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasini
yoritib bering

Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o`rgatishning asosiy shaklidir.Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o`zaro bog’liq uch qismdan iboratdir:

  1. Kirish – tayyorgarlik.

  2. Asosiy qism.

  3. Yakuniy qism.

Kirish qismi bolalarning kolonnaga uch to`rttadan bo`lib saflanishi, tarqalishi… bilan yakunlanadi. Bu bolalarni mashg’ulotning asosiy qismi boshlanishidagi umumrivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatishga o`tish uchun xizmat qiladi. Bu qism kichik guruhlarda 2-4 daqiqagacha, o`rta guruhlarda 3 dan 5 daqiqagacha, katta guruhlarda 4 dan 6 daqiqagacha, davom etadi. Mashg’ulotning umumrivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatish bilan olib boriladigan asosiy qismi davomiyligi: kichik guruhlarda 15 dan 18 daqiqagacha; o`rta guruhda 20 dan 22 daqiqagacha; katta guruhda 25 dan 28 daqiqagacha bo`ladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlarsiz o`tkazilganda esa uning davomiyligi kichik guruhlarda 8-12 daqiqa, o`rta guruhda 12-15 daqiqa, katta guruhda 15-20 daqiqani tashkil etadi. Yakunlovchi qism: kichik guruhda 2 dan 3 daqiqagacha, o`rta va katta gruhlarda 3 dan 4 daqiqagacha bo`ladi. Butun mashg’ulotning davomiyligi:

  • kichik guruhlarda 15-20 daqiqa;

  • o`rta guruhlarda 20-25 daqiqani;

  • katta guruhlarda 30-35 daqiqani tashkil etadi.




Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida Jismoniy tarbiya xususidagi fikrlar

Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tuzilishi.

Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining
mazmuni.

Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining vazifasi.

Mashg’ulotlar tuzilishi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo`yilgan vazifalar, nerv tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg’ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir.

Mashg’ulotning bu qismida bir holatda dastlab bolalarni umumrivojlantiruvchi mashqlarga, so`ngra asosiy harakatlarga o`rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari belgilanadi; ikkinchi bir holatda asosiy harakat mashqlariga o`rgatish belgilanadi. Bu mashqlar yangi harakat materiali bilan tanishtirishni, avvaldan tanish mashqlarni turli variantlardan foydalanib takrorlashni, mustahkamlanish bosqichidagi harakat ko`nikmalarini takomillashtirishni ko`zda tutadi. Shundan so`ng barcha bolalarni intensiv harakatga tortadigan qoidali harakatli o`yinlar o`tkaziladi.

Mashg’ulotning umumrivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatish bilan olib boriladigan asosiy qismi davomiyligi: kichik guruhlarda 15 dan 18 daqiqagacha; o`rta guruhda 20 dan 22 daqiqagacha; katta guruhda 25 dan 28 daqiqagacha bo`ladi.


3. Jadvalni to‘ldiring

Savol

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish yo‘llari .

(F) Fikringizni bayon eting

Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va o'sishi uzluksiz davom etadigan jarayondir. Bu davrda bolalarning jismoniy tarbiyasini to'g'ri tashkil etish, ilk yoshdan boshlabjismoniy ko'nikma va malakalarini shakllantirish va har tomonlama uyg'un rivojlantirish maktabgacha ta'lim jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy talablaridan hisoblanadi.

(S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating

bolalar qaerda yashashidan qat'iy nazar,doimiy ravishda ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ilmiy, texnikaviy va industrial sohalardagi o'zgarishlar bilan to'qnash kelishlariga to'g'ri keladi.Bolaning rivojlanishi va o'sishi uzluksiz davom etadigan jarayondir.

(M) Ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring

Bolaning o'sib, ulg'ayishida maktabgacha bo'lgan davrni shular sirasiga kiritish mumkin. Bolalar ohangraboli olam hisoblanib,juda tez o'sish, rivojlanish va o'zgarishlar ichida yashaydilar.

(U) Fikringizni umumlashtiring

Hayotning har bir davri,rivojlanish xususiyatlari va ehtiyojlariga ko'ra o'ziga xos bosqichlarga ega.

Download 24.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling