Jismoniy tarbiya metod birlashma rahbari axmadova nargiza axatkulovnaning «jismoniy tarbiya» fanining


Download 95.5 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1308155
Bog'liq
2022yil xisoboti


NAVOIY SHAHAR 2-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABIDA
JISMONIY TARBIYA METOD BIRLASHMA RAHBARI
AXMADOVA NARGIZA AXATKULOVNANING
«JISMONIY TARBIYA» FANINING 1-YARIM YILLIK YAKUNI BO`YICHA
HISOBOTI


2022-o`quv yili uchun
HISOBOTI
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish to’g’risida»gi farmonida «Bolalarni jismoniy va ma`naviy tarbiyalashning zamonaviy shakli va uslublari, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko`nikmalarni singdirish sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktabdagi mashg’ulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga ko’maklashish» ijrosini ta`minlash hamda 5 muhim tashabbusning ikkinchisi «Yoshlarni jismoniy chiniqtirish ularni sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shart sharoitlarni yaratish»ga doir belgilangan vazifalarni ijrosi ta`minlash maqsadida 1-yarim yillik hisoboti. Jismoniy tarbiya o`qituvchilari ko`tarinki ruhda 2022-2023 yil o`quv yilini 10 nafar o`qituvchi ish faoliyatini boshladi. 1.Hamroyev Nodir, 2.Qaxxorov Axror, 3.Sirojova Zilola 4. Axmadova Nargiza 5.Hasanov Zoyir 6. Qushaboyev Oybek 7.Gafforova Hamida 8.Eshnazarova Gulchexra 9.Farmonova Gavxar 10.Asadova Dilafro’z .
Shu yilning 3 sentyabr kunidan to`garaklarni tashkil qilishib ushbu to`garaklarga maktab o`quvchilarni jalb qilishib so`ng ushbu to`garaklarni belgilangan tartibda to`garak ish faoliyatini o`z vaqtida o`tkazib kelinmoqda. Jismoniy tarbiya fani bo`yicha haftalik va oylik kalendar rejaga xos musobaqalar tashkil etilib o`tkazildi. Musobaqalardan Besh tashabbus musobaqalari: Shaxmat,Quvnoq startlar, Futbol, Volleybol sport musobaqalari o'tkazildi.21 oktyabr Til bayramiga bag'ishlab futbol musobaqalar o'kazildi.8-dekabr Konistitutsiya qabul qilingan kunga bag`ishlab 10-dekabr Madhiya qabul qilingan kunga ba`gishlab, 5 muhim tashabbusga bag`ishlab, yangi yil bayramiga bag`ishlab o`tkazilgan musobaqalar «Sport jismoniy go’zallik timsoli», «Sport tinchlik elchisi» kabi shiori ostida “Quvnoq startlari» , «Basketbol», «Voleybol», “Stol tennisi», “Shaxmat» kabi sport musobaqalarni 2-umumiy o`rta ta’lim maktabi jismoniy tarbiya o`quvchilari musobaqalarni tashkil qilishdi jamoalar bir-birlari bilan teng kurash olib borishdilar. 8-dekabr Konistitutsiya qabul qilingan kunga bag`ishlab, «Voleybol» sport musobaqasi o`tkazildi.
10-dekabr Madhiya qabul qilingan kunga ba`gishlab, Sport tinchlik elchisi» shiori ostida «Shaxmat» sport musobaqalari tashkil etildi.

5 muhim tashabbusga bag`ishlab “Futbol», «Stol tennisi» kabi sport musobaqalarni tashkil qilib maktabimiz o`quvchi yoshlarini qiziqishini oshirdik.


Yangi yil bayramiga bag`ishlab tashkil etilgan « Quvnoq startlari” sport musobaqalari o`tkazildi
Jismoniy tarbiya metod birlashma rahbari: N.Axmadova.
Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling