Jismоniy tarbiya nazariyasi va mеtоdikasi” fanidan oraliq nazorat savollari


Download 24.15 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi24.15 Kb.
#1638925
Bog'liq
D.M. Oraliq J.T


5111700 – Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi (sirtqi) mutaxassisligining 4 – bosqich talabalari uchun JISMОNIY TARBIYA NAZARIYASI VA MЕTОDIKASI fanidan oraliq nazorat savollari
Variant № 6
1. Futbol o’yin texnikasi va taktikasi?
2. Basketbol o’yin texnikasi va taktikasining tasnifi.?
3. Stol tennisi o’yinining kelib chiqishi va tarixi?
Futbol o’yin texnikasi va taktikasi.

Reja:
1.Harakatlanish texnikasi.


2.Maydon o’yinchisining texnikasi.
Futbol texnikasining klassifikatsiyasi texnik priyomlarni umumiy (yoki o’xshash) spetsifik belgilariga qarab guruhlarga bo’lishdan iborat.O’yin faoliyati harakteriga qarab futbol texnikasida ikkita yirik bo’lim ajratiladi: maydon o’yinchisi texnikasi va darvozabon texnikasi. Har qaysi bo’lim esa quyidagi: harakatlanish texnikasi va to’pni boshqarish texnikasi bo’limlariga bo’linadi. Kichik bo’limlar turli usullarda ijro etiladigan konkret texnik priyomlardan: harakatlanish texnikasi va priyomlari va usullaridan iborat. Bulardan maydon o’yinchilari va darvozabon foydalanadi . Ammo ayrim priyom va usullar o’zining muayyan turlariga ega. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi bo’lib, detallaridagina farq bo’ladi. Har xil priyom, usul va turlarni ijro etish shartlari futbol texnikasini yanada turli-tuman qiladi.Futbol texnikasining klassifikatsiyasi berilgan. O’rganilayotgan materialni sistemalashtirish, priyom, usul, turlarni tuzukroq tushunishga, ularni to’g’ri tahlil qilishga, ta’lim va olingan bilimlarni takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradi.Futbol texnikasining harakteristikasi maydon o’yinchisi va darvozabon uchun umimiy kichik bo’lim bo’lgan harakatlanish texnikasidan boshlanadi.
1. Harakatlanish texnikasi
Harakatlanish texnikasi quyidagi priyomlar guruhini o’z ichiga oladi: yugurish, sakrash, to’xtash, burilish. Harakatlanish texnikasining klassifikatsiyasi ko’rsatilgan.O’yin vaqtida harakatlanish texnikasi priyomlaridan xilma-xil tarzda qo’shib foydalaniladi. Mana, masalan, futbolchining harakatlanish tezligi nihoyatda xilma-xil, sekin yurishdan boshlab startdagi tezlanishu maksimal tezlikka qadar o’zgaradi, yugurishning maromi va yo’nalishi qo’qqisdan o’zgarib turadi. Ygurishning xilma-xil priyomlarini sakrash, to’xtash, burilish bilan birga ko’shib olib boris futbolchi harakatlanishiga xos xususiyat hisoblanadi.Harakatlanish texnikasining priyomlari maydon o’yinchilari va darvozabonning to’pni boshqarish san’ati bilan chambarchas bog’liq. Harakatlanish texnikasi priyomlarini keragicha hamda kompleks tarzda qo’llanish ko’p taktik vazifalarni (to’p olish uchun ochilish va raqibini chalg’itish, pozitsiya tanlash, o’yinchini to’sib olish va h.k) samarali hal qilish imkonini beradi.Yugurish. Futboldagi asosiy harakatlanish vositasi yugurishdir. To’pni boshqarayotgan futbolchilar yugurish yordamida maydonda turlicha joylashib oladilar. Bundan tashqari yugurish tarkibiy qism sifatida to’pni boshqarish texnikasiga ham kiradi.Futbolda yugurishning quyidagi priyomlari qo’llaniladi: oddiy yugurish, tisarilib yugurish, chalishtirma qadam tashlab yugurish, juftlama qadam tashlab yugurish.Oddiy yugurishdan asosan to’g’ri borayotgan o’yinchilar bo’sh joyga chiqish, raqibni quvish va hokazolarda foydalanadi. Harakat sistemasi ham (bir oyoqqa tayanish va havoda uchish fazalariga bo’linishi) tuzilishi ham yengil atletika yugurishdan farq qilmagani uchun uni oddiy yugurish deyiladi. Qadam uzunligi, chastotasi va ritmidagina farqi bor, xolos.Yugurish qadamining uzunligi sprinterlarda 2-2,2 m ga teng bo’lsa, katta yoshli futbolchilarda o’rtacha 1,3-1,5 m ga teng. Qadamlar chastotasi sprinterlarda sekundiga 4-4,5 qadamga teng. Futbolchilarda chastota sal ortiqroq, sekundiga 5,1-5,5 qadam bo’ladi. Bu esa, havoda uchish fazasi qisqaroq bo’lgani sababli tez to’xtashga yoki tez burilib olishga yordam beradi.T i s a r i l i b yu g u r i sh d a n asosan to’pni olib qo’yishda va to’sib olishda qatnashayotgan himoyadagi o’yinchilar foydalanadi. Yugurishning bu turi ham siklik (qo’shaloq qadamli) bo’ladi. Qisqa–qisqa, lekin tez-tez qadam tashlash, havoda uchish fazasininig qariyb yuqligi unga xos xususiyatdir. Buning sababi siltanish oyog’i orqaga uzatilganda sonning yozilishi cheklangan ekanidadir.O’yin sharoiti ko’pincha maksimal tezlikda tisarilib yugurishni talab qilib qoladi. Bunda tezlik qadam chastotasini oshirish hisobiga ortadigan bo’lib, bu ko’proq oyoqninig orqaga aktiv harakat qilishiga bog’liq.Tisarilib yugurayotganda o’yinchi ba’zan muvozanatni yo’qotib yiqilib tushadi. Tayanch oyoq vertikal turgan paytda gavdaning ogirliq markazi o’qi tayanch yuzasining tepasida turishi o’yinchining holati turg’un bo’lishi shartlaridan biridir.Ch a l i sh t i r m a q a d a m t a sh l a b yu g u r i sh d a n harakat yo’nalishini o’zgartirish uchun, turgan joydan o’ngga yoki chapga siltanib yugurish paytida, burilib olgandan keyin foydalaniladi. U harakatlanishning spetsifik vositasi bo’lib, asosan boshqa yugurish turlari bilan birga qo’shib qo’llaniladi.Chalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga ijro etiladigan yugurish qadamlari bilan harakterlanadi. Qadam tashlash siklining birida (qo’shaloq qadamda) 0qqsiltanuvchi oyoqni oldiga chalishtirib o’tkaziladi. Yugurish paytda havoda uchish fazasi juda qisqa.J u f t l a m a q a d a m t a sh l a b yu g u r i sh d a n taktik jihatdan kerakli holatga o’tishda (masalan, o’yinchi oldini to’sib olishda) foydalaniladi. U dastlab harakatlanish fazasi sifatida foydalaniladi, keyinroq o’yindagi vaziyatga qarab, harakatlanish texnikasining turli priyomlari sifatida ijro etiladi.Juftlama qadam tashlab yugurish oyoklarni sal bukib bajariladi. Birinchi qadamni harakat yo’nalishiga yaqin oyoqdan boshlab, yon tomonga tashlanadi. Ikkinchi qadamda oyoqlar juftlanadi. Depsinish va siltanish harakatlarida zo’r berish yuqori tomonga emas, balki yon tomonga yo’naltiriladi.

Sakrash. To’xtash va burilish priyomlarining ba’zilarini ijro etishda sakrashdan foydalaniladi. Sakrash zarba berishning ayrim usullari, to’pni oyoqda, ko’krakda, kalla bilan to’xtatib qolish va ba’zi fintlar texnikasining tarkibiy qismiga kiradi. O’yinda oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga hamda shularga yaqin yo’nalishlarda sakraladi. O’yindagi vaziyat ko’pincha maksimal uzun sakrashni talab qilmaydi. Bunda sakrashning samaradorligi futbolchining koordinatsion qobiliyati bilan belgilanib, futbolchi turli dastlabki holatlardan fazo, vaqt va kuch xarakteristkalari optimal bo’lgan harakatlar qilish kerak bo’ladi.Barcha xil sakrashlarda depsinish, havoda uchish va yerga tushish fazalari bo’ladi.Sakrashning ikki xil priyomi bor: bir oyoqda depsinib sakrash va ikki oyoqda depsinib sakrash.B i r o yo q d a d e p s i n i b s a k r a sh oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga bajariladi. Bunday sakrashda aktiv depsinib, ikkinchi oyoqni silkitib, gavda og’irlik markazining o’qi sakrash tomonga o’tkaziladi. Sakrashning trayektoriyasi va kuchi o’yindagi vaziyatga bog’liq. Bir oyoqda yoki ikki oyoqda yerga tushiladi. Qisqa masofali, qattiq amortizatsiya keyingi harakatlarga tezroq va samaraliroq o’tish imkonini beradi. Og’irlik markazi o’qining proyeksiyasi tayanch yuzasining chegarasida yoki undan tashqarida bo’lishi ham shunga yordam beradi.Sakrab to’pga kalla urayotganda ko’pincha maksimal baland ko’tarilish kerak bo’ladi. Bunda yugurib kelib depsinadigan oyoqni taqqa to’xtaydigan qilib (tayanchga nisbatan burchak hosil qilib) qo’yish yordam beradi. Sal cho’nqaygandan keyin yuqoriga yoki yuqorilab-oldinga tomon aktiv depsinish kerak bo’ladi, bunda qo’llarni ko’krak baravar silkitib ko’tarish depsinishning samarasini oshiradi.I k k i o yo q d a d ye p s i n i b s a k r a sh. Bunday usul bilan oldinga, oldinlab-yon tomonga va oraliq yo’nalishlarida sakraladi.Turgan joydan sakraganda o’yinchi depsinish oldidan tezda salgina cho’nqayadi. Oyoqlarini aktiv to’g’rilash bilan birga gavda og’irlik markazining o’qi sakrash tomoniga o’tkaziladi va qo’llar silkitiladi. Yugurib kelib sakrayotganda so’nggi qadamda bir oyoqni taqqa to’xtaydigan qilib qo’yiladi. Cho’nqayish paytida ikkinchi oyoq birinchisi yoniga tezlik bilan juftlanadi. Depsinish havoda uchish va yerga tushish fazalari turgan joydan sakragandagi kabi bo’ladi.To’xtash. Harakatlanish texnikasida to’xtashga harakat yo’nalishini o’zgartirishning samarali vositasi deb qoraladi. To’satdan to’xtab qolganda, raqiblarning qayerda, joylashganiga qarab turib to’p bilan ham, to’psiz ham o’sha ketayotgan tomonning o’ziga yoki qarshi tomonga otilib ketiladi, o’ngga yoki chapga qochib qolinadi.To’xtashda ikki xil priyom qo’llaniladi: sakrab to’xtash va tashlanib to’xtash.S a k r a b t o’ x t a sh uchun sal yuqoriga qisqaroq sakrab, siltangan oyoqda yerga tushiladi – bunda turg’unlik bo’lsin uchun shu oyoq sal egiladi. Ammo ko’pincha yerga ikki oyoqlab tushiladi.T a sh l a n i b t o’ x t a sh so’nggi yugurish qadami hisobiga bajariladi. Bunda siltangan oyoqni oldinga uzatib, tovonga tiralinadi-da, keyin oyoqni rostmana yerga qo’yiladi. Tashlanib to’xtash oyoqlarni anchagina bukib, ikki oyoqqa tayanib qolish bilan harakterlanadi.Barcha xil to’xtashlardan keyin, odatda, turli yo’nalishlarda harakat davom ettiriladi. Shuning uchun to’xtashdagi so’nggi holat keyingi harakatning start holati bo’lishi kerak.

Burilish. Burilish yordamida futbolchilar tezlikni minimal kamaytirib, yugurish yo’nalishini o’zgartiradilar. Odatda turgan joyda burilgandan keyin start harakatlari boshlanadi. Burilish, shuningdek, zarba berish, to’pni to’xtatish, to’pni olib yurish va fintlarning ayrim usullarini bajarish texnikasi tarkibiga kiradi.Burilishning quyidagi priyomlaridan foydalaniladi: hatlab o’tib burilish, sakrab burilish, tayanch oyoqda burilish. O’yin sharoitiga qarab yon tomonlarga va orqaga burilish mumkin. Burilish turgan joyda ham, harakat paytida ham ijro etilaveradi.H a t l a b o’ t i b b u r i l g a n d a qisqa-qisqa 2-3 qadam tashlash hisobiga kerakli yo’nalishga qarab olinadi.Harakat yo’nalishini to’satdan va tez o’zgartirishda sakrab burilish samaraliroqdir. Bu ish burilish tomonga aktiv depsinib bajariladi. Silkinch oyoqning kafti ham shu tomonga aylantiriladi. Sakrash unchalik baland bo’lmasa ham to’la-to’kis bajariladi.T a ya n ch o yo q d a b u r i l i sh n i n g ikki turi bor. Birinchisida burilish yo’nalishidan uzoqdagi oyoqqa tayanib burilinadi. Bunda futbolchi gavda og’irlik markazi o’qining proyeksiyasini tayanch satx chegarasidan chiqarib, tayanch oyoq uchida burilish tomonga aylanadi. Ikkinchisida harakat yo’nalishiga yaqin oyoqqa tayanib burilinadi, gavda og’irlik markazining o’qi burilish tomonga ko’chadi. O’tkaziladigan oyoqni ham shu yo’nalishda tayanch oyoqning old tomoniga chalishtirib qo’yiladi. Burilish sal bukilgan tayanch oyoq uchida bajariladi.


2. Maydon o’yinchisining texnikasi
Maydon o’yinchisining texnikasi ikkita kichik bo’limdan iborat. Bulardan biri harakatlanish texnikasi bo’lsa, ikkinchisi to’pni boshqarish texnikasidir.Maydon o’yinchilari harakatlanish texnikasining yuqorida tahlil qilingan xilma-xil priyomlari, usul va turlarining barchasidan foydalanadilar.To’pni boshqarish texnikasiga quyidagi priyomlar guruhi kiradi: zarba berish, to’pni to’xtatish, to’pni olib yurish, aldash harakatlari (fintlar), to’pni olib qo’yish. Bundan tashqari, qo’lda bajariladigan spetsifik priyom-yon chiziqning nariyog’idan to’pni tashlab berish ham to’pni boshqarish texnikasiga kiradi.O’yin vaqtida qaysi priyom qancha miqdorda ijro etilishi futbolchilarning o’yindagi funksiyalariga bog’liq. Priyomlarning ijro etish sifati esa maydon o’yinchilarining hammasida yuksak darajada bo’lishi kerak.
To’pga zarba berish
To’pga zarba berish futbol o’ynashning asosiy vositasi hisoblanadi. To’pga oyoq bilan va kalla bilan turli usullarda zarba beriladi. Zarba berishning klassifikatsiyasi berilgan.Zarba berishning barcha usullari muayyan maqsadga qaratilgan bo’lib, bu to’pning keraklicha trayektoriya bo’ylab harakatlanishi va optimal (ko’pincha esa maksimal) tezligi bilan harakterlanadi. To’pning uchish tezligi zarba beruvchi bo’g’in (oyoq yoki kalla) bilan to’pning o’zaro to’qnashgan paytdagi boshlang’ich tezligiga, shuningdek ular massasining bir-biriga nisbatan bog’liq. O’zaro ta’sir etuvchi bo’g’inlarning massasi nisbatan muhim bo’lgani sababli to’pning uchish tezligini oshirish uchun, zarba beruvchi bo’g’in tezligini oshirish kerak bo’ladi.

To’pga oyoq bilan zarba berish


To’pga oyoq bilan zarba berish oyoq kaftining ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki, ichki va tashqi qismlari bilan, oyoq uchi bilan, tovon bilan bajariladi. Zarbalar harakatsiz turgan to’pga, shuningdek turli yo’nalishlarda dumalab va uchib kelayotgan to’pga turgan joydan, harakat vaqtida sakrab turib, burilib, yiqila turib beriladi.Oyoq bilan to’p juda xilma-xil bo’lishiga qaramay, ular texnikasini sistema-struktura jihatidan taxlil qilish ko’p usullar uchun umumiy bo’lgan asosiy harakat fazalariga ajratib ko’rsatish imkonini beradi.Dastlabki faza-yugurib kelish. Yugurib kelishning uzun-qisqaligi, uning tezligi futbolchining individual xususiyatlari va taktik vazifalariga qarab belgilanadi. Biroq har gal yugurib kelayotganda, to’p oldindan o’ylab qo’yilgan oyoq bilan tepiladigan qilib mo’ljal olinishi kerak. Bunga eng so’ngidan bitta oldingi qadamni qisqartirib yoki uzaytirib erishsa bo’ladi. Yugurish qadamlarining o’rtacha uzunligi katta yoshli futbolchilarda 130-150 sm ga teng bo’ladi.Yugurib kelish zarba beruvchi bo’g’inlar tezligini oldindan oshirib olishga yordam beradi.Tayyorlov fazasi- zarba beruvchi oyoqni orqaga silkish va tayanch oyoqni yerga qo’yish. So’nggi yugurish qadami vaqtida ortki depsinishdan juda muhim kichik faza- zarba beruvchi oyoqni orqaga tortish fazasi ijro etiladi. Sonni anchagina, goho esa maksimal darajada orqaga tortib, tizzani bukish pirovardida keraklicha kuch bilan tepish imkonini beradi, chunki bunda oyoqning to’pgacha yetib keladigan yo’li uzayadi va son oldingi yuzasining muskullari tarang tortiladi. Bundan tashqari, son anchagina orqaga tortilganda harakatlantiruvchi muskullarning hammasi ham cho’ziladi va keyingi bukish harakatida ishtirok etadi. Bularning hammasi harakat oxirida katta tezlikga erishish imkonini beradi. Zarba beruvchi oyoq orqaga tortilishini to’g’ri bajarish uchun yugurib kelishdagi so’nggi qadamni sal uzaytirish kerak. Bu qadam, odatda, boshqalaridan 35-45% uzun bo’lib, 200-250 sm.ni tashkil etadi. Tayanch oyoq To’pdan o’ng yoki so’l tomonga qo’yiladi.Ishchi faza- zarba berish harakati va surib borish. Zarba berish harakati tayanch oyoqni yerga quyish paytida sonni olg’a tomon aktiv bukishdan boshlanadi. Bunda son bilan bukilgan boldir orasida hosil bo’lgan burchak saqlanib turadi. Boldir bilan oyoq kaftining son harakatidan orqaroqda qolishi butun oyoqning og’irlik markazini tos-son bo’g’imi tomon yaqinlashtiradi, bu esa oyoqning aylanish tezligini oshirishga olib keladi. Zarba berish oldidan son sal tormozlanadi («Chxaidze paradoksi»). Bunga oyoqning massasi kichikroq qismi (boldir va oyoq kafti qismi) tezligini oshirish uchun unga kattaroq massali bo’g’indagi harakat miqdorini (mv) asta-sekin o’tkazib berish kerakligi sabab. To’pga boldir bilan oyoq kaftini shiddatli qilichdek harakatlantirib zarba beriladi.Zarba berish paytida oyoqning to’piq bilan tizza bo’g’imini qotirib tutish kerak. Zarba beruvchi oyoqning «qattiq richagga» aylanishi zarba beruvchi bo’g’im massasini ko’paytirish imkonini beradi. Zarba paytidagi o’zaro ta’sir boshlanishida oyoqning to’pga tekkan joyi to’pning shaklini o’zgartiradi – deformatsiyalaydi. Oyoq bilan to’pning birgalikda surilish tezligi nolga tenglashguncha to’p qisila boradi. Keyin elastik kuchlar to’p shaklini tiklaydi-da, to’pning tezligi muayyan miqdorga qadar keskin ortadi. Bu tezlik zarba berayotgan oyoqning zarba boshidagi tezligidan sal kamroq bo’ladi. Energiyaning bir qismi sarflangandan qolgan deformatsiyaga va qizitishga ketadi.
Futbol to’pining elastik deformatsiyasi anchagina. Deformatsiya fazalari bilan shaklning tiklanishi 0,008-0,013 sekundga yaqin davom etadi. Oyoq to’pga tegib turgan vaqtni mumkin qadar uzoqroq davom ettirish kerak, chunki to’pning uchish tezligi berilgan kuch (F) bilan shu kuch ta’siri qancha vaqt (t) davom etganiga bog’liq. Shunday qilib ishchi fazasi surib borish degan faoliyat bilan tugaydi. Bunda zarba beruvchi oyoq to’p bilan birga harakat qilib boradi. Surib borish kattaroq kuch impulsi (Ft) hosil qilish imkonini beradi va o’z navbatida bu to’pning uchish tezligini oshiradi. Bundan tashqari to’pning harakat yo’nalishi ham ko’p jihatdan surib borish yo’nalishi bilan belgilanadi.Yakunlovchi faza-keyingi harakatni boshlash dastlabki holatga o’tish. Zarba berilgandan keyin oyoq yuqorilab olg’a tomon harakatda davom etadi. Zarba paytida tayanch satxi ustida bo’lgan gavda og’irlik markazi o’qi oyoq harakati tomonga ko’chadi. Shu tariqa keyingi harakatlar uchun eng yaxshi sharoit vujudga keladi.Oyoq bilan to’p tepishning ko’p usullariga bu singari harakat strukturasi xosdir. Yuqorida bayon etilgan talablarga qat’iy rioya qilish turli usullarda anchagina kuch bilan to’p tepish imkonini beradi. Biroq taktik mulohazalar ko’pincha harakat fazalarini bajarish vaqtini qisqartirish, amplituda va muskullar kuchayishini kamaytirishini taqozo etadi. Bundan tashqari, to’p tepishning bir qancha usullari texnikasida ba’zi spetsifik xususiyatlar ham bor.
TO’P TRAYEKTORIYASI XUSUSIYATLARI
To’pga oyoq bilan zarba berishning asosiy usullari ikki xil bajariladi: to’g’ri zarba berish, burama zarba berish.To’g’ri zarba berganda zarba impulsining yo’nalishi to’pning og’irlik markazi o’qidan yoki bevosita uning yaqinidan o’tadi. Burama zarba berish uchun esa zarbaning yo’nalishi to’p og’irlik markazi o’qida anchagina chetdan o’tishi kerak.Amalda yuqorida ko’rsatilgan hamma usullar to’g’ri zarba berish mumkin. Faqat oyoq yuzining tashqi qismi bilan shunday zarba berish sal noqulayroq. Burama zarba berish oyoq kaftining ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki qismi va ayniqsa tashqi qismi bilan eng samarali bajariladi.To’g’ri zarba berilganda to’pning uchish trayektoriyasi kuchning qo’yilish joyiga bog’liq. Zarbaning qo’yilish joyi gorizontal tekislik bo’ylab to’pning o’rta qismiga to’g’ri kelsa, to’p to’g’riga pastlab uchib boradi. Zarba joyi vertikal o’qqa nisbatan o’zgarsa, to’pning uchib chiiish amizuti o’zgaradi (gorizontal tekislikda o’ngga yoki chapga suriladi). Agar kuchning qo’yilish joyi gorizontal o’qdan pastroqqa to’g’ri kelsa, unda to’pning uchib chiqish burchagi o’zgaradi. Zarba sirtining vertikal va gorizantal o’q atrofida burilishi azimutning ham uchib chiqish burchagining ham (yuqorilab o’ngga, yuqorilab chapga) o’zgarishiga sabab bo’ladi.To’pning uchish trayektoriyasi burama zarba berilganda anchagina o’zgaradi. Zarbaning yo’nalishi to’pning og’irlik markazi o’qidan o’tmaydi. Bu hol to’pni anchagina aylantirib yuboradi. To’p gorizontal o’q atrofida (tagidan tepilganda), veritikal o’q atrofida (pastiga burama tepganda) va qiya o’q atrofida (yuqorisiga burama tepganda) aylanishi mumkin. Qattiq aylanib uchayotgan to’p havo qarshiligiga uchrab, boshlangich trayektoriyasini o’zgartiradi (Magnus effekti). Masalan, to’p vertikal o’q atrofida aylanib borayotgan bo’lsa, uchish trayektoriyasi aylanish tomoniga og’adi.Qattiq aylanayotgan to’p yerdan sapchib qaytganda uning keyingi uchish yo’nalishi o’zgaradi. Trayektoriya to’p aylanayotgan tomonga qiyshayadi. To’pning uchish xususiyatlarini bilish futbolchi harakatining ishonchliligini oshiradi. Oyoq kaftining ichki tomoni bilan tepish asosan qisqa va o’rta masofaga to’p uzatishda, shuningdek mo’ljalga yaqin masofadan tepilayotganda qo’llaniladi.Shunday zarba berish texnikasining ba’zi xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Yugurish boshlanadigan joy, to’p va mo’ljal (nishon) taxminan bir chiziqda bo’ladi. Zarba beruvchi oyoqni orqaga tortish so’nggi yugurish qadamidagi ortki depsinish hisobiga bajariladi. Tepish harakati sonni oldinga bukish bilan bir vaqtda zarba beruvchi oyoqni tashqari tomon burishdan (supinatsiyadan) boshlanadi. Zarba berish paytida taranglangan oyoqning uchi tashqari tomon burilgan, uning kafti esa to’p uchadigan yo’nalishga nisbatan aniq to’g’ri burchak hosil qilgan bo’lishi kerak. Oyoq uchi sal ko’tarilgan bo’ladi. Zarba berish oyoq kafti ichki sathining o’rtasi bilan ijro etiladi. Oyoqning zarba berish vaqtidagi holati surib borish vaqtida ham saqlanib qoladi.Oyoq kaftining ichki tomoni bilan tepilganda to’pga oyoqning kattaroq sathi tekkani uchun bunday tepish anchagina aniq bo’ladi. Biroq zarba beruvchi oyoqning orqaga tortilishi maksimal darajaga yetmagani sababli, bu uslda berilgan zarbaning kuchi boshqa usullardagiga nisbatan kamroq bo’ladi. Bu esa tos son suyagi boshini bo’g’in chuqurchasiga siqib, sonning zarba berish harakati uchun zarur bulgan supinatsiyasini yuq qilib qo’yishi bilan bog’liq.Oyoq yuzining ichki qismi bilan tepish «o’rtacha» va «uzun» uzatishlarda, darvozaning uzunasiga «o’qdek» berishlar va hamma masofalardan nishonga tepish paytlarida qo’llaniladi. Mazkur tepishni bajarishda to’p va nishonga nisbatan 450 hosil qilib yugurib kelinadi. Yo’l qo’yish mumkin bo’lgan xususiy chetlanishlar 300 dan 600 gacha bo’lishi mumkin. Bunda zarba beruvchi oyog’ining orqaga tortilishi maksimal darajaga yaqin bo’ladi. Tizzasi sal bukilgan tayanch oyoq kaftining tashqi qismi (oyoq tagining tashqi cheti) yerga qo’yiladi. Gavda tayanch oyoq tomonga sal engashadi. Tepish harakati sonni bukishdan boshlanib, boldirni keskin yozib yuborish bilan tugaydi. Oyoq uchi pastga cho’zilgan, oyoq tarang bo’ladi. Zarba paytida to’p bilan tizza bo’g’imini birlashtirib turuvchi shartli o’q frontal tekislikda og’ibroq turadi. Ana shu shart, shuningdek zarbani to’pning o’rta qismiga berish natijasida to’p past trayektoriya bo’ylab uchadi.
Oyoq yuzining o’rta qismi bilan tepishni bajarish texnikasi ko’p jihatdan oyoq yuzining ichki qismi bilan tepishga o’xshaydi, lekin uni bajarish detallari bir oz farq qiladi.
Yugurib kelish chizig’i, to’p va nishon taxminan bir chiziqda bo’ladi. Oyoqni orqaga tortish ham, zarba berish harakati ham qat’iyan sagittal tekislikda (oldinga-orqaga yo’nalishida) bajariladi. Tayanch oyoqning tovoni to’pning yon tomoniga qo’yiladi – bunda oyoq bilan to’p baravarlashadi. Tepish harakati davomida to’p tayanch oyoq kafti tovonidan yumalab uchiga ko’tariladi. To’p bilan tizza bug’imini birlashtirib turuvchi shartli o’q zarba paytida qat’iyan vertikal bo’ladi. Bu holat surib borish vaqtida saqlanib qoladi.
To’p bilan oyoqning to’qnashish sathi kattagina ekani zarba berishni anchagina aniq bajarish imkonini beradi. Yugurib kelish, oyoqni orqaga tortish va tepish bir tekislikda bajarilgani uchun harakat tizimi biomixanika jihatidan kerakligicha ishlatiladi hamda boshqa usullariga nisbatan kattaroq kuch bilan tepiladi. Biroq oyok yuzining kafti yerga tegib ketib, oyoq og’rishi va lat yeyishi mumkin. Bu esa ehtiyot tormozlanish oqibatida ko’pincha harakat amplitudasi o’zgarishiga, zarba kuchi kamayishiga, uning samaradorligi pasayib ketishiga olib kelishi mumkin.

Oyoq yuzining tashqi qismi bilan tepish burama zarba berish paytida eng ko’p qo’llaniladi. Oyoq yuzining o’rta va tashqi qismlari bilan tepishdagi harakatlarning struktarisi o’xshash bo’lib, farqi bunda tepish harakati vaqtida boldir bilan oyoq kafti ichkari tomon buriladi.


Oyoq uchida tepish kutilmaganda, tayyorgarlik ko’rmay turib, nishonga tepib qolish zarur bo’lib qolganda bajariladi. Bundan tashqari bu tepish raqibdagi to’pni tashlanib yoki shpagat qilib tepib yuborishda ancha samaralidir.Tepish paytida yugurib kelish ham to’p va nishon ham, bir chiziqda bo’ladi. YUgurib kelganda so’nggi qadamdagi depsinish, tepish uchun oyoqni tortish uchun ham hisoblanadi. Tepish harakati tizza sal bukilgan tarang oyoqda bajariladi. Tepish paytida oyoq uchi sal ko’tarilgan bo’ladi. Oyoq uchining zarba beruvchi sathi juda kam bo’lgani uchun bu usulda, to’p yumalab ketayotgan bo’lsa, tepish unchalik aniq chiqmaydi. Tovon bilan tepish o’yinda kamroq qo’llaniladi. Buning sababi bajarishning murakkabligida, zarba kuchi va aniqligi juda kamligidadir. Bunday tepishning afzalligi esa uning raqib uchun kutilmaganligida.Tayyorlov fazasi tayanch oyoqni to’p yoniga qo’yishdan boshlanadi. Oyoqni tortish uchun uni to’p ustidan oldinga uzatiladi. Ishchi faza-tepish oyoqni orqaga keskin harakatlantirish bilan bajariladi. Zarba berish paytida oyoq taranglashgan bo’lib, oyoq kafti yerga parallel turadi. Tovon bilan chalishtirma zarba berish shunday tepish variantlaridan biri hisoblanadi. O’ng oyoq bilan shunday beriladigan bo’lsa, tayanch oyoq to’pning o’ng yoniga qo’yiladi. Zarba beruvchi oyoq oldinga o’tkazib tortiladi-da, tayanch oyoqqa nisbatan chalishtirib, keskin orqaga harakatlantirib zarba beriladi. Ozroqqina surib borilgandan keyin oyoq harakati tormozlanadi. To’pni tayanch oyoq tovoni bilan tepsa ham bo’ladi. Bunda tayanch oyoq to’pdan o’tkazib, 10-15 sm nariga qo’yiladi. SHundan keyingi qadamda oyoqni balandlatib orqaga harakatlantirib beriladi. SHu turtki berishning o’zi tepish harakati hisoblanadi. Harakatsiz to’pni tepish. Boshlang’ich, jarima va erkin to’p tepish, burchakdan to’p tepishda, shuningdek darvozadan to’p tepishda o’yinchi harakatsiz yotgan to’pni tepadi. Zarba berishning barcha usullaridagi ijro texnikasining yuqorida zikr etilgan struktura xususiyatlari harakatsiz yotgan to’pni tepishga ham to’lig’icha taalluqli bo’lib, faqat taktik vazifalar qandayligiga qarab tayyorlov fazasida yugurib kelishning uzoq-qisqaligi va tezligi har xil bo’ladi. Dumalab kelayotgan to’pni tepish. Dumalab kelayotgan to’pni tepishda ham zarba berish asosiy usullari va turlarining hammasi qo’llaniladi. Bunday zarba berishdagi texnik harakatlar yerda harakatsiz yotgan to’pni tepishdagi harakatlardan farq qilmaydi. Asosiy vazifa o’z harakati tezligini to’p harakatining yo’nalishi va tezligi bilan muvofiqlashtirib olishdan iborat. To’pning quyidagi asosiy harakat yo’nalishlari bor: o’yinchidan nari ketish, o’yinchi ro’parasidan, yon (o’ng va chap) tomondan, shuningdek shu yo’nalishlar oralig’idan kelish. Tayanch oyoqni yerga qo’yish, ya’ni kichik fazani qanday bajarishning xususiyatlari ana shu yo’nalishlarga qarab belgilanadi. O’yinchidan nariga dumalab ketayotgan to’pni tepishda tayanch oyoq to’pdan nariroq o’tkazilib uning yon tomoniga qo’yiladi. Ro’paradan dumalab kelayotgan to’pni tepishda tayanch oyoq to’pga yetib bormaydi. Agar to’p yon (o’ng yoki chap) chap tomondan dumalab kelayotgan bo’lsa, uni to’pga yaqinroq oyoq bilan tepgan ma’qul.Hamma hollarda ham tayanch oyoqni to’pdan qancha oraliqda qo’yish to’pning harakat tezligiga bog’liq bo’lib, buni zarba berish harakati vaqtida to’p tayanch oyoq bilan tenglashib qoladigan qilib mo’ljallash kerak. Ana shu holat zarba berish uchun eng qulay hisoblanadi. Uchib kelayotgan to’pni tepish. Uchib kelayotgan to’pni tepishdagi ijro texnikasining xususiyatlari to’pning harakat trayektoriyasiga qarab belgilanadi. Tushib kelayotgan yoki pastdan uchib kelayotgan to’pni tepishda harakat strukturasi dumalab kelayotgan to’pni tepishda qanday bo’lsa, shundaydir. To’pning harakat yo’nalishi dumalab kelayotgan to’pni tepishdagi singari bunda ham tayanch oyoqni aniq mo’ljallab yerga ko’yishga muayyan e’tibor berishni talab qiladi. Uchib kelayotgan to’pning tezligi odatda yumalab ketayotgan to’pdan ko’ra ortiqroq bo’lgani uchun, asosiy qiyinchilik uchib kelayotgan to’p bilan oyoq uchrashadigan joyni mo’ljal qilish va topishdan iborat bo’ladi. To’pni burilib tepish, endigina sapchiganda tepish va boshdan oshirib turib tepish texnikasini tahlil qilganda, struktura jihatdan ba’zi xususiyatlari mavjudligini ko’rish mumkin. B u r i l i b t ye p i sh to’pning uchish yo’nalishini o’zgartirish uchun qo’llaniladi. Bunda tushib kelayotgan yoki pastlab uchib kelayotgan to’pni oyoq yuzining o’rta qismi bilan tepiladi. Tayyorlov fazasida to’p tomonga yugurishda qo’yilgan so’nggi qadamdagi depsinish zarba beruvchi oyoqning tortilishi bo’lib xizmat qiladi. Tayanch oyoq tizza sal bukilib, to’pning uchib ketishi mo’ljal qilingan tomonga burilib kaftning tashqi yoniga qo’yiladi. Gavda tayanch oyoq tomonga og’diriladi. Gavdani burish bilan birga oyoqning gorizontal tekislikdagi tepish harakati boshlanadi. Surib borish tugagandan keyin zarba beruvchi oyoq olg’a tomon harakatda davom etib, yerga tayanch oyoq bilan chalishib tushadi. B o sh d a n o sh i r i b t ye p i sh kutilmaganda nishonga tepib qolish yoki boshdan oshirib orqaga to’p uzatib berish zarur bo’lib qolganda, uchib kelayotgan va sakrab chiqqan to’pga zarba berishda oyoq yuzining o’rta qismi bilan bajariladi. Oyoqni tortish to’p tomonga yugurishda qo’yilgan so’nggi qadamdagi depsinish hisobiga bajariladi. Tayanch oyoq tovonidan boshlab oldinga qo’yiladi. Gavdaning olg’a harakati tormozlanib, yuqoriga va orqaga tarzda bajariladi. Bu vaqtda tayanch oyoqda tovondan oyoq uchiga o’tiladi. Ozroqqina surib borilgandan keyin zarba beruvchi oyoq pastga tushib, gavda to’g’rilanadi. Oyoq bilan to’p qancha pastroqda uchrashsa, to’pning uchish trayektoriyasi shuncha baland bo’ladi. To’pni pastroq trayektoriya bo’ylab yo’naltirish uchun to’p tayanch joy tepasida, o’yinchining boshi bilan baravar bo’lganida tepish kerak. Yiqila turib boshidan oshirib tepish ham shunga yordam beradi. Gavda orqaga og’ganda o’yinchi ikki qo’li bilan yerga tushib, chalqancha yotib qoladi. Orqaga zarba berish harakati yiqilayotganda ko’rimliroq bajariladi. fnada kuchliroq tepish uchun «qaychi» qilib sakrab, boshdan oshirib tepishdan foydalaniladi. Bunda bir oyoqda depsinib, tushib kelayotgan to’p tomon sakraladi. Depsinuvchi oyoq yuqoriga harakatlanadi. Gavda orqaga og’a boshlaydi. Keyin depsinish oyog’i zarba beruvchi bo’lib, yuqoriga keskin ko’tariladi. Depsinuvchi oyoq esa past tushadi. Gavda gorizontal holatda ekanida to’p orqaga tepiladi. Oldin ikki qo’l, keyin ko’krak yerga tegadi. E n d i g i n a s a p ch i g a n t o’ p n i t ye p i sh odatda u yerdan salgina sapchigan zahoti bajariladi. Bunday tepishni oyoq yuzining o’rta va tashqi qismi bilan bajargan ma’qul. Bunda to’p yerga tushadigan joyni to’g’ri mo’ljallab, tayanch oyoqni mumkin qadar shu joyga yaqinroq qo’yish juda muhim. Zarba berish harakati to’p yerga tekkungacha bo’lgan paytdan boshlanadi. Zarbaning o’zi esa bevosita to’p yerdan sapchib qaytgan zahoti beriladi. Zarba paytida boldir qat’iyan vertikal, oyoq kafti maksimal bukilgan (oyoq uchi pastga qarab cho’zilgan) bo’ladi. Surib borish vaqtida ham oyoqning shu holatini saqlash kerak, bu past trayektoriyali qilib tepish imkonini beradi. Agar tayanch oyoq to’p chizig’idan anchagina oraliqda qo’yilgan bo’lib, «qiyin» to’p tepiladigan bo’lganda ana shu shartga rioya qilish ayniqsa muhim.
To’pga kalla bilan zarba berish
Bu texnik priyom o’yindagi muhim vosita hisoblanadi. To’pga kalla qo’yish o’yin jarayonida yakunlovchi zarba berishda ham, sheriklarga to’p oshirishda ham qo’llaniladi. Peshona bilan zarba berish va shuning variantlari bu priyomdagi eng ko’p foydalaniladigan usullardir. Ammo o’yin vaziyatlari shunchalik ko’p, to’pning yo’nalishi, trayektoriyasi va tezligi shu qadar xilma-xilki, o’yin jarayonida kalla bilan zarba berishning asosiy usulini va uning variantlarini ishlatish imkoniyati bo’lmaydigan paytlar ham uchrab turadi. Bunday paytlarda chekka bilan, ensa bilan, boshning tepa qismi bilan zarba berishlari ancha samara beradi. Biroq bunday zarbalar kamdan-kam qo’llaniladi, shuning uchun ularni maxsus qarab chiqmaymiz.Kalla bilan to’pga zarba berish tayyorlov, ishchi va yakunlovchi fazalarni o’z ichiga oladi. Tayyorlov fazasi-kallani orqaga tortish. Buni bajarish uchun gavda bilan kalla orqaga tortiladi. Bunda gavdani rostlaydigan antagonist-mushaklar cho’ziladi. To’p o’yinchining nazarida pastda qolmasligi, boshni esa orqaga juda tashlab yubormaslik kerak. Ishchi faza-zarba beruvchi harakat va surib borish. Zarba beruvchi harakatni bajarish gavdani keskin rostlashdan boshlanadi. Bevosita zarba berish gavda bilan kalla frontal tekislikdan o’tayotgan paytda bo’lgani ma’qul. Ana shu holatda kalla harakati eng katta tezlikka erishgan bo’lib, bu kuchli kalla urish imkonini beradi. YAkunlovchi faza-keyingi harakatlar uchun dastlabki holatga o’tish. Surib borish tugagandan keyin gavda harakati tormozlanadi. Oldinga tomon juda engashib ketish yaramaydi, chunki kalla urgandan keyin boshqa harakat va holatlarga tayyor turishi kerak bo’ladi. Peshona bilan zarba berishda kallani oldi-orqa kalla urish imkonini beradi. SHunda uchib kelayotgan to’pni va mo’ljal qilinadigan nishonni ko’rib turish mumkin, bu esa muayyan darajada (boshqa muhim shartlarga rioya qilingan taqdirda) zarba aniq chiqishiga sabab bo’ladi. O’yindagi vaziyatga qarab peshona bilan zarba berishning ikki xil varianti qo’llaniladi: sakramay zarba berish va sakrab zarba berish. S a k r a m a y p e sh o n a b i l a n z a r b a b e r i sh d a g i dastlabki holat kichikroq odimlab tik turishdir. Kallani orqaga tortishda o’yinchi gavdasini orqaga engashtiradi, orqadagi oyog’ini bukib, gavda og’irligini shu oyoqqa o’tkazadi. Qo’llar tirsakdan sal bukilgan bo’ladi. Zarba berish harakati orqada turgan oyoqni to’g’irlash va gavdani rostlashdan boshlanib, kallaning olg’a tomon keskin harakati bilan tugallanadi. Gavdaning og’irligi oldindagi oyoqqa o’tkaziladi.

S a k r a b p e sh o n a b i l a n z a r b a b e r i sh bir oyoqda yoki ikki oyoqda depsinib, yuqoriga qarab bajariladi. Sakrash zarbaning tayyorlov fazasi bo’ladi. Tirsagi sal bukiladi va qo’llar ko’krakkacha shiddat bilan ko’tariladi, bu esa pirovardida sakrash balandligini oshirishga yordam beradi. Depsingan zahoti kalla orqaga tortiladi-gavda orqaga engashtiriladi. Zarba berish harakati sakrash eng yuqori nuqtaga yetganda yoki sal oldinroq boshlanadi. To’pning uchib kelayotgani trayektoriyasi bilan sakrashini aniq mo’ljal qilish kerak, To’pga zarba berishni sakrashning eng yuqori nuqtasi va gavda bilan kalla frontal tekislikdan o’tayotgan paytda bajarilish lozim.


Erga oyoq uchida tushiladi, amortizatsiya bo’lsin uchun oyoqlar sal bukiladi.
B u r i l i b p e sh o n a b i l a n z a r b a b e r i sh to’pning uchish trayektoriyasini o’zgartirish kerak bo’lganda qo’llaniladi.
Bu usul bilan sakramay zarba berganda orqaga engashiladi va ayni vaqtda gavdani zarbani mo’ljal qilingan tomonga (ko’pincha 900 gacha) buriladi. 30-50 sm oraliqda bir-biriga parallel turgan oyoqlar ham gavda bilan birga buriladi. Oyoqlar uchida burilish qulayroq. SHunda sakramay peshona bilan zarba bergandagi singari holat yuzaga keladi. SHuning uchun bu zarbaning fazalari ham, ularga bo’lgan talabalar ham yuqorida ko’rgan usulimizda qanday bo’lsa shunday.
Sakrab turib burilib zarba berishda depsingan zaxoti butun gavda zarba beriladigan tomonga burilib, ayni vaqtda gavdaning yuqori qismi orqaga engashadi.SHundan keyingi harakatlar sakrab peshona bilan zarba bergandagi singari bo’ladi.
Ch a k k a b i l a n z a r b a b e r i sh to’p o’yinchining yon (o’ng yoki chap) tomonidan uchib kelayotgan bo’lib, burilib peshona bilan zarba berishning iloji bo’lmaganda ishlatiladi.
Bu usul bilan sakramay zarba berishda dastlabki holat oyoqlarni kerib tik turishdir. Agar to’p chap tomondan kelayotgan bo’lsa, zarba berishga chog’lanish uchun gavda o’ng tomonga engashtiriladi. Bunda o’ng oyoqning to’piq va tizza bo’g’imlari bukiladi. Gavda og’irligi shu oyoqqa o’tkaziladi. Boshni to’p tomonga buriladi. Zarba berish harakati oyoqni chap oyoqqa o’tkaziladi. Zarba berish peshonaning do’ng joyiga to’g’ri keladi.
Sakrab zarba berishda tayyorlov fazasida depsingandan keyin zarba berishga chog’lanish uchun gavda frontal tekislikdagi nishonga qarshi tomonga engashtiriladi. Zarba berish harakati oldin cho’zilgan mushaklarni keskin qisqartirish hisobiga bajariladi. Zarba sakrashning eng yuqori nuqtasida beriladi.
Y i q i l a t u r i b t o’ p g a k a l l a b i l a n z a r b a berishdagi harakatlar kalla bilan zarba berishdagi yuqorida tasvirlangan harakatlangandan butunlay farq qiladi.
Depsinish-u uchishning kichik fazasi tayyorlov fazasi hisoblanadi. YUgurib kelishning so’nggi 3-4 qadamida gavda bir qadar oldinga engasha boradi. Depsinish to’p bilan to’qnashish kutilgan tomonga bir oyoqda bajariladi. O’yinchi yerga parallel uchib boradi. Qo’llar tirsakdan bukilgan. To’pning harakati nazarda tutiladi. Zarba berilganda futbolchining massasi va uchish tezligi to’pga o’tadi.

Zarba peshona bilan yoki chakka bilan beriladi. Peshona bilan zarba berishda gavdaning uchish yo’nalishi bilan zarba berish nishoni bir chiziqda bo’ladi. CHakka bilan zarba berishda to’p ko’pincha sirpanib ketib, uning trayektoriyasi butunlay o’zgarib qolishi mumkin.


Yakunlovchi faza yerga tushish bo’lib, bunda o’yinchi sal bukilgan tarang qo’llariga tiralib tushadi. Qo’llar amortizatsiya qilib bukiladi-da, keyin ko’krakdan qorin, oyoqqa yumalab o’tiladi.60-100 sm balandlikda uchib kelayotgan to’pga yiqila turib kalla bilan zarba bersa bo’ladi. To’pga yetish kiyin bo’lib (o’yinchidan u 3-4 m nari bo’lganida), boshqa texnik priyom va usullardan foydalanish mushkul bo’lib qolganida ana shu usul ancha samarali bo’ladi.
To’pni to’xtatish
To’pni to’xtatish to’pni qabul qilish va egallash vositasi bo’lib xizmat qiladi. To’xtatishdan maqsad keyingi kerakli harakatlarni amalga oshirish uchun dumalab yoki uchib kelayotgan to’pning tezligini so’ndirishdan iborat. «To’pni to’xtatish» termini ba’zida «to’pni moslash», «to’pni qabul qilish» deb yuritiladigan ma’noda tushunish kerak bo’ladi. Shuning uchun to’pni to’xtatish usullarini ko’rib chiqayotganda futbolchi to’pni butunlay to’xtatib olmay, balki uni keyingi harakatlarni bajarish uchun moslab (o’tkazib) olishini nazarda tutamiz.
To’pni oyoq bilan, gavda va kalla bilan to’xtatiladi. To’xtatishlarning klassifikatsiyasi berilgan.
To`pni oyoq bilan to’xtatish-eng ko’p qo’llaniladigan texnik priyom. Uni turli usullarda bajariladi. Harakatning asosiy fazalari hamma usullar uchun umumiy.Tayyorlov fazasi-dastlabki holatda turib olish. Bu faza bir oyoqqa tayangan holat bilan harakterlanadi.Turg’unlik bo’lsin uchun gavda og’irligi sal bukilgan tayanch oyoqqa tashlanadi. To’xtatuvchi oyoq to’p tomon uzatilib, to’xtatuvchi yuzasi to’pga qaratiladi. Ishchi faza-bir oz bo’shashtirilgan to’xtatuvchi oyoq bilan so’ndiruvchi (amortizatsiyalovchi) harakat qilishdan iborat. Amortizatsiyalovchi yo’lning uzun-qisqaligi to’p harakatining tezligiga bog’liq. Agar tezlik katta bo’lmasa, to’pni bo’shashtirilgan oyoq bilan so’ndiruv harakatsiz to’xtatiladi. To’xtatuvchi yuza to’p bilan to’qnashgan paytdan (yoki sal oldin) orqaga harakat qilish boshlanib harakat bir oz sekinlatib boriladi-da, to’pning tezligi so’ndiriladi. YAkunlovchi faza-keyingi harakatlar uchun kerakli dastlabki holatga o’tish. Og’irlik markazining o’qi to’xtatuvchi oyoq bilan to’p tomonga o’tkaziladi. To’xtatgandan keyin ko’proq zarba berish (uzatish) yoki to’p bilan birga harakatlanish (to’pni olib yurish) bajariladi. O yo q k a f t i n i n g i ch k i t o m o n i b i l a n t o’ x t a t i sh yumalab va uchib kelayotgan to’plarni qabul qilishda qo’llaniladi. To’xtatuvchi yuza bilan amortizatsiyalash yo’li anchagina katta bo’lgan sababli bu to’xtatish usulining darajasi yuqori bo’ladi. Dumalab kelayotgan to’pni to’xtatish uchun dastlabki holat-to’p tomonga qarab turish. Gavdaning og’irligi sal bukilgan tayanch oyoqda. To’xtatuvchi oyoq olg’a tomon (to’p qarshisiga) uzatiladi.Oyoq kafti tashqariga 900 buriladi.

To’p bilan oyoq kafti to’qnashgan paytda to’xtatuvchi oyoq tayanch oyoq darajasiga qadar orqaga olinadi. To’xtatuvchi yuza oyoq kafti ichki yuzasining o’rtasiga to’g’ri keladi.Pastlab, ya’ni tizza baravar uchib kelayotgan to’plarni to’xtatishdagi harakatlar dumalab kelayotgan to’plarni to’xtatishdagi harakatlardan unchalik farq qilmaydi. Biroq, past uchib kelayotgan to’pni to’xtatadigan oyoq tayyorlov fazasida bukilib, to’p balandligiga qadar ko’tariladi.


Balandlab uchib kelayotgan to’plar sakrab to’xtatiladi. Bir yoki iki oyoqda depsinib, yuqoriga sakraladi.

To’xtatuvchi oyoqning tos-son va tizza bo’g’imlari qattiq bukiladi. Oyoq kafti tashqari tomonga buriladi. To’p to’xtatilgandan keyin bir oyoqda yerga tushiladi.Yuqoridan ikki qo’llab to’p otish.

15-rasm. Bir joyda turib yelkadan bir qo’llab to’p tashlash.

Yelkadan bir qo’llab to’p otish o’rta va uzoq masofadan joyda turib savatga hujum qilishning keng tarqalgan usulidir. Ko’p sportchilar bundan shuningdek, jarima otishda ham foydalanishadi (15-rasm).

Yuqoridan bir qo’llab to’p otish boshqa usullarga nisbatan ko’proq harakatda yaqin masofalardan va bevosita shchit tagidan savatga hujum qilish uchun foydalaniladi holatni raqibning egallashiga halaqit berish uchun kuchli kurashda oyoqlarni keng qo’yadi va gavdasini bukadi.

Fintlar va usullarning birga qo’shilishi. Basketbolning hozirgi zamon texnikasi analizi, odatda, ba’zi usullarni o’rganishga asoslanadi. Biroq musobaqalar amaliyotida hamma bu usullardan alohida ko’rinishda deyarli kam foydalaniladi. Aniq bir o’yin holatida qiyin taktik vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun ko’proq ulardan bir usulning ikkinchi usul bilan yoki fint bilan birin-ketin qoyilishi kompleksi qo’llaniladi.

Keskin yugurish finti – keskin yugurish. O’yinchi chap oyog’ini oldinga-chapga chiqarib qo’yadi, gavdasini chapga bir oz egadi va himoyachiga uni chap tomonga aylanib o’tishga tayyorlanayotganini ko’rsatgan holda xuddi o’sha tomonga qarashini (nigohini) o’tkazadi. Agar himoyachi fintga javob qaytarsa, u holda gavdani egish bilan himoyachi yonidan o’ng oyog’i bilan shiddatli qadam qoyish kerak.

O’tish uchun finti – o’tish. O’tishga imitatsiya qilib o’yinchi oldinga – chapga qadam qo’yadi, xuddi o’sha yo’nalishida qo’llar to’p bilan buriladi. Himoyachi fintga javob qaytarganda, o’yinchi darhol zarb bilan tepinib itariladi (turtiladi) va chap oyog’i qadami bilan himoyachi yonidan to’p bilan o’ng tomonga o’tib ketadi.

23-rasm. To’psiz chalg’itish.
24-rasm. To’pni uzatish imitatsiyasi bilan chalg’itish.

Savatga to’p otish finti – uzatish. O’yinchi chap oyog’ini oldinga-o’ngga qo’yib otish fintini bajaradi. O’sha yo’nalishda qo’lini to’p bilan oldinga chiqaradi. Bir oz tanaffus bo’ladi: o’yinchi oldingi holatda qolgan holda, nigoh va boshining burilishi bilan, himoyachiga faol harakatlar boshqa tomonga yo’naltirilganini ko’rsatadi. Himoyachi qarshi harakatlarga tayyorlanadi, lekin bu vaqtda o’yinchi huddi oldinroq qilingan fintni davom ettirayotganday, usha tomonga o’tadi. To’psiz va to’p bilan fintlar

3. Bosh sahifa
Dərs
Mühazirə
Qaydalar
Referat
Xülasə

PROMOTED CONTENT

Bog'liq
Stol tennisi tarixi

Mavzu: Stol tennisi o`yinining kelib chiqish va rivojlanish tarixi.

Reja:
1. Stol tennisi haqida ma’lumot va uning rivojlanish tarixi
2. O’zbekistonda stol tennisi rivojlanish tarixi

3. Stol tennisi sporti bo’yicha eng mashhur sportchilar


Stol tennisi tarixi

Stol tennisi tarixi o’n to’qqizinchi asr Angliyada boshlangan, bu yopiq maydonda tennis o’ynash uchun bir usul. Avval boshida kitoblar hamak kabi ishlatilgan va qo’llari bilan to’pni yoki yon tomondan qopqoqni urgan.


Ushbu faoliyatning tobora kengayib borayotgani bilan o’yinchoq kompaniyasi g’oyani oldilar va o’ynash uchun yog’och racklarni ishlab chiqdilar. Ular shovqinni ko’paytirdilar va shuning uchun “ping pong” deb nomlandi.


Keyinchalik J.Jaques ismli ingliz kompaniyasi tovar belgisini ro’yxatdan o’tkazdi va u yerdan boshqa ishlab chiqaruvchilar stol tennisi deb atashdi.

Vaqt o’tishi bilan jihozlar o’zgarib, sportning ommaviyligi butun dunyoda tobora ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda kamida taxminan 300 million odam o’yin-kulgi shaklida ping pongni o’ynaydi.


1988dan beri Stol tennisi Olimpiya sporti bo’lib, Seulda bo’lib o’tdi
1. Stol tennisi — kichik koptok va raketkalar bilan stolda uynaladigan sport oʻyini. Sharqiy Osiyoda paydo boʻlgan. 20-asrning 20y.laridan koʻp mamlakatlarga tarkalgan. Dastlab "pingpong" (frans. pingpong — koptokning raketka va stolga urilishida chikadigan ovoz) deb atalgan. St. uchun, odatda, stol oʻlchami 152,5x274,3 sm; bal. 76 sm; turi 183x 15,25 sm boʻladi. Yogoch raketkaning yuziga rezina plastina qoplanadi. Koptok oq plastikadan yasaladi, diametri 37,2—38,2 mm, ogʻirligi 2,4—2,53 g . Uyin maydonchasining oʻlchami 6—7 x 12–14 m. Rasmiy musobakalar sport zallarida oʻtkaziladi: erkaklar va ayollar — jamoa boʻlib, yakka holda va juftlikda hamda aralash juftlikda musobakalashadilar. Uyin 3 yoki 5 partiyadan oʻynaladi. Oʻyinchilardan biri 21 ochko toʻplasa, u gʻolib hisoblanadi. Agar hisob 20:20 boʻlib qolsa, unda oʻyinchilardan biri 2 ochko ortiq toʻplaguncha oʻyin davom ettiriladi. Stol tennisi Xalqaro federatsiyasi (ITTF, 1926 y. tashkil etilgan) 130 dan ortiq milliy federatsiyani birlashtiradi. 1926 yildan har 2 yilda jahon birinchiligi oʻtkaziladi, 1988 yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.

2.O’zbekistonda stol tennisi rivojlanish tarixi. Oʻzbekistonda Stol tennisi keng ommalashgan. Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalari muntazam oʻtkazib turiladi. Oʻzbekiston Stol tennisi federatsiyasi 1993 y. ITTFga aʼzo boʻlib kirgan. Oʻzbekistonlik Manzura Inoyatova, Saida Burhonxoʻjayeva, Svetlana Geta jahon chempionatida (Doxa sh., Qatar, 2004 y. mart) 1oʻrinni olib, oltin medallar bilan taqsirlanishdi. Ular bilan birga Nodira Burhonxoʻjayeva, Madina Ayupova ham bir qancha xalqaro turnirlarda gʻolib boʻlishgan. Federatsiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur grant ATTUning "Yulduzlar sari intilish" dasturi doirasida O‘zbekistonda stol tennisini rivojlantirish, professional tennis stollarini sotib olishga qaratilgan mintaqaviy rivojlanish loyihasi uchun ajratilgan. Taʼkidlash joizki, O‘zbekistonda Olimpiya o‘yinlari turkumidan joy olgan sport turlari, jumladan, stol tennisini yanada ommalashtirish maqsadida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada O‘zbekistonning barcha hududlarida stol tennisi bo‘yicha o‘z mahoratini oshirib kelayotgan sportchilarga qulay shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Mazkur loyihaga ajratilgan grant mablag‘lar evaziga ham sportchilar uchun to‘garaklarda jahon standartlariga mos sport inventarlari yetkazib beriladi. Ushbu loyiha O‘zbekistonda professional stol tennischilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.


3.Stol tennisi sporti bo’yicha eng mashhur sportchilar Rong Guotuan (1937 yil, avgust - 1968 yil iyun), Gongkong ishchilarining oilalarida tug'ilgan, Xitoylik erkaklar stol tennisi. Rong Guotuan Xitoy stol tennisi bo'yicha birinchi jahon chempioni va hatto Xitoyning sport dunyosida. 1959-yilda, Dortmund shahrida 25 Jahon Stol tennis chempionati, Germaniya Federativ Respublikasi, rongguotuan, erkaklar yakkalik chempioni qo'lga kiritdi birinchi jahon chempioni xitoylik sport dunyo uchun qo'lga kiritdi. Yaponiya terma jamoasi mag'lub erkaklar jamoasi birinchi jahon chempioni, 5 1961 yilda Pekinda bo'lib o'tgan yigirma oltinchi jahon Stol tennis chempionati, Xitoy terma jamoasi ishtirok rongguotuan. 1964 Xitoy stol tennis ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi xizmat so'ng, jamoa 28-jahon Stol tennis chempionati ayollar terma jamoasi unvonini qo'lga kiritdi.




Rong Guotuan, Nanping shahrida tug'ilgan Zhuhai Siti, 1937 yil 10 avgustda Gonkongda kambag'al dengizchilar oilasida tug'ilgan. Yung otasi Mian bir bola sifatida 15 yosh va undan keyin bir kemachi, deb bir yuk, kompaniya ketdi, u Gonkong umumiy e'lon va Guanchjou qo'zg'oloni ishtirok etgan. Gonkong bilan vatanparvarlik yurtdoshlar har doim shunday yagona O'g'lini nomidagi berib, uning kuchli qo'llab-quvvatlashiga kabi kuchli va Birlashgan xalq-davlat bo'lishi istaymiz "milliy vazifani". Rong Guotuan bolalikdan stol tennisini yaxshi ko'rardi. 1957 yil fevral oyida u Gonkongda stol tennisi bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etib, erkaklar guruhida uchta chempionat, erkaklar juftligi va erkaklar singari g'olib chiqdi. Aprel oyida, Gongkong tashrif yigirma uchinchi jahon chempionatida Yaponiya terma jamoasi so'ng, rongguotuan faqat mag'lub erkaklar yakkalik Ichiro Ogimura nazarni qo'lga kiritdi. Noyabr oyida Rong Guotuan Gonkongdan materikga qaytib keldi va Guangzhou Jismoniy tarbiya institutiga o'qishga kirdi.1959-yilda, Dortmund shahrida yigirma beshinchi jahon Stol tennis chempionati, Germaniya Federativ Respublikasi rongguotuan, erkaklar yakkalik chempioni qo'lga kiritdi birinchi jahon chempioni xitoylik sport dunyo uchun qo'lga kiritdi bo'lib o'tdi. Xitoyga qaytganidan so'ng Rais Mao va Premer Jou va boshqa partiya rahbarlari stol tennisi delegatsiyasi a'zolari bilan uchrashdilar. Premer Chjou yana yil rongguotuan va Milliy 1959 ikkita katta quvonchli voqea, "Double Baxt" nomli Xitoy stol tennisi birinchi ishlab chiqarish, issiq milliy stol tennisi tez yuksalishi uchun hisoblangan qo'lga kiritdi qiladi. 3 Yaponiya terma jamoasi mag'lub erkaklar jamoasi birinchi jahon chempioni, 5 1961 yilda Pekinda bo'lib o'tgan yigirma oltinchi jahon Stol tennis chempionati, Xitoy terma jamoasi ishtirok rongguotuan. 1964 yilda Xitoy stol tennis ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi xizmat so'ng, jamoa 28-jahon Stol tennis chempionati ayollar terma jamoasi unvonini qo'lga kiritdi
Download 24.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling