Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti fani
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti fani,
uning o ‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqadorligi Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati o ‘quv fani sifatida mutaxassislarni amaliy faoliyat jarayonida o ‘z oldiga q o ‘ygan vazifalarni hal ctishlarida bilimlar bilan qurollanti- radi. Uning vujudga kelishi va rivqjlanishida alohida odamlar va bir butun jamiyat tom onidan yaxshi jismoniy tayyorgarlik zarurligini ongli ravishda tushunib yelildi. Bu ehtiyoj tabiat va organizm o ‘sishi qonunlarini o ‘rganishga undadi, mehnatda va harbiy ishda yuqori natijalarga erishisli uchun, odamning jismoniy rivojlanishini boshqarishning asosiy yo‘li topildi. Amaliyotning rivojlanishi asosida, nazariy bilimlar beruv- chi maxsus fanlar vujudga keldi. Bu fanlami ikki guruhga b o ‘lish mumkin: 1. Insonparvarlik ruhida (gumanitar) fanlar. Bu fanlar jismoniy tarbiyaning ijtimoiy qonuniyatlarini o'rganadi (sotsio- logiya, tarix va jismoniy madaniyatni tashkil etish, sport psixologiyasi va boshqalar); 2. Biologik turkumdagi fanlar esa jismoniy tarbiya sha- roitida organizm ning rivojlanish qonuniyatlarini o ‘rganadi (dinamik anatomiya, fiziologiya, biokimyo va jismoniy mashq- lar biomexanikasi va boshqalar). Bu fanlar erishgan yutuqlar asosida, jismoniy tarbiya qonuniyatlarining m a ’lumotlarini umumlashtirish bilan jismo niy madaniyat nazariyasi sluig'ullanadi. Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini pedagogik jarayon sifatida 21 o ‘rganishga qaratilgan. Bu qonuniyatlar har qanday aholi tabaqasining jismoniy tarbiyasiga taalluqlidir. Jismoniy madaniyat uslubiyatining predmeti: jismoniy tarbiyaning qonuniyatlarini o^rganish, shug‘ullanuvchilarning yoshini hisobga olish, ularning kasb faoliyati, sport mutaxas- sisligiga aniq yo‘naltirishdan iborat. Modomiki, jismoniy mada- niyatni o ‘qitish uslublari ko‘p. Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyatining uslubiy asosi dialektik va evolutsion taraqqiyot qonunlaridir. Bu amaliyotchilarga o ‘z harakat faoliyatlarini baholash, tahlil qilish, rivojlanish qonuniyatlarini ochish, ilg‘or uslublarni ishlab chiqish, o ‘rgatish usuli, umumlashtirish, jismoniy m a daniyat ilg‘or tajribalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubi sport — pedagogik fanlar bilan cham barchas bo g ‘langan, nazariy to m o n d a n ishlab chiqarilgan qonuniyatlarga tayanadi. Sport — pedagogik tomondan erishilgan aniq m a’lumotlar keyinchalik nazariya- ning umumlashtiruvchi predmeti bo‘lib qoladi. Jismoniy tarbiya jarayonida umumiy pedagogik va psixologik yutuqlari o ‘sib kelayotgan yosh avlodga ta ’lim va tarbiya berish vazifalari amalga oshiriladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati mazm uni quyidagi savollarga javob beradi: jismoniy madaniyat ijtimoiy hodisa ekanligi; uning tarbiyaning boshqa sohalari bilan aloqasi; maqsadi, jismoniy tarbiyaning um um iy vazifasi va asoslari; mazmuni jismoniy madaniyat manbalarining tavsifi, harakat faoliyatlariga o ‘rgatishning uslubiyat asoslari, usullari; jismoniy sifatlarni rivojlantirish, jismoniy mashqlarga o ‘rgatish jarayonining tarkibi, mashg‘ulotlarni tashkil qilish uslublari, rejalashtirish va hisob, jismoniy m adaniyat uslubiyatining xususiyatlari hamda maktab yoshigacha va maktab yoshidagi bolalarning sport mashg‘uloti, jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyatida ko‘rib chiqiladigan masalalardir. 22 Jismoniy madaniyat o'zining qonuniyatlariga, rivojlanishiga, tuzilishiga ega. Bularni bilish o'sib kclayotgan yosh avlodning jismoniy tarbiyasini to ‘g‘ri amalga oshirish uchun zanjrdir. Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling