Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


jismoniy mashqlar bilan shuullanishga odatlatirish


Download 0.69 Mb.
bet53/176
Sana24.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1057435
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   176
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

jismoniy mashqlar bilan shuullanishga odatlatirish. Bu odat, ayniqsa, xozirgi zamondoshimiz uchun zarur. Kam xarakat qilish, organizmga jismoniy yukning kamligi, xarakat faolligining sustligini yengish muammosini xal qiladi, mustaqil jismoniy mashq bilan shuullanish mashuloti uchun vaqt topishga o‘rgatadi;

  • jismoniy qiyinchiliklarni yengishni va mardonavor-likni tarbiyalash. Ko‘pchilik xarakat faoliyatini o‘zlashtirish maolum darajadagi xavf, tavakkalchilikni, maksimal jismoniy va psixik zo‘riqishni talab qiladi, axamiyatli darajadagi nagruzkani organizm sarflagan energiyasi tiklanib ulgurmagan fonda bajara olishga - chidashga o‘rgatadi;

  • gigienik malaka va odatlarni tarbiyalash. Jismoniy mashqlarning samaradorligi asosan gigienik omillardan to‘ri foydalanish bilan boliq. Xarakat faoliyatlarini o‘qitishning jarayoni ish rejimiga rioya qilishni tarbiyalash, ovqatlanish, uyqu, tana va badanini parvarishlash, kiyim-bosh va boshqa-larni o‘z ichiga oladi;

  • o‘quvchilar orasida o‘zaro munosabatlarni to‘ri shakllan-tirishga erishish. Chunki xarakat faoliyatlarini o‘zlashtirish, takomillashtirish kollektivchilikka tayanib munosabatlarni tashkillash emotsionallik bilan aloqador. Shuullanuvchilar-ning, ayniqsa, turli jinsdagilarning yuqori darajadagi o‘zaro yordami yoki raqiblik orqali aloqasi, do‘stlik, o‘rtoqchilik, o‘il bolalar va qizlar orasidagi yuqori axloqiy munosabatlarning shakillanishida bebaxo vositadir;

  • xarakat faoliyatlari davomida mustaqillikni tarbiya-lash. O‘quvchilarning sport zali yoki sport maydonida xarakat-lanishiga nisbatan mustaqillik berish, bir tomondan, o‘quvchi-larning o‘z-o‘zlarini boshqarishiga imkon bersa, ikkinchi tomonidan, o‘z faoliyatiga javobgarlikni xis qilish uchun sharoit yaratadi, o‘z xarakat aktivligiga ongli munosabatni va uni amalga oshirish usulini o‘ylashga o‘rgatadi;

  • umumiy va xususiy tarbiyaviy vazifalarni xal qilish o‘qituvchi bilan o‘quvchini yuqori darajadagi va xususiy aloqasi (o‘qituvchining kommunikativlik komponenti) sharoitida amalga oshiriladi.

    Tarbiya vazifalarini taolim jarayonida to‘laqonli amalga oshirish uchun uni tizimli ravishda bilim olish vazifalarini xal qilish bilan qo‘shib olib borilmasa, kutilgan natijaga erisha olmaslik amaliyotda isbotlangan.
  • 1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   176




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling