Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Download 0.69 Mb.
bet124/176
Sana24.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1057435
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   176
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Aksentli darslar o‘z mazmuniga ko‘ra o‘quv dasturining aloxida ajratilgan bo‘limi bo‘yicha (gimnastika, yengil atletika, voleybol, basketbol va x.k.lardek darslar tarzida) uyushti-riladi. Darsda o‘qitish jarayoni faqat shu bo‘lim materialini o‘zlashtirish, mustaxkamlash, takomillashtirishga yo‘naltiri-ladi. Dars qismlarining tarkibiy elementlari xam shu bo‘lim materialidan iborat bo‘lishi shart.

  • Aralash darslar o‘zining mazmunida o‘quv dasturining tarkibidagi bir necha bo‘lim materialini o‘qitishni xam yangi o‘zlashtirilmagan, xam o‘zlashtirilib, takomillashtiriladigan materialni o‘qitishga aralash dars deyiladi. O‘quvchilar bir necha guruxlarga ajralib, dars davomida o‘zlashtirib ulguril-magan mavzular ustida ishlaydilar.

  • Kompleksli darslarning mazmuni o‘quv dasturining turli xil bo‘limlari bo‘yicha u yoki bu jismoniy sifatni tarbiyalash yoki pedagogik vazifalariga ko‘ra tanishtirish, o‘zlashtirish, mustaxkamlash, takomillashtirishni maqsad qilib, bir darsning o‘zida bir necha mavzu (voleybol, yengil atletika, suzish, gimnastika va x.k.lar) o‘qitiladi.

    13.3.9. Darsning umumiy va motor (xarakatga soluvchi) zichligi
    Darsning samaradorligining ko‘rsatkichlaridan biri uning zichligidir. Darsni zichligini bir butun yoki uni qismlarining o‘zini aloxida aniqlash mumkin. Bu darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlarida ishni tashkil qilishning sharoitini bir xil emasligi bilan boliq. Dars yoki uning qismlari uchun sarflangan vaqt 100% deb qabul qilinadi.
    Umumiy (pedagogik) va motor (xarakatga solish) zichligi deb dars zichligi ikki xilga ajratiladi.
    Darsning umumiy zichligi – bu darsni umumiy davomiy-ligi uchun pedagogika nuqtai nazaridan ratsional sarflangan vaqtning nisbati deb qarash qabul qilingan. boshqachasiga aytganda darsda foydali ish uchun sarflangan vaqt tushuniladi. Pedagogika nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq deb xisoblangan quyidagi tadbirlar darsning umumiy zichligining komponent-lar xisoblanadi (V.F. Novoselpskiy, 1989).

    1. o‘quvchilarni uyushtirish, uyga vazifani tekshirish, darsga vazifa qo‘yish;

    2. nazariy maolumotni berish va mustaxkamlash; 3) umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni o‘tkazish;

    1. instruktani o‘tkazish, boshqarish, korreksiyalash (xato-larni tuzatish), yordam, xavfsizlikni oldini olish;

    2. jixozlarni tayyorlash va yiishtirish, o‘quvchilarni darsda lozim bo‘lgan darajada o‘rin almashtirish;

    3. jismoniy mashqlarni texnikasini o‘zlashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish;

    4. o‘quvchilarni usuliyatlar nuqtai nazarida tayyorlash, mustaqil shuullanishni uddalashga o‘rgatish, tashkilotchilik malakalarini berish;

    5. o‘quvchilarni dalil keltirib quvvatlamoq;

    6. mashqlarni ko‘rsatishda ko‘rgazmali qurollar, texnik vositalar, mashqlarni ko‘rsatib berish; 10) pedagogik nazorat;

    1. darsda tarbiyaviy ish;

    2. yakun yasash, muskullarni bo‘shashtiradigan mashqlarni bajarish, uyga vazifa tayinlash.

    Darsning umumiy zichligini (UZ) yoki uning qismlarini zichligini aniqlash uchun o‘quvchilarning aktiv «faol» xarakatlariga (FX)ga sarflangan vaqti umumlashtiriladi. Bunga tfx jismoniy mashqlarni bajarish uchun sarflangan vaqt, eshitish, kuzatish va darsni tashkillash, o‘zini oqlamaydigan kutishlar va o‘quvchilarni bekor qolishi uchun sarflangan vaqtdan boshqa xammasi kiradi. Bu vaqt 100%ga ko‘paytirilib va darsning «umumiy» «vaqtiga» tu tфх ×100%
    УЗ = =
    bo‘linadi.
    To‘laqonli jismoniy darsining umumiy zichligi 100% ga yaqin bo‘lishi lozim. Umumiy zichlikni kamayishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:

    • o‘zini oqlamaydigan darsdagi besamarv aqt (darsni kech boshlanishi, mashulot joyini, jixozlarni tayyor emasligidan o‘quvchilarni navbat kutishi va boshqalar orqali sodir bo‘ladigan o‘quvchilarni bo‘sh qolishidan;

    • o‘qituvchini darsga tayyor emasligi, darsni tashkilla-nishi va mazmunini o‘ylamaslik orqasidan sodir bo‘ladigan pauzalar;

    • darsda o‘quvchilar uchun ortiqcha va samarasi oz bo‘lgan so‘zlar orqali beriladigan axborot;

    • shuullanuvchilar intizomini qoniqarsizligi, buyruq va ko‘rsatmalarni ko‘p marotabalab takrorlashlar, o‘quvchilarga beriladigan ogoxlantirishlar, takroriy tushuntirishlar vaqt-dan noratsional foydalanishga sabab bo‘ladi va x.k.lar.

    Masalan, agar o‘qituvchi aybi bilan darsda bo‘sh qolish 1 min.ni tashkil etsa, unda darsning umumiy zichligi quyidagicha xisoblanadi.
    УЗ = 39мин ×100% = 97,5%
    40мин

    Download 0.69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   176




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling