Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Jismoniy nagruzka va dam olishning ratsional navbat-lashuvi
Download 0.69 Mb.
|
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Jismoniy nagruzka va dam olishning ratsional navbat-lashuvi.
Jismoniy tarbiya jarayonining munmazamligi dam olish bilan nagruzka berishning doimiy bo‘lishligini man qilmay, taxminiy mo‘ljal olish orqali amalga oshiriladi. Nagruzka shuullanuvchilar organizmiga jismoniy mashqlar taosirini maolum darajadagi kattaligi bo‘lib, u organizmni funksional imkoniyatini oshirish faktori xisoblanadi. Bunga organizm-ning “ish potensiali”ni sarflash va «charchash» orqali erishi-ladi, energiyani tiklash jarayoni uchun stimul xisoblanadi. Tiklanish jarayonining qonuniyatlari kuchiga qarab nagruzka va dam olish bir vaqtning o‘zida nagruzkani qo‘llash paytidagi sharoiti bilan xam chambarchas boliklik mavjud. Ko‘p sonli ilmiy izlanishlarning ko‘rsatishicha, ish qobiliyati dam olish sharoitida qonuniy ravishda belgilangan fazalar buyicha o‘zgarib turadi. Ish paytida, nagruzka katta bo‘lsa, ish qobiliyati darajasining pasayishi sodir bo‘ladi, charchash rivojlana boshlaydi. Oqibatda ish bajarish to‘xtaydi, organizmga dam berish kerak bo‘ladi, dam paytida tiklanish jarayoni boshlanadi, navbatdagi nagruzkaga stimul tayyorlanadi. To‘ri, ayrim paytda tiklanish jarayoni ish vaqtidayoq boshlanadi, lekin ish qobiliyatining to‘la tiklanishi uchun dam olish sharoiti yaratilishi kerak. Aytarli yuqori darajadagi katta nagruzkada va lozim bo‘lgan dam olish intervalida tiklanishnig borishi ish qobiliyatining ish boshlangungacha bo‘lgan darajasiga yetib qolsa-da, u to‘la tugallanmaydi, chunki uning orqasidan “yuqori tiklanish” fazasi sodir bo‘ladiki, uning asosida organizmning energetik resurslarining super-konpensatsiyasi (fosfokreatin, glikogen va xokazolarning tiklanishi) yotadi. Yuqori tiklanish fazasi dam olish davom ettirilgan xoldagina almashadi va ish qobiliyati organizmda ish boshlanguncha bo‘lgan xolatga qaytadi (2 chizmaga qaralsin). Xulosa qilib shuni aytish mumkinki: birinchidan – organizmning funksional imkoniyatlari dinamikasi faqat nagruzka bilan emas, ish qobiliyatining tiklanishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan dam olish bilan shartli boliq. Shu sababli dam olishga nagruzka kabi jismoniy tarbiya jarayonining yetakchi komponentlaridan biri deb qarashimiz lozim. Shunga ko‘ra, jismoniy tarbiya sanoati – bu maolum maonoda nagruzka bilan dam olishni to‘ri navbatlashtira (almashtira olish) demakdir. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling