Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish uslubiy prinsipi
Download 0.69 Mb.
|
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
10.3. Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish uslubiy prinsipi
Individning imkoniyati, qobiliyati, xususiyati, jinsi, yoshi, jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi va xokazolar bu prinsip mazmunining omillari bo‘lib, taolim jarayonini boyitadi. Taolimga ongli munosabat, bu jarayondagi faollikni namoen bo‘lishi, tanlangan faoliyatning ijrosida ko‘rgazmalikning samarasi, kuchiga yarashalilik va individning xususiyatlari bilan chambarchas boliq va ko‘zlangan maqsadga tez erishish uchun vositadir. Kuchiga yarashalilikning tub maonosi organizmning xayotiy faoliyatining maolum ishdagi funksional xususiyati va qobiliyatini xisobga olish demakdir. Bu prinsip qobiliyatning chegarasini aniqlay olish talabini qo‘yadi. Demak, taolim jarayoni turli sharoitda xilma-xil tashqi taosirini xisobga olishni, shuullanuvchi uchun meoyor tanlay bilishni taqazo etadi. Meoyor bo‘lib turli xil yoshdagilarning jismoniy mashqlar bilan shuullanish dasturlari, ularning jismoniy sifatlari uchun belgilangan normalar xizmat qilishi lozim. Sobiq Ittifoq jismoniy tarbiya tizimida “Mexnatga va Vatan mudofaasiga tayyor” fizkulptura kompleksi jamiyat aozolari-ning, barcha yoshdagilarning (6 dan 60 yoshgacha) jismoniy tarbiyasining dasturi va jismoniy tayyorgarligi normalarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, kuchiga yarashalilik prinsipi talablari chegarasidan chiqmagan. Mamlakatimizda esa bu vazifani Respublika axolisining jismoniy tayyorgarligini aniqlaydigan «Alpomish va Barchinoy» testi talablari va normalari bajaradi. Jismoniy mashqlar bilan shuullanish mashulotlarida meoyorni aniqlash tarbiyachi murabbiylar va pedagoglar, tibbiy xodimning birgalikdagi tizimli izlanishlar orqali amalga oshiriladi. Mashq qilish uchun organizmga kuchiga yarasha bo‘lmagan mashq meoyoriga mashqni organizmni zo‘riqishi orqali energiya sarflashga sistemali majbur qilishning salbiy oqibatlari xam xozirgi kunda xam ilmiy, xam amaliy jixatdan isbotlangan. Maolum darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan sport tayyorgarligi bor shuullannuvchining organizmi uchun meoyor xisoblangan xajmdagi jismoniy mashqlar yangi, shuullanishni endigina boshlaganlar uchun kuchiga yarasha bo‘lishi mumkin, lekin uni meoyor qilib olish noto‘ri bo‘ladi. Jismoniy tarbiyada kuchiga yarashalilik o‘zgaruvchandir. Shuullanishning maolum davrida tanlangan meoyorga chidash uchun katta jismoniy, ruxiy zo‘riqish talablari qo‘yilsa, bir muncha vaqtdan so‘ng u kuchiga yarasha bo‘lib, meoyorga aylanadi-buni tarbiya natijasining ijobiy tomonga o‘zgarishi deb qaraladi. Maolumki, yangi xarakat vujudga kelgan xarakatlarning eskilarini bazasida shakllanadi. Shunga ko‘ra jismoniy tarbiya jarayonidagi asosiy xal qiluvchi rolni mashqni o‘zlashtirish egallaydi. Materialni shunday o‘rgatish lozimki, uning mazmuni, organizmga taosirining kuchi, o‘qitishning navbatdagi etapi uchun yangi poona rolini o‘ynasin. Amaliyotda bu fikr “maolumdan nomaolumga”, “o‘zlashtirilmagandan o‘zlashtiril-ganga”, jismoniy mashqlar bilan shuullanishda esa “kuchiga yarasha emasdan kuchiga yarashalikka” deb formulirovka qili-nadi. Bundan tashqari, vazifalarni mashulotdan-mashulotga, asta-sekinlik bilan qiyinlashtirish xam taolim jarayonning asosiy shartlaridan biridir. Bu esa osondan qiyingalilikni taqazo etadi. Bular albatta taolim jarayonining uslubiy xususiyatlarini vujudga keltiradi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling